Научная статья на тему '“BO’LAJAK MUSIQA O’QITUVCHILARINI MUMTOZ MUSIQAGA QIZIQISHLARINI SHAKLLANTIRISH” (HOFIZ VA BASTAKOR KOMILJON OTANIYOZOV IJODI MISOLIDA)'

“BO’LAJAK MUSIQA O’QITUVCHILARINI MUMTOZ MUSIQAGA QIZIQISHLARINI SHAKLLANTIRISH” (HOFIZ VA BASTAKOR KOMILJON OTANIYOZOV IJODI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
28
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
O'QITUVCHI - BOSH SUBEKT / "O'ZBEK XALQ VA AN'ANAVIY QO'SHIQCHILIGI" FANLARINI / KOMPETENTLIK / O'ZBEK MUMTOZ MUSIQASI / XORAZM MUMTOZ MUSIQASI VA MAQOMLARI / KOMILJON OTANIYOZOV MEROSI

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Xudaybergenova M.

Pedagogika Oliy ta’lim muassasalarida bo’lajak musiqa o’qituvchilarini mumtoz musiqaga mehr va qiziqishlarini shakllantirish dolbzarbligi haqida bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“BO’LAJAK MUSIQA O’QITUVCHILARINI MUMTOZ MUSIQAGA QIZIQISHLARINI SHAKLLANTIRISH” (HOFIZ VA BASTAKOR KOMILJON OTANIYOZOV IJODI MISOLIDA)»

Xudaybergenova M. va san'at yo'nalishi 1 -kurs magistranti San'atshunoslik fakulteti Musiqa ta'limi Samarqand Davlat Universiteti

"BO'LAJAK MUSIQA O'QITUVCHILARINI MUMTOZ MUSIQAGA QIZIQISHLARINI SHAKLLANTIRISH"

(HOFIZ VA BASTAKOR KOMILJON OTANIYOZOV IJODI

MISOLIDA)

Annotatsiya: Pedagogika Oliy ta'lim muassasalarida bo'lajak musiqa o'qituvchilarini mumtoz musiqaga mehr va qiziqishlarini shakllantirish dolbzarbligi haqida bayon etilgan.

Kalit so'zlar: O'qituvchi - bosh subekt, "O'zbek xalq va an'anaviy qo'shiqchiligi" fanlarini, kompetentlik, o'zbek mumtozmusiqasi, Xorazm mumtoz musiqasi va maqomlari, Komiljon Otaniyozov merosi.

Bugungi kunda ilm - fan shiddat bilan rivojlanishi, texnika va texnologiyalaming olg'a ildamlashi, kelajak avlodning IT jarayoniga tezda moslashuvi va har bir sohadagi yangi - yangi ixtirolar - "Insoniyatning hatto o'zga sayyoralarga ko'chib, u yerni o'zlashtirish" haqidagi futurologik qarashlarini ham asta - sekin haqiqatga aylantirmoqda.

Mamlakatimizda ham yosh avlodni sifatli ta'lim olishi, rivojlangan mamlakatlar tajribasidan foydalanib, o'z ta'lim yo'nalishimiz va qarashlarimizni shakllantirish, bu borada yetuk kadrlarni yetkazib berishga bo'lgan talab va e'tibor, bo'lajak musiqa o'qituvchilari kompetentligini shakllantirish va rivojlantirishni ham dolzarb vazifa qilib qo'ymoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 - yil 7 - fevralda qabul qilingan "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi no - 4947 sonli farmoni, 2017 - yil 20 - apreldagi "Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora - tadbirlari to'g'risidagi" qarori n^ - 2909 - sonli, 2017 - yil 28 - iyundagi "Madaniyat va san'at sohalarini yanada rivojlantirishga doir chora - tadbirlar to'g'risidagi, 2017 - yil 17 -noyabrdagi "O'zbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirish chora -tadbirlari to'g'risidagi qarorlarida yoshlarimizni umrboqiy an'ana va qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalab, ularni ma'naviy va madaniy qarashlarini o'stirish negizida, haqiqiy komil inson bo'lib voyaga yetishlari asosiy ustuvor vazifa hisoblanadi.

Yurtimiz azaldan ilm - ma'rifat, san'at, adabiyot beshigi bo'lib kelganini bugungi kunda butun dunyo tan olmoqda. Asrlar osha turli xil qiyinchiliklar, to'siqlarga duch kelgan bo'lsada, saqlanib qolgan ajdodlar merosi va an'ana -qadriyatlari bugun biz avlodlar nigohida. Barkamol alodga qadimiy an'ana va merosimiz, milliy ruhdagi ashula va kuy qo'shiqlarimizni yetkazish, ijro ko'nikmalarini shakllantirish, xalq qo'shiqlari, raqslariga, an'analariga mehr -

muhabbatini uyg'otish bizning asosiy maqsadimiz. Yosh avlodni har jihatdan barkamol insonlar qilib tarbiyalashda o'qituvchi - murabbiylar bosh subektlar hisoblanadi. Shuning uchun ham o'qituvchi shaxsini mukammal kasbiy kompetentli kadr sifatida yetkazib berishni davr - zamon taqazo etmoqda.

O'zbek mumtoz va maqom san'ati juda ham boy, serqirra bo'lib, uning tarkibida Xorazm mumtoz va maqom ijrochiligi o'zining ijro uslubi, an'anaviyligi, etnografik xususiyatlari, milliy koloristi, cholg'u va raqslari bilan alohida o'rin tutadi. Shuning uchun ham oliy pedagogik ta'lim tizimida, xususan, "O'zbek maqom va an'anaviy xalq qo'shiqchiligi" haqida hamda "An'anaviy xonandalik" mashg'ulotlari Xorazm mumtoz va maqom san'ati bilan bo'lajak o'qituvchilarni yaqindan tanishtirib borish talabalarda Xorazm musiqa san'atiga, mehr, qiziqish, his qilish, ulardan ma'naviy - estetik zavq olish kabi hislarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xorazm qadimiy, muhtasham, arlar osha rivojlangan quyoshli diyor. Markaziy Osiyoda miloddan avval paydo bo'lgan ilk davlatlardan biridir. Yoshi ming yillardanda ulug'roq bo'lgan bu o'lkada tabiiyki, ilm - fan san'at va madaniyat, an'ana va qadriyatlar ham shu darajada qadimiy va rang - barang. Joylashgan hududi, iqlimi, ob - havosi, urf -odatlari, turli xil noz -ne'matlari, kuy - qo'shiqlari, raqs - o'yinlari, hattoki shevasi bilan bu zamin O'rta Osiyoda yagonadir. Xorazmda 7 yoshdan 70 yoshgacha bo'lgan har bir inson kuy - qo'shiqqa dildan shaydodir. Shuning uchun ham mumtoz an'anadagi ashulalar boshqa mahalliy hududlarnidan ajralib turadi.

O'zbek mumtoz musiqasini o'rganish, tadqiq etish bo'yicha ko'plab ishlar olib borilgan bo'lib, bunday olimlar sirasiga Yunus Rajabiy, F. Karamatova, I. Rajabov, O. Matyoqubov, B. Matyoqubov, T. G'ofurbekov, O. Ibragimovlarning ishlarini alohida ko'rsatib o'tish mumkin.

O'zbek mumtoz va maqom musiqa san'atining ulkan namoyondalari, hofiz, sozanda va bastakorlari ijodiy hayoti va faoliyati haqida ham bir qator olimlar ilmiy asarlar yozishgan. Bularga M. Ahmedovning Yunus Rajabiy, H. Hamidovning Inomjon Ikromov, I. Norqo'ziyevning Orifjjon Hatamov, F. Zohidovning Komiljon Otaniyozovga bag'ishlangan ilmiy asarlarini misol qilib ko'rsatish mumkin. Xorazm musiqa folklori namunalarini to'plash, nashr etish borasida B. Matyoqubov, S. Ro'zimboyev, R. Yunusov, O. Matyoqubov, X. Ro'zimboyevlarning ilmiy - tadqiqot ishlari e'tiborga molik.

Biroq nazariy tahlil hamda pedagogika oliy ta'lim muassasalarida "O'zbek xalq va an'anaviy qo'shiqchiligi", "An'anaviy xonandalik" fanlarini o'qitish jarayonida o'zbek xalq musiqasining sertarmoq turlari qatorida o'z mavqeiga ega bo'lgan Xorazm mumtoz va maqom san'atini o'rganish va shu asosda bo'lajak o'qituvchilarni kasbiy kompetentligini takomillashtirish muammosi maxsus tadqiq etilmagan.

Hofiz, teatr aktyori, bastakor, xalqparvar ustozimiz Komiljon Otaniyozov(1917 - 1975) xalqi uchun, vatani uchun ijod qilgan, dildan kuylagan, shogirdlariga mehribon va talabchan inson bo'lganlar. Ularni nafaqat ijodlarini o'rganish balki, uning insoniy fazilatlarini ham bugungi kun yoshlariga o'rnak

qilib ko'rsatsak bo'ladi. Ustoz O'zbek xalq folklori va Xorazm mahalliy uslubiga xos bo'lgan asrlar osha yetib kelgan kuy - qo'shiqlar, yalla, aytimlarga ishlov berib, uni yana xalqqa qaytargan. Ya'ni insonlarga avvaldan ma'lum bo'lgan kuy - qo'shiqlarni, sayqallashtirib, zamonaga moslab qaytadan yangi ruhda ijro qilganlar. Xuddi rus kompozitori Glinka singari "xalqdan olib, uni sayqallashtirib, yana xalqqa qaytarganlar".

"Komiljon Otaniyozovning ijodiy merosi mavzu nuqtai nazaridan rang -barang. Uning ijodiy merosida mumtoz adabiyotning Alisher Navoiy, Fuzuliy, Mashrab, Munis, Ogahiy, Feruz, Maxtumquli, Nodira, Mujrim Obid, Avaz O'tar, Komil Xorazmiy, Niyoziy, Xislat kabi zabardast buyuklari, Chustiy, Egm Rahim, Ahmad Bobojon, Orzu, Qalandar Qurboniy, Partav, Kosibiy singari zamondosh shoirlarining she'rlari asosida, shuningdek xalq dostonlarida aytilgan mingdan ortiq ashula va qo'shiq mavjud. Hofiz yuzdan ortiq kuy va qo'shiq bastalagan, oldingi kuylarni ijodiy qayta ishlab, ularga yanicha hayot baxsh etgan. Bu ashula va qo'shiqlarning ko'pi gramplastinkalarga, magnit tasmalariga yozib olingan. Ular O'zbekiston radiosi va televideniyasining oltin fondida, shinavandalarning shaxsiy arxivida saqlanmoqda. Bu ashulalarni tadqiq qilish, ularda yashirin ma'nolarni kashf etish, hofizning "ijod labaratoriyasi" ni o'rganish va bo'lg'usi xonandalarga o'rgatish, albatta, professional musiqashunoslar qiladigan xayrli ishlardandir."41

2017 - yil ustozning 100 yilligi to'yiga muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan Xorazm viloyati Urganch shahrida barpo etilgan Komiljon Otaniyozov ijod markazi xalqimiz uchun haqiqiy to'yana bo'ldi. Hozirgi kunda bu maskanda yosh yigit - qizlarimiz O'zbek mumtoz ashula va qo'shiqlari bilan bir qatorda Xorazm maqomlar va ashulachilik an'analarini va ustozimiz Komiljon Otaniyozov repertuaridagi asarlarni o'rganishmoqda.

Har bir yangilik, har bir jarayon o'zining ta'sir davomiyligiga ega bo'lib vaqt o'tishi bilan o'z qadrini yo'qatadi yoki o'z o'rnini yangisiga bo'shatib beradi - bu hayot qonuni, lekin asrlar osha shakllangan qadriyat, madaniyat, an'ana, urf - odatlar insonlar qoni va joniga singib ketadi. Ularni unutish mumkin emas, vaholanki unutib ham bo'lmas. Bu qadriyatlar bor ekan inson tirik, o'zligiga ega, biror bir jamoa, qavm, xalq yoki millatga tegishli ekanini sezib, his qilib va albatta, shu bilan birga alqidan faxrlanib hayotini o'tkazadi. Shunday ekan, o'zligimizni anglatuvchi har bir narsadan faxrlanib, lazzatlanib va avlodlarga ham millatiga nisbatan shunday mehr - muhabbatni o'rgatib yashaylik.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekistonda musiqa san'atini rivojlatirishni qo'llab- quvvatlash va rag'batlantirish chora tadbirlari to'g'risida" gi farmoni. 1995 yil, 20 oktabr. O'zbekiston ovozi gazetasi, 21 oktabr.

41 Boboxon Muhammad Sharif "Men ketarman ishqning yo'lina". Komiljon Otaniyozov ruhiyati va muhitining holu xatti. - Toshkent. : "EXTREMUM - PRESS", 2017y.

2.Boboxon Muhammad Sharif "Men ketarman ishqning yo'lina". Komiljon Otaniyozov ruhiyati va muhitining holu xatti. - Toshkent. : "EXTREMUM -PRESS", 2017y.

3.Jamolova D.A. Akademik litsey va kasb- hunar kollejlari talabalarining musiqiy tarbiyasi jarayonida Sharq musiqiy- poetik an'analaridagi foydalanishning nazariy asoslari. -T: Ta'lim muammolar. 2004 y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.