Научная статья на тему 'AMALIY SAN’AT BADIIY KULOLCHILIK TA’LIM YO‘NALISHINING AMALIY MASHG‘ULOTLARIDA TALABALARNING SOXA BO‘YICHA BILIMLARINI RIVOJLANTIRISH'

AMALIY SAN’AT BADIIY KULOLCHILIK TA’LIM YO‘NALISHINING AMALIY MASHG‘ULOTLARIDA TALABALARNING SOXA BO‘YICHA BILIMLARINI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kulolchilik / kreativlik / naqqoshlik / qobiliyat / interfaol metodlar innovatsiya / ta’lim.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Begijonov Jaxongir

Badiiy kulolchilik sharqning eng qadimiy va navqiron san’atidir. Kulolchilik qora loydan mo‘‘jizakor go‘zallik yaratgan SHarqning eng qadimiy va navqiron san’atidir. Bu qora loy sahovat va halollik ehtiyojini o‘z zimmasiga olgan farovonlik, to‘kinlik, rizq–ro‘zi, go‘zallikni eng oliy ko‘rinishi san’atining zaminidir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AMALIY SAN’AT BADIIY KULOLCHILIK TA’LIM YO‘NALISHINING AMALIY MASHG‘ULOTLARIDA TALABALARNING SOXA BO‘YICHA BILIMLARINI RIVOJLANTIRISH»

AMALIY SAN'AT BADIIY KULOLCHILIK TA'LIM YO'NALISHINING AMALIY MASHG'ULOTLARIDA TALABALARNING SOXA BO'YICHA BILIMLARINI

RIVOJLANTIRISH Begijonov Jaxongir

Andijon davlat universiteti "Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi" kafedrasi o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10678775

Kalit so'zlar. Kulolchilik, kreativlik, naqqoshlik, qobiliyat, interfaol metodlar innovatsiya,

ta'lim.

Ключевые слова. гончарство, творчество, живопись, умение, интерактивные методы, инновации, образование.

Keywords. Pottery, creativity, painting, ability, interactive methods, innovation, education

Badiiy kulolchilik sharqning eng qadimiy va navqiron san'atidir. Kulolchilik qora loydan mo''jizakor go'zallik yaratgan SHarqning eng qadimiy va navqiron san'atidir. Bu qora loy sahovat va halollik ehtiyojini o'z zimmasiga olgan farovonlik, to'kinlik, rizq-ro'zi, go'zallikni eng oliy ko'rinishi san'atining zaminidir.

Kulolchilik bilan dunyodagi barcha xalqlar shug'ullanadi. Ular o'ziga xos tomonlari bilan bir-biridan farq qiladi. O'zbek badiiy kulolchiligi uzoq tarixga, ajoyib an'analar, shakl, mazmun, ijodiy jarayon va o'ziga xos uslubga ega. Sopol buyumlar sodda bo'lsa-da, uning ko'rinishi qismlarining aniqligi, mutanosibligi, saqlanishi, naqshlarning badiiy joylashishi, shakl va mazmunning birligi, uyg'unligi o'zbek kulollarini jahonga tanitib kelmoqda. Kulolchilik hunari loydan piyola, kosa, tovoq, ko'za kabilarni tayyorlaydigan soha bo'lib, u uzoq tarixga ega. Maxsus tuproqni o'ta qizdirganda toshsimon bo'lib pishishini, undan har xil idishlar tayyorlashni odamlar juda qadimdan bilganlar. Ular avval loydan idishlar yasab, gulxanda qizdirib pishirganlar.

Tuproq jahonning hamma erlarida bo'lgani uchun kulolchilik keng tarqalgan bo'lib, dastlab bu hunar bilan ayollar shug'ullanganlar. Kulolchilik tarixi miloddan avvalgi 3 ming yillikning boshlarida ixtiro qilingandan keyin kulolchilik bilan erkaklar shug'ullana boshlaganlar. Keyinchalik loydan yasalgan idish-tovoqlarni maxsus o'choq hamda xumdonlarda pishirganlar.

Neolit davrida idishlarning tagi uchlik qilib yasalib erga sanchib qo'yilgan. Enolit davrida esa SHarq mamlakatlarida hamda qadimgi Gretsiyada nafis kulolchilik idishlari rivoj etgan va me'morchilikda sopoldan foydalana boshlashgan. VIII-XII asrlarda kulolchilik O'rta Osiyoda yaxshi rivojlangan. Buni Afrosiyob va O'rta Osiyo mamlakatlaridan topilgan kulolchilik buyumlari isbotlab berdi. O'sha davrda O'rta Osiyo madaniyati tez sur'atda rivojlandi. YAngi ko'tarilish davri bo'ldi. Ko'pgina olim, yozuvchi va mutafakkirlar etishib chiqdi.

VIII—XII asrlarda kulolchilik O'rta Osiyoda yaxshi rivojlangan. Buni Afrosiyobda va O'rta Osiyoning boshqa erlarida topilgan kulolchilik buyumlari isbotlab berdi. O'sha davrda O'rta Osiyo madaniyati tez sur'atlar bilan rivojlandi. YAngi ko'tarilish davri bo'ldi. Ko'pgina olim, yozuvchi va mutafakkirlar, ya'ni Abu Ali ibn Sino, Beruniy, Firdavsiy, Ro'dakiylar etishib chiqdi. Butun dunyoga mashhur bo'lgan me'morchilik yodgorliklari bunyod etildi. Buxoroda Ismoil Somoniy maqbarasi qurildi.

XIII asrda mo'g'ullar bosqinchiligi oqibatida Buxoro, Samarqand, Urganch, Mavr, Balx yong'in ostida qoldi. Oqibatda kulolchilik san'ati rivojiga putur ketdi. XIV asrdan boshlab O'rta Osiyo hududida kulolchilik tez sur'atlar bilan rivojlandi. A.Temur kulolchilik amaliy san'atini rivojlantirishda juda katta xizmat qildi. Bosib olingan joylardan ustalarni olib kelib, ular uchun rastalar ochtirdi. Mashhur go'zal, nafis binolar, qasrlar, saroylar qurdirdi. Amir Temur vafotidan

so'ng o'zaro ichki janglar oqibatida Temuriylar xonligida markazlashgan xonlik kuchsizlanib ketdi.

Natijada Buxoro, Xiva, Qo'qon xonliklari paydo bo'ldi. O'rta Osiyoda bir necha feodal davlatning bunday ajralishi natijasida o'zaro aloqa susayib ketishiga sabab bo'ldi. SHuning uchun ham kulolchilik turli erlarda turlicha rivojlandi. XIX asrga kelib kulolchilik mamlakatlari tashkil bo'la boshladi. O'rta Osiyoda suvga bo'lgan ehtiyoj katta bo'lgani uchun sopol idishlarni tez sur'atlar bilan ishlab chiqarishga ehtiyoj sezildi. Asrlar osha ularning shakli va bezagi nafislashib bordi. Ustalar turli-tuman kulolchilik buyumlarini yasashdan tashqari ularni yuksak did bilan bezay boshladilar.

XIX asrda arzon baho chinni ishlab chiqarilishi va Rossiyadan chinni idishlarni ko'plab olib keltirilishi O'rta Osiyo hududida sopol buyumlar ishlashni birmuncha pasaytirib yubordi. Lyokin arzon sopol idishlarni me'morchilikda keng foydalanilishi kulolchilikning rivojlanishiga to'sqinlik qila olmadi.

XIX asrda O'rta Osiyoda tojik va o'zbek xalqlari o'rtasida kulolchilik juda keng rivojlanib G'ijduvon, Panjikent, Samarqand, SHahrisabz, Toshkent, Rishtonda kulolchilik markazlari paydo bo'ldi. Ular sopol idishlarini sirlab bezatishning o'ziga xos uslublarini vujudga keltirdilar. Ayniqsa, ishlab chiqarilayotgan kulolchilik mahsulotlarining sifatliligi, chiroyliligi, naqshlarining nafis va ta'sirchanligi bilan shuhrat qozondilar. 1930 yilda Toshkentda eksperimental kulolchilik va Samarqandda kulolchilik ustaxonalari ochildi. 1932 yilda Toshkentda o'quv-ishlab chiqarish ustaxonasi tashkil etilib u erda xalq amaliy san'ati ustalari, shu qatori kulollar tayyorlaydigan kurslar tashkil etildi (1943 yilda SHahrisabzda o'quv-ishlab chiqarish badiiy kombinati ishga tushdi). Kulolchilik sir-asrorlarini mashhur kulollar yoshlarga sitqidildan o'rgatdilar. Bular rishtonlik Uzoq SHermatov, Xolmat YUnusov, g'ijduvonlik Muhammad Siddiq, Usmon Umarov, toshkentlik Turob Miraliev, shahrisabzlik Rustam Egamberdiev, Karim Hazratqulov va boshqalar edi.

Hozirgi kunda kulolchilik faniga yanada e'tibor kuchaymoqda. Poytaxtimizning barcha qo'shimcha ta'lim muassasalarida to'garaklar ishlab turibdi. O'zbekiston Badiiy Akademiyasiga qarashli Respublika rassomlik kollejida, K.Behzod nomidagi rassomchilik va dizayn institutida, Nizomiy nomli TDPU "San'at" fakultetining amaliy san'at kafedrasida bu fan sirlari talabalarga o'rgatilib kelmoqda. Bu ustalar yaratgan kulolchilik san'at asarlari ham muzeylardan joy olishiga ishonchimiz komildir.

Rishton O'zbekistondagi sirlangan sopol buyumlari ishlanadigan eng mashhur va qadimiy markazlardan biri. XIX asr oxiri XX asr boshlarida aholisining deyarli hammasi kulollardan iborat edi. Farg'ona vodiysidagi barcha kulolchilik markazlari azaldan Rishton kulolchilik ta'siri ostida bo'lgan. Ushbu tumanda har qanday turdagi buyumlarni yasash uchun yaroqli bo'lgan, alohida navli kulolchilik gilining mavjudligi bunga asos bo'la oladi.

Qizg'ish-sarg'ish rangli ajoyib gil Rishtonning deyarli butun hududida 1-1,5 m chuqurlikda qatlam bo'lib joylashgan. Gilning yaxshi sifatliligi mahalliy ustalarning uni O'zbekistonning boshqa tumanlaridagi kulollardan farqli ravishda oldindan tozalab, boshqa turdagi tuproqlarga aralashmagan holda ishlab chiqarishga jalb qilish imkonini beradi. Kulollar Rishton yaqinidagi tog'lardan har xil bo'yoqlar, kvarsli xum va olovbardosh gillarni qazib olishgan.

1960 yillarda yuqorida eslatib o'tilgan moviy sopol buyumlari ishlab chiqariladigan an'anaviy markazlar barham topa boshladi. Ana shunday sharoitda San'atshunoslarning Butunittifoq konferensiyasi (Farg'ona, 1974 yil) qabul qilingan moviy ishkorli sopol idishlari

ishlab chiqarish an'analarini saqlab qolish haqidagi qarori amaliy ahamiyat kasb etdi. Ushbu qaror ustalarga ma'qul tushdi. Ular oldingi ishlab chiqarishga qaytib, buyumlarni bezashning an'anaviy shakllari va usullarini qayta tiklay boshladilar.

Keyingi 20 yil ichida Rishton sopoli an'anaviy badiiy va texnologik usullar asosida yana qayta tiklandi. Ishqorli sir tayyorlash ham yo'lga qo'yildi. Rishton sopolchiligining mahalliy badiiy xususiyatlari ko'p jihatdan buyumlarga naqsh berilishida ko'zga tashlanadi.

Kreativ shaxsni rivojlantirishga yo'naltirilgan mashg'ulot - bu belgilangan xususiyatlarga ega bo'lgan shaxsni shakllantirish emas, balki to'liq namoyon bo'lishi uchun sharoit yaratish va shunga mos ravishda talabalar shaxsiyatining ijodiy funksiyalarini rivojlantirish. Ta'lim falsafasi kreativ yondashuvni mavzu toifalari, erkinlik, o'z-o'zini rivojlantirish, muloqotning yaxlitligi, shaxsning o'zini namoyon qilish shakli sifatida o'rganadi. Bizning tadqiqotimizda ushbu yondashuv pedagogika fani doirasida ta'limning maqsadi va mazmuni toifalari, dekorativ-amaliy san'atni o'qitish usullari, xususan badiiy kulolchilik va ularga kiritilgan o'ziga xos texnologiyalar, ta'lim jarayonining samaradorligini, talabaning kreativ kompetensiyasini shakllantirishga qaratilgan mezonlar orqali ko'rib chiqiladi.

Shaxsning ushbu asosiy shaxsiy kompetensiyalari ularning rivojlanishini ta'minlaydigan pedagogik vositalarning ma'lum asosiy xususiyatlarini nazarda tutadi. Kreativ kompetensiyani rivojlantirish uchun ijodiy erkinlik va raqobatbardoshlik uchun sharoit yaratish kerak, refleksiv funksiya shaxs va unga ochiladigan madaniyat va san'at olami o'rtasidagi o'zaro muloqot sharoitida talab qilinadi va rivojlanadi. Kreativ shaxsga yo'naltirilgan pedagogikaning mohiyati -sharoit, imkoniyat, tanlov maydonini yaratish va natijada shaxsning kreativ ehtiyojlarini namoyon etish va rivojlantirishdan iborat.

REFRENCES

1. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. - T.: O'zbekiston, 2023. - 43 b.

2. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni. www.lex.uz

3. Azimov I.M. O'zbekiston naqshu nigorlari. T.: G'.G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 1987. - 142 b.

4. Bulatov S.S. O'zbek xalq amaliy bezak san'ati. - T.: Mehnat, 1991. - 384 b.

5. Bulatov M.S. Geometricheskaya garmonizatsiya v arxitekture Sredney Azii IX-XV vv.

6. Zohidov P.SH. Zeb ichra ziynat. - T.: G'.G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 1985. - 118 b.

7. Zohidov P.SH. Me'mor san'ati. - T.: Adabiyot va san'at nashriyoti, 1985. - 118 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.