Scientific Journal Impact Factor
AMIR TEMUR BOLALIGI
Tursunova Nilufar Hamroqul qizi
Jizzax Davlat Pedagogika instituti talabasi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqola buyuk sarkarda, adolatli hukmdor Amir Temurning yoshlik davriga bag'ishlanadi. Buyuk bobokalonimizning qudratli hukmdor bo 'lishi taqdiriga bitilganligi, ilohiy qudrat orqali ayon bo'ladi. Buyuklikka erishishida bolalikda egallagan bilim va saboqlarining to'g'risida so'z boradi. Maqolaning ahamiyati yoshlarda vatanparvarlik, har bir buyuklik ortida qattiq mehnat va metin sabr, ilm yotganligini anglatish, odil podsho bo 'lgan Amir Temurning bolalik hayoti haqida yoshlarda ko 'nikma hosil qilish.
Kalit so'zlar: Chig'atoyxon, Movarounnahr, Yettisuv, Qo'shgar, Shimoliy Afg'oniston, Kepakxon, orlot, jaloyir, qovchin, barlos, Qorachor no'yon, Ijil no'yon, Ilangiz no'yon, Amir Tarag'ay, Qochuvli Bahodir, Shayx Zayniddin, Takina xotun, Qur'oni Karim, "Al-Mulk", "Tamur", Abdulloh Qutb madrasasi, Amir Kulol, Shayx Shamsuddin Kulol, "samo" marosimi, Samir Tarxon, "Masnaviyi ma'naviy", "Gulshanni roz", Jaloliddin Rumiy, Musaviy dini, Islom.
This article is dedicated to the youth of the great commander, just ruler Amir Temur. The destiny of our great ancestor to be a powerful ruler is revealed by divine power. Growing up is about the knowledge and lessons you learn as a child. The purpose of the article is to show the youth patriotism, hard work and perseverance, knowledge behind every greatness, to develop in young people the skills of the childhood of the just king Amir Temur.
Keywords: Chigataykhan, Movarounnahr, Yettisuv, Koshgar, Northern Afghanistan, Kepakhon, Orlot, Jalayir, Qovchin, Barlos, Karachor Noyon, Ijil Noyon, Ilangiz Noyon, Amir Tarag ay, Qachuvli Bahodir, Sheikh Zayniddin, Takina Khotun, Quran, "Al-Mulk", "Tamur", Abdullah Qutb Madrasa, Amir Kulol, Sheikh Shamsuddin Kulol, "Samo" ceremony, Samir Tarkhan, "Rose of Gulshan", Jalaliddin Rumi, Mousavi religion, Islam.
Эта статья посвящена молодости великого полководца, правителя Амира Темура. Судьба нашего великого предка быть могущественным правителем открывается божественной силой. Взросление - это знания и уроки, которые вы усвоили в детстве. Цель статьи - показать молодежи, что патриотизм,
ABSTRACT
АННОТАЦИЯ
Scientific Journal Impact Factor
трудолюбие и упорство лежат в основе всякого величия, знаний, и рассказать молодежи о детстве справедливого царя Амира Темура.
Ключевые слова: Чигатайхан, Мовароуннахр, Йеттисув, Кошгар, Северный Афганистан, Кепахон, Орлот, Джалаир, Ковчин, Барлос, Карачор Нойон, Иджил Нойон, Илангиз Нойон, Амир Тарагай, Аль Качувли Баходир, Шейх Зайниддин, Шейх Зайниддин -Мулк »,« Тамур », медресе Абдуллы Кутб, Амир Кулол, Шейх Шамсуддин Кулол, церемония« Само », Самир Тархан,« Роза Гульшана », Джалалиддин Руми, религия Мусави, ислам.
Chig'atoyxon avlodi Movarounnahr, Yettisuv, Qo'shg'ar, Shimoliy Afg'onistonni o'z tarkibiga biriktirgan va tarixda Chig'atoy ulusi nomi ila maashxur bo'lgan davlatni 140 yil idora qildi. Lekin Kepakxongacha xonlar Movarounnahrga ko'chib kelishmadi.
Amir Temur avlodlari Qorachor no'yon, keyin uning o'g'li Ijil no'yon so'ng Ilangiz no'yon, undan keyin amir Berkal o'z uluslarini boshqarib kelishgan. Chig'atoy ulusidagi to'rt qabila: orlot, jaloyir, qovchin, barloslar ichida eng kuchlisi va nufuzlisi barloslar bo'lgan. Amir Berkal Amir Temurning bobosi Amir Tarag'ayning otasi bo'lgan. Amir Tarag'ay bahodir, yumshoq ko'ngil, raiyatparvar, mo;min musulmon odam edi [ Bo'riboy Ahmedov " Amir Temur " Toshkent "Abdulla Qodiriy xalq merosi" 1995-y 7-bet].
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Rivoyatlarga ko'ra, kunlardan bir kuni sohibqironning sakkizinchi bobosi Qochuvli Bahodir tush ko'ribdi, tushida uning qo'ynidan bir yulduz uchib chiqib jamol ko'rgizibdi va shu zahotiyoq so'nibdi, keyin ikkinchisi, uchinchisi, to'rtinnchisi yarqirab chiqibdi, bari so'naveribdi. Bu hol yetti marta takrorlanibdi. Biroq sakkizinchi martasida katta porloq yulduz otilib chiqibdi-yu, butun dunyoni yoritib yuboribdi. Mana shu yulduz Amir Temur yulduzi deb taxmin qilinadi. Undan yana bir necha kichik yulduzlar paydo bo'libdi, kata porloq yulduz mag'ribga bosh qo'yib so'ngandan so'ng kichik yulduzlar porlashda davom etibdi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Tongda quyosh chiqishi yaqinlashgani sari uning qutlug' nurlaridan olam yorug'roq va yarqiroq bo'ib boradi. Amir Tarag'ayning butun e'tibori musulmonchilikni mustahkamlash va takomillashtirilganiga qaratilgani uchun davlat hududi doim ulamo-yu, fuzalo hojatlarining ado etish qiblasi va oliy majlisi va
KIRISH
Scientific Journal Impact Factor
solihlar fuqarolar yig'ingohi bo'ldi [Omonulla Bo'riyev "Amir Temur ajdodlari" Toshkent "Qomuslar" 1992].
Amir Temurning otasi Tarag'ay o'rtahol yerlik kishi edi. U kishi Amir Temur tug'ilmasdan oldin tush ko'radi. Unda farishtasifat kishidan qilich oladi va uni to'rt tomonga siltab turgan holda uyg'onadi. Oradan bir yil vaqt o'tib Amir Temur tug'iladi. Uning ismini Shayx Zayniddin tanlab beradi. Bu ism Qur'oni Karimning oltmish yettinchi surasi "Al-Mulk" ning bir oyatidagi "Larza" so'zidan arabchada "Tamur" deb talaffuz qilinadi va Temur so'ziga yaqin [Marsel Brion, Zabihulloh Mansuriy " Men kim, fotih Temur " Toshkent " Yangi kitob " 2019-y 14-bet].
Amir Temur Kesh viloyatidagi Xo'ja Ilg'or qishlog'ida 1336-yil 9-aprel kuni tavallud topgan. Amir Temurning onasi Takina xotun Kesh yurtining obro'li bekalariddan hisoblangan [A. Muhammadjonov " O'zbekiston tarixi 7-sinf " Toshkent " Sharq " 2017-y 109-bet].
Bobomiz qo'llarida ham yozib ham qurol bilan mashq bajarganlar. U madrasaga borganda shu qadar kichik bo'lganki, lavha-taxtaga mumni o'zi surtolmagan. Dastlabki o'qituvchisi mulla Alibek bo'lgan. Mulla Alibekning tishlari to'kilib ketganidan harflarni yaxshi talaffuz qilmagan va bolalar harflarni g'alati o'rgangan. O'qituvchi bolalarni darsni ko'ngildagidek bajarmasa kaltaklagan biroq Amir Temur kaltaklardan benasib qolgan. Chunki Amir Temur o'qituvchisi aytgan narsasini o'qib yozar edi. Keyin yetti yoshlarida Shayx Shamsiddin maktabxonasiga boradi. U yerda Qur'onni o'qib ash'or ham o'rganadi. Shu bilan birga ot minishni ham mashq qildi [ Marsel Brion, Zabihulloh Mansuriy " Men kim, fotih Temur " Toshkent " Yangi kitob " 2019-y 23-bet].
Amir Temur yoshligidanoq aql-idrokli, bahodir va kelajagi porloq siymo sifatida tanildi. Mavlono Lutfilloh Nishoburiy aytishicha, Temur yetti yoshligida otasi bilan qarindoshlarinikiga boradi. Bu qarindoshi ko'p molar va qullarga ega bo'lib doimo xavotirda yashar ekan. U Amir Tarag'ayga: "Xudo menga mol-davlat berdi, lekin uni saqlashga ojizman, qullarim sabrli-toqatli emas, farzandlarim salohiyatsiz. Shu sabali mol-u davlatimga ziyon yetishidan qo'rqaman" - debdi. Temur gapga aralashib debdi: "Ey, ota farzandlaringga mol-davlatingni bo'lib ber va undan so'ng ularning o'z mulkiga dahl qilgilkim, ular o'zlari bilan ovora bo'lsin. So'ng turk qullarni hind qullarning tepasiga qo'ygilkim, hindlarni o'z amr-farmonlariga bo'ysundirsinlar. Keyin har uch qulni ulardan aqlliroq bir qulnning ixtiyoriga topshir. So'ng ularni har birini yettitadan amiri qil. Keyin yetmish qulga bosh bo'lgan yettita qulni bir-birining ta'zim va tarifiga buyur. Ularni ko'zdan qochirma. Chunki ular bir-birlari bilan ko'p suhbatlashadi. O'sha kishi Amir Temur aql-zakovatiga qoyil qolib uning otasiga
Scientific Journal Impact Factor
debdi: "...Sening bu farzanding jahonga podsho bo'ladi, chunki buni uning shu gaplaridan fahmlab turibman...". So'ng siyohdon va qalam hozirlabo'sha suhbatda Temurdan xat yozdirib oldiki, bunda "uning farzandlari, zurriyodlari va yaqinlaridan xiroj olmasinlar, gunohidan o'tsinlar, uning qavmi tarxon qilinsin".
Temur taxtga chiqqandan so'ng o'sha va'dasida turib o'sha badavlat kishining avlodlariga tarxon unvoniini beradi[Hamid Ziyoyev "Buyuk Amir Temur saltanati va uning taqdiri" Toshkent "Ma'naviyat" 2008-y 61-bet].
Zehni o'tkir bo'lgan Amir Temur yoshlik chog'ida Qur'onni 3 yilda yodlab oladi. Keyin Temur ta'lim olish uchun Abdulloh Qutb madrasasiga bordi. Bu madrasada o'qiyotgan kezlari o'zi bilan o'qiydigan yigitni o'ldirib qo'yadi. Chunki u aytgan so'zlar shariatimizga va Chingizxon yasasiga solib ko'rilganda ham o'lim hukmi berilmog'I lozim edi. Bu voqeani Abdulloh Qutbga aytadi. Amir Temurning ustozi uning gaplarini eshitib, uning bajargan ishi to'g'ri ekanligini aytadi[ Marsel Brion, Zabihulloh Mansuriy " Men kim, fotih Temur " Toshkent " Yangi kitob " 2019-y 23-bet].
Temurbek o'n ikki yoshda "poshsho-vazir" o'yinini o'z do'stlari bilan maroq bilan o'ynashni yoqtirgan. Bu o'yinda Temur "podsho", qolgan do'stlarini har biriga bir "mansab" beriladi. Jumladan o'yin o'ynash chog'ida Temur "gunohkor" odamni jazolab "yurt" boshqarardi[www.temurtuzuklari.uz]
U tezda o'q otish, otlanib chopishni o'rganadi va urush o'yinlariga mayl ko'rsatadi. Temurbek ovga shu qadar bog'lanib qoladiki, hatto kecha-yu kunduzlarni ovda o'tkazishi mumkin edi. U o'spirinlik va yoshlik yillaridagi bu sport o'yini va harbiy mashg'ulotlari bilan otasi Amir Tarag'aybekka xizmat qilgan maxsus murabbiylar yordamida shug'ullangan[old.uza.uz]
Abdulloh Qutb madrasasidan so'ng Temur Amir Kulolga shogirdlikka tushadi. Amir Kulol ismining tarkibi bo'lmish "amir" lik mansabni emas, oriflar avlodidan ekanligini anglataadi.kulollik unning kasbi bo'lgani uchun hunarmandlar "pirimiz" deb ehtirom etadilar. Amir Temur uning yoniga borganda 80 yoshlarda edi. Uzun soqolli, ko'zlari chaqnab turgan bir kishi edi [ Marsel Brion, Zabihulloh Mansuriy " Men kim, fotih Temur " Toshkent " Yangi kitob " 2019-y 23-bet].
Taxminan 14-20 yoshlar orasidagi o'spirin Temurbek juldur choponda Shayx Shamsuddin Kulol huzuriga keladi. Bu paytda shayx atrofdagi darveshlar bilan zikr tushayotgan ya'ni tasavvufda xudonni yodga olish bilan bog'liq "samo" marosimini ijro etayotgan edi. Temur zikr tugashini kutadi. Nihoyat zikr tugab, shayx uning yoniga kelganida, Temur tiz cho'kib, peshonasini uning oyog'iga qo'yadi va shayxning qo'lini o'padi. Shunda Shayx Shamsuddin Kulol darveshlar bilan
Scientific Journal Impact Factor
Temurning haqqiga duo qiladi. Keyinchalik Temur bu duoni o'z muvaffaqiyatlari sababchisi deb biladi[www.arxiv.uz]
Amir Temur ilm bilan birga har xil jismoniy o'yinlarga ham qiziqqan buyuk bobomiz chaqqonlikni kasb etgan. Yohliklarida uch otni yondoshtiribchopib birinchisidan uchinchisiga, uchinchisidan birinchisiga sapchib minishni yoqtirardi. Otning taqasini ham o'zi qo'ygan. Yana boshormon chopayotgan otda egar ustidan otning yonboshiga tushib ko'zdan g'oyib bo'lardi. Urush paytlari bu uslub juda qo'l kelgan. Chunki dushman o'q uzsa, ot o'lsa ham Temur o'zini asrab qolardi. Suvda ham yaxshi suzgan. Masalan, Jayhun daryosining u tomonidan suzib, narigi qirg'og'iga o'tganlar. Yarim yovvoyi otlarni qo'lga o'rgatishga ham usta bo'lgan. Agar otga kamand tashlamoqchi bo'lsa o'zini boshqa ot qasdidadek ko'rsatib, vaqtni boy bermay mo'ljallangan ot bo'yniga kamand tashlar edi. Shuningdek, Temur tib ilmi va nujum faniga beparvo bo'lgan. Keyinchalik ham bu fanlardan b exabar qolgan [ Marsel Brion, Zabihulloh Mansuriy " Men kim, fotih Temur " Toshkent " Yangi kitob " 2019-y 21-bet].
Temur otasi Tarag'ay mohir ustodlardan bo'lgan Samir Tarxon degan kishini yuqori darajada va fanniy tariqada qilich chopishni o'rgatish uchun da'vat qildi. Samir Tarxon birinchi kuniyoq Temurning bir qo'lini bog'lab, shunday deydi: "Temur endi bir qo'llik kishi bo'lding. Urush maydonida dushmanlar qilichlashar ekan, narigi tarafning kerakli bo'lgan o'ng qo'lini ishdan chiqarishga urinadi. Bunga bir o'q yoki bir nayza hamlasi kifoya qiladi.shunday o'ng qo'lini ishlatib yurgan jangchi har qanday o'likdan farqi bo'lmay qoladi. Ikkinchi qo'lini ishlatishi bilan ikki kishilik o'rinni egallaydi", - dedi.
Samir Tarxon chap qo'lda qurolni ishlatishni Temurga o'rgatadi. O'sha davrlarda harb ilmi bilan birga forsiy tildagi ikkita kitob bo'lib, biri "Masnaviyi ma'naviy", ikkinchisi "Gulshanni roz" deb nomlangan. "Masnaviyi ma'naviy"ni Temur yoqtirmagan. Lekin "Gulshanni roz"ni o'qib zavqlangan.
Jaloliddin Rumiyning "Masnaviyi ma'naviy" asarini yoqtirmaslik sababi unda mahablarning barchasini azoblardan xalos, har qanday dinni ehtirom etish kerak, hech birining ortiq joyi yo'q deb ta'rif etiladi. Amir Temur bobomiz esa islom dinini barcha dinlardan baland deb hisoblaydi. Bunda ularni shunday taqqoslaydi:
"Musaviy dinida dunyoga tavajjuh qilinib, narigi dunyoga e'tibor berilmaydi. Go'yo u dunyo yo'qdek. Isaviylrda esa faqat ohiratga tavajjuhlari bog'lanib dunyo ishlariga o'rin berilmagan. Islom dinida esa dunyo va ohirat fikrida bo'lish tavsiya qilinadi[ Marsel Brion, Zabihulloh Mansuriy " Men kim, fotih Temur " Toshkent " Yangi kitob " 2019-y 28-bet].
Scientific Journal Impact Factor
Temur o'spirin davrlari-yu taxtga o'tirganidan so'ng ham ichkilikka berilmagan. Ilmga qiziqqan vat oat-ibodat qilgan. Qur'oni Karimni o'qigan hamda kambag'al faqirlar holidan xabar olib, ularning g'amini yegan [Sharafiddin Ali Yazdiy "Zafarnoma" Toshkent "Sharq" 1997-y]
XULOSA VA TAKLIFLAR
Amir Temur tug'ilishidan oldingi bashorat-u ta'birlarga boqsak, u kishining o'zgacha kishi bo'lib tug'ilganligini ko'rishimiz mumkin. U har bir ishda qobiliyatli, tez o'rganuvchi, ilm-ma'rifatni qadriga yetib undan kerakli vaziyatlarda foydalana bilguvchi edi. Yoniga o'ziga sodiq, bahodir hamda aql sohiblarini yig'a olgan. Bularning ko'pchiligi yoshlikda birga o'sgan do'stlari bo'lgan. Biror muhim tadbir oldidan albatta mashvarat o'tkazgan. Donolar fikrini olgan. Ulug'larni og'a qatorida, kichiklarni farzand o'rnida ko'rgan. Yoshlikda olgan bilimlari, ko'rgan voqea va hodisalardan xulosa chiqarib zaruriy tajribalarni to'plagan. Ustozlarni har bir aytgan so'zlarini tinglab unga amal qilgan. Saboqlar davomida o'zinning qobiliyati va tirishqoqligini ko'rsatib o'qituvchilarini lol qoldira olgan. Harb ilmidagi murabbiylari ham undan xursand bo'lishgan. Amir Temur o'z o'gitlarida: "Menda biron kimsaning haqi bo'lsa, haqinni hech vaqt unutmadim. Biron kimsa bilan tanishgan bo'lsam, uni hech vaqt nazarimdan qoldirmadim",-deydi. Yuqorida keltirilgan misoldan ham va'dasiga sodiq, qat'iyatli kishi ekanligini anglaymiz. Amir Temur bajargan ishlar bilan biz avlodlar faxrlanamiz. Amir Temur - xalqimiz g'ururi, shavkatidir.
REFERENCES
1. Marsel Brion, Zabihulloh Mansuriy " Men kim, fotih Temur " Toshkent " Yangi kitob " 2019-y
2. Sharafiddin Ali Yazdiy "Zafarnoma" Toshkent "Sharq" 1997-y
3. Hamid Ziyoyev "Buyuk Amir Temur saltanati va uning taqdiri" Toshkent "Ma'naviyat" 2008-y
4. Muhammadjonov A. " O'zbekiston tarixi 7-sinf " Toshkent " Sharq " 2017-y
5. Omonulla Bo'riyev "Amir Temur ajdodlari" Toshkent "Qomuslar" 1992.
6. Bo'riboy Ahmedov " Amir Temur " Toshkent "Abdulla Qodiriy xalq merosi" 1995-y
7. Akmalova, P. D. (2019). The concept of moral personality development in creativity of thinkers of central asia. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 9(1), 135-141.
8. www. temurtuzuklari. uz.