Научная статья на тему 'AN’ANAVIY VA RAQAMLI TA’LIMDA PEDAGOGIK DIZAYN VA UNING XAVFSIZLIGI'

AN’ANAVIY VA RAQAMLI TA’LIMDA PEDAGOGIK DIZAYN VA UNING XAVFSIZLIGI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

88
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
raqamli ta‘lim / pedagogik dizayn / tamoyil / tahlil / loyihalashtirish / ishlab chiqish / joriy etish / baholash / model / integratsiya / kontent / xavfsizlik / maxfiylik / ishonchlilik / mualliflik / javobgarlik / raqamli etika / raqamli muhit / kompyuter etikasi / mualliflik huquqi.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — S. R. Niyozov

ushbu maqolada o‗quv jarayonini an‘anaviy va raqamli ta‘limda pedagogik dizayn o‗rganilgan va tahlil qilingan, o‗qitishda pedagogic dizaynning tamoyillari, loyihalanishi va rivojlanishi, shuningdek raqamli muhitda maxsus norma va qoidalarga rioya qilishni o‗quv jarayoniga faol tatbiq etish yo‗llari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AN’ANAVIY VA RAQAMLI TA’LIMDA PEDAGOGIK DIZAYN VA UNING XAVFSIZLIGI»

g

AN'ANAVIY VA RAQAMLI TA'LIMDA PEDAGOGIK DIZAYN

VA UNING XAVFSIZLIGI

S. R. Niyozov

Qurolli Kuchlar xizmatchisi rezervdagi podpolkovnik, O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi Moddiy ta'minot kafedrasi katta o'qituvchisi

Annotatsiya: ushbu maqolada o'quv jarayonini an'anaviy va raqamli ta'limda pedagogik dizayn o'rganilgan va tahlil qilingan, o'qitishda pedagogic dizaynning tamoyillari, loyihalanishi va rivojlanishi, shuningdek raqamli muhitda maxsus norma va qoidalarga rioya qilishni o'quv jarayoniga faol tatbiq etish yo'llari yoritilgan.

Kalit so'zlar: raqamli ta'lim, pedagogik dizayn, tamoyil, tahlil, loyihalashtirish, ishlab chiqish, joriy etish, baholash, model, integratsiya, kontent, xavfsizlik, maxfiylik, ishonchlilik, mualliflik, javobgarlik, raqamli etika, raqamli muhit, kompyuter etikasi, mualliflik huquqi.

Pedagogik dizayn - bu onlayn ta'limni tashkil etishning asosiy usullaridan biri hisoblanadi. Pedagogik dizayn kontentni aniq strategiyali, maqsadli va natijalarni tahlil qilish imkoniyatiga ega bo'lgan kursga aylantirish imkoniyatini beradi.

Onlayn ta'limda tizimli yondashuv muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki pedagogning vazifasi faqatgina bilim berish uchun kurs yaratish emas, balki talabalarga natijaga erishishlariga xizmat qiladigan o'quv resurslarini yaratish hisoblanadi.

Pedagogik dizayn tamoyillari onlayn ta'lim jarayonida tinglovchilarni o'quv jarayoniga jalb qilishga yordam beradi. Samarali onlayn kurs talabalarning o'rganish tamoyillarini, inson ongining qabul qila olish darajasini va ularning motivatsiyasini hisobga olgan holda yaratilishi lozim. Pedagogik dizayn tamoyillari talabalar ortiqcha dalillar va ma'lumotlar bilan chilg'imasliklari uchun taqdim etiladigan ma'lumotlarni tartibga solishga yordam beradi. Pedagog onlayn kursga aniq maqsadlarga erishishga imkon beradigan bilim va ko'nikmalarni kiritadi va maqsadsiz barcha elementlarni olib tashlaydi. Tizimli ishlaydigan kurs yaratuvchisi nafaqat natija oladi, balki ularni baholaydi[2].

Pedagogik dizayn onlayn kurslarni loyihalash uchun turli xil modellarni taqdim etadi. Keling, ulardan eng ommabop to'rttasini ko'rib chiqaylik.

ADDIE - A - tahlil; D - loyihalash; D - ishlab chiqish; I -

joriy etish; E - baholash.

October 20, 2023

g

ADDIE - onlayn kursni loyihalash uchun eng keng tarqalgan model hisoblanadi. Ushbu model 5 ta bosqichdan iborat.

Merrill tamoyillari. Devid Merrill tomonidan 2002 yilda taklif qilingan tizim 5 ta ta'lim tamoyillarini birlashtiradi:

Vazifalarga yo 'naltirish. O'quv kontentlari tinglovchilarning faoliyatida duch keladigan aniq vazifalarni yengishga yordam berishi kerak.

Tinglovchilar bilimiga murojaat. Onlayn kurs tinglovchilarning mavjud bilimlarini yangi ma'lumotlar bilan bog'lashga yordam beradi.

O'quv materiallari taqdimotining xilma-xilligi. Onlayn kurs tinglovchilari e'tiborini jalb qilishi va ma'lumotni yaxshiroq eslab qolishlari uchun yangi bilimlarni taqdim etishning turli usullaridan (ma'ruzalar, hikoyalar, videofilmlar, infografika) foydalanishi kerak.

Qo'llash. Tinglovchilar mashg'ulot jarayonida yangi bilimlarni mustaqil ravishda qo'llashlari kerak.

Integratsiya. Onlayn kurs bo'yicha bilimlar tinglovchilarning faoliyatiga singib ketishi, amalda qo'llanilishi kerak.

Gane ta'limotining 9 ta darajalari. Robert Gane bixeviorizm (insoniylik xulq-atvori) tamoyillariga asoslangan tuzilmani taklif qildi.

E'tiborini jalb qilish. Yorqin tasvir, yo'lantiradigan savol va unutilmas statistik raqamlardan foydalanish mumkin.

Maqsadlar haqida gapirish. Onlayn kursning kirish qismida erishiladigan natijalarni tavsiflash lozim. Maqsadga erish ko'rsatkichlarini aniqlash lozim.

Mavjud bilimiga murojaat qilish. Yangi ma'lumot berishdan oldin, tinglovchilar bilgan ma'lumotlar haqida so'rash lozim va yangi ma'lumotlar bilan bog'lovchi "ko'prik"ni qurish lozim. Yangi ma'lumot tinglovchilarga ma'lum bo'lgan ma'lumot bilan bog'lansa, uni eslab qolish osonroq bo'ladi.

Kontentlarni bo'lish. Yangi kontentni oson bo'lgan kichik bilimlar tizimi sifatida taqdim etish lozim.

Qo'shimcha ma'lumot berish. Mashg'ulot jarayonida olingan bilimlardan tashqari qanday maqolalar, kitoblar, videolarni tavsiya qilish haqida o'ylab ko'rish lozim.

Mashg'ulotdagifaollik. Tinglovchilarni 1,5 soatlik onlayn ma'ruzada o'tirishga majbur qilish mumkin. Ammo bunday mashg'ulotlar salmoqli natija bermaydi.

Teskari aloqa bilan ta'minlash. Tinglovchilar tomonidan bajarilgan vazifalar yuzasidan teskari aloqa o'rnatish lozim. Chat

October 20, 2023

g

g

va boshqa aloqa kanallari orqali iloji boricha tezroq savollariga javob berish lozim.

Samaradorlikni baholash. Tinglovchilar bilimini shaffof va tushunarli mezonlarga mosligini tekshirish.

O'quv materiallari tizimlashtirish. Tinglovchilarga ko'plab ma'lumotlarni yodlab olishga yordam beradigan shablonlar, nazorat varaqalari, jadvallar va boshqa vositalarni taklif etish.

Blum taksonomiyasi. 1956 yilda Bendjamin Blum kognitiv o'rganish darajasini tavsiflovchi tizim yaratdi. Blum o'quv materiali bilan tanishishning 6 darajasini ta'kidlaydi:

Bilim. Tinglovchi o'rgangan ma'lumotni eslab qoladi va takrorlaydi (masalan, muayyan sohaning atamalari va asosiy tushunchalarini eslab qoladi). Darajaga mos keladigan fe'llar: aniqlash, ta'riflash, tanlash, bilish, nomlash.

Tushunish. Tinglovchi faktlar va g'oyalarni tushunishni namoyish etadi. Ularni tizimlashtirishi, solishtirishi mumkin. U matnni o'z so'zlari bilan aytib berishi, boshqa tinglovchiga tushuntirishi mumkin. Darajaga mos keladigan fe'llar: hikoya qilish, tushuntirish, izohlash, misol keltirish.

Qo 'llash. Tinglovchi bilimlarni amalda qo'llashi, shu kabi va boshqa turdagi vazifalarni hal qilish uchun bilimlardan foydalanishi mumkin. Darajaga mos keladigan fe'llar: qo'llash, o'zgartirish, qurish.

Tahlil. Tinglovchi o'quv materilialini mustaqil ravishda tahlil qilishi, mantiqiy xatolar yoki zaif dalillarni ko'rishi mumkin. Darajaga mos keladigan fe'llar: solishtirish, tahlil qilish, xulosa chiqarish.

Baholash. Tinglovchi o'quv materialining sifatini baholashi, uning qiymati haqida xulosa chiqarishi mumkin. Darajaga mos keladigan fe'llar: baholash, taqqoslash, tanqid qilish.

Yaratish. Tinglovchi mavjud o'quv materiallari asosida yangi materiallarni yaratishi mumkin. Darajaga mos keladigan fe'llar: o'zgartirish, qayta qurish, umumlashtirish.

Pedagogik dizayn ta'lim jarayonini yanada samarali va sifatli tashkil etishda muhim rol o'ynaydi. Bu, ayniqsa, tinglovchilar, professor-o'qituvchilar va o'quv kontenti o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni to'g'ridan-to'g'ri emas, balki axborot va kommunikatsiya texnologiyalari orqali ta'minlanadigan onlayn ta'limda muhimdir. Kelajakda raqamli ta'lim resurslarini yaratishni rejalashtirayotgan professoro'qituvchilar bu jarayonning moliyaviy va inson resurslari bilan bir qatorda juda ko'p vaqt talab qilishini

tushunishi lozim. Faqat pedagogik dizaynning har bir bosqichida

October 20, 2023

Chirchik State Pedagogical University Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023

Effectiveness of Introduction of Digital Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni

batafsil, yaxshi rejalashtirilgan mehnat orqali sifatli raqamli resurs yaratiladi.

Raqamli muhitda maxsus norma va qoidalarga rioya qilish

Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi axborotni, shu jumladan intellektual faoliyat natijalarini, nusxalash va tarqatish xarajatlari va tezligini, shuningdek markazlashtirilmagan axborot munosabatlarini minimallashtirdi. Shuningdek, nashriyot manbalaridan foydalanish sezilarli darajada pasaytirdi. Nusxa ko'chirish taqiqlangan yoki buning uchun to'lov belgilangan hollarda, bu foydalanuvchilarning noroziligiga sabab bo'ladi, chunki ctrl+S - ctrl+V kombinatsiyasini bosish osonroq. Lekin bu amaliyot mualliflik huquqining buzilishiga olib keladi. Raqamli ma'lumotlarning bunday katta oqimida ushbu qoidalarga qanday rioya qilish kerak?

Raqamli etika - bu onlayn muhitda o'zini tutish qoidalari va tamoyillari to'plamidir. Raqamli etika bizga Internetda va boshqa raqamli muhitda nima qilish mumkin va nima qilish mumkin emasligini tushunishga yordam beradi[4].

Raqamli etikaning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:

- Xavfsizlik: shaxsiy ma'lumotlaringizni himoya qilish va raqamli hayotingizni xavfsizligi ta'minlanishi lozim.

- Maxfiylik: boshqa odamlarning shaxsiy hayotiga oid ma'lumotlar maxfiyligiga rioya qilish va ularning ma'lumotlariga ruxsatsiz kirishdan himoya qilish kerak.

- Hurmat: Internetdagi boshqa odamlarning huquqlari, fikrlari va chegaralarini hurmat qilish kerak.

- Ishonchlilik: siz faqat tasdiqlangan va to'g'ri ma'lumotlarni baham ko'rishingiz kerak.

- Mualliflik huquqi: mualliflik huquqini hurmat qilish va buzmaslik, mualliflik huquqini buzuvchi kontentni yuklamaslik yoki tarqatmaslik kerak.

- Ko'p madaniyatli: madaniy xilma-xillikni hurmat qilish va boshqa madaniyatlar va fikrlarga ochiq bo'lish kerak.

- Shaxsiy javobgarlik: internetda sizning harakatlaringiz va ularning oqibatlari uchun javobgarlikni o'z zimmangizga olishingiz kerak.

Raqamli etika - raqamli jamiyatda sog'lom munosabatlarni rivojlantirish uchun muhim omillardan biri hisoblanadi. Agar biz raqamli etika qoidalari va tamoyillariga rioya qilsak, barcha Internet foydalanuvchilari uchun xavfsiz va qulay muhit yaratishimiz mumkin[5].

October 20, 2023

https://cspi.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

¿L

Raqamli muhitda etikaga amal qilishning ba'zi usullariga to'xtalib o'tamiz:

- Internet xavfsizligi: raqamli etika qoidalari turli xil kiber tahdidlar, firibgarliklar, shaxsiy ma'lumotlarni o'g'irlash va viruslarni hisobga olgan holda Internetda xavfsizlikni saqlashga yordam beradi. Onlayn xavfsizlik qoidalariga rioya qilish shaxsiy ma'lumotlarimizni himoya qiladi va bizni kiber tahdidlardan xalos qiladi.

- Vijdonlilik va mas'uliyat: raqamli etika bizni internetda vijdonli va mas'uliyatli foydalanuvchi bo'lishga o'rgatadi. Masalan, mualliflik materiallaridan to'g'ri foydalanish, soxta yangiliklar va soxta axborot resurslarini tarqatmaslik.

- Tarmoqda sog'lom munosabatlarni o'rnatish: raqamli etika tarmoqdagi boshqa foydalanuvchilar bilan to'g'ri munosabatda bo'lishga yordam beradigan bir qator prinsiplardan iborat. Bu onlayn o'yin ishtirokchilari o'rtasidagi munosabatlar, forumlar va ijtimoiy tarmoqlardagi o'zaro munosabatlar bo'lishi mumkin. Ushbu qoidalar ishtirokchilarga o'zlarini xavfsiz va qulay his qilish, bir-birlariga hurmat bilan munosabatda bo'lish va shaxsiy ma'lumotlarini saqlashga imkon beradi.

- So'z erkinligini hurmat qilish: raqamli etika hurmat va so'z erkinligini kafolatlaydi, shuningdek, Internetdagi turli fikrlar va ularning mualliflariga hurmat bilan munosabatda bo'lishni buyuradi. So'z erkinligini hurmat qilish raqamli etika qoidalaridan biri bo'lib, u boshqa foydalanuvchilar bilan o'zaro aloqada bo'lishga yordam beradi va bepul va ochiq Internetni ta'minlaydi.

Axborot texnologiyalarining rivojlanishi va qo'llanilishi bilan bog'liq holda yuzaga keladigan axloqiy muammolarni o'rganuvchi yangi fan - axborot etikasi paydo bo'ldi. Axborot etikasi kompyuter etikasi va axborot falsafasi bilan bog'liq.

Kompyuter etikasi fanlararo tadqiqotlar sohasi bo'lib, texnik, axloqiy, huquqiy, ijtimoiy, siyosiy va falsafiy masalalarni ko'rib chiqishni o'z ichiga oladi. Unda tahlil qilingan muammolarni uch guruhga bo'lish mumkin.

1. Kompyuter mutaxassislari va ishi kompyuter texnologiyalaridan foydalanishni o'z ichiga olgan oddiy foydalanuvchilar uchun axloq qoidalarini ishlab chiqish bilan bog'liq muammolar.

2. Axborot texnologiyalari sohasida mulk huquqi, mualliflik huquqi, shaxsiy hayot huquqi va so'z erkinligini himoya qilish muammolari.

3. Kiber jinoyatlarining paydo bo'lishi, ularning holatini aniqlash bilan bog'liq muammolar guruhi.

Har bir o'qituvchi ixtiyoriy yoki majburiy ravishda mualliflik huquqiga rioya qilish muammosiga duch keladi. Bu, bir tomondan, o'z uslubiy, o'quv, ilmiy materiallarni ruxsatsiz nusxa

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

717

g

g

ko'chirish va plagiatdan himoya qilish, ikkinchi tomondan, mualliflik huquqiga rioya qilishdir. Mualliflik huquqi shaxsiy-nomulkiy va mutlaq mualliflik huquqlariga ajraladi[1]. Shaxsiy nomulkiy huquqlarga quyidagilar kiradi:

- asar muallifi deb e'tirof etilish huquqi (mualliflik huquqi);

- asardan muallifning haqiqiy ismi-sharifi, taxallusini ko'rsatgan holda yoxud ismi-sharifini ko'rsatmasdan, ya'ni imzosiz foydalanish yoki foydalanishga ruxsat berish huquqi (mualliflik ismi-sharifiga bo'lgan huquq);

- asarni har qanday shaklda oshkor qilish yoki oshkor qilishga ruxsat berish huquqi (oshkor qilishga bo'lgan huquq), shu jumladan chaqirib olish huquqi;

- asarni, shu jumladan uning nomini muallifning sha'ni va qadrqimmatiga zarar yetkazishi mumkin bo'lgan har qanday tarzda buzib ko'rsatilishidan yoki har qanday boshqacha tarzda tajovuz etilishidan himoya qilish huquqi (muallif obro'sini himoya qilish huquqi).

Mutlaq huquq ushbu asarni ko'paytirish, tarqatish, ko'rsatish, import qilish, nusxalash va sotish imkoniyatini beradi. E'tibor bering, agar mahsulot inson tomonidan o'z vazifalarini bajarish jarayonida yaratilgan bo'lsa (masalan, o'qituvchi masofaviy o'qitish kursini ishlab chiqqan bo'lsa), unda shaxsiy nomulkiy huquqlar muallifga, mutlaq huquqlar esa ish beruvchiga tegishli.

Mualliflik huquqi g'oyalar, tushunchalar, tamoyillar, usullar, jarayonlar, tizimlar, usullar, texnik, tashkiliy yoki boshqa muammolarni hal qilish, kashfiyotlar, faktlar, dasturlash tillari, er osti boyliklari haqidagi geologik ma'l umotlarga taalluqli emas. Quyidagilar mualliflik huquqi ob'ekti emas: rasmiy hujjatlar, davlat va shahar ramzlari va belgilari, aniq mualliflarga ega bo'lmagan xalq amaliy san'ati asarlari, voqea va faktlar haqidagi xabarlar[1].

Mualliflik huquqi asar yaratilganda yuzaga keladi va ro'yxatdan o'tish yoki boshqa rasmiyatchiliklarni talab qilmaydi.

O'zbekiston Respublikasining "Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risida"gi qonunida asardan muallifning ismi-sharifini va olingan manbaini albatta ko'rsatgan holda hamda asardan normal foydalanilishiga zarar yetkazmaslik va muallifning qonuniy manfaatlariga putur yetkazmaslik sharti bilan oshkor qilingan asarlardan yoki bunday asarlarning parchalaridan ta'lim va o'quv tusidagi nash rlarda ko'zlangan maqsadga mos hajmda misollar tariqasida foydalanish ko'rsatib o'tilgan. Boshqa barcha holatlarda muallifning roziligi talab qilinadi.

Masalan, sayt sahifasiga biron bir manbaga havolani

joylashtirish uchun muallifga xabar berish shart emas. Shuni ta'kidlash joizki, sarlarning ochiq manbalarda mavjudligi siz

October 20, 2023

g

g

materialdan erkin nusxa ko'chirishingiz va undan foydalanishingiz mumkin degani emas. Har qanday darslikni muallifining roziligisiz shaxsiy veb-saytiga joylashtirish, boshqa odamlarning veb-sahifalarini nusxalash, Internetda olingan fotosuratlarni ular asosida yangi manbalar yaratish uchun o'zgartirish, film yoki kompyuter dasturining soxta nusxasidan foydalangan holda, u huquqbuzarlik qiladi, ya'ni mualliflik huquqini buzadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining "Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risida"gi qonuni / https://lex.uz/docs/1022944

2. Sh.Adashboev. Oliy ta'lim tizimida raqamli ta'limning didaktik tamoyillari. UzACADEMIA. Ilmiy uslubiy jurnali, №9 20/01/2021, 14-19 b.

3. Петрова Е. цифровая дидактика: проектирование процесса обучения и его сопровождение // Современное педагогическое образование № 4, 2018. - c. 141-

4. Чощанов М.А. Е-дидактика: новый взгляд на теорию обучения в эпоху цифровых технологий // Образовательные технологии и общество № 3, т. 16. -а 684-695.

5. Моисеева М.В., Полат Е.С., Бухаркина М.Ю., Нежурина М.И. Интернет обучение: технологии педагогического дизайна / Под ред. Кандидата педагогических наук М.В. Моисеевой. — М.: Издательский дом «Камерон», 2004. — 216 с.

6. Гресова А. П. Развитие познавательных способностей старшеклассников средствами педагогического дизайна: дисс. ... к. п. н. Саратов, 2016. 194 с.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

7. Уваров А. Ю. Педагогический дизайн // Информатика. 2003. № 3. а 1-32.

143

October 20, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.