Научная статья на тему 'AMALIY MASHGʻULOTLARNI BAJARISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH'

AMALIY MASHGʻULOTLARNI BAJARISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Компьютерные и информационные науки»

CC BY
49
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
metodlar

Аннотация научной статьи по компьютерным и информационным наукам, автор научной работы — Б.А. Олимов

Rivojlangan davlatlarga e’tibor berilsa rivojlanishining asosi bu ilm fanni yuqori darajada ekanligidan darak beradi. Mamlakatimizda ham ilm fanni rivojlantirish, malakali teran fikrlaydigan kadrlarni tayyorlash masalasi davlat siyosati darajasiga koʻtarilib kelmoqda.Ta’lim tizimini rivojlantirish uchun juda koʻp mablagʻlar safrlab yangi texnologiyalarni joriy qilish natijasida yuqori bosqichlarga erishilayapti. Eng katta yutuqlardan biri oʻqitish jarayonini tushunarli mazmunli soddalashtirilgan varianti va asosiysi oʻquvchilarning bilim darajasini yuksaltirish, ularning fanni chuqur oʻzlashtirish uchun koʻplab ta’lim shakllari hamda metodlarni tadbiq qilish taklif qilingmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AMALIY MASHGʻULOTLARNI BAJARISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH»

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

AMALIY MASHG'ULOTLARNI BAJARISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN

FOYDALANISH B.A. O^HMOB

O'zPFITI f.-m.f.n v.v, professor https://doi.org/10.5281/zenodo.10036125

Rivojlangan davlatlarga e'tibor berilsa rivojlanishining asosi bu ilm fanni yuqori darajada ekanligidan darak beradi. Mamlakatimizda ham ilm fanni rivojlantirish, malakali teran fikrlaydigan kadrlarni tayyorlash masalasi davlat siyosati darajasiga ko'tarilib kelmoqda.Ta'lim tizimini rivojlantirish uchun juda ko'p mablag'lar safrlab yangi texnologiyalarni joriy qilish natijasida yuqori bosqichlarga erishilayapti. Eng katta yutuqlardan biri o'qitish jarayonini tushunarli mazmunli soddalashtirilgan varianti va asosiysi o'quvchilarning bilim darajasini yuksaltirish, ularning fanni chuqur o'zlashtirish uchun ko'plab ta'lim shakllari hamda metodlarni tadbiq qilish taklif qilingmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentyabrdagi "2018-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimini yanada takomillashtirish bo'yicha chora-tadbirlar dasturi to'g'risida"gi № PQ-3931- son qarorida ta'lim sifatini yaxshilash va innovatsion ta'lim texnologiyalarini joriy etish asosiy vazifalardan biri sifatida belgilangan. Ushbu qaror mazmuniga ko'ra, rivojlangan mamlakatlar ta'lim tizimi tajribasiga tayanib, yangicha zamonaviy davlat ta'lim standartlari va umumiy o'rta ta'lim uchun o'quv dasturlarini ishlab chiqish va dasturning mazmunini xalqaro baxolash texnologiyasi talbalariga moslashtirish ko'zda tutilgan [1].

UO'TMlarida amaliy mashg'ulotlarining sifat darajasini oshirish, o'quvchilarining amaliy mashg'ulotlarini bajarish kompetentligini rivojlantirishda darslarni raqamli texnologiyalar asosida olib borish muhim ahamiyat kasb etadi.

Ayniqsa, zamonaviy raqamli texnologiya dasturlar avlodi ko'p funktsiyali bo'lib, bir vaqtning o'zida bir necha fizik parametrlarni qayd qilish, shuningdek, mavjud xatoliklarni hisoblash va grafik ko'rinishini kompyuterda tasvirlash imkoniyatiga ega. Raqamli texnologiyalar quyidagi afzalliklari bilan ajralib turadi[3,4].

- tezkorligi va o'lchov aniqligi;

-mobilligi;

-hisoblashlarni avtomatik grafik ko'rinishlarda ko'rsata olishligi;

-olingan ma'lumotlarni qayta ishlash imkoniyatiga ega ekanligi.

Ta'lim tizimiga kirib kelgan raqamli texnologiyalar yordamida amaliy mashg'ulotlarni bajarish o'quvchilaridan yangicha yondashuv talab etiladi. Bunday talab ayniqsa tabiiy fanlarda olib boriladigan mashg'ulotlarini sifatli o'tkazishda o'ziga xos samara beradi va o'quvchilarning zamonaviy qurilmalar va jihozlar bilan ishlash kompetentsiyasini rivojlantiradi. Raqamli texnologiyalarda ishlash ko'nikmasini shakllantirishda quyidagi omillar asos bo'lib xizmat qiladi:

elektron-raqamli texnologiyalarning ishlash printsiplarini bilishi;

kompyuter, planshet, taymer adapter, Windows XP/Vista/7/8 ofislarida yaxshi ishlay bilishi va dasturlardan foydalanib natija olishi;

S-Taymer, K tipli NiCr-Ni harorat sensori, NiCr-Ni S adapteri, Video Com qurilmalari, ko'p funktsiyali tezkor Sensor-SASSU o'lchov qurilmalarida ishlay olish malakasi;

Windows 2000/XP/Vista PC kompyuterlari, interaktiv doskalar, Mobil CASSY, kameralar, gazli termometrlar, teslometrlarda ishlash, Smart Classroom texnology (aqilli sinf

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

xonasi) kabinetlarida mashg'ulotlarni tashkil eta olish ko'nikmasi, yuqori sezgirlikdagi qurilmalarni ishlata olish imkoniyatlari;

kompyuter dasturlari, Video Com dasturini o'rnatish, Video Com Motions interfeysni tanlash, Windows XP/Vista/8/10 yoki yangiroq versiyali o'rnatilgan kompyuterlarda ishlay olishi, shuningdek, olingan o'lchash namunasi va baholash natijalarini, grafik ko'rinishlarini tahlil qila olishi;

o'lchashlarda Measurement Append New Measurement Series funktsiyalarini qo'llay bilishi va shu kabi ko'plab fuktsiyalardan foydalana olishi talab etiladi [2,5].

Xulosa o'rnida shuni aytish joizki ta'limda zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanish bir tomondan muayyan qiyinchiliklar va muammolarni keltirib chiqarsada boshqa tomondan turli yutuqlarni qo'lga kiritilishiga sabab bo'ladi. Bu jarayon induvidial salohiyatli o'quvchilarning yanada rivojlanish holatida yaqqol namoyon bo'ladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentyabrdagi "2018-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimini yanada takomillashtirish bo'yicha chora-tadbirlar dasturi to'g'risida"gi № PQ-3931- son qarori.

2. Olimov B.A "Umumiy o'rta ta'lim muassasalarida fizika fanidan ko'rgazma - tajriba va laboratoriya ishlari" Uslubiy qo'llanma. Toshkent.2017y.

3. N.Sh. Turdiyev "Umumiy o'rta ta'lim muassasalarida fizika darslarida qo'llaniladigan asboblar tasnifi va tajriba-namoyishlar o'tkazish bo'yicha qo'llanma". "Kalorama" xususiy korxonasi. T. 2005.N.SH.

4. А. Х. Махмудов ва З.Б Абдурахмонов "Таълимда замонавий ракамли технологияларидан фойдаланишнинг ютуклари ва муаммолари". ЧДПИ volume 2/2021y.

5. B. A. Olimov. Umumiy o'rta ta'lim maktablari fizika fanidan laboratoriya ishlari. T. 2009.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.