Научная статья на тему 'AMALDA ISHLATILAYOTGAN O‘QYOYSIMON PANJALAR VA EKSPERIMENTAL PANJALARNING QIYOSIY SINOVLARINING NATIJALARI'

AMALDA ISHLATILAYOTGAN O‘QYOYSIMON PANJALAR VA EKSPERIMENTAL PANJALARNING QIYOSIY SINOVLARINING NATIJALARI Текст научной статьи по специальности «Экологические биотехнологии»

CC BY
9
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tuproq / resurs / o‘qyoysimon panja / 65Г po‘lati / qattiq qotishma / abraziv yeyilish / ishchi organ / eksperimental panja / yeyilish dinamikasi. / Soil / resource / pointed paw / 65G steel / hard alloy consumption / abrasive wear / working body / experimental paw / harazhatlari depreciation / wear dynamics.

Аннотация научной статьи по экологическим биотехнологиям, автор научной работы — Nuriyev Karim Katibovich, Kuvandikov Yokub Tursunbaеvich

Maqolada o‘qyoysimon panjalarni ishlatish bo‘yicha xorij tajribasi o‘rganilganligi va dala tajriba sinovlaridan olingan ma’lumotlar asosida seriyadagi o‘qyoysimon panja bilan eksperimental panja uchun sarflanadigan metal va qattiq qotishmaning miqdori qiyosiy taqqoslanib ikkinchisining samaradorligi aniqlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

RESULTS OF COMPARATIVE TESTS OF BULLET-SHAPED CLAWS AND EXPERIMENTAL CLAWS USED IN PRACTICE

In the article, the amount of metal and hard alloy used for the experimental working body and lancet working body is determined by comparative analysis based on the study of foreign experience in the use of lancet working body and data obtained during field tests.

Текст научной работы на тему «AMALDA ISHLATILAYOTGAN O‘QYOYSIMON PANJALAR VA EKSPERIMENTAL PANJALARNING QIYOSIY SINOVLARINING NATIJALARI»

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz

RESULTS OF COMPARATIVE TESTS OF BULLET-SHAPED CLAWS AND EXPERIMENTAL CLAWS USED IN PRACTICE

Nuriyev Karim Katibovich1 Kuvandikov Yokub Tursunbaеvich2

Jizzakh Polytechnic Institute 1-2 https://doi.org/10.5281/zenodo.11560957

ARTICLE INFO

Received: 05th June 2024 Accepted: 10th June 2024 Online: 11th June 2024 KEYWORDS

Soil, resource, pointed paw, 65G steel, hard alloy consumption, abrasive wear, working body, experimental paw,

harazhatlari depreciation, wear dynamics.

ABSTRACT

In the article, the amount of metal and hard alloy used for the experimental working body and lancet working body is determined by comparative analysis based on the study of foreign experience in the use of lancet working body and data obtained during field tests.

РЕЗУЛЬТАТЫ СРАВНИТЕЛЬНЫХ ИСПЫТАНИИ ПУЛЕОБРАЗНЫХ ЗАХВАТОВ И ЭКСПЕРИМЕНТАЛЬНЫХ ЗАХВАТОВ, ПРИМЕНЯЕМЫХ НА

ПРАКТИКЕ

Нуриев Карим Катибович1 Кувандиков Ёкуб Турсунбаевич2

Джизакский политехнический институт 1-2 https://doi.org/10.5281/zenodo.11560957

ARTICLE INFO

Received: 05th June 2024 Accepted: 10th June 2024 Online: 11th June 2024 KEYWORDS

Почва, ресурс,

стрельчатая лапа, сталь 65Г, твердый сплав, абразивный износ, рабочий орган,

экспериментальная лапа, амортизационные отчисления, динамика износа.

ABSTRACT

В статье на основе изучения зарубежного опыта применения стрельчатых лап и данных, полученных в ходе опытных испытаний, проведено сравнительный анализ количества металла и твердого сплава, использованного для серийных стрельчатых и экспериментальных лап и была определена эффективность последнего.

é

Ws,

AMALDA ISHLATILAYOTGAN O'QYOYSIMON PANJALAR VA EKSPERIMENTAL PANJALARNING QIYOSIY SINOVLARINING NATIJALARI

Nuriyev Karim Katibovich1 Kuvandikov Yokub Tursunbaevich2

Jizzax politexnika instituti 1-2 https://doi.org/10.5281/zenodo.11560957

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 05th June 2024 Accepted: 10th June 2024 Online: 11th June 2024 KEYWORDS

Tuproq, resurs,

o'qyoysimon panja, 65i po'lati, qattiq qotishma, abraziv yeyilish, ishchi organ, eksperimental panja, yeyilish dinamikasi.

Maqolada o'qyoysimon panjalarni ishlatish bo'yicha xorij tajribasi o'rganilganligi va dala tajriba sinovlaridan olingan ma'lumotlar asosida seriyadagi o'qyoysimon panja bilan eksperimental panja uchun sarflanadigan metal va qattiq qotishmaning miqdori qiyosiy taqqoslanib ikkinchisining samaradorligi aniqlangan.

Kirish. Ishonchli va yuqori resursli qishloq xo'jalik texnikalari dunyo bozoridagi raqobatbardoshlikni ta'minlovchi hamda ulardan foydalanishdagi iqtisodiy samaradorlikni sezilarli darajada orttiruvchi muhim omillardan biri hisoblanadi.

Ta'kidlash lozimki, tuproqqa ishlov beruvchi mashinalar ishchi organlarining yeyilishga chidamliligini orttirish, ularning ishonchliligini ortishiga olib keladi. Shuning uchun, ham biz olib borayotgan tadqiqotlarimiz Jizzax viloyati sharoitida ishlatilayotgan chopiq kultivatorlari o'qyoysimon panjalarining yeyilish qonuniyatlarini aniqlash, yeyilish sabablarini tahlil qilish va shularning asosida ularning resursini orttirishga olib keluvchi resurstejamkor texnologiyalarni yaratishdan iborat.

KXU-4M agregatining o'qyoysimon panjalari og'ir tuproqli va iqlim sharoitlarida ishlaydi. Ularga doimiy ravishda yo'nalishi va miqdori bo'yicha o'zgarib turuvchi dinamik yuklanishlarni, tuproqning namligini va ishlov berilayotgan muhitda mavjud bo'ladigan abraziv zarralarni misol qilib keltirish mumkin. Bu omillar kultivator panjalarning jadal yeyilishiga, ularni tez-tez ta'mirlashga, yangisiga almashtirishga va to'xtashlar natijasida kultivatsiyalash agrotexnik muddatlarining buzilishiga olib keladi.

Shularni hisobga olgan holda bu ilmiy tadqiqot ishlari n-19.5 "Tuproqqa ishlov beruvchi mashinalarning yuqori samarali ishchi organlarini izlash va ishlab chiqish" hamda B-13-282 "Resurs tejovchi va ishlatish davrida yuqori ish unumdorligini ta'minlovchi tuproqqa ishlov beruvchi mashinalarning tez ajraluvchi va aylantirilma tuzilmali ishchi a'zolarining yangi konstruktsiyalarini ishlab chiqish" mavzularidagi davlat amaliy loyihalari doirasida bajarilgan.

Buning uchun AQSHda, Rossiyada, Xitoyda, Ispaniyada, Germaniyada, Italiya davlatlarida ishlab chiqarilgan tuzilmali, aylantirib ishlatiladigan va oson almashtiriladigan o'qyoysimon panjalarning konstruksiyalari tahlil qilindi. Yetarli darajada samarali o'z-o'zini charxlaydigan, bir murvatli, yuqori resursli kultivator o'qyoysimon panjasining samarali

é

Ws,

geometrik parametrlari 1-rasmda keltirilgan. Amalda ishlatilayotgan o'qyoysimon panjalar va yaratilgan eksperimental panjalarni taqqoslash natijalari esa 1-jadvalda keltirilgan.

Kultivatorning aylanma eksperimental ishchi organi "BMKB-Agromash" AJ tomonidan tayyorlab berildi va ular ishlab chiqarish sinoviga qo'yildi.

Tadqiqotning maqsadi. Ishlab chiqarish sinovlaridan ko'zda tutilgan asosiy maqsad, dala sharoitida mavjud va Kultivator uchun aylanma ishchi organ nomli foydali modelning yeyilishga chidamligini qiyoslab o'rganish va o'qyoysimon panjalarning yeyilishga chidamliligini orttirish hisobiga KXU-4M kultivator agregatining samaradorliligini aniqlashdan iborat.

Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan kultivator o'qyoysimon panjalari, ishlab chiqarish sinovida solishtirish uchun namuna sifatida qabul qilindi (1-rasm).

Metodlar va materiallar. Tajriba uchun olingan o'qyoysimon panjalar MTZ-80 rusumli traktorga agregatlangan KXU-4M rusumli kultvatorga o'rnatildi va Jizzax viloyatining Zafarobod tumanidagi "Yorqin Said Xojakbar" fermer xo'jaligida ikkinchi va uchinchi kultivatsiyalash ishlarida jami 86,5 gektar paxta qator oralariga ishlov berishda ishlatildi. Hozirgi kunda ishlatilayotgan o'qyoysimon panjalarning resursi 47,5 gektar paxta qator orasiga ishlov berilgandan keyin tumshuq qismi 39,85 mm yeyilib yaroqsizlikga chiqarildi.

1-jadval

Eksperimental panjalar qo'llanilganda Stal 65Г po'Iatining tejalishi hisobiga qilinadigan iqtisodiy samaradorlik

Ko'rsatkichlar O'lchov birligi Amaldagi o'qyoysimon panja Eksperimental panja

Yillik ish hajmi млн. га 1,06 1,06

O'qyoysimon panjaga bo'lgan talab Ming dona. 20000 6945

65Г po'lat sarfi: Bitta o'qyoysimon panja uchun Hammasi uchun kg tonna 1,30 26000 1,27 8850

Qattiq qotishma sarfi: Bitta o'qyoysimon panja uchun Hammasi uchun tejalishi gramm tonna % 84 1,68 134 0,93 45

O'qyoysimon panjalar uchun sarflanadigan qattiq qotishmaning narxi Ming so'm 89040 49290

Bitta o'qyoysimon panjaga uchun sarflanadigan 65Г po'latining narxi so'm 20445,6 27504,4

O'qyoysimon panjalar uchun sarflanadigan Stal 65Г po'latining narxi Ming so'm 408912 191018

é

Ws,

1)yangisi va 2) 86,5ga maydonga ishlov bergandagi holati. 1-rasm. Eksperimental panjala

a) b)

a) yangi holati, b) 47,5gayer maydonga ishlov bergandan keyingi holati. 2-rasm. Amalda foydalnilayotgan o'qyoysimon panjalar 1) 2)

Yangi amalda ishlatilayotgan o'qyoysimon panjalar (1) va eksperimental (2) panjalar 3-rasm Amalda foydalnilayotgan va eksperimental panjalar

Eksperimental ishchi organ va hozirgi kunda amalda foydalanilayotgan o'qyoysimon panjalarning (abraziv) yeyilish dinamikasini qiyosiy tadqiq etishga doir dala tajribalari paxta qator oralariga ishlov berishda bitta agregatga bir vaqtda o'rnatilib o'rganildi, tajribalar davomida agregatning harakat tezligi ikkinchi kultivatsiyada 1,5 m/s, uchinchi kultivatsiyada 1,8 m/s ni tashkil etdi.

Tuproqning namligini aniqlashda "BG (Byuks guruntovaya) GOST 5180-84" va quritish pechi "Model SNOL 8,2/1100 LSM01" dan foydalanib aniqlandi, tuproq sharoitiga oid ma'lumotlar 2-jadvalda keltirilgan.

é

Ws,

2-jadval

Sinovlar o'tkazilgan dala tuprog'ining qatlamlari bo'yicha namligi, qattiqligi va zichligi

Tuproq namunasi olingan qatlam, cm Tuproqning namligi, % Tuproqning zichligi, g/sm3 Tuproqning qattiqligi, kg/sm2

0-5 14,5 1,18 18,2

5-10 15,6 1,24 20,64

10-15 18,2 1,36 24,8

Barcha o'qyoysimon panjalar ishlov berish chuqurligini ta'minladi, undan chetlanish S = ±1 sm dan ortmadi va agrotexnik talablar buzilmadi.

Muhokama natijalari. Paxtaning vegatativ rivojlanishiga qarab, qator oralariga ishlov berish agrotexnik talablarga binoan amalga oshiriladi. "Yorqin Said Xojakbar" fermer xo'jaligida 46 gektar maydonga paxta ekilganligi sababli sinov tajriba ishlari 2 inchi va 3 inchi kultivatsiyalashda amalga oshirildi. Eksperimental ishchi organ va hozirgi kunda amalda foydalanilayotgan o'qyoysimon panjalarning massalari sinov tajriba ishlaridan oldin o'lchandi. Sinov tajriba ishlari natijalari 3-jadvalda keltirilgan. Tajriba sinov ishlaridan ma'lum bo'ldiki, hozirgi kunda ishlatilayotgan o'qyoysimon panjalarning resursi 47,5 gektar paxta qator orasiga ishlov berilgandan keyin tugaydi. Eksperimental ishchi organlar 86,5 gektar maydonga ishlov berilgandan keyin ham qoldiq resursga ega bo'ldi.

Amalda ishlatilayotgan o'qyoysimon panjalarning 47,5 gektar paxta qator orasiga ishlov berilgandan keyingi yeyilish jadalligi 40,0 dan 4,0 g/ga ni tashkil etdi. Eksperimental ishchi organlar 86,5 gektar maydonga ishlov berilgandan keyingi yeyilish jadalligi 12,5 dan 0,78 g/ga ni tashkil etdi. Ularning holati 3-rasmda keltirilgan.

Sinov tajribada quyidagi ma'lumotlar aniqlandiki, hozirgi kunda ishlatilayotgan o'qyoysimon panjalarning o'rtacha og'irligi tajribadan oldin 3142,5 gramm bo'lgan bo'lsa 47,5 gektar maydonga ishlov berilgandan keyingi og'irligi 2650 grammga keldi.

3-jadval

Dala sinovlarida foydalanilgan o'qyoysimon panjalarning yeyilish jarayonida massasini o'zgarish miqdorlari

Ish hajmi, ga Amalda foydalanilayotgan o'qyoysimon panjalar

O'lchov-lar olingan maydon Jami, ga Massasi, g Umumiy massaga nisbatan yeyilish, % Yeyilish miqdori, g Yeyilish jadalligi, g/ga

0 0 3142,5* 0 0 0

12 12 3052 2,88 90,5 7,54

15 27 2767,5 11,93 284,5 18,97

10,5 37,5 2690 14,39 77,5 7,38

10 47,5 2650 15,67 40 4,0

Eksperimental ishchi organlar

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz

0 0 1272,5 0 0 0

12 12 1162,5 8,64 110 9,17

15 27 1097,5 13,75 65 4,33

10,5 37,5 1035 18,66 62,5 5,95

10 47,5 1025 19,45 10 1,0

8 55,5 1000 21,41 25 3,12

15 70,5 972,5 23,57 27,5 1,83

16 86,5 960 24,56 12,5 0,78

izoh amaldagi o'qyoysimon panja og'irligi ustun bilan birga o'lchangan.

*

Xulosalar: "Kultivator uchun aylanma ishchi organ"ni fermer xo'jaliklarida paxta qator oralariga ishlov berilganda quyidagilar aniqlandi. Respublikamizda o'qyoysimon panjaga bo'lgan yillik talab 20000 dona, eksperimental ishchi organdan 6945 dona ekanligi, amaldagi o'qyoysimon panjaga uchun sarflanadigan 65Г po'latining narxi 408912000,6 so'm, qattiq qotishma uchun sarflandigan mablag' 89040000 so'mligi, eksperimental ishchi organ uchun sarflanadigan 65Г po'latining narxi 191018058 so'm, qattiq qotishma uchun sarflandigan mablag' 19290000 so'mligi aniqlandi. Respublikamizda bir yilda tejaladigan mablag'ning miqdori 287643942,6 so'mni tashkil etdi.

References:

1. Аугамбаев М., Иванов А.З., Терехов Ю.И. Основы планирования научно-исследовательского эксперимента. - Ташкент: Укитувчи, 1993. - 336 с.

2. https://www.prom.uz/ads/dizelnoe-toplivo-optom-k3-k4-k5-v-uzbekistane/

3. https://glotr.uz/elektrody-dla-naplavki-t-600-sormajt-d-45-mm-1-kg-p617814/

4. Нуриев К.К. Повышение эксплуатационно-технологических показателей почвообрабатывающих машин хлопководческого комплекса.: Дисс. ... док. тех. наук. -Янгиюль, 2005. - 540 с.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

5. Нуриев К. К., Кувандиков Ё. Т., Кабилов Б. У. У. ИССЛЕДОВАНИЕ ИЗМЕНЕНИЯ ОСНОВНЫХ ПАРАМЕТРОВ ЛЕЗВИЯ СЕРИЙНОЙ СТРЕЛЬЧАТОЙ ЛАПЫ КУЛЬТИВАТОРА ПРИ АБРАЗИВНОМ ИЗНОСЕ //Universum: технические науки. - 2023. - №. 11-2 (116). - С. 50-53.

6. Кувандиков Ё. Т. ОБОСНОВАНИЕ ДЛИНЫ НОСКА И ВЫСОТЫ СКАЛЫ ПОВОРОТНОГО РАБОЧЕГО ОРГАНА КУЛЬТИВАТОРА //Universum: технические науки. -2024. - Т. 2. - №. 1 (118). - С. 15-18.

7. Tursunbayevich K. Y. TUPROQNING UNUMDOR QATLAMINI SAQLASH MASALALARI //INTELLECTUAL EDUCATION TECHNOLOGICAL SOLUTIONS AND INNOVATIVE DIGITAL TOOLS. - 2024. - Т. 2. - №. 24. - С. 298-300.

8. Nuriev K., Kuvandikov Y. RESULTS OF THE STUDY OF THE BENDING DYNAMICS OF EXPERIMENTAL ARROW-SHAPED CLAWS //Science and innovation. - 2023. - Т. 2. - №. D11. - С. 370-375.

9. Нуриев К. К., Нуриев М. К. Аналитическое определение общего сопротивления лемеха при затуплении лезвия. - 2022.

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz

10. Нуриев К., Нуриев М. ВЛИЯНИЕ УГЛА ЗАТОЧКИ И ДОПОЛНИТЕЛЬНОЙ ФАСКИ НА ХАРАКТЕР ИЗМЕНЕНИЯ ФОРМЫ ЛЕЗВИЯ ПРИ ИЗНОСЕ //Евразийский журнал академических исследований. - 2023. - Т. 3. - №. 10. - С. 322-333.

11. Нуриев К. ЭКСПЕРИМЕНТАЛЬНОЕ ОПРЕДЕЛЕНИЕ РАЦИОНАЛНЫХ ПАРАМЕТРОВ НОСКА ДОЛОТА ЛЕМЕХА ДВУХЪЯРУСНОГО ПЛУГА //Евразийский журнал академических исследований. - 2022. - Т. 2. - №. 13. - С. 73-82.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.