Научная статья на тему 'XORIJIY TAJRIBALAR TAHLILI ASOSIDA SHAXSGA YO‘NALTIRILGAN O‘QITISH TEXNOLOGIYALARNING MOHIYATI VA TAMOYILLARI'

XORIJIY TAJRIBALAR TAHLILI ASOSIDA SHAXSGA YO‘NALTIRILGAN O‘QITISH TEXNOLOGIYALARNING MOHIYATI VA TAMOYILLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
30
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Innovatsiya / shaxs sifatlari / psixik jarayonlari / xususiyatlari / tajriba va shaxsning yo‘nalganlik sathi / aksiologiya / akmeologiya / kreativlik / refleksiya / pedagogika / pedagogik texnologiya / intelektuallik / innovatsion texnologiyalar / tamoyillar / qonuniyatlar / mezonlar / texnologiklik mezonlar.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Olimova Feruza Karimjonovna

Ushbu maqolada shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalari orqali talabalarni ijodiy faoliyatga tayyorlash jarayonlarining samaradorligi va zaruriyatiga oid g‘oyalar yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XORIJIY TAJRIBALAR TAHLILI ASOSIDA SHAXSGA YO‘NALTIRILGAN O‘QITISH TEXNOLOGIYALARNING MOHIYATI VA TAMOYILLARI»

XORIJIY TAJRIBALAR TAHLILI ASOSIDA SHAXSGA YO'NALTIRILGAN O'QITISH TEXNOLOGIYALARNING MOHIYATI VA TAMOYILLARI

Olimova Feruza Karimjonovna

TDPU mustaqil tadqiqotchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10676564

Annotatsiya. Ushbu maqolada shaxsga yo'naltirilgan o'qitish texnologiyalari orqali talabalarni ijodiy faoliyatga tayyorlash jarayonlarining samaradorligi va zaruriyatiga oid g'oyalar yoritib berilgan.

Tayanch so'zlar: Innovatsiya, shaxs sifatlari, psixik jarayonlari, xususiyatlari, tajriba va shaxsning yo'nalganlik sathi, aksiologiya, akmeologiya, kreativlik, refleksiya, pedagogika, pedagogik texnologiya, intelektuallik, innovatsion texnologiyalar, tamoyillar, qonuniyatlar, mezonlar, texnologiklik mezonlar.

Аннотация. Данная статья проливает свет на эффективность и необходимость процессов подготовки студентов к творческой деятельности посредством персонализированных технологий обучения.

Abstract. This article sheds light on the effectiveness and necessity of the processes of preparing students for creative activities through personalized teaching technologies.

Avtoritar texnologiyada, pedagog yagona sub'ekt sifatda namoyon bo'ladi, o'quvchilar esa faqatgina «ob'yekt» vazifasini bajaradi xolos. Bunda o'quvchining tashabbusi va mustaqilligi yo'qoladi, o'qitish majburiy tarzda amalga oshiriladi. Odatdagi an'anaviy o'qitish, avtoritar texnologiyaga taalluqlidir. Bunda, avvalo YA.A.Komenskiy tomonidan ifoda etilgan, didaktika tamoyillariga asoslangan o'qitishning «sinf-dars» tizimida tashkil etish nazarda tutiladi. Hanuzgacha dunyoda eng ko'p tarqalgan o'qitishning «sinf-dars» tizimi hisoblanadi, u quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi:

Yoshi va tayyorgarlik darajasi taxminan bir xil bo'lgan o'quvchilar sinfni (guruhni) tashkil

etadi:

Sinf (guruh, oqim) yagona o'quv reja, yagona o'quv dasturlar va yagona mashg'ulotlar jadvali bilan Shug'ullanadi;

Mashg'ulotlarning asosiy birligi dars bo'lib, u bitta fanning bitta mavzusiga bag'ishlanadi va o'qituvchi tomonidan boshqariladi;

O'quv kitoblari asosan uy ishlari uchun qo'llaniladi.

An'anaviy o'qitish asosan bilim, ko'nikma va malakalarni o'zlashtirishga qaratilgan bo'lib, Shaxsning rivojlanishini ko'zda tutmaydi.

An'anaviy o'qitish asosini, YA.A.Komenskiy tomonidan tuzilgan pedagogika tamoyillari tashkil etadi:

• ilmiylik;

• tabiatga monandlik (o'qitish rivojlanish bilan belgilanadi va Shakllanmaydi);

• uzviylik va tizimlilik;

• o'zlashtiruvchanlik (ma'lumdan noma'lumga, soddadan murakkabga);

• mustahkamlash (takrorlash, takrorlash ...)

• onglilik va faollik;

• nazariyaning amaliyot bilan bog'liqligi;

• yoshi va individual xususiyatlarini hisobga olish.

An'anaviy o'qitish quyidagi xususiyatlarga ega: zo'ravonlik pedagogikasi, o'qitishning tushuntiruv-ko'rgazmali usuli, ommaviy o'qitish. An'anaviy o'qitishda avtoritarlik quyidagi Shaklda namoyon bo'ladi: o'quvchi bu hali to'la shakllanmagan shaxs, u faqat bajarishi zarur, pedagog esa - bu sardor hakam, yagona tashabbuskor shaxs (3.1.-rasm).

Mumtoz an'anaviy «sinf-dars» tizimi - bu bayon etishning ma'ruzaviy usuli va kitob bilan mustaqil ishlashni o'z ichiga oladi (didaxografiya).

Zamonaviy an'anaviy o'qitish esa, o'qitishning texnik vositalarini qo'llab, didaxografiyadan foydalanishdan iborat bo'ladi. Shaxsga yo'naltirilgan texnologiyalarda, o'quvchi shaxsi pedagogik jarayon markaziga qo'yiladi, uning rivojlanishiga va tabiiy imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishga qulay shart sharoitlar yaratiladi.

O'zbekiston Respublikasidagi ta'lim tizimining milliy modeliga alohida e'tibor qaratilgan. Shaxs, davlat va jamiyat, o'zluksiz ta'lim, fan, ishlab chiqarish. Bu yerda ta'lim milliy modelining asosiy tarkibiy qismi - «Shaxs» birinchi o'rinda turadi. Boshqacha aytganda, butun ta'lim tizimi, shu jumladan, o'qitish shaxsga yo'naltirilgan bo'lishi lozim.

Shuning uchun zamonaviy texnologiyalarda pedagogik jarayon, o'qitishning shaxsga yo'naltirilgan texnologiyalari asosida amalga oshirilishi lozim.

Hayot dialektikasi Shundan iboratki, doimo yangi avlod, oldingi avloddan ko'ra rivojlanganroq bo'ladi. Ilmiy texnik taraqqiyotning keskin yuksalish davrigacha (XX asrning birinchi yarmigacha), fan, texnika va texnologiyalar rivoji evolyutsion, past sur'atlarda amalga oshar edi.

Shuning uchun ketma-ket keluvchi avlodlarning rivojlanish darajasi deyarli farq qilmas edi. Bunday sharoitlarda YA.A.Komenskiyning o'qitishning avtoritar texnologiyasi, an'anaviy «sinf-dars» tizimi dunyoga keldi.

Ilmiy texnik taraqqiyotning keskin yuksalish davrida (XX asrning ikkinchi yarmi), fan, texnika, texnologiyalar yuqori sur'atlarda rivojlanayotgan davrda, bir avlod hayoti davomida fanning rivoji insoniyatning butun tarixidagidan ko'ra ko'proq bo'lgan bu davrda, o'qitishning an'anaviy tizimi (Shu jumladan zamonaviy an'anaviy o'qitish) o'z umrini oxiriga yetdi. Hozirgi zamon avlodining rivojlanish sur'ati oldingilardan ko'ra ancha yuqori bo'lganligi sababli, o'qitishning an'anaviy tizimi, rivojlanishga to'sqinlik qila boshladi. Bunday sharoitlarda taraqqiyot, faqat har bir Shaxsning mavjud imkoniyatlarini to'la ro'yobga chiqarish asosida amalga oshirilishi mumkin. Axborotning hajmi, xilma-xilligi, egallashga moyilligi va vositalarining yetarliligi samarali individual va mustaqil o'qitishni tashkil etish uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratadi. O'qitishni jadallashtirish maqsadida, pedagogning o'quvchiga bo'lgan munosabati «sardor»likdan, uning «sherigi»ga aylanishi zarur.

Mazkur jarayaonlarni samaradorligini oshirish imkoniyatlari quyidagi jadvalda o'z aksini

topgan.

Pedagogning tala, baga munosabati

r

Avtoritar

Shaxsga yo'naltirilgan

5*

"o y

i

£

aan

Ommaviy o'qitish

X

^u

s

Pedagog - yagona sub'ekt, talabalar - pedagogik jarayon ob'ekti

-u

s

-r

.ya

Pedagog - boshliq, hakam Talaba hali shakllanmagan

O'qitishning tushuntirish -ko'rgazmali usuli

Zo'ravonlik pedagogikasi

Tashabbus va mustaqillik so'ndirilgan

O'qitish

__Muammoli o'qitish

.Ishbilarmonlik o'yinlari

X

Tabaqalashtirilgan o'qitish

Kompyuterli o'qitish

Modulli o'qitish

a

t

]

o q

W5

h

x

n o

gi y

a

Insonparvarlik, hamkorlik, shaxsni erkin tarbiyalash

Bilimlar, ko'nikmalar, malakalar o'rtacha o'zlashtiriladi, shaxs esa rivojlanmaydi.

Shaxs rivojlanishi, tabiiy qobiliyati darajasida o'qitilganligi.

3.1.-rasm. O'qitish texnologiyalarining blok-sxemasi

O'qitishning shaxsga yo'naltirilgan texnologiyalariga quyidagi asosiy tamoyillar xos

bo'ladi:

• insonparvarlik, ya'ni insonga har tomonlama hurmat va muhabbat ko'rsatish, unga yordamlashish, uning ijodiy qobiliyatiga ishonch bilan qarash, zo'rlashdan to'la voz kechish;

• hamkorlik, ya'ni pedagog va o'quvchilar munosabatidagi demokratizm, tenglik, sheriklik;

• erkin tarbiyalash, ya'ni Shaxsga uning hayot faoliyatini keng yoki tor doirasida tanlab olish erkinligi va mustaqillikni berish, natijalarni tashqi ta'sirdan emas, ichki hissiyotlardan keltirib chiqarish. Shaxsga yo'naltirilgan texnologiyalarning kommunikativ asosi - pedagogik jarayonda o'quvchiga insoniy-shaxsiy yondashuv hisoblanadi.

Shaxsga yangicha qarash quyidagilardan iborat bo'ladi:

• pedagogik jarayonda Shaxs ob'ekt emas, sub'ekt hisoblanadi;

• har bir o'quvchi qobiliyat egasi, ko'pchiligi esa iste'dod egasi hisoblanadi;

s

t

l

• yuqori etnik qadriyatlar (saxiylik, muhabbat, mehnatsevarlik, vijdon va boshqalar) Shaxsning ustuvor xislatlari hisoblanadi.

Munosabatlarni demokratlashtirish quyidagilarni o'z ichiga oladi:

• o'quvchi va pedagog huquqlarini tenglashtirish;

• o'quvchining erkin tanlab olish huquqi;

• xatoga yo'l qo'yish huquqi;

• o'z nuqtai nazariga ega bo'lish huquqi;

• pedagog va o'quvchilar munosabati zayli: taqiqlamaslik; boshqarish emas, birgalikda boshqarish; majburlash emas, ishontirish; buyurish emas, tashkil etish; chegaralash emas, erkin tanlab olishga imkon berish.

Yangi munosabatlarning asosiy mazmuni, hozirgi zamon sharoitida samarali natija bermaydigan va g'ayri insoniy hisoblanadigan zo'ravonlik pedagogikasidan voz kechishdir. Muammo bu tamoyilni mutlaqlashtirishda emas, balki uning oqilona me'zonlarini aniqlashdadir. Umuman olganda tarbiya jarayonida zo'ravonlik mumkin emas, ammo jazolash insonni kamsitadi, ezadi, rivojlanishini susaytiradi, unda qulchilik xususiyatlarini shakllantiradi.

Erkin o'qitish quyidagilar bilan belgilanadi:

• ishonchga asoslangan erkin talabchanlik;

• o'quv materialiga qiziqish uyg'otish, bilishga va faol ijodiy fikrlashga rag'batlantirish;

• o'quvchilarning mustaqilligi va tashabbusiga tayanish;

• jamoa orqali bilvosita usullar bilan talablarni amalga oshirishni ta'minlash.

Yangi individual yondashuvning mohiyati shundaki, u ta'lim tizimida o'quv fanidan o'quvchiga emas, o'quvchidan o'quv fani tomonga harakatlanishni taqozo etadi, o'quvchilarning mavjud imkoniyatlarni inobatga olib, ularni rivojlantirish, takomillashtirish va boyitishga qaratilgan bo'ladi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Individual yondashuvning zamonaviy yangi talqini quyidagilardan iborat:

• o'rtacha o'quvchiga yo'naltirishdan voz kechish;

• Shaxsning yaxshi xislatlarini izlash;

• Shaxs rivojlanishining individual dasturlarini tuzish.

Shaxsiy yondashishda birinchi navbatda quyidagilar zarur bo'ladi:

• har bir o'quvchi qiyofasida noyob Shaxsni ko'rish, uni hurmat qilish, tushunish, qabul qilish, unga ishonish. Pedagogda barcha o'quvchilar iste'dodli degan ishonch bo'lishi kerak;

• Shaxsga, yutuqni ma'qullovchi, qo'llab-quvvatlovchi, xayrixoh vaziyatlar yaratish, ya'ni o'qish qoniqish va xursandchilikni olib kelishi kerak;

• bevosita majburlashga yo'l qo'ymaslik, qoloqlikka va boshqa kamchiliklarga urg'u bermaslik, uning nafsoniyatiga tegmaslik;

• pedagogik jarayonda, o'quvchilarga o'z qobiliyatlarini ro'yobga chiqarishga imkoniyat yaratish va ko'maklashish.

Oliy, o'rta maxsus va kasbiy ta'lim tizimi uchun, o'qitishning Shaxsga yo'naltirilgan texnologiyalariga quyidagilarni kiritish mumkin:

• ishbilarmonlik o'yinlari;

• muammoli o'qitish;

• tabaqalashtirilgan o'qitish;

• dasturlashtirilgan o'qitish;

• kompyuterlashtirilgan o'qitish;

• modulli o'qitish.

Shaxsga yo'naltirilgan o'qitish texnologiyalari ilmiy-texnikaviy taraqqiyoti jadallashtirilgan davrida rivojlangan davlatlarda shakllantirilganligini inobatga olgan holda ular chuqur ildizlarga ega ekanligini ta'kidlash to'g'ri bo'lar edi.

Qadimiy faylasuf Sokrat o'z chiqishlarida savol va javob usulini ishlatar edi. Bu usul haqiqatni bilib olish uchun yordam berar edi.

Qadimiy Rim pedagogi M.F.Kvantilian har bir Shogirdga e'tibor va diqqat bilan yondashishni tavsiya bergan edi.

O'rta asr Sharqining buyuk olim-mutafakkirlari tomonidan yirik pedagogik meros qoldirilgan. Asrlar, ming yillar davomida Shaxsga muhabbat va hurmat, unga yordamlashish xislatlari asosida sivilizasiya shakllanib keldi.

Millatimiz shakllanishi bilan birgalikda xalqimizning mintaliteti insonga muhabbat va hurmat ko'rsatish, unga yordamlashish xislatlari asosida yuzaga chiqdi. Eng avvalo, yoshlarimizga nisbatan muhabbat yaqqol namoyon bo'ladi. Xalqimiz bolalarga "siz" deb munosabat qilur, kattalar ularga birinchi bo'lib "salom" berur.

Yaponiyaning zamonaviy pedagog-olimlari bolani kuniga 200 martagacha erkalatishni tavsiya beradilar. Bu zamonaviy g'oyalarning debochasi, buyuk ajdodimiz Al-Buxoriyning "Hadis" kitobida "Bolaga rahmdillik qilmoq, uni o'pib quchoqlamoq haqida" yoritilgan. Shaxsga yo'naltirilgan o'qitish texnologiyalarining o'zagi shaxslar o'rtasidagi yuqori qadriyatlarga, teng huquqlilikka asoslangan munosabat hisoblanadi. Bu qadriyatlar Al-Buxoriyning "Hadis" kitobida "Shirin so'z odam haqida", "So'kmoq va la'natlamoq ta'qiqlanganligi haqida" boblarda namoyon etilgan. Unda Shaxsni so'kish uni o'ldirish bilan tenglashtirilgan.

Xulosa qilib ta'kidlash lozimki, ajoyib shaxsiy fazilatlarga asoslangan ta'limimiz, jahonda fanning shakllanishiga va rivoji uchun o'zining munosib xissa qo'shgani bilan ajralib turadi. Abu Ali ibn Sino, A.Beruniy, Al-Xorazmiy, M.Ulug'bek, Al-Buxoriy, A.G'ijduvoniy, B.Naqshbandiy, A.Navoiy, Z.Bobur kabi buyuk ajdodlarimizning ta'limoti, jahon sivilizasiyasidagi bebaho ulushini bugungi kunda butun dunyo tan olmoqda.

Pedagogika fanining rivojlanishiga Yevropa buyuk pedagog-olimlari hissa qo'shgan, jumladan: italiyalik Vittarino di Feltre, fransuz Fransua Rable, ingliz Tomas More, nemis A.Distruverg, rus K.D.Ushinskiy va boshqalarni ta'kidlab o'tish mumkin.

Bular gumanistik tarbiyani, mustaqil fikrlashni rivojlanishini, ijodni, faolligini, ko'rgazma materiallarni keng foydalanishini, nazariy ta'limni mehnat bilan bog'lanish tarafdori edilar. Ular pedagogik jarayonda o'quvchilarni sub'ekt deb hisoblar edilar.

REFERENCES

1. Ochilov M. Oliy maktab pedagogikasi. Oliy o'quv yurtlari talabalari uchun darslik. T.: "O'qituvchi". 2007 yil.

2. Shodmonova Sh., Xoshimova M.,Fayzullaeva N. Tarbiyaviy ishlar uslubiyoti. T.: Fan va texnologiyalari. 2008 y.

3. 3.Saidahmedov N. Yangi pedagogik texnologiyalar. - T.: Moliya, 2006.

4. Shodmonova Sh., Olimova F. "Pedagogik texnologiyalar" o'quv qo'llanma. «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2023.

5. Shodmonova A.Sh., Olimova F. "Pedagogika" darslik. «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2023.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.