Научная статья на тему 'AMU-BUXORO VA AMU-QORAKO‘L KANALLARI SUVLARIDAN BUXORO VILOYATIDA SAMARALI FOYDALANISH ISTIQBOLLARI'

AMU-BUXORO VA AMU-QORAKO‘L KANALLARI SUVLARIDAN BUXORO VILOYATIDA SAMARALI FOYDALANISH ISTIQBOLLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
430
40
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
AMU-BUXORO / AMU-QORAKO'L / KANAL / NASOS STANSIYASI

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Abdimo‘minov T. A., Muhammadova S.Yo.

Mazkur maqolada Buxoro viloyatida joylashgan Amu-Buxoro va Amu-Qorako‘l kanallari suvlaridan samarali foydalanish istiqbollari yoritib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROSPECTS OF EFFECTIVE USE OF AMU-BUKHARA AND AMU-KARAKOL CANAL WATERS IN BUKHARA REGION

This article describes the prospects for the effective use of the waters of the Amu-Bukhara and Amu-Karakol canals located in the Bukhara region.

Текст научной работы на тему «AMU-BUXORO VA AMU-QORAKO‘L KANALLARI SUVLARIDAN BUXORO VILOYATIDA SAMARALI FOYDALANISH ISTIQBOLLARI»

DOI 10.46566/2225-1545_2022_1_103_8

Abdimo'minov T.A.

Termiz davlatpedagogika instituti o'qituvchisi

Muhammadova S. Yo.

Termiz davlat pedagogika institute talabasi

AMU-BUXORO VA AMU-QORAKO'L KANALLARI SUVLARIDAN BUXORO VILOYATIDA SAMARALI FOYDALANISH ISTIQBOLLARI

Annotatsiya: Mazkur maqolada Buxoro viloyatida joylashgan Amu-Buxoro va Amu-Qorako'l kanallari suvlaridan samarali foydalanish istiqbollari yoritib o'tilgan.

Kalit so'zlar: Amu-Buxoro, Amu-Qorako'l, kanal, nasos stansiyasi.

Abdimominov T.A.

teacher

Termiz State Pedagogical Institute Muhammadova S. Yo.

student

Termiz State Pedagogical Institute

PROSPECTS OF EFFECTIVE USE OF AMU-BUKHARA AND AMU-KARAKOL CANAL WATERS IN BUKHARA REGION

Annotation: This article describes the prospects for the effective use of the waters of the Amu-Bukhara and Amu-Karakol canals located in the Bukhara region.

Keywords: Amu-Bukhara, Amu-Karakol, canal, pumping station.

Suv boyliklari butun insoniyat uchun eng karakli va ehtiyoj yuqori bo'lgan resurslar sirasiga kiradi. Suv boyliklardan oqilona va samarali foydalanish esa bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biri bo'lib qolmoqda. Ayniqsa suv resurslari bilan yaxshi ta'minlanmagan cho'l va chalacho'l hududlarida bir hovuch suvning ham ahamiyati yuqori.

Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-martdagi 82-son qaroriga muvofiq O'zbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv iste'moli tartibi to'g'risidagi Nizomning 6-bandi 1-qismida nazarda tutilgan, O'zbekiston Respublikasi va Orol dengizi havzasidagi boshqa davlatlar hududida joylashgan transchegaraviy suv obyektlaridan (Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon daryolari, Orol dengizi va boshqa transchegaraviy suv obyektlaridan) foydalanishni tartibga solish [1] maqsadida Buxoro viloyatidagi Amu-Buxoro va Amu-Qorako'l kanallari suvlaridan samarali foydalanishni tashkil etish zarur bo'lib hisoblanmoqda.

Buxoro vohasining qadimgi va hozirgi sug'orish tarixi, geografiyasi V.A.Shishkin, Y.G'.G'ulomov, A.R.Muhammadjonov, P.B.Baratov, G.N.Trofimov, M.Tagiev, M.A.Abdullaev, A.F.Fayziev, I.Q.Nazarov, I.Sh.Allayorov, V.Shuraev kabi tarixchi, geograf va biolog olimlar hamda jurnalistlaming bu sohadagi ilmiy, ilmiy-ommabop va ma'rifiy asarlari, maqolalarida yoritilgan.

Ayniqsa, A.R.Muhammadjonov, G.N.Trofimov, M.Tagiev, I.Q.Nazarov, V.Shuraev kabi olimlarning asarlarida Quyi Zarafshonning irrigatsiya tarixi, o'lkaning qadimgi iqlimi, uning oqibatlari, Amudaryodan Buxoroga suv keltirish tarixi, Amudaryodan suv olib keladigan kanal qurish g'oyalari va uning loyihalari, kanalning texnikaviy salohiyati, Amu-Buxoro mashina kanali va u oqib o'tuvchi hududning geografik xususiyatlari, biologik resurslari, atrof-muhit ekologiyasiga ta'siri, kanal qurilishida ishtirok etgan insonlar mehnati va jasorati, kanalga xizmat qiluvchi tashkilotlar faoliyati mavzusidagi masalalar yoritilgan.

O'zbekistonda umumiy suv sarfi sekundiga 2500 m3 dan ortiq 74 ta kanal bor. Xo'jaliklararo kanallarning umumiy uzunligi 32,4 ming kmdan ortiq.(2000) Shulardan biri Buxoro viloyatini sug'orish kanali Amu-Buxoro mashina kanali hisoblanadi. Bu kanal Amudaryoning o'ng qirg'og'idan, Chorjo'y shahri (Turkmaniston)dan 12 km yuqoridan boshlanadi. Qizilqumdan o'tib Buxoro vohasiga suv beradi. 1-navbati 1965-yilda, 2- navbati 1976 yilda qurilgan. Umumiy uzunligi 400 km. Suvni maksimal ko'tarish balandligi 111 metr, maksimal suv o'tkazish imkoniyati 270 m3/s. Amu-Buxoro magistiral kanaling ishga tushirilishi oqibatida Buxoro viloyatida boshqa manbalardan sug'orib kelingan 136,5 ming gektar yerni Amudaryo suvi bilan sug'orish imkoni paydo bo'ldi, Kanalning ishga tushirilishi bilan Amudaryo havzasidagi 377 ming gektarga yaqin yerning suv bilan taminlanishini yaxshilash hamda 23,8 ming gektarga yaqin yangi yerlarni sug'orish imkoniyati tug'ildi. Magistral kanalda 65 ta gidrotexnika inshooti, 11 ta nasos stansiyasi (jumladan suvni 54 m balandlikka ko'tarib beradigan, har birining quvvati 12,5 ming KVt bo'lgan 10 ta nasos agentligi, Hamza-2 nasos stansiyasi) bor. Amu Buxoro magistral kanalining nasos stansiyalari, ularning umumiy joylashishi, ayrim nasos agregatlarining quvvati, shuningdek nasoslarning avtomatika va telemexanika vositalari bilan jihozlanishi jihatdan mamlakay irrigatsiya tajribasidanoyob hisoblanadi. Birinchi marta Buxoro viloyati nasos stansiyasining old kamerasida belgilangan suv sathini doimo bir xilda saqlab turadigan avtomatik tamba (zatvor) qo'llanildi. 150 km da 3 yo'nalishda suv taqsimlagich qurildi: chapda Amu-Buxoro kanalining birinchi navbati uchun (suv sarfi 60,3 m3 /s), o'ngda Amu-Buxoro kanalining ikkinchi navbati uchun (suv sarfi 95,8 m3 /s) va o'rtada roslagich-To'dako'l sho'rini yuvish hamda kelajakda uni to'dirish uchun suv beradi. Amu-Buxoro kanalining ikkinchi navbatidan Zarafshon daryosiga suv uzatadigan ikkinchi pog'onasi hisoblanadi. Qiziltepa nasos stansiyasining yuqori pyefida suv sathini taminlash uchun To'dako'l botig'iga suv

tashlaydigan inshoot qurildi. Amu-Buxoro mashina kanalining ikkinchi navbati ishga tushirilishi 15,5 ming gektarga yaqin yangi yerlarni o'zlashtirish, Amudaryo suvi bilan Buxoro, Samarqand, Navoiy viloyatlaridagi 77 ming gektarga yaqin sug'oriladigan yerlarning suv taminotini yaxshilash imkonini yaratdi [5]. Kanal Buxoro viloyatidagi 11 ta tumanidagi 275 ming gektar, Navoiy viloyatining Karmana hamda Qiziltepa tumanlaridagi 47 ming gektar yerni sug'orishni tashkil etadi. Shuningdek Buxoro viloyatining Buxoro, Kogon va Qorovulbozor shaharlarini ichimlik suvi bilan taminlaydi. Mazkur hududning umumiy aholisi soni 1,8 million kishidan ortiqroqdir. Unda "Hamza-1", "Hamza-2', "Quyi mozor", "Qiziltepa'' nasos stansiyalari ishlab turibdi [2].

Amu-Qorako'l kanali Buxoro viloyatidagi eng muhim kanallardan biri. Mazkur kanal Amudaryoning o'ng qirg'og'ida Yumalandi qirlari etagidan boshlanadi. Amu-Qorako'l mashina kanali 2 ta (Olot va Qorako'l) nasos stansiyalariga ega. Olot nasos stansiyasi 1962 yilda ishga tushirilgan bo'lib, unda suv 8,7 m balandlikka ko'tarib uzatiladi. Qorako'l nasos stansiyasi 1963 yilda ishga tushirilgan. Uzunligi 55 kmni tashkil qiladi. Gurdush kanaliga esa suv nasoslar yordamida 8 metrgacha ko'tarib beriladi. Amudaryo suvlari Qorako'l sug'orish tizimiga asosan Amu-Qorako'l mashina kanali orqali uzatiladi. Kanalning suv sarfi 50 m3/s. Kanal suvlari Qorako'l vohasidagi 60 ming gektar erlarni sug'ormoqda. Amu-Qorako'l mashina kanalidan Uyg'ur, Quyi Poykent, Saribozor, Gurdush kabi o'ndan ortiq turli ko'lamdagi sug'orish tarmoqlari boshlanadi.

Buxoro viloyatining Olot, Qorako'l tumanlaridagi 50 ming gektarga yaqin yerni sug'oradi. Suv daryodan maxsus qazilgan 2,8 km uzunlikdagi kanal orqali bosh rostlagich qurilgan joyga oqib keladi va nasos stansiyalari bilan ko'tarib beriladi. Kanal bosh rostlagichdan Olot nasos stansiyasigacha (36 km masofada) tubining eni 5-6 m bo'lgan qadimgi daryo o'zanidan o'tadi, Olot shahrini kesib o'tib, cho'lning qumli barxanlari orasidan davom etadi. Olot nasos stansiyasida suv 8,2 metr balandlikka ko'tarib beriladi. Amu-Qorako'l kanali Qorako'l nasos stansiyasi bilan tugaydi (unga suv keladigan 16,2 km uzunlikdagi kanal sug'oriladigan hududdan o'tadi).

Mazkur kanal suvlaridan samarali foydalanish uchun viloyat hududida bir qancha suv taqsimlash inshoatlari barpo qilingan bo'lib, qishloq xo'jaligini suv bilan ta'minlashda suv resurslarini tartibga solib turadi. Shuningdek viloyatda kanal suvlaridan samarali foydalanish oqibatida viloyat qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish hajmi 2010 yilda 2426,3 mlrd so'mni tashkil etgan bo'lsa, 2021 yil yakunida 28529,3 mlrd so'mni tashkil etdi [3]. Bu esa oxir gi 11 yilda qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish hajmi qariyib 11,7% ga o'sgaligidan dalolatdir.

Amu-Buxoro mashina kanalidan asosiy suvini oladigan viloyatning Olot va Qorako'l kabi qishloq tumanlarida baliqchilik xo'jaliklarining mahsulot yetishtirish hajmi 2010 yilga nisbatan 2021 yil yakuniga ko'ra ko'payganligini ko'rishimiz mumkin (1-jadval).

1-jadval

Ovlangan bnliqlnr (tonna hisobida)

101IK-. 2011y. 2012y. 2013y. 2014?. 2015v. 2016y. 2017y. 2018y. 201№y. 202 IK. 2021y. 2022 yil yaavar-mart 2022 yil yauvar- *> p. tin 2022 yil yanvar-seatabr

Olot 61.0 73.0 94.0 145.0 170. S 225.5 396.6 320.9 493.6 801.8 949.0 910,9 147.9 304,7 402,7

Qorako'l 26,0 41.0 67.0 105.0 128,2 152.2 230.3 507.0 94.0 262.4 523,7 549,7 104,7 167,4 187,7

Manba: Jadval ma'lumotlari Buxoro viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlari asosida to'ldirildi.

Amu-Buxoro irrigatsiya tizimidagi kanallarning barpo etilganiga qariyib 50 yil bo'ldi. Shu davr mobaynida uning asosiy nasos stansiyalari o'zlarining me'yoriy ishga yaroqlilik muddatini o'tab bo'lgan, kanallar tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlar tizimi ham ta'mir talab holatga ke lgan. Texnik jihatdan kanallarning past foydali ish koeffitsienti, suv inshootlarining nosozligi, tashkiliy jihatdan boshqaruv hamda suvning hisobini olib borishning qoniqarsizligi, kanallarning sinxron ishlamasligi va hokazolar oqibatida, Amudaryodan katta energiya sarfi bilan olingan suvning katta qismi mazkur tarmoqlarda yo'qotilmoqda.

Yuqoridagilarni ijobiy hal etish, qishloq xo'jaligida barqaror ishlab chiqarish hamda Buxoro va Navoiy viloyatlaridagi erlarni sug'orish uchun uzluksiz suv yetkazib berishni ta'minlash maqsadida, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 28 martdagi PQ-2156 hamda 2015 yil 25 avgustdagi PQ-2396 sonli qarorlariga muvofiq, "Amu-Buxoro irrigatsiya tizimlarini qayta tiklash" loyihasi tasdiqlandi.

Loyihada belgilangan ishlar amalga oshirilsa nafaqat hudud aholisining suv bilan ta'minlanish, balki hududning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishida qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish hajmi ham ortishi shubhasiz.

Adabiyotlar ro'yxati:

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O'zbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv iste'moli tartibi to'g'risida"gi Nizom. Toshkent-2013.

2. O'zbekiston milliy ensklopediyasi. T-2000 yil. 446-bet. 879-bet.

3. Abdimo'Minov, T. A. (2022). SURXONDARYO VILOYATI MINERAL BULOQLARINING SHIFOBAXSHLIK XUSUSIYATLARI. Academic research in educational sciences, 3(3), 810-814.

4. Komilova, Nilufar Kh, et al. "Tourist destination as an object of research of social and economic geography." Psychology and Education Journal 58.1 (2021): 2058-2067.

5. Kalonov, B. H., & Latipov, N. F. (2021). Characteristics Of Geographical Location Of The Population Of Navoi Region. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 25(2), 477-479.

6. Kalonov, B. H., Latipov, N. F., & Shirinova, M. S. (2021). ENVIRONMENTAL PROBLEMS IN THE NAVOI REGION COTTON FIELD. Мировая наука, (4), 15-18.

7. Ugli, L. N. F. (2019). Geourbanistic's role in socio-economic geography. International scientific review, (LXV), 47-50.

8. Karshibaevna, K. N., Kahramonovna, Z. D., & Normurod Faxriddino'g'H, L. (2022). Some problems with creating a medical-geographical atlas map of Uzbekistan. International journal of early childhood special education, 58365840.

9. LATIPOV, N. FACTORS INFLUENCING THE TERRITORIAL DISTRIBUTION OF THE POPULATION. ЭКОНОМИКА, (9), 105-108.

10. Латипов, Н. Ф. (2017). LOCALITY AND FACTORS AFFECTING THE POPULATION. Наука и мир, 7(11), 74-75.

11. Latipov, N. (2022). Urboecology-Interdisciplinary Synthesis of Geography and Ecology. Middle European Scientific Bulletin, 24, 16-20.

12. Faxriddin o'g'li, L. N., & Erkaboevich, E. H. (2022). THE PROCESS OF URBANIZATION AND ITS RELATION TO THE ENVIRONMENT. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(3), 188-196.

13. Комшова, Н., & Латшов, Н. (2022). Класифшащя населених пунклв регюну Навой на 0CH0Bi еколопчно! ситуаци та факторiв впливу на здоров'я населення. BicnuK Харшвсъкого нацюналъного ушверситету iMeHi В. Н. Каразма, cерiя «Геологiя. Географiя. Екологiя», (56), 209-213. https://doi.org/10.26565/2410-7360-2022-56-15

14. Latipov, N. (2022). INNOVATIVE AREAS OF SOLVING PROBLEMS OF SCIENCE AND PRACTICE Proceedings of the VII International Scientific and Practical Conference Oslo, Norway November 08 - 11, 2022.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.