AN'ANAVIY VA SHAXSGA YO'NALTIRILGAN TA'LIM TEXNOLOGIYALARI ORASIDAGI TAFOVUTLAR
Oltinoy Maratova
Chirchiq davlat pedagogika universiteti
2-kurs magistranti E-mail: maratovaoltinoy @gmail .com Ilmiy rahbar: f.f.f.d., dots. Z.I.Sanakulov
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada an'anaviy va shaxsga yo'naltirilgan ta'lim texnologiyalari o'rtasidagi farqlar to'g'risidagi ma'lumotlar beriladi va shaxsga yo'naltirilgan ta'lim texnologiyalari hozirgi zamon talablariga har tomonlama mos ta'lim turi ekanligi yoritiladi.
Kalit so'zlar: An'anaviy ta'lim, shaxsga yo'naltirilgan ta'lim, rivojlanish, tanlash huquqi, qobiliyat, pedogogik jarayon.
ABSTRACT
This article provides information on the differences between traditional and person-centered learning technologies and explains that person-centered learning technologies are a system that is fully compatible with the requirements of today's times.
Keywords: traditional education, person-oriented education, development, the right to choose, pedagogical process.
Ma'lumki, Respublikamizda ta'lim tizimini yangilangan sog'lom pedagogik tafakkur asosida tubdan isloh qilish, ta'lim tarbiya muassasalarida tayyorlanadigan kadrlarni intellektual, ma'naviy va axloqiy saviyasiga ko'ra rivojlangan mamlakatlardagi darajaga yetkazish bo'yicha belgilangan nazariy-metodologik, amaliy-pedagogik yondashuvlar majmui bo'lgan ta'limning milliy modeli ishlab chiqilgan. Ta'limning milliy modelida ma'naviy-intellektual jihatdan barkamol shaxsning o'z ijodiy qobiliyatini to'la namoyon etishini ta'minlash ko'zda tutiladi. U 5 ta tarkibiy qismdan (shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta'lim, fan, ishlab chiqarish) iborat bo'lib, uning o'ziga xosligi tarkibiy qismning boshlanishidayoq yaqqol namoyon bo'ladi. Ya'ni «shaxs» asosiy tarkibiy qism - birinchi o'rinda turadi va shaxsga ta'limning iste'molchisi, ya'ni ob'yektigina emas, balki uni amalga oshiruvchi, ya'ni ta'lim jarayonining sub'yekti sifatida ham qaraladi. Bu hol shaxsni
382
April 23-24, 2024 International Scientific and Practical Conference
Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
chirch^^iat^iagoäikaän^is^^—^^smonsi^^^iäiä^iio^s^isn^ioi^iämassia^
ta'limning iste'molchisidan bu jarayonning ijrochisiga aylantiradi, uning faolligini oshirib, rivojlanishini tezlashtiradi. Boshqacha aytganda, butun ta'lim tizimi, shu jumladan o'qitish o'quvchi shaxsiga yo'nartirilgan bo'lishi lozim.
Barcha pedagogik texnologiyalarning bir-biridan farq qiladigan asosiy xususiyatlardan biri bu uning bolaga yo'naltirilganligi, bolaga yondashuvidir. Shaxsga yo'naltirilgan ta'lim mazmuni insonga o'z shaxsiyatini shakllantirishda, hayotdagi shaxsiy mavqeini aniqlashda yordam berish uchun mo'ljallangan. O'zi uchun muhim bo'lgan qadriyatlarni tanlash, ma'lum bir bilim tizimini o'zlashtirish, o'zini qiziqtirgan ilmiy va hayotiy muammolar, ularni hal qilish yo 'llarini o'zlashtirish, o'zining aks ettiruvchi dunyosini ochishga qaratilgan.
An'anaviy ta'lim texnologiyasida pedagog yagona sub'ekt sifatida namoyon bo'ladi, o'quvchilar esa faqatgina «ob'ekt» vazifasini bajaradi, xolos. Bunda o'quvchining tashabbusi va mustaqilligi yo'qoladi, o'qitish majburiy tarzda amalga oshiriladi. An'anaviy o'qitish asosan bilim, ko'nikma va malakalarni o'zlashtirishga qaratilgan bo'lib, shaxsning rivojlanishini ko'zda tutmaydi.
An'anaviy o'qitishda avtoritarlik quyidagi shaklda namoyon bo'ladi: o'quvchi bu hali to'la shakllanmagan shaxs, u faqat bajarishi zarur, pedagog esa - bu sardor, hakam, yagona tashabbuskor shaxs.
Shaxsga yo'naltirilgan yondashuvning mohiyati shundaki, u ta'lim tizimida o'quv fanidan o'quvchiga emas, o'quvchidan o'quv fani tomonga harakatlanishni taqozo etadi, o'quvchilarning mavjud imkoniyatlarni inobatga olib, ularni rivojlantirish, takomillashtirish va boyitishga qaratilgan bo'ladi.
Shaxsga yangicha qarash quyidagilardan iborat bo'ladi:
• pedagogik jarayonda shaxs ob'ekt emas, sub'ekt hisoblanadi;
• har bir o'quvchi qobiliyat egasi, ko'pchiligi esa iste'dod egasi hisoblanadi;
• yuqori etik qadriyatlar (saxiylik, muhabbat, mehnatsevarlik, vijdon va boshqalar) shaxsning ustivor xislatlari hisoblanadi.
Munosabatlarni demokratlashtirish esa quyidagilarni o'z ichiga oladi:
• o'quvchi va pedagog huquqlarini tenglashtirish,
• o'quvchining erkin tanlab olish huquqi;
• xatoga yo'l qo'yish huquqi;
• o'z nuqtai nazariga ega bo'lish huquqi
• taqiqlamaslik;
• boshqarish emas, birgalikda boshqarish; majburlash emas, ishontirish; buyurish emas, tashkil etish; chegaralash emas, erkin tanlab olishga imkon berish.
383
^23-2V2024_ International Scientific and Practical Conference
Quyidagi jadvalda an'anaviy va shaxsga yo'naltirilgan darslar o'rtasidagi asosiy farqlar ko'rsatilgan.
1-jadval.
An'anaviy va shaxsga yo'naltirilgan darslar o'rtasidagi asosiy farqlar
An'anaviy ta'lim Shaxsga yo'naltirilgan ta'lim
Barcha bolalarga bilim, ko'nikma va malakalarni belgilangan miqdorini o'rgatadi Har bir bolaning o'z shaxsiy tajribasining samarali to'plashga yordam beradi
O'quv vazifalarini, bolalarning ishlash shakllarini aniqlaydi va ularga vazifalarni to'g'ri bajarish namunasini namoyish etadi Bolalarga turli xil ta'lim vazifalari va ish shakllarini tanlashni taklif qiladi, bolalarni ushbu vazifalarni hal qilish yo'llarini mustaqil ravishda izlashga undaydi
Bolalarni o'zi taklif etayotgan o'quv materialiga qiziqtirishga harakat qiladi Bolalarning haqiqiy qiziqishlarini aniqlashga va ular bilan o'quv materialini tanlash va tashkil qilishda ular bilan kelishishga intiladi
O'zlashtirishi orqada yoki yaxshi tayyorgarlik ko'rgan bolalar bilan individual darslar o' tkazadi Har bir bola bilan individual ish olib boradi
Bolalar faoliyatini rejalashtiradi va boshqaradi Bolalarga o'z faoliyatini rejalashtirishga yordam beradi
Sinfda o'zini tutish qoidalarini aniqlaydi va bolalar tomonidan ularga rioya qilinishini nazorat qiladi Bolalarni o'zini tutish qoidalarini mustaqil ravishda ishlab chiqishga va ularga rioya qilinishini nazorat qilishga o'rgatadi
Bolalar o'rtasida paydo bo'layotgan nizolarni hal qiladi: aybsizlarni rag'batlantiradi va aybdorlarni jazolaydi Bolalarni o'zlari o'rtasida yuzaga keladigan nizoli vaziyatlarni muhokama qilishga va mustaqil ravishda ularni hal qilish yo'llarini izlashga undaydi.
Bolalar xatolarini qayd etish va tuzatish, bolalar ishi natijalarini baholaydi Bolalarni o'z ishlarining natijalarini mustaqil ravishda baholashga va yo'l qo'yilgan xatolarni tuzatishga undaydi
Xulosa qilib yozish joizki, jamiyat rivoji uchun avvalo ta'limni isloh qilish, kelajakimiz bo'lgan yosh avlodga to'g'ri ta'lim-tarbiya berish, ularning shaxsiyatini hurmat qilish va qiziqishlarini e'tiborga olishimiz darkor. Zamon o'zgardi, insonga va uning bilimiga bo'lgan talablar o'zgarib bormoqda. Hayot mustaqil fikrlash, o'ziga xos g'oyalarni taklif qilish, dadil, nostandart qarorlar qabul qilishga qodir ijodkor shaxsni tarbiyalashga jamoat talabini kuchaytirmoqda. Bu esa ta'lim mazmuni va texnologiyalarini o'zgartirish, shaxsga yo'naltirilgan pedagogikaga e'tiborni qaratish zarurligini taqozo etadi.
384
April 23-24, 2024 International Scientific and Practical Conference
Chirchik State Pedagogical University Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Chirchiq davlat pedagogika universiteti
uedagogi
Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari
Я
REFERENCES
1. Alekseev N.A. Maktabda o'quvchiga yo'naltirilgan ta'lim - Rostov n / D: Feniks, 2006-yil.
2. Bondarevskaya E.V. Shaxsga yo'naltirilgan ta'limning qadriyatlari // Pedagogika. -1995 yil.
3. Indiaminov N. va b. Ta'lim samaradorligini oshirishda shaxsga yo'naltirilgan ta'lim. Ta'lim texnologiyalari. 2014-yil.
4. Karshiyeva, D. (2021). «ШКОЛЬНЫЙ КЛАСТЕР» - КАК ИННОВАЦИОННАЯ ФОРМА ОБРАЗОВАНИЯ. АКТУАЛЬНОЕ В ФИЛОЛОГИИ, 3(3). извлечено от https://ruslit.jdpu.uz/index.php/ruslit/article/view/1024
5. Karshiyeva, D. (2023) "THE IMPORTANCE OF PEDAGOGICAL PRACTICE IN THE FORMATION OF PROFESSIONAL COMPETENCE", Mental Enlightenment Scientific-Methodological Journal, 4(6), pp. 113-124. doi: 10.37547/mesmj-V4-I6-18.
6. Sanakulov Z. (2022). THE IMPORTANCE OF PROPER NAME IN MODERN LANGUAGE. Экономика и социум, (6-1 (97)), 248-251.
7. SANAKULOV, Z. (2023). ADABIY ONOMASTIKA ILMIY TADQIQOTNING YANGI YO'NALISHI SIFATIDA. Research and Implementation. извлечено от https: //fer-teach.uz/index.php/rai/article/view/721
8. Sanakulov, Z. (2023). THE SIGNIFICANCE OF PRONOUNS IN LINGUISTIC RESEARCH. Mental Enlightenment Scientific-Methodological Journal, 4(6), 265268. https://doi.org/10.37547/mesmj-V4-I6-37
9. Serikov V.V. Ta'lim va shaxsiyat. Pedni loyihalash nazariyasi va amaliyoti. tizimlari. - M.: Logos nashriyot korporatsiyasi, 1999 yil.
10. Yakimanskaya I.S. Zamonaviy maktabda shaxsga yo'naltirilgan ta'lim. 2000-yil.
11. Д. Э. Каршиева (2021). ГЕРМАНИЯ ТАЪЛИМ ТИЗИМИДА "МАКТАБ КЛАСТЕРИ". Academic research in educational sciences, 2 (CSPI conference 1), 397-401.
12. Дилбар Каршиева (2021). "КОМПЕТЕНТЛИККА АСОСЛАНГАН ТАЪЛИМ"ДА МАЛАКАВИЙ АМАЛИЁТНИНГ АХДМИЯТИ. Scientific progress, 2 (2), 1522-1528.
April 23-24, 2024
https://cspu.uz/
International Scientific and Practical Conference