Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz
3(5), May, 2023
MUSIQA TA'LIMI YO'NALISHI TALABALARINI AN'ANAVIY XONANDALIK BO'YICHA KASBIY KOMPETENTLIGINI TAKOMILLASHTIRISH
Bannaqulov Mexroj Furqat o'g'li
O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti San'atshunoslik fakulteti "Musiqa ta'limi" kafedrasi o'qituvchisi
Har bir davlat taraqqiyotning yuksak cho 'qqilariga erishish uchun ta 'lim tarbiya sohasiga va bu jarayonda milliy mentaletetiga alohida etibor qaratib, o 'z xalqini zamonaviy ilm-fan texnologiyalari va yutuqlari bilan muntazam ravishda tanishtirib boradi. Haqiqatdan taraqqiyot taqdirini ma 'naviy jihatdan yetuk, zamonaviy bilimlar va murakkab texnologiyalarni egallagan, iymoni butun, irodasi baquvvat, teran fikrlaydigan, yuksak salohiyatli, mustaqil fikrga ega bo 'lgan milliy qadriyatlariga sodiq bo 'lgan fuqorolari hal etadi. Bu borada milliy tiklanishdan -milliy yukasalish sari olg'a qadam qo'yayaotgan, tez fursatlarda rivojlanayotgan davlatimizning negizida qabul qilinayotgan qaror va farmonlarida hamda ta 'lim tarbiya sohasida an 'anaviy ijrochilik va milliy qadriyatlarimizga qaratilayotgan yuksak etibori asos bo'lib xizmat qilmoqda. Aynan shu jihatlarni inobatga olib maqolamizda Musiqa ta 'limi yo 'nalishi talabalarni an 'anaviy xonandalik bo 'yicha kasbiy kompetentligini takomillashtirishning amaliy va ilmiy nazariy asoslari haqida fikr yuritiladi.
Kalit so'zlar: An 'anaviy xonandalik, pedagogika, mumtoz musiqa, millat, milliy g 'urur, an 'ana, ta 'lim, tarbiya .
In order to reach the highest heights of development, every country pays special attention to the field of education and national mentality in this process, regularly acquaints its people with modern scientific technologies and achievements. In reality, the fate of development is decided by the citizens who are spiritually mature, who possess modern knowledge and complex technologies, who are faithful to their national values, who have full faith, strong will, who think deeply, who have high potential, who have independent thoughts. In this regard, the decisions and decrees adopted on the basis of our rapidly developing country, which is taking a step forward from national revival to national growth, and the high attention paid to our traditional performance and national values in the field of education, serve as the basis. Taking these aspects into account, our article discusses the practical and scientific theoretical foundations of improving the professional competence of students of music education in traditional singing.
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(5), May, 2023
Key words: Traditional singing, pedagogy, classical music, nation, national pride, tradition, education, upbringing.
KIRISH
San'at inson tafakkurining eng buyuk kashfiyotlaridan bin hisoblanadi. Uning tarkibiy turlari orasida xonandalik san'ati alohida mavzuga ega hisoblanadi. San'atning bu turida shu paytgacha fanda chuqur o'rganilmagan jihatlari bor. Xususan o'zbek milliy xonandalik ya'ni an'anaviy xonandalik maktabi o'zining chuqur ildizlariga ega bo'lib, unda xaliqimiz daxosining betakror qalb tug'yonlari, sozandaning musiqani aniq ifoda eta olish mahorati xonanda ovozidagi joziba, qo'shiq aytayotgan xonanda tomonidan she'riy matnning musiqa bilan uyg'ligi, so'zlarni ijrochi tomonidan chuqur his etgan holda o'zicha jilolar berib ijro etilishi uning betakrorligini ta'minlaydi. Zero eng zamonaviy ovoz qurilmalari, asboblari orqali ham xaligacha ashulachilik san'atiga xos bu holatga aniq ilmiy tavsif berilmagan.
Asrlar davomida shakllanib sayqal topgan ma'naviy me'rosimizning haqiqiy durdonalariga aylangan "Shashmaqom" ning kuy ashulalari ularning ijrochilari musiqa muxlislarini ezgulikka chorlashi bu san'atining nozik sir asrorlarini mukammal o'zlashtirganliklari tufayli hamisha el ardog'ida bo'lishgan. Bugungi kunda milliy san'atimizni avaylab asrash muhofaza qilish, keng rivojlantirish uni ayniqsa o'sib kelayotgan yosh avlod ma'naviyatiga singdirish borasida ezgu ishlar amalga oshirilayotganligi har qancha taxsinga sazovor.
Uzluksiz ta'lim tizimining barcha bosqichlarida yoshlarni o'zbek musiqa merosi, jumladan an'anaviy xonandalik, o'zbek xalq qo'shiqlari folklyor, mumtoz hamda maqom na'munalari bilan tanishtirib borish, inson shaxsida milliy o'zlikni anglash his etish tuyg'usini shakllantirish, rivojlantirish orqali milliy qadriyatlarimizga sadoqat ruhida tarbiyalashimizda muxim axamiyat kasb etadi. Ayniqsa o'sib kelayotgan yoshlarni milliy musiqamiz uning ijrochilik an'analari bilan tanishtirishda musiqa fanlari o'qituvchilari asosiy sub'ektlar bo'lib, ularning o'zbek mumtoz musiqasi, maqom san'ati, an'anaviy xonandalik bo'yicha yetarli bilim, ko'nikma va malakalariga ega ekanliklari kutilagan natijalarga erishish imkonini beradi. Shu sabab biz oliy pedagogika oliy ta'lim muasasalarini "Musiqa ta'limi" yo'nalishi o'quv rejasidagi "An'anaviy xonandalik" fanini o'qitish amaliyoti, shu yo'nalishda bo'lg'usi musiqa o'qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash tizimini tadqiq qilish, bu boradagi ishlarni zamon talablari darajasida imkon qadar takomillashtirishni maqsad qilib, magistirlik dissertatsiyamiz mavzusini "Bo'lg'usi musiqa o'qituvchilarini an'anaviy xonandalik bo'yicha amaliy faoliyatga tayyorlash tizimini takomillashtirish" deb nomlamoqdi tanladik.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz
3(5), May, 2023
Mavzu tanlash oldidan respublikamizdagi bir qator pedagogik oliy o 'quv yurtlari " Musiqa ta'limi" yo'nalishda "an'anaviy xonandalik" fanini o'qitish holati, mavjud yutuq, va kamchiliklar o'rganildi. Fanni davomiylik holati, o'rganilayotgan nazariy va amaliy darslar mavzulari, kimlar tomonidan o'tilayotganligi, fan o'qituvchilarining o'zbek mumtoz musiqasi, an'anaviy xonandalik sirlaridan qay darajada malakaviy tayyorgarlikga ega ekanliklari, ushbu fanga talabalarning munosabati, qiziqish va extiyojlari o'rganildi va taxlil qilindi. Xulosalarimiz ushbu fanni o'qitilish holati, mashg'ulotlarda qo'llanilayotgan o'qitish uslublari, ilmiy uslubiy ma'nbalardan foydalanish, darslarda ko'rgazmali va texnik vositalardan foydalanish holati, qolaversa ko'pgina o'qituvchilarini mazkur fanni o'tishga malakaviy bilim va maxoratlari, tajribalarida muayyan kamchiliklar borligi aniqlandi.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Musiqa shunday bir iloxiy mo'jizaki, insoniyat madaniyatining, ma'naviyatining muhim tarkibiy qismi sifatida ilohiy kuch tomonidan berilgan. Tarixiy manbalarda qadim qadimdan musiqa ohang va so'z sifatida kishilarni ezgulikga chorlovchi, ruxiyatiga yaxshi kayfiyat baxsh etuvchi, mexnat va ijodiy ishlarida uni olg'a yetaklovchi, orzu-o'y dart-alamlarini yengillatuvchi malham sifatida shakllangan. Sharq olamining buyuk mutaffakirlari jumladan I. Kavkabiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Az -Zamaxshariy, A. Jomiy, A. Navoiy asarlarida musiqa ilmining shakllanish va rivojlanish tarixi, musiqaning inson ruxiyatiga ta'siri masalalari tahlil qilingan.
V. I. Petrushil, D.Ro'ziyev, S. Ro'zimbayev, D. Solnovalarning ilmiy ishlarida musiqa san'ati vositasida shaxsni ma'naviy ahloqiy jihatdan kamolotga yetgazishning psixologik, g'oyaviy - badiiy jihatlari yoritilgan.
O'zbek milliy musiqa ijodiyoti tarixi va yo'nalishlari, Farg'ona-Toshkent, Xorazm ijrochilik an'analari, maqomlar sematikasi, o'zbek xalq qo'shiqlari vositasida estetik tarbiyani amalga oshirish masalalari M.Axmedov, A.Baxriyev, S.M.Begmatov, I.Dulgarova, I.Ikromov, Z.B.Karimova, N.B.Toshtemirov, R.Tursunov kabi san'atshunos olimlar tomonidan tadqiq etilgan.
Biroq ushbu mualliflar asarlarini o'rganish va ilmiy tahlil qilish pedogogika oliy o'quv yurtlari "musiqa ta'limi" yo'nalishda bo'lg'usi musiqa o'qituvchilarini an'anaviy xonandalik bo'yicha kerakli bilim, malakalarni, ularni amaliy faoliyatga qo'llay olish maxoratini shakllantirish, an'anaviy xonandalik ijro uslublarining ashulachik san'atining boshqa janrlardan farqli jihatlarini o'rganish masalasi maxsus tadqiq etilmaganligini ko'rsatadi. O'zbek milliy an'anaviy xonandaligi bo'yicha talabalarni muayyan na'munalarni ijro eta olishlari va kelgusi faolyatlarida amalda tadbiq eta olish imkoniyatlar cheklanganligi, mazkur ishimiz mavzusini "Musiqa
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(5), May, 2023
ta'limi yo'nalishi talabalarni an'anaviy xonandalik bo'yicha kasbiy kompetentligini takomillashtirish " deb tanlashimizga sabab bo'ldi.
MAQOLANING ILMIY YANGILIGI
1. Oliy pedagogik ta'limi tizimida bo'lg'usi musiqa o'qituvchilarini an'anaviy xonandalik san'ati bo'yicha amaliy faoliyatga tayyorlash tizimini takomillashtirishning nazariy, amaliy hamda tashkiliy uslubiy asoslari o 'rganildi, taxlil qilindi va samarali ish usullari sinovdan o'tkazildi:
2.Bo'lg'usi musiqa o'qituvchilarini an'anaviy xonandalik san'ati bo'yicha kasbiy tayyorgarlik darajasini sifat jihatdan takomillashganligini aniqlovchi me'zonlar ishlab chiqildi.
3.Bo'lg'usi musiqa o'qituvchilarini an'anaviy xonandalik bo'yicha nazariy hamda amaliy ijro mahoratini takomillashtirishga yo'naltirilgan tavsiyalar ishlab chiqildi.
4. Qo'llanilgan ish usul, shakl, vositalarini ijobiy samaradorlikga ega ekanligi asoslandi.
XULOSA
An'anaviy xonandalik xalqining og'zaki an'anadagi musiqa ijodiyoti negizida shakllangan qo'shiqchilik san'ati bo'lib, uning ma'naviyatdagi tarbiyaviy ta'sirchanlik xususiyati juda muxim. Undan o'z o'rnida foydala bilish, pedagogikaning ilg'or metodlari asosida ma'lum jarayonda o'rganish axloqiy hamda estetik tarbiyalash omili bo'la olishini ta'minlaydi. An'anaviy xonandalik amaliyotida o'rganiladigan o'zbek milliy qo'shiqchilik uslublari, an'analari, usullari, ovoz ishlatish yo'llarini, dars va mustaqil ta'lim jarayonida o'rganish lozim bo'lgan asarlar repertuarini muayyan izchillikga asoslangan metodik tizimini ishlab chiqish lozim. Amalda bo'lgan "an'anaviy xonandalik" fani dasturi isloh qilishga muhtoj, bu ham o'z nomlanishi va o'tilishiga ko'ra o'tmish ajdodlarimiz hamda zamonaviy bastakor -hofizlarining ijrochilik uslublariga tayangan holda olib borilishi va yo'lga qo'yilishi lozim. Mazkur muanmolarni hal etilishi ushbu fanni o'qitish tizimini takomillashtirish imkoniyatini berishi shubhasiz.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)
1. O'zbekiston Respublikasini prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947- son farmoni // xalq so'zi Toshkent 2017 yil 8- fevral .
2. Ibrohimov O. A. Maqomlar sematikasi. San'atshunoslik doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya, Toshkent, 1998yil.
3. Hamdamov H. O'zbek an'anaviy qo'shiqchilik madaniyati tarixi. T.: O'qituvchi, 1996yil.