Научная статья на тему 'Amir Temur va Temuriylar davrida pedagogik fikrlar taraqqiyoti va ta’lim tarbiya masalalarining bugungi kun ijtimoiy faoliyatdagi ahamiyati'

Amir Temur va Temuriylar davrida pedagogik fikrlar taraqqiyoti va ta’lim tarbiya masalalarining bugungi kun ijtimoiy faoliyatdagi ahamiyati Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
448
36
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
riyoziyot / handasa / ilmi aruz / madrasa / akademiya / rasadxona / fiqh / tibbiyot / falakiyot / “Zafarnoma” / Ali Qushchi / Mirzo Ulug‘bek / Bibixonim jome masjidi / tarix / adabiyot / Movarounnahr

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Madinaxon Xurshid Qizi Jo’Rakabirova, Azima Odiljon Qizi Kamalova

Ushbu maqolaning qisqacha mazmun mohiyati Amir Temur va Temuriylar hukumronligi davridagi fan va madaniyatning ravnaqi hamda bu davrdagi ta’lim va tarbiya masalalarini yoritib boriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Amir Temur va Temuriylar davrida pedagogik fikrlar taraqqiyoti va ta’lim tarbiya masalalarining bugungi kun ijtimoiy faoliyatdagi ahamiyati»

Amir Temur va Temuriylar davrida pedagogik fikrlar taraqqiyoti va ta'lim tarbiya masalalarining bugungi kun ijtimoiy faoliyatdagi ahamiyati

Madinaxon Xurshid qizi Jo'rakabirova Ilmiy rahbar: Azima Odiljon qizi Kamalova Namangan davlat pedagogika instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolaning qisqacha mazmun mohiyati Amir Temur va Temuriylar hukumronligi davridagi fan va madaniyatning ravnaqi hamda bu davrdagi ta'lim va tarbiya masalalarini yoritib boriladi.

Kalit so'zlar: riyoziyot, handasa, ilmi aruz, madrasa, akademiya, rasadxona, fiqh, tibbiyot, falakiyot, "Zafarnoma", Ali Qushchi, Mirzo Ulug'bek, Bibixonim jome masjidi, tarix, adabiyot, Movarounnahr

Amir Temur and the development of pedagogical ideas in the period of the Timurids and the significance of education issues

in social activity today

Madinakhon Khurshid kizi Jurakabirova Scientific supervisor: Azima Odiljon kizi Kamalova Namangan State Pedagogical Institute

Abstract: The essence of the brief content of this article is the development of science and culture during the reign of Amir Temur and the Timurids, as well as the issues of education and training in this period.

Keywords: mathematics, geometry, ilmi aruz, madrasa, academy, observatory, jurisprudence, medicine, catastrophe, "Zafarnoma", Ali Kushchi, Mirzo Ulugbek, Bibikhanim jame mosque, history, literature, Movarounnahr

Yuz ming otliq askar qila olmagan ishni bir to'g'ri tadbir bilan amalga oshirish mumkin. Amir Temur

Amir Temur o'z zamonasining o'qimishli va uquvli hukumdoridan bo'lib yetishadi. Tibbiyot, matematika, falakiyot, me'morchilik va tarix ilmidan ham yaxshigina habardor bo'lgan. Bizga tarixdan malumki "Amir Temur bilan yuzma-yuz o'tirib suhbatlashishga muyassar bo'lgan buyuk arab faylasufi Ibn Xaldunning ta'kidlashicha, Amir Temur turk, arab, fors, xalqlari, tarixini chuqur o'rgangan, diniy,

dunyoviy, va falsafiy bilimlarning eng murakkab jihatlariga yaxshi o'zlashtira olgan zot" deb tariff keltirilgan edi.

Madraslar faoliyati. Temur va temuriylar davrida madrasalar oliy ma'lumot beradigan markaz vazifasini bajargan. Madraslarda ilohiyot, bilan bir qatorda dunyoviy fanlar: qonunshunoslik (fiqh), matematika (riyozat), geometriya (handasa), falakiyot, tibbiyot, tarix, adabiyot, she'riyat(ilmi aruz), arab tili va uning morfologiyasi o'qitilgan. Amir Temur davriga kelib temuriylar saltanati qadim Turon o'lkasining eng ilg'or maorif va ta'lim tizimida va ilm-fan soxasida eng yuksak rivojlangan davr hisoblanadi. Amir Temur va Turon yurtidagi madrasalarga dars berish uchun Islom dunyosining taniqli olim-u ulamolarining madrasalarda dars berishga jalb qilingan. Amir Temurning buyrug'i bilan Samarqandda o'z davrida yagona bo'lgan kutubxona barpo etigan bo'lib, Mirzo Ulug'bek hukumronligi davrida (1409-1449) bu kutubxona fondi yanada boyitilgan va mamlakatning haqiqiy ilm ma'rifat markaziga aylangan edi. Sharofiddin Ali Yazdiy "Zafarnoma" asarida Amir Temur biron masalani hal qilmoqchi bo'lsa, avval shu sohaning bilimli mutaxassislari, olimlar bilan maslahat qilganini qayd etgan. Bu davr maktablarida bilim berish o'quvchilarga arab harflari o'rgatishdan boshlanib, yozish qoidalarini egallagach, "Haftiyak" (Qur'onning yettidan bir bo'lagi) o'qitilgan, diniy marosimlar, milliy urf-odatlar o'rgatilgan. Maktab o'quvchilarini yoshlaridan qat'iy nazar uch guruh - kichik, o'rta va yuqori guruhlarga ajratilgan.

> Dastlabki guruhlar 3 yillik o'quv davrida maxsus taxtacha orqali yozilgan harflarni o'rganish orqali, so'ngra "Haftiyak" o'qiganlar;

> O'rta guruhda 3 yil davomida harflarning yozilish tizimi, arab raqamlari orqali matematik tushunchalar o'rgatilgan. "Chor kitob", So'fi Olloyorning hikmatlari o'qitilgan;

> Shundan so'ng o'quvchilar keying bosqichga yani 3 yillik olgan bilimlari ichida diniy va dunyoviy bilimlarni egallash bilan bir qatorda islom dini asoslarini tashviqot qilishda ham faol bo'lganlar.

Mirzo Ulug'bek ilm-fan va madaniyat taraqqiyotiga alohida ahamiyat berib, atrofiga o'z zamonasining buyuk olimlari, astranomlar va matematiklarni to'plab, ularga homiylik qildi. Uning saroyi madaniyat, ilm-u ma'rifatning haqiqiy markaziga aylandi. Ulug'bek davrida "Zubdat ut-tavoxir" nomli ajoyib asar yozgan tarixchi Lutfulla Hofizi Abro', "At-tarifati Jurjoniy" nomli falsafiy risola muallifi Ali ibn Muhammad Jurjoniy, mashhur tibbiyot olimi Movlono Nafis va boshqa ko'plab olim va mutaffakirlar yashab, ijod etishgan.

U 1424-1429-yillarida Samarqandda buyuk Ulug'bek rasadxonasini qurdirdi. Olimlar nazarida bu rasadxona o'sha davrda islom olamidagi eng yaxshi, Markaziy Osiyodagi eng yirik rasadxona bo'lgan. Ulug'bek keyinchalik ko'plab olimlar tomonidan XV asrning eng muhim astranomi sifatida tan olingan. U Samarqand va

ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 4.182 491 [M^^^Hl

Buxoroda Ulug'bek madrasasini ham qurdirib, ushbu shaharlarni O'rta Osiyoning madaniy ilmiy markaziga aylantirdi. Mirzo Ulug'bek o'z rasadxonasida kun-u tunni o'tkazardi. Mehnatlarining natijasi "Gurgan Zij" yulduzlar katalogi bo'lib, unda astronom 1018 yulduzni tasvirlab, ularni 38 ta yulduz turkumiga ajratdi. Rasadxonaning qurilishi taxminan uch yil davom etdi. 1428-1429-yillarda rasadxona binosi tayyor holatga keltirildi. Rasadxonaning ilmiy dasturi kamida 30 yilga mo'ljallangan. Rasadxonaga 60 dan ortiq matematik va astranom taklif qilingan. Rasadxona tashkil etilgandan so'ng unga o'n yil davomida Jamshid al-Koshiy rahbarlik qilgan. Uning vafotidan keyin bu lavozimni yetmish yoshli Qozizoda Rumiy egalladi. Ulug'bekdan so'ng uning shogirdi Ali Qushchi rahbarligida yigirma yil faoliyat yuritgan. Rasadxona binosi Ulug'bek vafotidan so'ng, uzoq yillar qad rostlab turgan, astranomik tadqiqotlar Samarqandda yana yetmish besh yil davom etgan. V.Vyatkinning fikricha, rasadxonaning vayron bo'lishiga tabiiy hodisalar sabab b'lmagan. XVI asr oxirida Samarqand aholisi rasadxona g'ishtlarini ko'chirib olganlar. Rasadxona arxitekturasining tafsilotlari topilmalari bunga dalildir. Mirzo Ulug'bek 1417-yilda Buxoroda, 1417-1420-yillarda Samarqandda va 1433-yilda G'ijduvonda madrasalar qurdurgan. Temuriylar saltanatining shahzodalardan yana biri Shohruh Mirzo ham, Abu Said Mirzolarva Husayn Boyqaro bundan tashqari Bobur Mirzolar ham ijodlari bilan yurtni jahonga tanitdilar Sulton Husayn Boyqaro hukumronligi davrida Hirot va uning atrofida ma'daniyat va sa'nat rivoj topgan. Ushbu madaniy hayotda shoir va tasavvufshunos, Navoiyning piri murshidi Abdurahmon Jomiy, musavvir, Moniyi Soniy rutbasi bilan ulug'langan Kamoliddin Behzod va tarixchi Mirxond kabi olimlar ijod bilan mashg'ul bo'lgan. Sulton Husayn Boyqaro asos solgan ulug' maskanda ilmi toliblar, yosh olimlar sulton va uning vaziri ko'magida ta'lim va tarbiya olganlar, ilmiy izlanishlar olib borganlar, turli xil hunarlar bilan mashg'ul bo'lganlar. Hukumdorning o'zi "Risola" asarida shu davrda Hirot va uning atrofida mingga yaqin shoir badiiy ijod-she'riyat bilan mashg'ul bo'lanlar. O'sha davrdagi yodnomalarning aksariyatida Hirot shahri ilmiy-madaniy markaz sifatida e'tirof etilgan va buning asosiy omili ijyimoy-madaniy sohalarda Sulton Husayn Boyqaroning oqilona siyosati, deb baholaganganida edi.

Samarqand shaxrida X asrda 17 ta madrasa bo'lib, ularda yirik olimlar dars bergan bo'lsa, XIV-XV asrlarga kelib ular soni yanada ortdi. Tabobat ilmi, tarix, adabiyot va san'at rivojlandi. Bundan tashqari saltanatda Boysunqur Mirzo davrida ham saroy kutubxonalariga keng imkoniyatlar ham berildi. Alisher Navoiy ham masjidlar, madarasalar, hammomlar, kasalxonalar, hovuz va ko'priklar, rabotlar qurdirgan. U shaharning eng xushhavo joyida barpo etilgan Xalosiya va Ixlosiya binolari adabiyot va san'atga xizmat qiladigan madaniyat markaziga aylangan. Bu davrda bir qancha ilm maskanlari bunyod etilgan. Jumladan: Abdurahim Sadr madrasasi, Mirarab madrasasi, Masjidi Kalon va boshqa inshootlarning qurilishi ta'lim-tarbiya jarayonida muhim

ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 4.182 492 [M^^^Hl

bosqich bo'ldi. Aholining savodxonligini oshirish, bolalarga ta'lim tarbiya berish borasida ham muayyan darajada imkoniyatlar yaratildi. Maktablar rivojlanishida xususiy maktablarni ham o'rni beqiyos, aloxida muallim yollab bolalarni uyda o'qitish, bilimli savodli qilish ham rivojlana boshladi. O'quvchilar umumiy maktablarda savod chiqarganlar va o'qishlarini madrasada ham diniy, ham dunyoviy fanlardan bilim olish orqali mukamallashtirganlar. Shulardan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, XIV-XVI asarlarda Movarounnahrda ta'lim tarbiya va pedagogik fikr yuksak taraqqiyot bosqichiga ko'tarilgan.

Bu davrda nafaqat temuriy shahzodalar balki temuriy malikalar ham ta'lim va tarbiyaga katta hissa qo'shishgan ulardan biri Saroymulkxonim hisoblanadi. Bibixonim o'z zamonasining yuksak idrokli, farosatli, ilmli, maslahatdosh va yetuk aql-zakovat sohibasi ham edi. Bibixonim mamlakatning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotidan yaxshigina xabardor bo'lgan saltanat ishlarida dono maslahatlari bilan qatnashib turadigan ayol edi. Amir Temurdan ruxsat olib Bibixonim madrasasini o'z mablag'i hisobidan qurdirgan va bu maskanda yuzlab o'z davrining yetuk yosh avlodlari shakllanib, mamlakatning ma'naviy hayotida muhim o'rin tutgan. Samarqandda Amir Temur Bibixonimga atab qurdirgan Bibixonim jome masjidi mavjud.

Xulosa qilib aytganda, ma'naviy ildizlarimizning bir bo'lagi Amir Temur va temuriylar ma'naviyatidir. Biz mustaqillik tufayli bu ma'naviyatning naqadar zarurligini va buyuk kelajak sari qadam tashlayotgan xalqimiz uchun nihoyatda qadrli ekanligini angladik. Amir Temur va temuriy shahzodalarning adolat, osoyishtalik uchun kurashlari nafaqat yurtning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga, balki xalqimizning ilmu-ma'rifatli, axloq odobli, yuksak ma'naviyat egalari bo'lishlariga ham imkon yaratdi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. "Amir Temur jahon tarixida"-Toshkent: Sharq, 2006.

2. Fayziyev T. "Temuriy malikalar." Toshkent,1994.

3. O'ljayev Sh. "Amir Temur davlat boshqaruvi." Toshkent, 2017.

4. Azimov B. "Temur tuzuklari haqida ikki og'iz so'z." Sharq yulduzi, 1989.

5. Axmedov N. Badirov A. "Amir Temur va Temuriylar davri tarixiga kirish." Samarqand: Zarafshon, 1999.

6. Камолова Азимахон Одилжон кизи. (2024). ИСЛОМ ДИНИ ТАЪЛИМОТИДА ТАЪЛИМ-ТАРБИЯ МАСАЛАЛАРИНИНГ ПЕДАГОГИК ФАОЛИЯТДАГИ АМАЛИ АХАМИЯТИ. Results of national scientific research international journal, 3(1), 201-207. https://doi.org/10.5281/zenodo.10581873

7. Камалова, А. (2021). THE IMPORTANCE OF USING GAME TECHNOLOGY IN THE PROCESS OF EDUCATION. Экономика и социум, (3-2), 12-14.

8. Oribboyeva, D. D., & Ikromova, D. (2024). Aqliy rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalar psixologiyasining o'ziga xosligi, aqli zaiflik turlari. Science and Education, 5(1), 287-291.

9. Azimova, O. A. Q. (2023). Bo'lajak o'qituvchilarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish jarayonlarida kasbiy mahorati. Science and Education, 4(6), 718-722.

10. Nishonova, M. Y., & Kamolova, A. O. (2021). O'SMIRLARGA HUQUQIY BILIM BERISHDA KEYS STADI TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH. Экономика и социум, (8 (87)), 42-45.

11. Nishonova, M. Y., & Kamolova, A. O. (2021). USING CASE STADE TECHNOLOGY IN LEGAL EDUCATION FOR TEENAGERS. Экономика и социум, (8), 42-45.

12. qizi Kamolova, A. O. (2023). SINFDAN TASHQARI SPORT MASHG 'ULOTLARI ORQALI O ' QUVCHILARDA MILLIY G 'URUR, QADRYATLAR, UMUM INSONIY XIS TUYG 'ULARNI RIVOJLANTIRISH. Results of National Scientific Research International Journal, 2(8), 60-66.

13. Камалова, А. (2021). THE IMPORTANCE OF USING GAME TECHNOLOGY IN THE PROCESS OF EDUCATION. Экономика и социум, (3-2), 12-14.

14. Ориббоева, Д. Д. (2022). O'QUVCHILARNI KASB TANLASHGA YO'NALTIRISHDA IJTIMOIY KOMPETENTLIKNI TA'SIRI: https://doi. org/10.53885/edinres. 2022.8. 08.045 Oribboyeva Dilafro'z Dadamirzayevna NamDU Psixologiya kafedrasi katta o'qituvchisi. Образование и инновационные исследования международный научно-методический журнал, (8), 314-318.

15. Oribboyeva, D. D. (2019). STUDY OF SOCIAL COMPETENCE IN PSYCHOLOGICAL RESEARCH. Scientific and Technical Journal of Namangan Institute of Engineering and Technology, 1(4), 288-292.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.