Научная статья на тему 'AMIR TEMUR'

AMIR TEMUR Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
15
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Lobar Shukurova

Amir Temur, Temur, Temurbek (toʻliq ismi Amir Temur ibn Amir Taragʻay ibn Amir Barqul) (1336-yil, 9-aprel — 1405-yil, 18-fevral) — oʻrta asrning yirik davlat arbobi, buyuk turkiy sarkardasi, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi. Amir Temur Kesh viloyatidagi Xoʻja Ilgʻor qishlogʻida tavallud topgan. Uning otasi Amir Taragʻay barlos urugʻining obroʻli oqsoqollaridan boʻlib, ajdodlari Kesh va Nasaf viloyatida hokimlik qilishgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AMIR TEMUR»

AMIR TEMUR Lobar Shukurova

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining chet tillari fakulteti (ingliz tili

yo'nalishi) ning 4-bosqich talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.10804855

Amir Temur, Temur, Temurbek (to'liq ismi Amir Temur ibn Amir Tarag'ay ibn Amir Barqul) (1336-yil, 9-aprel — 1405-yil, 18-fevral) — o'rta asrning yirik davlat arbobi, buyuk turkiy sarkardasi, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi. Amir Temur Kesh viloyatidagi Xo'ja Ilg'or qishlog'ida tavallud topgan. Uning otasi Amir Tarag'ay barlos urug'ining obro'li oqsoqollaridan bo'lib, ajdodlari Kesh va Nasaf viloyatida hokimlik qilishgan. Onasi Takina xotun Kesh yurtining obro'li bekalaridan hisoblangan. Temurning rafiqasi Amir Husaynning singlisi Uljoy Turkon Og'o bo'lib ularning to'rtta o'g'li bo'lgan. Umar Shayx Mirzo, Jahongir Mirzo, Miron Shoh Mirzo va Shohruh Mirzolardir.

Amir Temur yoshlik chog'laridanoq chavandozlik va ovga ishqiboz bo'lib, kamondan nishonga o'q uzish, ot choptirish, turli mashq va harbiy o'yinlari bilan tengqurlarini lol qoldirgan. Temurning kelajagini ko'plab avliyolar ham bashorat qilishgan. Amir Temur o'z zamonasining o'qimishli va uquvli hukmdorlaridan bo'lib yetishadi. Shu bilan birga tibbiyot, matematika, falakiyot, me'morchilik va tarix ilmidan ham yaxshigina xabardor bo'lgan.

Buyuk arab faylasufi Ibn Xaldunning ta'kidlashicha, "Amir Temur turk, arab, fors xalqlari tarixini chuqur o'rgangan, diniy, dunyoviy va falsafiy bilimlarning eng murakkab jihatlarigacha yaxshi o'zlashtira olgan zot edi". Amir Temur 35 yillik hukmronligi davrida ko'plab janglarda g'alaba qozondi. Xususan, Mug'ullardan Tug'luq Temurning o'g'li Ilyos Xo'ja bilan 1365-yil 22-may "Loy jangi", Oltin O'rda hukmdori To'xtamishxon bilan 1395-yilda, Turk sultoni Boyazid Yildirim bilan 1402-yil 20-iyul "Anqara jangi". Sulton Boyazid ustidan qozonilgan g'alaba bilan Amir Temurni Fransiya, Angliya, Kastiliya va Leon qirollari o'z minnatdorchiligini bildirdi. Hattoki, fransuzlar Amir Temurning oltindan haykalini bunyod etib ostiga "Yevropa xaloskori" deb yozdirib qo'yilgan. Amir Temur bosib olgan hududlarida markazlashgan davlat barpo etdi, tarqoqlik va boshboshdoqlikka barham berib Sharq bilan G'arbni bog'lovchi qadimiy karvon yo'llarini tikladi, savdo va diplomatik aloqalar o'rnatdi.

Ispaniya elchisi Klavixo Sohibqiron saltanatida bo'lgan davrda "Buyuk Temur tarixi", "Temur qarorgohi", " Samarqandga sayohat kundaligi" nomli kitoblari ispan tilida bir necha bor nashr qilingan. Italiyalik olim Perondinoning "Skifiyalik Tamerlanning ulug'vorligi" asari, Ispan tarixchisi Pero Mixsikaning "Buyuk Temur tarixi" asari, Ingliz dramaturgi Xristofor Morloning "Buyuk Temur" nomli sahna asarlari shular jumlasidandir. Hozirgi paytga kelib Amir Temur va Temuriylar haqida 33 mamlakatda 500 dan ziyod chet ellik tadqiqotchilarning asarlari chop etilgan.

"Temur tuzuklari". Amir Temur hayotlik davridayoq uning harbiy san'ati va davlat boshqarish uslubiga bag'ishlangan maxsus asar yaratilib, u "Temur tuzuklari" nomi ostida shuhrat topadi. Amir Temurning"... davlat ishlarining to'qqiz ulushini kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushini qilich bilan amalga oshirdim", "Kuch- adolatdadur" degan so'zlari uning mamlakatni aql-zakovat va adolat bilan boshqarganligidan guvohlik beradi.

Sohibqiron Amir Temur mashhur davlat arbobi, mohir sarkarda sifatida O'zbekiston davlatchiligining yuksalishida muhim o'rin tutadi. Tarixiy manbalarda Amir Temur Sohibqiron nomi bilan bir qatorda "Sohibi jahon" hamda "Sohibi adl" - "Adolat sohibi" nomlari bilan ulug'lanadi. Xalqaro YUNESKO tashkilotining tashabbusi bilan 1996- yilda Toshkent, Samarqand va xorijiy mamlakatlarda Amir Temur tavalludining 660 yilligi keng miqyosda nishonlandi va shu yili O'zbekistonda"Amir Temur" yili deb e'lon qilindi. OQSAROY

1380-1404 yillarda Oqsaroy Amir Temur tomonidan onasi Takina xotun sharafiga (Ko'hna Kesh) hozirgi Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida qurilgan. Dastlab (73m bo'lib, hozirda peshtoq ravog'ining eni 22,5m balandligi 40m, umumiy balandligi 50m) bo'lgan ko'rkam va haybatli inshoot saqlab qolingan. Peshtoq minorasi ichidagi aylana zina orqali yuqoriga chiqiladi. Temur ustalarni Xorazm, Erondan keltirgan bo'lib, bosh koshinkor usta Muhammad Yusuf Tabriziy ning nomi peshtoning marpech bezagida 2 marta takrorlangan.

Saroy tomi tepasiga xovuz bo'lib, suv Taxtaqoracha dovonidan qo'rg'oshin quvurlar orqali oqib kelib undan sharshara hosil qilinib pastga tushirilgan. Hattoki, saroyda tozalash, havo almashtirish, soya va nur yorug'ligi muvofiqlashtirilib turilgan texnik me'moriy badiiy yechim ishlab chiqilgan.

Oqsaroy devorining ranglar jilosi 7 xil rangdagi tabiiy naqshlar bilan bezatilgan. Oqsaroy peshtoqida "Sulton Ollohning yerdagi soyasidir" degan mazmunidagi yozuvlar bitilgan. Peshtoqning kirish qismida esa "Bizning qudratimizga shubha qilsangiz biz qurgan imoratlarga boqing" so'zlari aks etgan.

Zahiriddin Muhammad Bobur ma'lumotiga ko'ra: hovli o'rtasida xovuz, to'rida gumbazli katta xona, yonlarida maslahatchilar uchun kichik xona hashamatli ravoqli bostirmalar ichki tomonda xaram va amirning xonasi joylashgan. Ranglarning oy yorug'ida oqarib jilolanib ko'rinishidan bino Oqsaroy deb nomlangan. Devonxona peshtoqida Arslon va quyosh tasviri va Temur davlatining 3 xalqa nishoni bo'lgan.

2002- yilda YUNESKO ning homiyligida Shahrisabzning 2700 yilligi nishonlandi. O'zbekiston respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Miromonvich tashabbusi bilan 2018- yildan boshlab har

ikki yilda bir marta Shahrisabz shahrida maqom festivali bo'lib o'tadi. Ilk maqom festivalida 73 davlatdan 300 ga yaqin yakkaxon ijrochi va musiqiy jamoalar ishtirok etishdi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.