Научная статья на тему 'АN’АNАVIY XONАNDАLIK IJROCHILIGINING IJTIMOIY PEDАGOGIK SHАRT-SHАROITLАRI'

АN’АNАVIY XONАNDАLIK IJROCHILIGINING IJTIMOIY PEDАGOGIK SHАRT-SHАROITLАRI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
4
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Аn’аnаviy xonаndаlik / pedаgogikа / imkoniyаtlаr / musiqа tа’limi vа sаn’аt / ijrochi / metodikа / ijod.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Mаtchаnov Ochilbek Yo‘ldаshboyevich

Mаzkur mаqolаdа bugungi kundа аn’аnаviy xonаndаlik аsаrlаri ijrochiligining ijtimoiy pedаgogik shаr-shаroitlаri to’g’risidа fikr-mulohаzаlаr yurutilаdi. Shuningdek, Аn’аnаviy xonаndаlikning mаqsаd vаzifаlаri, pedаgogik shаrt-shаroitlаri, ijtimoiy holаti hаqidа ilmiy munozаrаlаr yuritilаdi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «АN’АNАVIY XONАNDАLIK IJROCHILIGINING IJTIMOIY PEDАGOGIK SHАRT-SHАROITLАRI»

IISHOWATIVS ISSN 2181-45

ACA3tVY Impakt faktor 5.1

AN'ANAVIY XONANDALIK IJROCHILIGINING IJTIMOIY PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI

Matchanov Ochilbek Yo'ldashboyevich

Urganch Davlat Universiteti o'qituvchisi

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 01-June 2024 yil Ma'qullandi: 05- June 2024 yil Nashr qilindi: 10- June 2024 yil

KEY WORDS

An'anaviy xonandalik, pedagogika, imkoniyatlar, musiqa ta'limi va san'at, ijrochi, metodika, ijod.

Mazkur maqolada bugungi kunda an'anaviy xonandalik asarlari ijrochiligining ijtimoiy pedagogik shar-sharoitlari to'g'risida fikr-mulohazalar yurutiladi. Shuningdek, An'anaviy xonandalikning maqsad vazifalari, pedagogik shart-sharoitlari, ijtimoiy holati haqida ilmiy munozaralar yuritiladi.

Yosh avlodni tarbiyalash insoniyatning eng birinchi vazifalaridan biri bo'lib kelgan. Barkamol shaxsni tarbiyalash masalasiga o'z tariximizdan juda ko'p dalillar keltirishimiz mumkin. Al Forobiyning «Fozil odamlar shahri» asaridagi g'oyani yodga olmoq unga ko'ra jamiyatning har bir fuqarosi, mansabi, tutgan o'rni ya'ni kim bo'lishidan qat'iy nazar fozil kishi, fozil inson o'z davlatining barcha qonun qoidalarini yaxshi biladi, unga amal qiladi, fikrlaydi. Avvalo bunday fikr yuritishning o'zi bobolarimizning ma'naviy darajasini naqadar yuksak bo'lganligini va albatta bunday fikr aytish bu borada ko'p asrlik meroslarni o'rganish natijasida vujudga kelishini ta'kidlash joiz. Demak, bizning barkamol shaxsni tarbiyalash haqidagi niyatimiz uchun ma'naviy asos bor. Birinchi prezidentimiz IAKarimov o'sib kelayotgan yosh avlodning kelgusida bilimli insonlar bo'lib yetishishi uchun qayg'urib quyidagilarni ta'kidlaydilar-"Men yoshlarimizga, mening bolalarimga qarata, o'rganishdan hech qachon charchamanglar, deb aytmoqchiman. O'rganish, hech qachon ayb sanalmaydi. Nimanidir bilmasang uni o'rganish zarur. Avvalambor, endi hayotga kirib kelayotgan yoshlarga nima lozim? O'rganish, o'rganish va yana bir bor o'rganish kerak. Kasb o'rgangan, ilm olgan kishi, o'zbekona aytganda, hech qachon kam bo'lmaydi"1

Musiqa tarbiyasi umum tarbiyaning asosiy va murakkab qurollaridan biri bo'lib, atrofdagi go'zal narsalarni yuksak idrok etishga va qadrlashga o'rgatadi. Musiqa insonni yuksak did bilan qurollantiribgina qolmay balki ma'naviy dunyoqarashlarini shakllantiradi. Musiqa inson hissiyotiga kuchli e'tibor, kuchli ta'sir ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'lib, o'quvchilarni nafosat olamiga olib kirish va axloqiy-estetik tarbiyaning muhim vositasidir. Bobomiz Shayx Sa'diyning shunday so'zlarini keltirishimiz mumkin "Musiqa odam ruhining yo'ldoshidir". Musiqa insonga tez ta'sir etuvchi emotsional hissiyotini aktiv rivojlantiruvchi

1 Karimov I.A. Ona yurtimiz baxt-u iqboli va buyuk kelajagi yolida xizmat qilish-eng oily saodatdir. Toshkent-"Ozbekiston" 2015-yil, 240- bet

vositadir. Shu bois o'quvchilarda inson ma'naviyatining tarkibiy qismi bo'lgan musiqa madaniyatini tarbiyalash, musiqa tarbiyasining bosh maqsadi bo'lib qoladi.

Musiqaning estetik tarbiyadagi roli falsafa, musiqashunoslik va ijrochigagina doir adabiyotlarda yetarlicha yoritilgan bo'lsa-da, lekin an'anaviy xonandalik san'atining shaxsni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashdagi roli haligacha ilmiy yoritilmagan. Buning sababi bizningcha an'anaviy xonandalik san'atining murakkabligi va uning inson ongiga ta'sirining ko'p qirraliligidir. Biz ushbu ishimizda mazkur nuqsonni to'ldirishga, ya'ni an'anaviy xonandalikning tarbiyaviy jihatlarini va uning yangi insonni kamol toptirishdagi rolini va pedagogik shart-sharoitlarini yoritishga harakat qilamiz.

"An'anaviy xonandalik"ning maqsad va vazifalari.

O'zbek musiqa san'atida an'anaviy xonandalik, o'z sohasi va yo'nalishidan kelib chiqib turli sharoitlarga moslashgan holda shakllanib, rivojlanib kelgan. Folklor aytimlari, dostonchilik, marosim aytimlari, zamonaviy akademik(vokal) va estrada xonandaligi, mumtoz xonandalik shular jumlasidandir. Har bir yo'nalish shakl va ijrochilik nuqtai nazaridan o'z uslubi, qonun-qoidalariga egadir. Ular orasida o'zgarmas xususiyatlar doirasida shakllangan va eng mukammal an'analarni o'zida aks ettirgan an'anaviy yo'nalish o'zining barcha xususiyati, salohiyati bilan namuna bo'lib kelmoqda. Mumtoz musiqa xonandaligida, o'zbek xalqining eng go'zal urf-odatlari, milliy ruhiyati bilan bog'liq qadriyatlari yuzaga kelib, xalqning boy ma'naviyati namoyon bo'lgan. Shu bois, xonandalik an'anasida mumtoz ashula ijrochilik yo'nalishlari va uslublari shakllanib borgan. Buni an'anaviy xonandalik san'ati yo'nalishlari sifatida yuritish urfga aylandi. Milliy mumtoz ashulachilik an'analari esa o'zbek an'anaviy xonandalik san'atining asosi bo'lib rivojlandi.

"An'anaviy xonandalik" xonandalik san'atiga xos o'quv malakalarini shakllantirish, ularga xalq qo'shiqlarini yakka holda yoki, jamoa bo'lib kuylay olish va maqom guruhlarini tashkil qila olish psixologiyasi bo'yicha mukammal bilim berish va jamoaga rahbarlik qila olish xususiyatlarini singdirishdan iborat. Fanning maqsadidan kelib chiqqan holda, guruhli darslarda bir qator vazifalar amalga oshiriladi.

1. Maqom qo'shiqchisiga va maqomchilar dastasi rahbarligiga qo'yiladigan talabalarni bilish va unga o'rgana borish.

2. Guruh va yakka holda kuylashning tabiati, didaktik tamoyillari va boshqa qonuniyatlarni bilib olish.

3. Xalq qo'shiqlari, bastakorlar tomonidan yaratilgan ashula va qo'shiqlar va shashmaqom namunalari bilan bevosita tanishish va ularni tanlash bo'yicha yuksak badiiy didga ega bo'lish.

4. Jamoada kuylash va jamoa bilan ishlash jarayonida inson organizmida yuz beradigan ruhiy-fiziologik o'zgarishlarni xis qilish va unga ko'nikma hosil qilish.

An'anaviy xonandalik kursi quyidagi vazifalari amalga oshiriladi:

An'anaviy va xalq qo'shiqchiligini o'rganish.

An'anaviy ijrochilikda xalq qushiqlari 4 turi haqida tushuncha berish. Mehnat qo'shiqlari, mavsum marosim va urf-odat qo'shiqlari, lirik qo'shiqlari, termalar.

An 'anaviy xonandalik namunalari ijrosi bilan amaliy tanishish:

❖ talabalarning o'zbek an'anaviy musiqa madaniyati haqidagi bilim darajasini

kengaytirish, repertuarini boyitish, nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog'lash;

❖ talabalarning milliy an'analarga bo'lgan qiziqishi va xurmatini oshirish;

❖ o'zbek qo'shiqchiligiga xos, nola, qochirimlarni maromiga etkazib kuylashga odatlantirish;

❖ talabalarni umumiy musiqiy qobiliyatlarini o'stirish;

❖ kuylash va ishlash jarayonida inson organizmida ro'y beradigan ruhiy-fiziologik holatlarni his etish va unga ko'nikma hosil qilish;

❖ xonandalarga qo'yiladigan talablarni bilish va unga amal qilish.

❖ dars jarayonida talabalarga ta'lim va tarbiya berish, ularni chuqur bilimli, yuqori malakali mutaxassis qilib tayyorlash, talabalarni badiiy jihatdan rivojlantirish, ularga an'anaviy ijrochilik va uning sirlarini o'rgatish.

An'anaviy xonandalikning maqsadlaridan yana biri Respublikamiz badiiy jamoalariga mutaxassis kadrlar tayyorlab berishdan iboratdir. Talabalarga o'zbek xalq qo'shiqlari hamda "Shashamaqom" haqida ma'lumotlar berish bilan birga, yaratilish tarixi, ijro diapazoni, ovozni ishlatish, dinamik belgilar, xonandaning ijro holati, asarlardagi o'lchovlar, usullar, kuylarning shaklan tuzilishi, ijro texnikasi, o'rganilayotgan asarlarning mualliflari haqida ma'lumotlar va zarur ko'rsatmalar beriladi. Shuningdek, fan o'zbek xalq qo'shiqlari haqidagi tushuncha va ko'nikmalarni hosil qilish hamda o'rgatishga xizmat qiladi va talabalarda an'anaviy musiqaga muhabbat tuyg'ularini hamda musiqiy-badiiy didni o'stiradi. Xulosa:

Xulosa sifatida shuni aytishimiz mumkin bo'ladiki musiqa san'ati insonni axloqiy, madaniy-ma'rifiy tarbiyalshda muhim vosita hisoblanadi. Shu bois, hamma davr va jamiyatda musiqa san'ati va uning taraqqiyotiga katta e'tibor berib kelingan. O'zbek musiqa madaniyati qadimiy va boy merosga ega. Uning mazmunida xalqimizning milliy ruhiyati hayoti oliy insoniy faoliyatlari, badiiy ma'naviyati istiqlol va mustaqillik uchun kurashi, orzu umidalri aks etadi. Musiqa ta'lim tarbiyasining maqsadi yosh avlodni, maktab o'quvchilarini, milliy musiqa merosimizga vorislik qila oladigan, umumbashariy musiqa boyligini idrok eta oladigan madaniyatli inson darajasida voyaga yetkazib tarbiyalshdan iboratdir. Buning uchun o'quvchilar musiqa san'atini butun nafosati, go'zalligi bilan o'rganishalri, uni badiiy idrok etish, jamoaviy tarzda kuylash, raqs tushish va ijodkorlik malakalarini egallashlarida musiqa madaniyati mashg'ulotlarida keng foydalanish talab etiladi. Xullas komil insonni tarbiyalashda An'anaviy xonandalik asarlarining ahamiyati jud kattadir. Bunday ijro asarlaridan samarali foydalanishimiz lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar:

I. Rajabov "Maqomlar" 2006 yil. 12 - bet

T.Ismailov; "Characteristics Of Khorezm Doston Art" "Экономикa и социум" №3(82) 2021; O. Ibrohimov "O'zbek xalq musiqa ijodi" 1994 y

Shakhlo Khakimovna Kharatova "Use of innovative technologies in the educational process" Science and Education ISSUE 3, March 2022;

Mamirov K. Jamoa qo'shiqchiligiva ashulachiligi - Toshkent, ilm-ziyo, 2012y.

Ibragimov, B. (2023). Types And Importance Of Innovative Technologies In Education.

Молодые ученые, 1(20), 96-98.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.