Научная статья на тему 'YOSH АVLОDNI TАRBIYALАSHDА TЕMURIYLАR DАVRI MА’NАVIY MАDАNIYATINING АHАMIYATI'

YOSH АVLОDNI TАRBIYALАSHDА TЕMURIYLАR DАVRI MА’NАVIY MАDАNIYATINING АHАMIYATI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
230
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Research Focus
Область наук
Ключевые слова
mа’nаviyat / mа’nаviy mеrоs / Tеmuriy mаlikаlаr / mа’nаviy mаdаniyat / bаrkаmоl аvlоd / tа’lim-tаrbiya. / духовность / духовное наследие / тимуридские царицы / духовная культура / гармоничное поколение / образование-воспитание.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — G.Хаsаnbоyеvа

Yillаr o‘tib, dаvru dаvrоn аlmаshinib, tаriх yangilаnib bоrgаn sаri buyuk bоbоmiz Sоhibqirоn Аmir Tеmur siymоsi ko‘z o‘ngimizdа tоbоrа rаvshаn tоrtib, tiniqlаshib, yanаdа mаhоbаtli kuch-qudrаt vа mukаmmаllik timsоligа аylаnib bоrmоqdа. Mаqоlаdа yosh аvlоdni tаrbiyalаshdа Tеmuriylаr dаvri mа’nаviy mаdаniyatining аhаmiyati tаdqiq etilgаn.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ЗНАЧЕНИЕ ДУХОВНОЙ КУЛЬТУРЫ ЭПОХИ ТИМУРИДОВ В ВОСПИТАНИИ ПОДРАСТАЮЩЕГО ПОКОЛЕНИЯ

с годами, по мере смены эпох и обновления истории, духовность нашего прадеда Сахибкирана Амира Темура и эпохи Тимуридов не теряет своей ценности. В статье исследуется значение духовной культуры эпохи Тимуридов в воспитании подрастающего поколения.

Текст научной работы на тему «YOSH АVLОDNI TАRBIYALАSHDА TЕMURIYLАR DАVRI MА’NАVIY MАDАNIYATINING АHАMIYATI»

YOSH AVLODNI TARBIYALASHDA TEMURIYLAR DAVRI MA'NAVIY MADANIYATINING AHAMIYATI

.Xasanboyeva, o'qituvchi, arg'ona davlat universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo. 7526248 Annotatsiya: Yillar o'tib, davru davron almashinib, tarix yangilanib borgan sari buyuk bobomiz Sohibqiron Amir Temur siymosi ko'z o'ngimizda tobora ravshan tortib, tiniqlashib, yanada mahobatli kuch-qudrat va mukammallik timsoliga aylanib bormoqda.

Maqolada yosh avlodni tarbiyalashda Temuriylar davri ma'naviy madaniyatining ahamiyati tadqiq etilgan.

alit so'zlar: ma'naviyat, ma'naviy meros, Temuriy malikalar, ma'naviy madaniyat, barkamol avlod, ta'lim-tarbiya.

ЗНАЧЕНИЕ ДУХОВНОЙ КУЛЬТУРЫ ЭПОХИ ТИМУРИДОВ В ВОСПИТАНИИ

ПОДРАСТАЮЩЕГО ПОКОЛЕНИЯ Аннотация: с гoдaми, no Mepe CMeHbi эпox и oбнoвлeния истoрии, дуxoвнoсть нaшeгo пpaдeдa Сaxибкиpaнa Aмиpa TeMypa и эпoxи Тимуpидoв He тepяeт свoeй цeннoсти. В CTaTbe исслeдyeтся знaчeниe дyxoвнoй культуры эпoxи Тимypидoв в вoспитaнии пoдpaстaющeгo пoкoлeния.

Ключевые слова: дyxoвнoсть, дyxoвнoe нaслeдиe, тимуридскте щрицы, дyxoвнaя кyльтypa, гapмoничнoe пoкoлeниe, oбpaзoвaниe-вoспитaниe.

Xalqimiz ma'naviyatini yanada yuksaltirishga e'tibor berilayotgan ayni damlarda ma'naviy barkamollik timsollari bo'lgan ajdodlarimizning qoldirgan boy, ma'naviy meroslaridan bahramand bo'lish juda muhimdir. Ular duru-gavharlar konlaridan-da a'loroq, noyobroq, bebahoroq va beqiyosroq - konlardir.

Temuriylar davri ma'naviyati yurtimiz tarixidagi zarhal harflar bilan bitilgan ulkan xazinadir. Bunday ma'naviy meroslarni o'rganish, ularning mislsiz ma'nolaridan ma'naviy ozuqa olish, yosh avlodni ham bunday ma'naviy ozuqalardan bahramand etib borish va shu yo'l orqali xalq, millat, Vatan, jamiyat taraqqiyotiga hissa qo'shish - biz avlodlarning muqaddas burchlarimizdandir.

ADQIQОT MATERIALLARI VA METОDОLОGIYA

Amir Temur davrida O'rta Osiyoning mustaqil bir davlat qilib birlashtirilishi amlakatning iqtisodiy-madaniy taraqqiyotiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Ilm-fan, adabiyot va san'at, armandchilik va me'morchilik ravnaq topdi. Mamlakat va poytaxt Samarqandning obodonchiligi yo'lida mahalliy va chet mamlakatlardan ko'plab fan va san'at ahllarini, hunarmand me'morlarni a musavvirlarni to'pladi.

"Temur va temuriylar davrida ma'naviy madaniyat sohasida katta ishlar amalga oshirildi. Amir Temurning o'zi jamiyatning ma'naviy hayoti, din, falsafa, ilmu-fan va boshqa sohalarga katta eotibor berganligi haqida yuqorida aytib o'tildi. Tarixchilarning yozishicha, temuriyzodalar Ulug'bek, Sulton Husayn, Bobur ilm-fan va madaniy taraqqiyotga homiylik qilib qolmadilar, ayni

vaqtda o'zlarining faol shaxsiy ilmiy-falsafiy, badiiy-estetik faoliyatlari bilan uning taraqqiyotiga hissa qo'shdilar[1, 34]".

"Tarixdan ma'lumki, temuriylar deb nom olgan sulola Movarounnahr, Afg'oniston, Eron, Ozarbayjonda XIV asr 70-yillaridan XVI asr boshlarigacha hukmronlik qiladi. Temur va uning avlodlari davrida Turonzaminda madaniy taraqqiyotda sezilarli siljishlar ro'y beradi[2, 67]".

Ma'lumki, temuriylar ilmu fan va madaniyat taraqqiyotiga sidqidildan hamisha homiylik qilib kelishgan. Binobarin, Amir Temur ma'naviyat va ilm-fan masalalariga alohida e'tibor berib, o'z saltanatida ma'naviy hayotni rivojlantirish maqsadida etuk mutaxassislarni jalb qilgan.

Sohibqiron Amir Temurning buyuk saltanati juda katta va boy ma'naviy zaminga qurilgan, uning davlatining asosiy ustuni ma'naviylik bo'lgan edi. Mana shu poydevor Temurning "Temur tuzuklari" asarida bayon qilingan. "Temur tuzuklari"da barcha voqealar Amir Temur nomidan hikoya qilinadi. Asarda Amir Temurning asosiy doktrinasi — jamiyatga, ijtimoiy-siyosiy hayotga qarashi, birlashgan qudratli feodal davlatning siyosiy va axloqiy tamoyillari ifodalangan.

"Tuzuklar" ikki qismdan iborat. Birinchi qismda jahon tarixida mashhur fotih, sarkarda va iste'dodli davlat arbobi sifatida nom qoldirgan Amir Temurning 7 yoshidan to vafotiga qadar kechgan hayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyati, aniqrog'i, uning Movarounnahrda Markaziy hokimiyatni qo'lga kiritish, feodal tarqoqlikka barham berish va markazlashgan davlat tuzish, qo'shni yurt va mamlakatlarni, masalan, eron hamda Afg'onistonni o'z tasarrufiga kiritish, Oltin O'rda hukmdori To'xtamishxon (1376-1395), butun Evropaga qo'rquv va dahshat solgan Turkiya sultoni Boyazid Yildirim (1389-1402)ga qarshi va, nihoyat, buyuk jahongirning Ozarboyjon, Gruziya va Hindistonga qilgan harbiy yurishlari ixcham tarzda bayon etilgan. Ikkinchi qism jahongirning nomidan aytilgan va uning toj-u taxt vorislariga atalgan o'ziga xos vasiyat va pandnasihatlaridan iborat. Unda davlatni idora qilishda kimlarga tayanish, boshliqlarni saylash, sipohiylarning maoshi, mamlakatlarni boshqarish tartibi, davlat arboblari va boshliqlarning burch va vazifalari, amirlar, vazirlar va boshqa mansabdorlarning toj-u taxt oldidagi alohida xizmatlarini taqdirlash tartibi va boshqalar xususida gap boradi.

TADQIQOT NATIJALARI VA MUHOKAMA

Movarounnahrda ilm-fan va madaniyat taraqqiyotiga Mirzo Ulug'bekning qo'shgan hissasi ayniqsa kattadir. Ulug'bek mamlakat ravnaq topishida ilmiy va badiiy tafakkurning kuchiga qattiq ishongan edi. Ulug'bek dunyoviy va diniy madaniyat taraqqiyotida ma'naviy merosni o'zlashtirishning ahamiyatini chuqur anglab etadi, shu sababli Ahmad Farg'oniy, Muso Xorazmiy, Beruniy, Forobiy va Ibn Sino merosini chuqur o'rganadi, buning natijasida qadimgi yunon olimlari Aflotun, Arastu va boshqalarning asarlari bilan yaqindan tanishadi. Ayni vaqtda diniy ilmgohlarning faoliyatini uyushtirishda dunyoviy ilmlarni o'qitish masalasiga ham ijobiy yondashadi. Shu sababli madrasalarda nafaqat Qur'oni Karim, hadisi Sharif, fiqh, tafsir kabi islom manbalari, balki riyoziyot, xandasa, tibbiyot, geografiya, arab filologiyasi kabi dunyoviy ilmlarni o'rganishga ham alohida e'tibor beriladi.

"Ulug'bek ilmgohlarda o'sha davrning yirik allomalaridan bo'lgan Shamsiddin Havofiy, Qozizoda Rumiy, G'iesiddin Jamshid Koshiy, Alouddin Ali Qushchi kabilarning saboq berishlari uchun yetarli shart-sharoit va imkoniyatlar yaratadi. Qozizoda Rumiyni madrasa ustozlari raisi etib tayinlaydi. Darhaqiqat, madrasada ishlaydigan olimlarni Ulug'bekning shaxsan o'zi tanlaydi[3,19]".

Mirzo Ulug'bek XV asr jahon astronomiya fani sohasida olamshumul tadqiqotlar olib borgan yirik allomadir. Tarixdan ma'lumki, Ulug'bek 1424-1428 yillarda Samarqand shahri

yaqinidagi Obirahmat degan joyda rasadxona qurdiradi, o'zining astronomiyaga oid kuzatishlarini bevosita shu erning o'zida olib boradi. Shuni aytish kerakki, Ulug'bek jadvali o'z davrining eng mukammal yutuqlaridan hisoblanadi. Chunonchi, Ulug'bekning yil hisobi hozirgi zamon hisob kitoblariga qiyos qilinganda, bir minutu ikki soniyaga tafovut qilar ekan.

Temuriyzodalarning madaniyatga e'tibor bilan qarashlari, faol ijodiy ish bilan shug'ullanishlari, yuksak badiiy-estetik qadriyatlar yaratishlariga Husayn Boyqaroning faoliyati ham misol bo'la oladi. Tarixiy kitoblarda bitilishicha, Husayn Boyqaro hukmronligi davrida Hirot fan va madaniyatning markazlaridan biriga aylandi, olimlar, shoirlar, sanoatkorlar hamisha uning homiyligida ijod etgan. Albatta, bularning barchasi buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning ta'sirida bo'lganligi ma'lum.

Husayn Boyqaro hukmronligi davrida yirik alloma va olimlardan mashhur tabib Husayn Jarrox, sozandalardan Sayid Ahmad, Ustod Husayniy, Ustod Qul Muhammad, naqqosh va xattotlardan Mirak Naqqosh, Kamoliddin Behzod, musiqashunos Foniy va boshqalar ijod qiladi.

Temuriyzodalarning Turkiston xalqlari madaniyatida tutgan o'rni haqida gap ketganida, Zahiriddin Muhammad Bobur faoliyatiga to'xtalmasdan fikr yuritish mumkin emas. Bobur adabiyotshunos, tarixshunos olim va shoir sifatida xalqimiz ma'naviy madaniyati tarixida munosib o'rin egalladi. Uning ilm-ma'rifat haqidagi hoyalari, axloq-odob, yaxshilik, vafo, komil insonni tarbiyalash, insonparvarlik, axloqiy-ta'limiy qarashlari hozirgi davr yoshlar tarbiyasida ham g'oyat ahamiyatlidir. Muxtasar qilib aytganda. Boburning madaniy faoliyatini quyidagi jihatlar to'la ifoda etadi:

Birinchidan, Bobur turkiy xalqlar badiiy - estetik madaniyatini o'zining mumtoz she'rlari bilan boyitdi. Uning poetik ijodining bosh motivini insoniy tuyg'ular, Vatan sog'inchi, yaxshilik, insonparvarlik g'oyalari tashkil etadi. Ikkinchidan, "Boburnoma" o'zbek namunaviy adabiyotidagi bebaho asarlardan biri bo'lib, Markaziy Osiyo, Afg'oniston, Hindiston va Eron xalqlari tarixi, geografiyasiga oid qimmatli ma'lumotlar beradi.

Bobur musiqa madaniyati haqida ham o'z fikrini qoldirdi. Uning madaniyat va sanoat ahli ijodi bilan qiziqqanligi ma'lum. Boshqa salaflardan farqli o'larok, Bobur sanoatkorlarni baholar ekan, ularning insoniy fazilatlarini tavsiflashga alohida ahamiyat beradi.

Boburning musiqa haqidagi qarashlari uning "Muxtasar" asaridan ham keng o'rin olgan. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, Bobur arab alifbosini turkiy til xususiyatlarini hisobga olib moslashtirishga harakat qiladi. "Xatti Boburiy" shu maqsadda yaratiladi, Qur'oni Karim shu alifboda ko'chiriladi.

XULOSA

Temur va temuriyzodalar yaratgan moddiy va ma'naviy meros hozirgi kunda ham o'z qadr-qimmatini yo'qotgani yo'q. Bu meroslarni asrab-avaylash va o'rganish biz, yoshlarning faxrli burchimizdir.

Shuning uchun buyuk bobomizning fan va madaniyat sohasiga bo'lgan buyuk hurmati, beg'araz homiyligining tub mohiyatini uning ma'naviyatga ijobiy munosabati, bu sohadagi axloqiy dasturlarini chuqur o'rganmasdan turib, chuqur anglash mumkin emas.

Adabiyotlar:

1. Jalolov А. Mustaqillik mas'uliyati. Toshkent, 1994.

2. Imomnazarov M. Milliy ma'naviyatimiz nazariyasiga chizgilar. Toshkent, 1996.

3. Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. Toshkent, 2000.

4. Otamurodov S.O., Rahmatov J., Xusanov S. Ma'naviyat asoslari. Ma'ruzalar matni. Toshkent, 2000.

5. Amir Temur o'gitlari. Toshkent: "O'zbekiston", 2007.

6. Alimova, N. O. (2021). Some Views On The History Of Daily Life Of Women In The Villages Of The Ferghana Valley (1946-1991). The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(07), 45-47.

7. Rayimov, A. A., & Karimova, G. Y. (2021). Social Aspects Of The Formation Of Social Activity In Youth. Oriental Journal of Social Sciences, 29-32.

8. Arzimatova, I. M. (2020). Spiritual Culture Of Personality And Artistic And Aesthetic Changes. Scientific Bulletin of Namangan State University, 2(11), 160-165.

9. Arzimatova, I. M. (2022). Relationship Of Aesthetic Culture And Spirituality Of Personality. The American Journal of Applied sciences, 3(02), 100-104.

10. Bekmirzaev, R. B. (2021). Factors affecting nation-building relationships in Fergana Valley. Asian Journal of Multidimensional Research, 10(11), 122-125.

11. ДИН МАЪНАВИЙ ^АДРИЯТ СИФАТИДА. Research Focus, 1(1), 40-45.

12. Normatova, D. (2022). Methods, Factors And Directions Of Moral Education. International Journal Of Culture And Modernity, 14, 86-91.

13. Karimov, U., & Ergasheva, D. (2020). EDUCATIONAL ISSUES IN THE PERIOD OF AMIR TEMUR AND TEMURIDS. Teopra и npaKiwa сoврeмeннoй тауки, (5), 18-20.

14. Akhmadiev, N. M. (2019). ISLAMIC SPIRITUAL PROSPERITY OF YOUTH IN RELIGIOUS EDUCATION. Scientific Bulletin of Namangan State University, 1(6), 234-236.

15. Pirmatovich, R. R. (2022). IX-XII ASRLARDA DUNYOVIY ILM-FAN SOHASIDA IJOD QILGAN OLIMLAR VA ULARNING ILMIY MEROSI. TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILIONLAYNILMIY JURNALI, 2(10), 450-452.

16. Khusanov, S. (2022). Historiography of the problem of record keeping and archival affairs of the Khiva khanate in the XIX-early XX centuries. Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities, 12(6), 93-98.

17. Khusanov, S. (2022). Khiva madrasahs. Asian Journal of Multidimensional Research, 11(6), 107-111.

18. Bekmirzaev, R. B. (2021). Traces Of Archaic Religions In The Modern Way Of Life Of The Peoples Of The Ferghana Valley. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(11), 41-46.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.