Научная статья на тему 'NASOS AGREGATLARI TEXNIK SUV TA’MINOTI TIZIMI TAHLILI I'

NASOS AGREGATLARI TEXNIK SUV TA’MINOTI TIZIMI TAHLILI I Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
860
58
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
NASOS / FAVQULOTDA O'CHIRISH / NASOS STANSIYA / TEXNIK SUV TA'MINOTI / GIDROSIKLON / FILTR / BOSIMLI QUVUR / AGREGAT / SALNIK

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Mirzayev M., Yavov A.

Ushbu maqola Amudaryo havzasida joylashgan Quyimozor yordamchi nasos stansiyasining texnik suv bilan ta’minlash tizimi haqida ma’lumotlar berilgan. Tizimdagi muammolar o’rganilgan va ularni yechish bo’yicha tegishli xulosalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ANALYSIS OF TECHNICAL WATER SUPPLY SYSTEM OF PUMP UNITS I

This article provides information about the technical water supply system of the Kuyimozor auxiliary pumping station located in the Amudarya basin. Problems in the system are studied and appropriate conclusions are given to solve them.

Текст научной работы на тему «NASOS AGREGATLARI TEXNIK SUV TA’MINOTI TIZIMI TAHLILI I»

UDK 626.83

Mirzayev M.

Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti "Gidrotexnik inshootlar va

nasos stansiyalari" kafedrasi stajyor-o 'qituvchisi

Yavov A.

Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti "Gidrotexnik inshootlar va

nasos stansiyalari" kafedrasi stajyor-o'qituvchisi "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti Buxoro tabiiy resurslarini boshqarish

instituti O'zbekiston, Buxoro

NASOS AGREGATLARI TEXNIK SUV TA'MINOTI TIZIMI TAHLILI

Annotatsiya. Ushbu maqola Amudaryo havzasida joylashgan Quyimozor yordamchi nasos stansiyasining texnik suv bilan ta'minlash tizimi haqida ma'lumotlar berilgan. Tizimdagi muammolar o'rganilgan va ularni yechish bo 'yicha tegishli xulosalar berilgan.

Kalit so'zlar: Nasos, favqulotda o'chirish, nasos stansiya, texnik suv ta'minoti, gidrosiklon, filtr, bosimli quvur, agregat, salnik.

Mirzaev M. trainee-teacher

department "Hydraulic structures and pumping stations" Bukhara Institute of Natural Resources Management

Yavov A. trainee-teacher

department "Hydraulic structures and pumping stations" Bukhara Institute of Natural Resources Management

National Research University "Tashkent Institute of Irrigation and Agricultural Mechanization Engineers"

Uzbekistan, Bukhara

ANALYSIS OF TECHNICAL WATER SUPPLY SYSTEM OF PUMP

UNITS

Annotation. This article provides information about the technical water supply system of the Kuyimozor auxiliary pumping station located in the Amudarya basin. Problems in the system are studied and appropriate conclusions are given to solve them.

Keywords: Pump, emergency shut-off, pumping station, technical water supply, hydrocyclone, filter, pressure pipe, unit, tank.

мЭкономнка h соцнумм №9(100) 2022

www.iupr.ru

157

Ma'lumki Amudaryodan oqib kelayotgan suvning tarkibida loyqa miqdori yuqori bo'lib, ba'zi bir hollarda 7-9 gr/l gacha boradi. Nasos stansiyasi jihozlarining ishonchli ishlashi uchun texnik suvni turli xil mexanik zarrachalardan tozalab yetkazib berish lozim.

Amudaryoda suvning loyqaligi katta bo'lganligi sababli, nasos stansiyalaridagi filtrlarni loyqa zarrachalar bilan tez to'lib qolishi kuzatildi. Nasos stansiyasidan olingan ma'lumotlar shuni ko'rsatdiki loyqa to'lib qolgan filtrni tozalash uchun nasos qurilmasini to'xtatib filtrni tozalash ishlari bajarilgan. Bunday xolatlar ayniqsa qishloq xo'jalik ekinlari uchun talab qilinadigan suv katta miqdorda kerak bo'ladigan davrda ko'p uchragan. Chunki suv sarfining oshib borishi bilan daryodan olinayotgan suvning tarkibidagi loyqa miqdori oshib boradi.

Nasos stansiyasini texnik suv bilan ta'minlash tizimini takomillashtirish muhim masalalardan biri hisoblanadi. Bu muammoni ilmiy asoslangan holda yechish qishloq xo'jalik ekinlarining suvga bo'lgan talabini doimiy ta'minlash imkoniyatlarini yaratadi.

Texnik suv bilan ta'minlash tizimi nasos stansiyadagi texnologik jihozlarni sovutish va moylash uchun ishlatiladi.

Nasos agregatlarining soni, suv berish unumdorligi va quvvatiga qarab nasos stansiyalarida markazlashgan, guruhlashgan va blokli suv ta'minoti sxemalaridan foydalaniladi. Texnik suv ta'minoti uchun K, KM va D turdagi markazdan qochma nasoslardan foydalaniladi.

Quyimazor yordamchi nasos stansiyasi 2013-yida ishga tushirilgan. Nasos stansiyada umumiy suv sarfi 43,2 m3/s va suv ko'tarish balandligi 21 m ga teng bo'lgan jami 12 dona AD-12500-24 nasoslar o'rnatilgan.

Bu nasoslar yordamida Buxoro, Kogon, Vobkent, Romitan, Peshku tumanlaridagi 29 ming gektar yer maydonlari sug'oriladi. Nasos stansiya atrofida toza suv manbalari bo'lmaganligi tufayli har bir agregat uchun alohida o'rnatilgan GSP-150 markali gidrosiklon va suv filtridan iborat texnik suv tizimiga suv bevosita nasos agregatlarining bosimli quvurlaridan olinadi.

'^KOHOMHKa h ^HyMM №9(100) 2022

www.iupr.ru

158

1-rasm. Quyimazor yordamchi nasos stansiyasi texnik suv taminoti

tizimining sxemasi

Gidrosiklonlar quyultirish, tasniflash va boyitish uchun ishlatiladi. Gidrosiklonlar quyma va po'lat listdan payvandlangan bo'lishi mumkin va ichki tomonidan rezina bilan qoplanadi. Bu uni yeyilib ketishidan saqlaydi. Ular silindr va konussimon qismlardan iborat bo'lib, bo'tana yuboruvchi va ajralgan suyuqlik chiqib ketadigan quvurlari bor. Dastgohda berilayotgan bo'tana katta aylanma tezlik bilan harakat qiladi. Hosil bo'lgan markazdan qochma kuch ta'sirida qattiq zarrachalar gidrosiklon devorlariga borib uriladi va tezligini yo'qotib sekin-asta pastga qarab sirpanib tusha boshlaydi. Suyuqlik esa ichki aylanma harakat orqali yuqoriga ko'tariladi va qopqoqdan teshik orqali chiqarib olinadi.

Tizimdagi asosiy muammo bu - filtrlarning tez to'lib qolishidir. Filtrlarning loyqadan to'lish davomiyligi mavsumiy o'zgaradi. Ya'ni vegetatsiyaning yeng yuqori davri bo'lgan yoz oylarida filtrlar bir hafta vaqt intervali bilan tozalansa, bu interval novegetatsiya davri bo'lgan va nisbatan daryoning loyqaligi kam bo'lgan qish oylarida bir oygacha uzayadi. Filtrlarning to'lishi nasos agragatini to'xtatishga olib keladi. Bu yesa o'z navbatida, -vaqtning yo'qotilishiga; -umumiy suv sarfi kamayishiga;

Har bir nasos agregatining dvigatelida va podshibniklarida issiqlik datchiklar o'rnatilgan bo'lib, harorat 80°C ga yetganda markaziy kompyuter ekranida qizil rangda ogohlantirish signalini beradi. So'ngra nasos agregati o'chiriladi va filtrlar qo'l kuchi yordamida tozalanadi.

Xulosa. Quyimozor nasos stansiyasining tabiati,iqlim sharoiti, tuproq tarkibi o'rganildi va juda og'ir sharoitda ya'ni yuqori temperaturada, loyqaligi yuqori bo'lgan suvni uzatishi kerakligi aniqlandi. Bunday og'ir sharoitda foydalaniladigan nasos stansiyasining ekspluatatsion holatlarini yaxshilash uchun qo'yilgan talablarni bajarish muhim ahamiyatga egadir.

мЭкономнка h ^uyM" №9(100) 2022

www.iupr.ru

159

Adabiyotlar:

1. A Krutov, B Norkulov, P Nurmatov, M Mirzaev, "Applicability of zero-dimensional equations to forecast nonconservative components concentration in water bodies" IOP Conference Series: Materials Science and Engineering 2020, volume 883 https://iopscience.iop.org/issue/1757-899X/883/1

2. B Uralov, K Isabaev, F Jamolov, M Akhmadi, M Mirzaev. "The influence of the shape the living section of the pressureless machine channel and the roughness of its wetted surface on the hydraulic resistance" International Scientific Conference Construction Mechanics, Hydraulics and Water Resources Engineering (CONMECHYDRO - 2020) 23-25 April 2020, Tashkent Institute of Irrigation and Agricultural Mechanization Engineers, Tashkent, Uzbekistan https://iopscience.iop.org/issue/1757-899X/883/1

3. IA Ibragimov, UA Juraev, DI Inomov. Hydromorphological dependences of the meandring riverbed forms in the lower course of the Amudarya river. IOP Conference Series: Earth and Environmental Science. (2022-01-18, Volume: 949, 1-8 p.) https: //iopscience. iop. org/article/10.1088/1755-1315/949/1/012090

4. H Ismagilov, I Ibragimov. Hydraulic parameters on the curvilinear section of the river channel in conditions of regulated water flow. Conferinta "Cadastru si Drept" Lucrari §tiin|ifice, Chisinau, Moldova. (2013. Volume: 33, 69-72 б.) https://ibn.idsi.md/sites/default/files/imag_file/69-72_5.pdf

5. Х.А Исмагилов, И.А. Ибрагимов. Рекомендации по гидравлическому расчету и креплению берегов русла реки Амударья, в условиях зарегулированного стока воды. Журнал: Проблемы механики. (2014/3. №1. 66-69 c.) https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=B0D ZEakAAAAJ&citation_for_view=B0DZEakAAAAJ:xtRiw3GOFMkC

6. ХА Исмагилов, ИА Ибрагимов. Движение паводковых вод в руслах в условиях зарегулированного стока воды. Журнал: Проблемы механики. (2014. №1. 69-71 c.) https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=B0D ZEakAAAAJ&citation_for_view=B0DZEakAAAAJ:tS2w5q8j5-wC

7. ИА Ибрагимов. Морфологические параметры на криволинейном участке реки в условиях зарегулированного стока воды. Журнал: Проблемы механики. (2014. №1. 65-68 c.) https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=B0D ZEakAAAAJ&citation_for_view=B0DZEakAAAAJ:maZDTaKrznsC

8. ХА Исмагилов, ИА Ибрагимов. К вопросу о коэффициенте шероховатости русел рек в условиях зарегулированного стока воды. Журнал: ГИДРОТЕХНИКА. (2013. №4. 40-45 c.) https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=B0D ZEakAAAAJ&citation_for_view=B0DZEakAAAAJ: 1 sJd4Hv_s6UC

9. HA ISMAGILOV, IA IBRAGIMOV. Hydromorphological relations of channels under regulated runoff conditions. Journal Problem's of Mechanics,

Tashkent. (2011. №1. 35-37 p.)

https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=B0D

ZEakAAAAJ&citation_for_view=B0DZEakAAAAJ:pqnbT2bcN3wC

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.