Научная статья на тему 'KULTIVATOR O‘QYOYSIMON PANJALARINING YЕYILISHINI O‘RGANISHDA AXBOROT TЕXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH'

KULTIVATOR O‘QYOYSIMON PANJALARINING YЕYILISHINI O‘RGANISHDA AXBOROT TЕXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Компьютерные и информационные науки»

CC BY
12
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tuproq / resurs / o‘qyoysimon panja / massa / abraziv yeyilish / ishchi organ / eksperimental panja / shakl / dinamika / Soil / resource / bullet claw / mass / abrasive wear / working body / experimental claw / shape / dynamics

Аннотация научной статьи по компьютерным и информационным наукам, автор научной работы — Kuvandikov Yokub Tursunbayevich

Maqolada dala tajriba sinovlaridan olingan ma'lumotlar asosida o‘qyoysimon panjaning еyilishi natijasida hosil bo‘lgan shaklini raqamli-elеktron makеtini yaratilishi va bu mеtod bilan mikromеtraj tadqiqotlarini soddalashtirib, katta hajmda еyilishini o‘rganish tadqiqotlarini olib borish hamda ishonchli natijalar olish mumkinligi kеltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USE OF INFORMATION TECHNOLOGY IN STUDYING CULTIVATOR PAW EDUCATION

The article presents the possibility of creating a digital-electronic model of the shape formed by the bending of an arrow-shaped paw based on the data obtained from experimental field tests, and with this method, it is possible to simplify the micrometer studies, to conduct large-scale bending studies and to obtain reliable results.

Текст научной работы на тему «KULTIVATOR O‘QYOYSIMON PANJALARINING YЕYILISHINI O‘RGANISHDA AXBOROT TЕXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH»

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali "Al-Farg'oniy avlodlari" elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252 Tom: 1 | Son: 2 | 2024-yil

"Descendants of Al-Farghani" electronic scientific journal of Fergana branch of TATU named after Muhammad al-Khorazmi. ISSN 2181-4252 Vol: 1 | Iss: 2 | 2024 year

Электронный научный журнал "Потомки Аль-Фаргани" Ферганского филиала ТАТУ имени Мухаммада аль-Хоразми ISSN 2181-4252 Том: 1 | Выпуск: 2 | 2024 год

KULTIVATOR O'QYOYSIMON PANJALARINING YEYILISHINI O'RGANISHDA AXBOROT

TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH

Kuvandikov Yokub Tursunbayevich,

Jizzax Politexnika instituti katta o'qituvchisi yokubj onyokubj on399@gmail .com

Annotatsiya. Maqolada dala tajriba sinovlaridan olingan ma'lumotlar asosida o'qyoysimon panjaning eyilishi natijasida hosil bo'lgan shaklini raqamli -elektron maketini yaratilishi va bu metod bilan mikrometraj tadqiqotlarini soddalashtirib, katta hajmda eyilishini o'rga nish tadqiqotlarini olib borish hamda ishonchli natijalar olish mumkinligi keltirilgan.

IKalit so'zlar. Tuproq, resurs, o'qyoysimon panja, massa, abraziv yeyilish, ishchi organ, eksperimental panja, shakl, dinamika

I. Kirish

Ma'lumki hozirgi kunda KXU-4M kultivatoridan ekinlarning qator oralariga ishlov berishda keng foydalaniladi. KXU-4M kultivatorining asosiy ishchi organlaridan biri kultivator o'qyoysimon panjalaridir. Shu o'qyoysimon panjalarning yeyilish dinamikasini tadqiq etish katta hajmda mehnat va vaqt talab qiladi. Yeyilish dinamikasini tadqiq etish jaroyonida kompyuter dasturlaridan foydalanilsa yaxshi samara beradi.

Ya'ni dala tajriba sinovlaridan olingan ma'lumotlar asosida o'qyoysimon panja yeyilishi natijasida hosil bo'lgan shaklining raqamli-elektron maketini yaratish, zarur bo'ladi.

Olingan ma'lumotlar keyinchalik

foydalanuvchi interfeysini boshqarish orqali shaklining raqamli-elektron maketini yaratib, mos ishlov berilgan maydonga to'g'ri keladigan yeyilish miqdorini olishimiz mumlin tahliligacha va undan tashqarida turli xil ilovalarga birlashtirilishi mumkin.

II. Metodologiya

Bu ishni amalga oshirish uchun quyidagi bosqichlardan tashkil topgan metodikani taklif qilamiz:

1. o'qyoysimon panjalarning yeyilishi natijasida shaklining o'zgarishini qattiq qog'ozga (A-3. formatga) chizamiz;

2. o'qyoysimon panjaning harakat yo'nalishiga paralel chiziqlarni Y o'qi yo'nalishi bo'ylab 10 mm interval bilan 27 tasini shaklini o'zgarishi olingan chizmaning ustiga chizamiz;

3. o'qyoysimon panjaning harakat yo'nalishiga

perpendikulyar ravishda X o'qi yo'nalishi bo'ylab 10 mm interval bilan 5 tasini shaklini o'zgarishi olingan chizmaning ustiga chizamiz;

4. yo'nalishda paralel chiziqlarni o'zgarishini ishlov berilgan maydonlar qiymatiga mos yeyilish miqdorlarining o'lchaymiz va ularni daftarga qayd etamiz;

5. olingan ma'lumotlar asosida raqamli elektron shaklda o'qyoysimon panjaning gorizontal tekislikdagi proektsiyasini yaratamiz.

Masalani yechish jarayoni. Yeyilishni o'rganish bo'yicha dala sinov tajriba ishlari g'o'za qator oralari ikkinchi va uchinchi kultivatsiya qilish jarayonida amalga oshirildi. Tajribalarda KXU-4M kultivatoriga o'rnatilishi lozim bo'lgan beshta o'qyoysimon panjadan 2 tasining o'rniga «ChirchiqSelMash AOOT» da ishlab chiqarilgan va amalda ishlatilayotgan o'qyoysimon panjalardan, keyingi 2 tasining o'rniga eksperimental yangi ishchi organlar o'rnatildi. To'rtta o'qyoysimon panjalarning yeyilishini o'lchash ishlari 1-rasmda ko'rsatilgan parametrlar bo'yicha bajarilib uning shakli qatttiq qog'ozga chizib qayd etib borildi.

O'lchovlar o'qyoysimon panjaning harakati yo'nalishiga paralel ravishda 27 ta paralel joylashtirilgan to'gri chiziqlarning shablondan uning ustarasigacha bo'lgan uzunligini nisbatan kamayib borishini qayd etish yo'li bilan amlalga oshirildi. Chiziqlar har 10 mm dan o'tkazilib o'qyoysimon panjaning qamrov kengligi ya'ni 260 mm ga joylashtirildi. Chap qanotning uch qismi koordinata

87

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali "Al-Farg'oniy avlodlari" elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252 Tom: 1 | Son: 2 | 2024-yil

"Descendants of Al-Farghani" electronic scientific journal of Fergana branch of TATU named after Muhammad al-Khorazmi. ISSN 2181-4252 Vol: 1 | Iss: 2 | 2024 year

Электронный научный журнал "Потомки Аль-Фаргани" Ферганского филиала ТАТУ имени Мухаммада аль-Хоразми ISSN 2181-4252 Том: 1 | Выпуск: 2 | 2024 год

boshi Y1 deb olindi va o'ng qanotning uchigacha 27 ta Y1-Y27 chiziqlar chizildi.

1-rasm. O'qyoysimon panjaga chiziqlarni o'tkazishga oid sxema.

Y1-Y27

Bu chiziqlarning uzunligi shablon 1-rasmda qizil rangli to'g'ri to'rtburchakdan hisoblab qayd etib borildi. Bu yerda o'qyoysimon panjaning tumshuqining uzunligi Ym=L. OST Uz 23.002-98 da ko'rsatilgandek o'qyoysimon panjaning tumshug'ining uzunligi, ya'ni Y14 ordinataning harakat yo'nalishi bo'yicha uzunligi 30 mm qisqarsa o'qyoysimon panja yaroqsizlikga chiqariladi.

Ularning orasidagi interval yeyilish profillarini (perimetr shakllari) iloji boricha to'liq aks ettiradigan tarzda tanlangan. o'qyoysimon panja harakat vektoriga parallel bo'lgan bo'limlar Y14=L o'rta qismga (tumshuq uzunligi) nisbatan simmetrik tarzda joylashgan. Biroq tumshuq qismning ikkala yon tomonidagi yeyilish miqdorlari bir xil bo'lmasliklari sababli, o'lchovlar yigirma oltita tekislikda amalga oshirildi.

O'qyoysimon panjaning qamrov kengligi o'zgarishlarini qayd qilish uchun X o'qiga paralel qilib har 10 mm dan 5 ta chiziqni X o'qiga paralel qilib chizamiz va bu chiziqlar uzunliklari o'zgarishlarini manfiy tamondan o'sib borishini, musbat tamondan kamayib borishini 2-rasmda tasvirlangandek qayd etib boramiz.

2-rasm. O'qyoysimon panjaga chiziqlarni o'tkazishga oid sxema.

X1-X5

O'qyoysimon panjaning yeyilishi davomida profilini yaxshi chiqishi uchun bo'limlar bitta belgi bilan ko'rsatilgan.

Shu sababli, o'lchamlardagi ba'zi o'zgarishlarning tizimli va juda kichik qiymatlarda bo'lishi o'lchov natijalarining ishonchliligiga sezilarli ta'sir ko'rsatmaydi. Ushbu turdagi qismlar uchun maksimal ruxsat etilgan noaniqlik 5 % dan oshmaydi. Shuning uchun profilni o'rnatishning ushbu usulini maqbul deb hisoblash mumkin.

Shundan so'ng, programma yeyilgan panja profilini yeyilish dinamikasini mos ishlov berilgan maydonga to'g'ri keladigan qiymatlarini olib, uning ko'rinishi hosil qilinadi, ya'ni uning yeyilgan profil tasvirining elektron versiyasini yaratiladi.

O'qyoysimon panja yeyilishining raqamli nusxada ko'rinishi 3-rasmda tasvirlangan.

3-rasm. O'qyoysimon panjaning

raqamlashtirilgan konturining ko'rinishi.

88

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali "Al-Farg'oniy avlodlari" elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252 Tom: 1 | Son: 2 | 2024-yil

"Descendants of Al-Farghani" electronic scientific journal of Fergana branch of TATU named after Muhammad al-Khorazmi. ISSN 2181-4252 Vol: 1 | Iss: 2 | 2024 year

Электронный научный журнал "Потомки Аль-Фаргани" Ферганского филиала ТАТУ имени Мухаммада аль-Хоразми ISSN 2181-4252 Том: 1 | Выпуск: 2 | 2024 год

Y1 dan Y27 va X1 dan X5 qiymatlarini tahlil qilish Microsoft Excel dasturi yordamida matematik statistika usullaridan foydalangan holda amalga oshirildi. Bu metodni qo'llashda quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak:

> elektron shablon va o'lchanayotgan panja shakllari qat'iy mos kelishi kerak;

> shablonning asosi va o'lchangan Y1 dan Y27 va X1 dan X5 qiymatlari chiziq hosil qilish uchun tekislanadi;

> bazadagi fiksatsiya bu sohada yeyilishning yo'qligi bilan bog'liq, shuning uchun bu o'lcham asos sifatida olinadi;

> "avtomatik o'lcham" yoki "ikki nuqta orasidagi masofa" funktsiyalaridan foydalanib, belgilangan bo'limlar bo'ylab o'lchovlar olinadi.

III. Natijalar

O'qyoysimon panjaning abraziv yeyilish jarayonida profilining o'zgarishini, KOMPAS-3D dasturi yordamida yeyilish dinamikasini mos ishlov berilgan maydonga to'g'ri keladigan qiymatlarini olishga imkon beradi. Bu olingan qiymatlar asosida o'qyoysimon panjaning qalinligini nazorat qilish masalari ham o'rganilmoqda.

O'qyoysimon panjaning yeyilishini

mikrometraj qilish jarayonida olingan natijalarni, ya'ni X va Y o'qlarining qiymatlarini exsel dasturida qayta ishlanib ular S# dasturiga kiritiladi. Bundan tashqari, ushbu modellarni umumlashtirish imkoniyatlarini oshirish uchun transferni o'rganish va domenni moslashtirish kabi usullar o'rganilmoqda.

IV. Munozara

Chuqur o'rganishlar o'qyoysimon panjaning abraziv yeyilish jarayonini tadqiqqilishda yaxshi samara bersada, tadqiqotchilar bir-birini to'ldiruvchi usullarning integratsiyasini o'rganish orqali doimiy ravishda chegaralarni oshirmoqdalar. O'qyoysimon panja yeyilish jarayonini kuzatish, boshqa ma'lumotlar manbalari bilan birlashtirgan multimodal termoyadroviy tahlil qilish tizimlarining aniqligi va mustahkamligini oshirish uchun ulkan imkoniyatlarga ega.

Bundan tashqari, o'qyoysimon panjaning abraziv yeyilish jarayonini haqiqiy va virtual haqiqat kompyuter interfeyslari kabi rivojlanayotgan texnologiyalar bilan yaqinlashishi inson va mashinaning misli ko'rilmagan o'zaro ta'siriga yo'l ochmoqda.

Yeyilish dinamikasini o'rganishda AKT texnologiyalari foydalanish tadqiqotchilarga malumotlarni aniq olishga va ularni tahlil qilish vositalarini ishlab chiqishga yordam beradi.

V. Xulosa

Shunday qilib quyidagicha xulosalarga ega bo'lamiz. Bu dasturdan foydalanish natijasida mikrometraj qilish uchun o'lchov asboblariga extiyoj qolmaydi. Ishchi organni yeyilish natijasida hosil bo'lgan profilini qattiq qog'ozga o'tqazish kerak bo'lar edi. Bu dastur yordamida olingan natijalar asosida profilni kompyuterda hosil qilish imkoni paydo bo'ladi. O'lchash ishlari uchun sarflanadigan vaqt bir necha barobar qisqaradi. Qisqa muddatda katta partiyadagi o'qyoysimon panjalarning profilini tahlil qilish va o'zaro solishtirib kerakli xulosalarni olish mumkin bo'ladi. Bu dastur yordamida olingan natijalar ishonchli bo'lib inson subektiv yo'l qo'ygan xatoliklar bo'lmaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1. Икромов У., Махкамов К.Х. Pac4eT и прогнозирована абразивного износа. -Таш^т: Фан, 1982. - 147 с.

2. Нуртев К.К. Повышeниe эксплуатационно-тeхнологичeских показатeлeй почвообрабатывающих машин хлопководчeского комплeкса.: Дисс. ... док. тeх. наук. - Янгиюль, 2005. - 540 с.

3. Нуртев К. К., Кувандиков Ё. Т., Кабилов Б. У. У. ИССЛЕДОВАНИЕ ИЗМЕНЕНИЯ ОСНОВНЫХ ПАРАМЕТРОВ ЛЕЗВИЯ СЕРИЙНОЙ СТРЕЛЬЧАТОЙ ЛАПЫ КУЛЬТИВАТОРА ПРИ АБРАЗИВНОМ ИЗНОСЕ //Universum: тeхничeскиe науки. -2023. - №. 11-2 (116). - С. 50-53.

89

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali "Al-Farg'oniy avlodlari" elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252 Tom: 1 | Son: 2 | 2024-yil

"Descendants of Al-Farghani" electronic scientific journal of Fergana branch of TATU named after Muhammad al-Khorazmi. ISSN 2181-4252 Vol: 1 | Iss: 2 | 2024 year

Электронный научный журнал "Потомки Аль-Фаргани" Ферганского филиала ТАТУ имени Мухаммада аль-Хоразми ISSN 2181-4252 Том: 1 | Выпуск: 2 | 2024 год

4. Кувандиков Ё. Т. ОБОСНОВАНИЕ ДЛИНЫ НОСКА И ВЫСОТЫ СКАЛЫ ПОВОРОТНОГО РАБОЧЕГО ОРГАНА КУЛЬТИВАТОРА //Universum: технические науки. - 2024. - Т. 2. - №. 1 (118). - С. 15-18.

5. Tursunbayevich K. Y. TUPROQNING UNUMDOR QATLAMINI SAQLASH MASALALARI //INTELLECTUAL EDUCATION TECHNOLOGICAL SOLUTIONS AND INNOVATIVE DIGITAL TOOLS. - 2024. - Т. 2. - №. 24. - С. 298-300.

6. Nuriev K., Kuvandikov Y. RESULTS OF THE STUDY OF THE BENDING DYNAMICS OF EXPERIMENTAL ARROW-SHAPED CLAWS //Science and innovation. - 2023. - Т. 2. - №. D11. - С. 370-375.

7. Нуриев М. К. и др. ОЦЕНКА ИНТЕНСИВНОСТИ ИЗНОСА РАЗЛИЧНЫХ ПО ГЕОМЕТРИЧЕСКОЙ ФОРМЕ РАБОЧИХ ПОВЕРХНОСТЕЙ ЛЕМЕХОВ //Инновацион технологиялар. - 2022. - Т. 1. - №. 4 (48). - С. 64-67.

8. Нуриев К. К., Нуриев М. К. Аналитическое определение общего сопротивления лемеха при затуплении лезвия. - 2022.

9. Нуриев К., Нуриев М. ВЛИЯНИЕ УГЛА ЗАТОЧКИ И ДОПОЛНИТЕЛЬНОЙ ФАСКИ НА ХАРАКТЕР ИЗМЕНЕНИЯ ФОРМЫ ЛЕЗВИЯ ПРИ ИЗНОСЕ //Евразийский журнал академических исследований. - 2023. - Т. 3. -№. 10. - С. 322-333.

10. Нуриев К. ЭКСПЕРИМЕНТАЛЬНОЕ ОПРЕДЕЛЕНИЕ РАЦИОНАЛНЫХ ПАРАМЕТРОВ НОСКА ДОЛОТА ЛЕМЕХА ДВУХЪЯРУСНОГО ПЛУГА //Евразийский журнал академических исследований. - 2022. -Т. 2. - №. 13. - С. 73-82.

90

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.