Научная статья на тему 'AMU-BUXORO MASHINA KANALINING DALA-KUZATUV NATIJALARI'

AMU-BUXORO MASHINA KANALINING DALA-KUZATUV NATIJALARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
27
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
KANAL / DARYO / LOYQA / EKSPLUATATSIYA / ABMK

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Qayumova S.

Ushbu maqolada kuzatuvlar jarayonida Amu-Buxoro mashina kanaliga Amu-Daryodan suv olish sathlari va suv bilan kirayotgan loyqadan tozalash hajmlari, harajatlari taxlil qilingan. Bugungi kunga kelib Amu Buxoro kanalining suv olish manbayi Amu Daryoning suvi loyqalik darajasi yuqoriligi hamda daryosuv sathini oldingi yillarga nisbatan pasaygani tufayli Amu Buxoro kanalining bosh qismida faqatgina bitta irmoq orqali suv kirib kelmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

RESULTS OF FIELD MONITORING OF AMU-BUKHARA MASHINE CANAL

In this article, in the course of observations, the levels of water intake from the Amu-Darya and the volumes and costs of cleaning the water entering the Amu-Bukhara machine channel are analyzed. To date, due to the high turbidity of the Amu River, the source of water of the Amu Bukhara canal, and the decrease of the river level compared to previous years, water enters the main part of the Amu Bukhara canal through only one tributary.

Текст научной работы на тему «AMU-BUXORO MASHINA KANALINING DALA-KUZATUV NATIJALARI»

UDK: 556.113.3 I

Qayumova S.

Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti "Gidrotexnik inshootlar va

nasos stansiyalari" kafedrasi stajyor-o'qituvchisi.

"Toshkent irrigatsiya va qishloq xo 'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari

instituti" Milliy tadqiqot universiteti Buxoro tabiiy resurslarini boshqarish instituti

O'zbekiston, Buxoro

AMU-BUXORO MASHINA KANALINING DALA-KUZATUV

NATIJALARI

Annotatsiya: Ushbu maqolada kuzatuvlar jarayonida Amu-Buxoro mashina kanaliga Amu-Daryodan suv olish sathlari va suv bilan kirayotgan loyqadan tozalash hajmlari, harajatlari taxlil qilingan. Bugungi kunga kelib Amu Buxoro kanalining suv olish manbayi Amu Daryoning suvi loyqalik darajasi yuqoriligi hamda daryosuv sathini oldingi yillarga nisbatan pasaygani tufayli Amu Buxoro kanalining bosh qismida faqatgina bitta irmoq orqali suv kirib kelmoqda.

Tayanch so'zlar: Kanal, Daryo, Loyqa, Ekspluatatsiya, ABMK.

Kayumova S. trainee-teacher

department "Hydraulic structures and pumping stations Bukhara Institute of Natural Resources Management National Research University of "Tashkent Institute of Irrigation and

Agricultural Mechanization Engineers"

Uzbekistan, Bukhara

RESULTS OF FIELD MONITORING OF AMU-BUKHARA MASHINE

CANAL

Annotation. In this article, in the course of observations, the levels of water intake from the Amu-Darya and the volumes and costs of cleaning the water entering the Amu-Bukhara machine channel are analyzed. To date, due to the high turbidity of the Amu River, the source of water of the Amu Bukhara canal, and the decrease of the river level compared to previous years, water enters the main part of the Amu Bukhara canal through only one tributary.

Key words: Canal, River, Muddy, Exploitation, ABMC.

Kuzatuvlar jarayonida eng ko'p duch kelingan muammo bu loyqa cho'kishi bilan bog'liq bo'lib, muammoni keltirib chiqaruvchi omillardan biri sifatida muallaq oqiziqlarning kanaldagi gidrotexnik inshootlar oldida yig'ilib

qolishi kuzatildi. Ma'lumki loyqa cho'kishi bevosita oqim tezligiga bog'liq jarayon bo'lib, agar oqim biron to'siqqa uchrashi natijasida o'z tezligini yo'qotadigan bo'lsa kanalda ko'milish vujudga keladi. Bu esa o'z navbatida ortiqcha sarf-xarajatni va qator muammolarni keltirib chiqaradi. Amu-Buxoro mashina kanaliga Amu-Daryodan suv olish satxlari va suv bilan kirayotgan loyqadan tozalash hajmlari, harajatlari taxlil qilingan. Amu-Buxoro mashina kanali Olot tuman boshqarmasining asosiy vazifasi Amudaryodan suvni sun'iy o'zanlar orqali olib, Amu-Buxoro kanallari, gidrotexnik inshootlar yordamida va nasos stansiyalar orqali ko'tarib berilib, Amu Buxoro Kanalining PK 1203+00 gacha yetkazib berishdir.Yuqorida sanab o'tilgan qurilma va inshootlarni maromida ishlatish joriy va to'la ta'mirlashlarni o'z vaqtida olib borish uchun boshqarma tizimida quyidagi bo'limlar va sexlar tuzilgan: Ma'muriyat; kanallar xizmati va ekspluatatsiyasi bo'limi; elektrotexnika bo'limi; elektrolaboratoriya bo'limi; mexanika sexi; qurilish ta'mirlash sexi; moy xo'jaligi; avtotraktor parki; uy joylardan foydalanish bo'limi; markaziy dispetcherlar bo'limi; bosh to'g'on uchastkasi; ikkilik suv tarqatish inshooti uchastkasi. Asosiy va yordamchi uskunalarni o'z vaqtida sifatli ta'mirlash va inshootlarning texnik xolatini yaxshilash va to'xtovsiz ishlashiga imkon beradi.

1-rasm.Amu-Buxoro kanalidagi zemsinaryat

2-rasm Amu-Buxoro kanalidagi zemsinaryatning ishchi qismi

Qurilma va inshootlarning eskirish va ularga ketadigan xarajatlarning xisobi o'z vaqtida olib borilishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Amu-Buxoro mashina kanali boshqarmasi Amu-Daryodan birinchi va ikkinchi sun'iy o'zanlar orqali Bosh to'g'on inshootidan kerakli mikdordagi suv olinib, «Ikkilik suv tarqatish» inshootida ABK-1, ABK-2 navbatlari, AKK va yamanjar kanallariga bo'linib, Buxoro-1, Buxoro-2, Jondor-1 ko'tarma va Xamza yordamchi nasos stansiyalari yordamida suvni ko'tarib, Buxoro va Navoiy viloyatlariga yerlarni sug'orish uchun suv yetkazib beradi.

Amu-Daryodan suvning mavsumiy o'zgarishiga qarab birinchi va ikkinchi sun'iy o'zanlar orqali olinadi. Bu o'zanlarning uzunligi 22 km tashkil qiladi. Suniy o'zanlar mavsumiy ravishda Amu-Daryoning suv satxining o'zgarishiga qarab ochib yopiladi.

Bosh irshootdan (PK28+00). Ikkilik STI. (PK137+70). (m3).

400000 350COO 300000 250000 200000 150000 100000 50000

3773&3

115351

S36S4 fl ■ 7S693

627S4

133335 H H H H —

llllllll.

54332

I

Yanvar Fevral M art Aprel May lyun lyul Avgust Senlabr Oktabr Noyabr

rasm. Bosh inshootdan Ikkilik suv taqsimlash inshootigacha oqiziqlar

diagramasi.

Bugungi kunga kelib Buxoro viloyati hamda Navoyi viloyatining bir qismini suv bilan tamilovchi Amu Buxoro kanalining suv olish manbayi Amu Daryoning suvi loyqalik darajasi yuqoriligi hamda daryo suv sathini oldingi yillarga nisbatan pasaygani tufayli Amu Buxoro kanalining bosh qismida faqatgina bitta irmoq orqali suv kirib kelmoqda. Daryodan yani suv olish manbayidan Bosh inshootgacha bo'lgan masofadagi kanal uzunligi 11 km shundan PK00+00 dan PK 23+00 gacha yani 2.3 km tindirgich vazifasini bajaradi. Hozirgi vaqtga kelib bu tindirgich va bosh inshootgacha bo'lgan suv olib kelish kanali doyimiy uzluksiz 36 ta zemsnaryatlar ishlab kanalga cho'kib qolayotgan loyqani chiqarib tashlamoqda. Ushbu zemsnaryatlarning 34-tasi elektr energiyasi orqali ishlaydi, 2-tasi esa dizel yoqilg'isi bilan ishlab turibdi.

Xulosa.

Xulosa qilib aytganda Amu- Buxoro mashina kanali (ABMK) ga suv olish jarayonida kanalga loyqa kirishini kamaytirish bo'yicha texnik tadbirlar ishlab chiqish kerak. Shu maqsadni ko'zlab quydagi masalalar bilan tanishib chiqilish zarur.

1.Amu-Buxoro magstiral kanali joylashgan hududning o'ziga xos tabiiy geografik xususiyatlari o'rganish;

2.Amu-Buxoro magstiral kanaliga suv beradigan daryoning gidrologik rejimi: ularning suv sathi, harakterli suv sathlari o'rganish;

3

3.Magstiral kanalning suv balansi asosiy elementlari dinamikasi, kanallar orqali chiqib ketadigan oqim dinamikasi hamda suv miqdorining yil davomida o'zgarishi o'rganilib, grafiklar chizilishi;

4.Amu-Buxoro magstiral kanali ning tubida cho'kkan loyqa oqiziqlarning 100% daryodan keladigan suvning loyqalik darajasi hissasiga to'g'ri kelganligini aniqlash;

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Bakiev M.R, Rahmatov N., Ibraymov A. Kanaldagi gidrotexnika inshootlaridan foydalanish Toshkent 2018-yil

2. 2. Bakiyev M.R., Kaveshnikov N., Tursunov T., Gidrotexnika inshootlaridan foydalanish. Toshkent, 2011 y.

3. 3. Bakiev M.R., Кириллова Е.И., Талипов Ш.Г., Эрназаров Н.Ш. «Эксплуататсионная надежност и безопасност гидротехнических сооружений». Методическое пособие. Tashkent, TIIM, 2012 g.

4. 4. Raxmatov N. Правовые вопросы обеспечения безопастности ГТС на трансграничных водных объектах бассейна Сырдари. "Ирригатсия ва мелиораmсия" jurnali, Toshkent, № 4 2017 yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.