UDK 626.814
Homidova D.
Gidrotexnik inshootlar va nasos stansiyalari" kafedrasistajyor-o'qituvchisi "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti Buxoro tabiiy resurslarini boshqarish
instituti
SHO'RKO'L SUV OMBORINING TEXNIK HOLATI
Annotatsiya. Ushbu maqolada Sho'rko'l suv omborining hozirgi holati to'g'risida ma'lumot berilgan. Suvni to'plab, undan kelgusida foydalanishga imkon beradigan inshoot suv ombori bo'ladi. Suv omborlari umumiy ko'rinishi, suvni to'plash shartsharoitlari, to'g'onining qurilishi usullari bo'yicha xilma xildir.Sho'rko'l suv ombori Buxoro viloyatida joylashgan 3 ta suv omborining biri. Suv omboridan suvni yig'ishda va vegetatsiya davrida ekin yerlarni sug'orishda foydalaniladi.
Kalit so'zlar: Suv ombori, irrigatsiya tizimi, vegetatsiya, to'g'on, avankamera, suv chiqargich tunel.
Hamidova D. intern-teacher
department "Hydrotechnical constructions and pumping stations" "Tashkent Institute of Irrigation and Agricultural Mechanization Engineers" National Research University Bukhara Institute of Natural Resources
Management
TECHNICAL STATUS OF SALINE WATER RESERVOIR
Abstract. This article provides information on the current state of the Sho'rkol reservoir. A structure that collects water and allows it to be used in the future is a reservoir. Reservoirs are different in terms of general appearance, conditions of water collection, and methods of dam construction. Shurkol Reservoir is one of the 3 reservoirs located in Bukhara Region. It is used to collect water from the reservoir and to irrigate crops during the growing season.
Key words: Reservoir, irrigation system, vegetation, dam, vane camera, water outlet tunnel.
Sho'rko'l suv ombori Buxoro viloyati G'ijduvon tumanida joylashgan. 1977 yilda "Uzgiprovodxoz" instituti tomonidan texnik loyiha tuzilgan va 1978 yilda sobiq SSSR melioratsiya va Suv xo'jaligi vazirligi tomonidan mazkur loyiha tasdiqlangan.
Mazkur loyiha asosida 1978-1982 yillarga "Amu-Buxoro" kanal qurilish tresti tomonidan qurilish ishlari boshlangan. Suv omborining suv hajmini loyiha bo'yicha 394 mln.m3 qilib, qurilishi rejalashtirilgan. "Sho'rko'l" suv ombori Zarafshon daryosi orqali to'ldiriladi. 1984 yilda suv omborida 201,7 mln m3 suv yig'ilgan, bu Navoiy viloyatining Konimex tumanining sug'oriladigan erlarining melorativ holatiga salbiy ta'sir ko'rsatgan. Shuning uchun meloratsiya va Suv xo'jaligi vazirligining 1985 yil 18 dekabrdagi 857-sonli bayonnomasi bilan suv omborida to'planadigan suv hajmi 170 mln. m3 dan oshirmaslik belgilangan.
"Sho'rko'l suv" ombori Buxoro viloyatini shimoliy g'arbiy qismida, Navoiy viloyatining Konimex tumani bilan chegarasida joylashgan bo'lib, Amu-Buxoro irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga qarashli "Toshrabot-Jilvon" irrigatsiya tizimi boshqarmasi tomonidan ekspluatatsiya qilinadi.
Suv omborining suv olish manbai - Zarafshon daryosi. (Toshrabot gidrouzeli Buxoro viloyati G'ijduvon tumani hududidan)
Suv ombori - 3 klass, zilzilaga chidamliligi 6 ballni tashkil qiladi.
Plotina uzunligi - 560 metr
Sho'rko'l suv ombori - Sho'rko'l suv kirish kanali oqali suv to'ldiriladi.
Suv omborning suv olish manbai "Zarafshon" daryosi bo'lib, "Sho'rko'l" suv kirish kanali orqali suv to'ldiriladi. Suv omborga biriktirilgan maydon
29,0 ming gektar, shundan 28,3ming gektar Shofirkon tumanining "Jilvon" va "Toldi" massivlari va 0,7 ming gektar G'ijduvon tumanining "Qutchi" massiviekin maydonlari hisoblanadi.
Suv omborning haqiqatda qurilgan, foydalanishdagi suv hajmi170,0 mln.m3, o'lik hajmi 17,0 mln.m3, yuzasi 30,5 km2, uzunligi 5,5 km, eni 3,5 km, chuqurligi 30,0 metr, urtacha chukirligi 5,7 metr, to'g'on uzunligi 560 metrni, tashkil etadi. Suv omborining kapitalligi III-sinfni, zilzilaga chidamliligi 6 ballni tashkil qiladi.
Loyiha bo'yicha suv omborining texnik ko'rsatkichlari quyidagicha bo'lishi
belgilangan
_1.1-jadval.
1 Suv omborining to'liq hajmi - 394,0 mln.m3
2 Foydali hajmi - 380,0 mln.m3
3 O'lik hajmi - 14,0 mln.m3
1984 yilda suv omborida 201,7 mln.m3 suv yig'ilgan. Navoiy viloyati Konimex tumani sug'oriladigan yerlarining melorativ holatiga salbiy ta'sir ko'rsatganligi sababli Suv xo'jaligi vazirligining 1985 yil 18 dekabrdagi 857-sonli bayonnomasi bilan suv omborida to'planadigan suv hajmi 170 mln.m3 dan oshirmaslik belgilangan.
Shundan, hozirgacha o'tgan davr ichida "Sho'rko'l" suv omborining Navoiy viloyati hududidagi ekin yerlari va aholi punktlarini suv omborining salbiy ta'siridan himoyalash maqsadida to'suvchi "Sho'rko'l aylanma"
kollektori va bu suvlarni "Og'itma" ko'liga tashlovchi "GD-18" kollektori qurilgan. Suv ombori qurilishini to'xtalishi sabablari to'liq bartaraf qilingan bo'lsada, hozirgacha qurilish ishlari yakuniga yetkazilmaganligi natijasida omborda 1V0,0 mln.m3 ortiq suv yig'ish imkoni bo'lmayapti. Mazkur suv ombori to'liq ishga tushirilsa qo'shimcha 224,0 mln.m3 suv jamg'arish imkoniyati hisobidan G'ijduvon tumaning "Qutchi" massividagi 3,0 ming gektar va Shofirkon tumaninig "Jilvon" massividagi 1,5 ming gektar hamda "Toldi" massivi 2,0 ming gektar jami: 6,5 ming gektar oborotdan chiqqan yerlarni qayta foydalanishga kiritilishiga erishiladi.
Suv ombori tarkibiga tug'on, suv chiqarish inshooti, suv kirish va chiqish kanallari kiradi.
1-rasm. Sho'rko'l suv omborining nasos stansiyasi oldidagi avankamera.
Suv chiqarish inshooti
Suv chiqarish inshooti minora shaklida to'g'on yonida qurilgan. Suv chiqarish, suv kirish qismi, bosimli qismi va temir betonli bosimsiz quvur va quduqdan iborat.
- suv kirish qismi temir betonli monolit konstruktsiyadan iborat bulib, uzunligi 25,5 m, kirish qismida 2 ta yassi avariya zatvorlari bor, o'lchamlari 2,9 x 4,0 m, kirish qismida axlat ushlovchi panjara ham mavjud;
- suv kirish qismi bosimli temir-beton quvurga qo'shilib ketadi. Bosimli qismi o'lchamlari 2,9 m x 2,5 m, uzunligi 33,0 metr bo'lgan temir betonli quvurdan iborat;
- suv chiqarish minorasining balandligi 22 m, temir betondan yasalgan bo'lib, bosimli temir quvur bilan birlashgan, ulchami 10,5mx10,5m, pastgi qismda zatvorlar xonasi joylashgan bo'lib, unda 2 ta avariya va 2 ta ishchi
2,0x2,5 m o'lchamli zatvorlar mavjud, zatvorlar ko'tarib tushirish mexanizmlari elektrlashtirilgan;
- bosimsiz quvur 55 metrni tashkil qiladi;
- minora ichidagi suv oqimiga joylashgan birinchi qator zatvorlar avariya zatvorlari bo'lib, ikkinchi qator zatvorlar esa ishchi zatvorlar;
- kran-balka 50 tonnali va 3,2 tonnali ko'targich uskunasi mavjud bo'lib, ularni belgilangan nuqtaga keltiriladi. Kran-balkaning yukni ko'tarib tushirish mexanizmi elektrlashtirilgan va u ishchi holatda.
- risberma trapetsiya shaklida bo'lib, qiyaliklari va o'zani temir betondan iborat, qiyaligi m=2,0, o'zanining eni 6,5 metrdan 10 metrgacha o'zgaradi, uzunligi 28 metr, risbermaning oxiri yirik toshlar bilan mustahkamlangan;
- suv chiqarish tonnelining uzunligi 45,0 metr, trapetsiya shaklida beton qoplamali, o'zaning kengligi 10 metr, qiyaligi m=2,0, chuqurligi 3 metr, suv o'tkazish qobiliyati 35,0 m3/s.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Bakiev M.R., Nosirov B., Xo'jaqulov R. Gidrotexnika inshootlari. T.: 2007. -361 b.
2. Bakiev M.R., Tursunov T.N., Kaveshnikov N.T. Gidrotexnika inshoot-laridan foydalanish. T., 2008.
3. Бакиев М.Р., Носиров Б., Хужакулов Р. Гидротехника иншоотлари. Т.: 2007. - 361 б.
4. Розанов Н.П., Бочкарёв Я.В., Лапшенков В.С., Журавлёв Г.И., Каганов Г.М., Румянцев И.С. Гидротехнические сооружения. Под ред. Н.П.Розанова -М:Агропромиздат, 1985.-451 с.