Научная статья на тему 'AMIR TEMUR – BUYUK SHOH VA SARKARDA'

AMIR TEMUR – BUYUK SHOH VA SARKARDA Текст научной статьи по специальности «Технологии материалов»

CC BY
3918
163
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по технологиям материалов, автор научной работы — Barno Bobojonova

"Temur qonxo'r, ammo u bunyodkor .Temur -shavqatsiz, ammo u adalotli va sheryurak.Temur bosqinchi, ammo e'tiqodi mustahkam musulmon."

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AMIR TEMUR – BUYUK SHOH VA SARKARDA»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

AMIR TEMUR - BUYUK SHOH VA SARKARDA

Barno Bobojonova

Chirchiq davlat pedagogika instituti akademik litseyi ingliz tili fani o'qituvchisi

"Temur - qonxo'r, ammo u bunyodkor .Temur -shavqatsiz, ammo u adalotli va sheryurak.Temur - bosqinchi, ammo e'tiqodi mustahkam musulmon."

Jastin Marozzi.

Ma'lumki, Amir Temur siymosi o'zbek va jahon tarixida o'zining alohida chuqur o'chmas iz qoldirganligi ya'ni buyuk adolatli davlat siyosatchisi sifatida e'tirof etiladi.Shu o'rinda ta'kidlash joizki,asrlar o'tibdiki Amir Temur shaxsidek buyuk shaxs tarix zarvaraqlarida hech bir davlat arbobichalik o'zini vataniga baxshida etmagan buning yorqin isboti sifatida u amalga oshirgan salmoqsiz ishlarni keltirishimiz mumkin. Amir Temur nomi ham unga otasi tomonidan bejizga berilmagan, shunday ekan bunga alohida to'xtalsak, Temurbey atoqli otdir va 'temir' temir so'zidan kelib chiqqan bo'lib, 'fer' fransuzcha 'temir' ma'nosini bildiradi va 'bey' so'zi 'hukmdor' so'ziga teng bo'lib,'temir hukmdor' degan ma'noni bildiradi. Tarixda uni boshqalar 'Temurlan'deb atashadi, bu so'z ham 'temir' dan kelib chiqqan bo'lib, frasuzchasiga 'Temur oqsoq' degan ma'noni bildiradi. 'Oqsoq' uning laqabi. Bu tatarcha va forscha talqinlaridir. Eronda uni 'miritabam', ya'ni 'hukmdor' deb ham, ya'ni 'buyuk hukmdor' deb ham atashadi. Albatta, shu xususda buyuk bobomiz unvoni haqida ham to'xtalsak, ba'zi manbaalarda keltirilishicha, 'Temur Gerakan sosmus'(Temur Ko'rogon so'zimiz) iborasi temur 'imperatorning o'g'li' yoki 'kuyovi' kabi ma'noni beradi va 'so'smus' -'bizning qat'iy so'zimiz' deganidir . U o'zini na qirol va na imperator nomi bilan ataydi, qachon so'zlasa yoki amr etsa,imperator nomidan so'zlaydi va amr etadi.

U kelib chiqishi bo'yicha sharqlik barloslardan bo'lib, ularning millati yakote (chig'atoy) deb ataladi. Ba'zilar fikricha, bu o'lkaga Hindiston tomondagi Persiyadan keyingi Korasan

(Xuroson) viloyati, Mediya (Ozarbayjon)viloyati va boshqa viloytlar kiradi. Bu o'lka tarkibiga kiruvchi yana bir shahar bu- Temurbeyning shahri Semerkantdan (Samarqand) juda yiroqda, yuz kunlik masofada, Jiyon daryosidan narida - Persiyada joylashgan Suzis (Suza) shahridir. Amir Temur yoshligida tengqurlari kabi oddiy yigit bo'lgan, ammo zukkoligi aql-zakovati bilan ajralib turgan.U doim Xudoni olqishlaydi va nima qilsa faqat Xudo uning amri bilan qiladi.O'zining aytishicha, u bir bechora ayolning o'g'li, kuchsiz va kambag'al yigit bo'lgan, u nimaga erishgan bo'lsa , Xudoning marhamati ila erishgan. Zero, shu paytgacha Sharqda hech kim unga teng keladigan

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

birorta insonni ko'rgan ham, eshitgan ham emas. Ayniqsa, u Samarqand shahri va Trasoksaniya imperiyasini qo'lga kiritgandan keyin shunday qudratga ega bo'ldi. Zotan uning imperiyasi Sharqqa tomon shuncha katta makonni egallaganki, uning bir sarhadidan ikkinchisiga yetish uchun tinmay yarim yil yo'l bosish kerak. Qudratli sarkarda ko'plab viloyatlar, shaharlar , qo'rg'onlar, amloklarni qo'lga kiritdi va tobe etdi. Shu jumladan, u Hindistondagi Delli (Dehli) shahrini ishg'ol qildi. Shundan so'ng G'arbga tomon yurish qiladi hamda Konstantinopolgacha bo'lgan hududlarni ishg'ol qiladi. Qisqacha aytganda, Amir Temur janggohlarda barchani, jumladan ko'plab qirollar va shaxzodalarni yengadi,na biror shahar na biror istehkom unga dosh bera olmagan, u son-sanoqsiz shaharlar-u qo'rg'onlarni zabt etdi hisobsiz xalqlarni o'ziga tobe qildi, sanoqsiz muhorabalarda zafar qozondi, ko'plab qirollar va shaxzodalar, katta hokimlar va amaldorlar u tarafda. Amir Temurning o'ziga xos hislatlaridan shuni aytish mumkinki, u sharob ichganida mehribon va oqko'ngil bo'lib qoladi, biroq bunday holat juda kam bo'ladi, ya'ni u juda kam sharob ichadi.Ayniqsa, u g'azab otiga minmagan paytlarida adolat yuritadi. Adolatning shiori uchun o'z tamg'asiga fors tilida 'adolat'so'zini ikki marta yozdigan. U o'z do'stlariga va elchilariga , ayniqsa, uzoq o'lkalardan kelgan elchilarga yetarlicha ochiqko'ngilllik qiladi. Ular har doim ochiq dalada harir shoyi chodir ostida umr o'tkazadi. Uning xalqi shunchalik ko'pki, ularning barchasi shaharda yashay olmaydi. Biroq ularga zarur barcha narsalar xuddi shaharlardagidekbu yerga olib kelinadi, sotiladi, xarid qilinadi. Bu yerga uzoq o'lkalarga oziq- ovqat mahsulotlarini olib keluvchi savdogarlar juda ko'p , uning fuqarolari saronjom- sarishta odamlar, ular yerda- stol va kursisiz ovqatlanishadi . Bu yerlarda go'sht va guruch serob, ular mutlaqo non yeyishmaydi. Amir Temur saroyida sharob ichish ta'qiqlanadi, nasroniylar esa ichishlari mumkin, u ham bo'lsa, faqat kechki ovqat oldidan, ovqatdan so'ng suv va qimiz ichiladi. Uning saroyida nomussiz ayollarning yashashi ta'qiqlangan har kimning o'z xotini va mol-mulki bor. Ayollar erkaklar kabi mohir chavondozlardir , otda yurganlarida faqat ko'zlari va burunlari ochiq bo'ladi.Agar o'zi chaqirmasa, uning oldiga borishga hech kim jur'at eta olmaydi. Uning o'g'illari va beklari ham ruxsatisiz uning yoniga borib o'tirmaydilar. Agar u biror o'lkani zabt etishni ixtiyor etsa, qora rangli tig'ini ko'taradiva uning askarlari o'sha o'lkani zabt etishga otlanadilar. Egallangan o'lkalardan turli hiroj va boyliklar yig'iladi.Shuni unutmaslik kerakki, ular nasroniylarga birdek munosabatda bo'ladilar. Buyuk Temur o'z e'tiqodi bo'yicha saratsin bo'lib, u o'z dini talablaridan kelib chiqqan holda har kuni Xudoga iltijo qiladi. U bu dunyoda nimaiki, sodir bo'lsa, barisi Xudoning irodasi bilan sodir bo'lishini aytadi. Uning otasi Muhammad Tarag'ay taniqli barlos urug'idan, uning ajdodlari turkiylarning afsonaviy momosi Alan-quva urug'idan bo'lgan. Ularning mulklari Kesh va Nasaf atroflarida joylashgan.Shamsiddin Kulol - Amir Temurning

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

piri bo'lgan.Onasi esa - Takina Mohibegim hisoblanadi. Amir Temuming ustoz-otabeklari uni harbiy o'yinlarga o'rgatganlar. Temurning safdoshlari barlos urug'idan bo'lgan: Abbos Bahodir, Kimari Inoq, Sulaymonshohbek, Sayfiddinbek va boshqalar. Keyinchalik ular Temurning ishonchli amirlari bo'lib xizmat qilgan. U 1355-yili amir Joku Barlosning qizi Turmish og'oga uylanadi.Movorounnahr bosh Amiri Qazog'on Temurga o'zining nabirasi Uljoy Turkon og'oni turmushga beradi va Qozog'onning nabirsi Husayn bilan do'stlik vujudga keladi. 1355-yili Amir Temurning ikki o'g'li tug'iladi. 1358 - yili fitna natijasida Amir Qozog'on o'ldiriladi. 1360-1361-yillarda Mo'g'uliston xoni To'g'luq Temur Movorounnahrni egallab oladi. Xo'ja Barlos Xurosonga qochadi.Temur esa Tug'luq Temurga xizmatga kiradi va Kesh viloyatining hukmdori etib tayinlanadi.Amir Temur hokimyat tepasiga kelgach o'z siyosiy yo'lini mustaqil amirlarni bo'ysundirishdan va dushmanlarni yo'q qilishdan boshlaydi. 1370-yil Termiz yaqinidagi Bo'ya qishlog'ida termizlik alloma Sayyid Baraka Temurga hokimyat ramzlarini - nog'ora va bayroqlarni beradi: keyinchalik bu shaxs Amir Temurning piri va ustozi bo'lib qoladi.

1370-yili amir Husayn taxtdan ag'darilgach, Balx shahrida harbiy qo'mondonlar quriltoyida Amir Temur Movorounnahr hukmdori etib tayinlanadi.Lekin Temur chingiziylar avlodidan bo'lmaganligi sababli, 'Xon' deb atalmagani va taxtda 'soxta xonlar' chingiziylar Suyurg'utmish va Sulton Mahmudxon o'tirgan Amir Temur ularning nomidan davlatni boshqarib, farmonlar chiqargan va tangalar zarb etgan. Taxtga kelgach, Temur Balx xazinasiga ega bo'ladi. Amir Husayinni esa uning ashaddiy dushmani - Xuttalon hokimi Kayxusrovni qo'liga topshiradi. Husayinning tul xotiniga uylanib (Saroy Mulkxonim), Amir Temur 'ko'ragoniy' (xonning kuyovi) unvoniga ega bo'ladi. U shuningdek diplomatik aloqalani ham o'rnatdi. 1404-yili Rui Gonsales de Klavixo - Kastiliya elchiligi boshlig'i Samarqandga kelgan va u haqda kundalik yozib borgan . Undagi ma'lumotlar 1582- yilda 'Buyuk Temurning hayoti va faoliyati' nomi bilan nashr qilingan . Kastiliya qiroli Genrix de- Trastomara Sharq bilan juda qiziqqan . 1402- yili u Kichik Osiyoga elchilar yuboradi. Vataniga kastilyalik elchilar Amir Temurning elchisi Muhammad Qozi bilan qaytishgan. Amir Temurning Fransiya qiroli Karl VI Valuaga yozgan ikkita maktubini Sultoniya katolik arxiyepiskopi Ioann III Fransiyaga yetkazgan. Ioann III ning elchisi 1403-yil iyunda Parijga yetib keladi. Karl VI ning Amir Temur nomiga yozgan yagona maktubi saqlanib qolgan. Bu maktubni 1996-yili Frasiya prizedenti Jak Shirak Amir Temurning 660-yillik yubileyiga tashrif buyurgan chog'ida O'zbekistonga sovg'a qilgan. Amir Temur va uning o'g'li Mironshoh ingliz qiroli Genrix IV Lankaster bilan xat yozishgan. Genrixning lotin tilida yozgan ikkita maktubi saqlanib qolgan. Bu maktublarda qirol Mironshohga uning katoliklarga bo'lgan do'stona munosabati va

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

xristian - savdogarlarining xafsizligini ta'minlagani uchun minnatdorchilik izhor qilgan.

XIV asr tarixchi Zayniddin Vosifiyning yozilishicha, Samarqand madrasasining birinchi mudarrisi - mavlono Muhammad Xavofiy bo'lgan va u 1420-yili ma'ruzani o'qigan. Madrasada toliblar 15 - 16 -yil o'qib, o'quv yurtini bitirganliklari haqida hujjat - sanad olishgan. Shunday sanadlardan biri saqlangan Qozizoda Rumiy imzosi bilan 1435- yili Shamsiddin Muhammad Balxiy degan shaxsga berilgan. Ulug'bek rasadxonasi 1424- 1428- yillarda Samarqand yaqinida Obi-rahmat arig'i qirg'og'ida, Ko'xak tepaligida qurilgan. Boburning yozishicha, bu 3 qavatli bino bo'lgan. Tarixchi Adurazzoq Samarqandiy yozishicha, bino koinot asarlari bilan bezatilganligi uchun , mahalliy aholi uni 'Naxshijahon' deb atalgan. 1908-yili arxeolog Vyatkinning ko'zi XVII asr hujjatlaridan birida rasadxonaning joylashgan joyi haqida ishoraga tushadi. 1908 - 1909 - yillarda rasadxonaning quyi yer osti qismi - 40 metrlik sekstant Fahri ochildi. Qazishmalarni arxeolog V.A.Shishkin davom ettiradi. Izlanishlarga ko'ra, bino dumaloq bo'lgan, diametri 49 m. Sekstant binoni 4 qismga bo'lgan. Sekstantning yerto'lasi Ko'xak g'orida qazilgan. Bizgacha 11 metrlik chuqurlikda joylashgan sekstantning quyi qismi saqlanib qolgan. Fahri sekstanti G'iyosiddin Jamshid rahbarligida qurilgan va Sharq dunyosida eng katta hisoblangan. Ulug'bekning shogirdi Ali Qushchi Kanstantinopoldagi muqaddas Sofiya ibodatxonasi bilan qiyoslagan. Rasadxona qoshida kutubxona bo'lib, unda 15 mingta kitob saqlangan. Ko'xak g'ori ostonasida Bog'i - maydon yaratilib, u yerda ikki qavatli Chil-Sulton saroyi qurilgan. Bog'i - maydon yonida Ulug'bek buyrug'iga ko'ra yana bitta bog' - Bog'cha bog'i yaratilib, uning Chinnixonasi bo'lgan.

Amir Temur davrida Murg'ob vohasi Junnav qishlog'ida sug'orish kanali, Kavkazda Baylakan shahrida 70 km li Barlos nomli bosh kanal qurilgan. Shoxruh va Ulug'bek davrida Samarqanddagi Darg'om kanaliga tutash bo'lgan qadimgi Argom kanali tiklangan. Bu kanal orqali Qashqadaryo vohasi sug'orilgan. Mo'g'ullar tomonidan buzib tashlangan Buxoro vohasi sug'orish tizi tiklangan. Ulug'bek davrida Buxoro viloyatining Samanjuq cho'llarida yangi yerlar o'zlashtirilgan. Shohruh Murg'ob daryosidagi mo'g'ullar tomonidan buzib tashlangan Sultonobod suv omborini tiklagan. Alisher Navoiy Tus vohasining yuqori qismida , Chashmagul mavzeidagi Turukband suv omborini qurish bo'yicha ishlarni tashkil etgan. yer egaligining to'rt xil turi bo'lgan: davlat , xususiy, vaqf va jamoa yerlari. Suyurg'ollar deyarli mustaqil yerlar edi. Lekin uning egasi hukmdorga b'ysunmasa, ular bu yerlardan mahrum bo'lgan. Boburning yozishicha, Husayn Boyqaro o'zining har bir askariga 80 jabrdan (7.5 ga) yer bergan va ular soliqlar va

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

o'lponlardan ozod qilingan. Bunday huquqqa ega bo'lganlarga tarxon yorlig'i berilgan.

Amir Temur hokimyat tepasiga kelgach, quyidagi vasifalarni bajargan: 1.Siyosiy tarqoqlika barham berish va mamlakatni birlashtirish; 2.Samarqand devorlarini tiklash va qadimgi Samarqand yonida yangi poytaxtga asos solish. Qadimgi Samarqandning xarobalari 'Bolo hisor' deb atalgan. Bu haqda XV asr tarixchisi Hofiz Abro'y yozadi. 3. Chig'atoyliklardan ,

asosan barloslardan tashkil topgan shaxsiy qo'shin tuzish; 4. Xorazmni qo'shib olish. Mo'g'ullar davrida Xorazm ikki qismga bo'lingan: -Shimoliy Xorazm, poytaxti Urganch - Oltin O'rda tarkibida. - Janubiy Xorazm , poytaxti Kyat - Chig'atoy ulusi tarkibida. XV asrning 60-yillarda sufiylar sulolasidan bo'lgan Xorazm hukmdori Husayn ikki Xorazmni birlashtirgan. 1372 -yili Temur Xorazmga birinchi yurishini boshlaydi va Janubiy Xorazmni qo'shib oladi. Beshinchi yurishidan so'ng 1388-yili Xorazm butunlay Amir Temur davlati ixtiyoriga qo'shib oladi. Oxirgi jangda Temur qo'shinining o'ng qanotiga o'zi boshchilik qilgan, so'l qanotiga-nabirasi Muhammad Sulton. 27 xushunlardan (otryadlardan) tashkil topgan bo'y pistirmada bo'lgan. Chekinayotgan dushmanni quvib , Temur qo'shinlari Volga daryosining Turatur kechuvigacha boradi va shu yerda Oltin O'rda xoni Urusxonning o'g'li Qayrichakni Jo'ji ulusining xoni deb e'lon qiladi. Temur Oltin O'rda poytaxti Saroy Berkani, Xo'ja Tarxonni va Yeles shaharlarini egallab, Oka daryosining qirg'oqlaridan orqaga qaytadi. Amir Temurning To'xtamishxonga qarshi olib borgan urushlari Momskva rusining kuchayishiga va rus knyazliklarining birlashishiga zamin bo'ladi. Boyazid ustidan erishgan g'alabasi bilan Temurni Yevropa qirollari: - Fransiya qiroli Karl

Lion qiroli Genrix de -Tramansora tabriklaganlar ( 1390 - 1407 ). -

1405-yili 18- fevralda Temur shamollab, vafot etadi. Uning qabri Samarqandda Go'ri Amir maqbarasida joylashgan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Jastin Morozzi "Temirlang"

2.Marsel Brion "Men kim - sohibqiron Temur"

3.Edgard Alen "Buyuk Temur"

4. "O'zbekiston tarixi" ma'lumotnomasi.

VI ( 1380-1422 ); Genrix IV ( 1390 - 1413);

- Angliya qiroli - Kastiliya va

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.