Научная статья на тему '“ALPOMISH” DOSTONI VARIANTLARIDA BARCHINOY OBRAZI TASVIRI'

“ALPOMISH” DOSTONI VARIANTLARIDA BARCHINOY OBRAZI TASVIRI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
16774
247
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
VERSIYA / ASAR STRUKTURASI / XARAKTER / QAHRAMON TASVIRI / ALP / AN'ANAVIY TASVIR / EPIK KLISHE

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — G‘Afforova S.

“Alpomish” xalq qahramonlik eposi bo‘lib, unda qahramonlik, vatanparvarlik, birodarlik, sadoqat kuylanadi. Bu doston qadim zamonlarda vujudga kelib, asrlar davomida xalq baxshilari, shoirlar tomonidan kuylanib, takomillashib bordi. O‘zbekning uzoq o‘tmishi, rasm-rusumlari, hayot tajribasidan o‘tgan an’analari, kurashlari, tashvishlari, quvonchlari o‘zining badiiy ifodasini topgan dostonda Alpomishning jasorati, Barchinoy sadoqati, Qorajon, Qaldirg‘ochoy kabi bir qator obrazlar tasvirlangan bo‘lib, quyida “Alpomish” dostonining Po‘lkan shoir [1] Berdi baxshi [2] va Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li [3] tomonidan ijro etilgan variantlarida Barchinoy obrazi tasviriga to‘xtalinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DESCRIPTION OF THE ALPOMISH FRIEND IN ALL OPTIONS

"Alpomish" is a folk heroic epic, which sings of heroism, patriotism, brotherhood and devotion. This epic originated in ancient times and has been sung and perfected by folk singers and poets for centuries. The long history of the Uzbek people, their traditions, life experiences, struggles, worries and joys are reflected in the epic. The following is a description of the image of Barchinoy in the versions of the epic "Alpomish" performed by the Polkan poet [1] Berdi Bakhshi [2] and the son of Fozil Yuldash [3].

Текст научной работы на тему «“ALPOMISH” DOSTONI VARIANTLARIDA BARCHINOY OBRAZI TASVIRI»

G'afforova S.

3-bosqich talabasi O'zbek filologiyasi fakulteti Alisher Navoiy nomidagi ToshDO'TAU

"ALPOMISH" DOSTONI VARIANTLARIDA BARCHINOY OBRAZI

TASVIRI

Annotatsiya: "Alpomish" xalq qahramonlik eposi bo'lib, unda qahramonlik, vatanparvarlik, birodarlik, sadoqat kuylanadi. Bu doston qadim zamonlarda vujudga kelib, asrlar davomida xalq baxshilari, shoirlar tomonidan kuylanib, takomillashib bordi. O'zbekning uzoq o'tmishi, rasm-rusumlari, hayot tajribasidan o 'tgan an 'analari, kurashlari, tashvishlari, quvonchlari o'zining badiiy ifodasini topgan dostonda Alpomishning jasorati, Barchinoy sadoqati, Qorajon, Qaldirg'ochoy kabi bir qator obrazlar tasvirlangan bo'lib, quyida "Alpomish" dostonining Po'lkan shoir [1] Berdi baxshi [2] va Fozil Yo'ldosh o'g'li [3] tomonidan ijro etilgan variantlarida Barchinoy obrazi tasviriga to'xtalinadi.

Kalit so'zlar: variant, versiya, asar strukturasi, xarakter, qahramon tasviri, alp, an'anaviy tasvir, epikklishe.

Gafforova S.

3rd year student faculty of uzbekphilology Tashkent State University named after Alisher Navoi

DESCRIPTION OF THE ALPOMISH FRIEND IN ALL OPTIONS

Annotation: "Alpomish" is a folk heroic epic, which sings of heroism, patriotism, brotherhood and devotion. This epic originated in ancient times and has been sung and perfected by folk singers and poets for centuries. The long history of the Uzbek people, their traditions, life experiences, struggles, worries and joys are reflected in the epic. The following is a description of the image of Barchinoy in the versions of the epic "Alpomish" performed by the Polkan poet [1] Berdi Bakhshi [2] and the son of Fozil Yuldash [3].

Keywords: variant, version, structure of the work, character, image of the hero, alpine, traditional image, epic cliché.

O'rxun-Enasoy bitiklaridan bizga ma'lumki, ajdodlarimiz ayolga, onaga o'zgacha mehr-muhabbat bilan munosabatda bo'lga n. Dostonlarda qo'llaniladigan «Gul yuzli», «zulfizar», «mohi paykar», «gulsanam», «sarvinoz», «guloyim», «dilbar», «qalamqosh», «lablari qirmiz», «shirin so'zli», «shakar labli» kabi go'zal tashbehlar ularga bo'lgan izzat va hurmat, e'tiqod,

ilohiy munosabat xalqimiz psixologiyasida qadim-qadim davrlardan buyon yashab kelayotganidan darak beradi [4].

Ko'pgina tarixiy manbalar bu ma'lumoüarni to'la tasdiqlaydi [5]. Eng muhimi esa, ayollar, ya'ni xotunlar bo'lg'usi xoqonlarning onasi bo'lganliklari uchun ham ularning tarbiyasiga, mavqeyiga katta e'tibor berganlar. Bu tasavvurlar «Alpomish» dostonida Barchin va Qaldirg'och obrazlari orqali yaxshi ochib berilgan.

Barchin o'zbek eposida alp ayol obrazi hisoblanib, o'zbek tilining izohli lug'atida keltirilishicha Barchin ismining asosi ham "bars", "ilvir","yo'lbars" degan ma'noni anglatadi [6]. Insonlarga ism hayoti mobaynida unga hamrohlik qilishi istalgan sifatlarga monand tarzda qo'yiladi.

"Alpomish" dostonida Barchinga ism qo'yilishi bilan bog'liq epizodlar turli variantlarda turlicha tasvirlanadi. Xususan, dostonning Berdi baxshi variantida Barchinga Xizr bobo tomonidan ism berilishi jarayoni: "Shunda Xizr bobom borib: - Qizning oti Barchin bo'lsin, mullaga beringlar, mulla Barchin bo'lsin, chochbog'iga boylab tosh otsa, bir tosh yerga ketsin, jamoli ham bir tosh yerdagini yiqsin, - deb duo qilib, ko'zdan g'oyib bo'lib ketdi. "Xalqqa ibrat bo'lsin", - deb aka-uka quda bo'ldi" [2.5] - deya tasvirlanadi.

Fozil Yo'ldosh o'g'li variantida esa: "Shunda farzandlarning uchovini ham olib kelib, Shohimardon pirning etagiga soldi. Shohimardon piri Boybo'rining o'g'lining otini Hakimbek qo'ydi, o'ng kiftiga besh qo'lini urdi. Besh qo'lining o'rni dog' bo'lib, besh panjaning o'rni bilinib qoldi. Qizining otini Qaldirg'ochoyim qo'ydi. Boysarining qizining otini oy Barchin qo'ydi. Ana shunda Shohimardon piri Hakimbekka oy Barchinni atashtirib, beshkirti qilib: «Bu ikkovi er-xotin bo'lsin, Hakimbek bilan hech bir kishi barobar bo'lolmasin, omin ollohu akbar», - deb fotihani betiga tortdi", tarzida ko'rsatiladi [3.16]. Bundan ko'rinadiki, ismning Shohimardon pir va Hizr bobo tomonidan berilgani, uning tanlangan qismat egasi bo'lganligi, ismi jismiga monand bo'lishi, ushbu obrazning yetakchi o'rinda ekanligini ifodala ydi.

Shuningdek, xalqimizning farzand tarbiyasiga bo'lgan e'tibori va qarashlari dostonda baxshilar tomonidan alohida tasvirlangan. Jumladan, Berdi baxshi variantida "Ikkovi ham to'rt yashar bo'ldi, mullaga eltib berdi, uch yil o'qib, mulla bo'ldi" [2.5] tarzida tasvirlansa, Po'lkan shoir variantida: "Ana endi Boybo'rining o'g'li Mulla Hakim uch yoshga kirdi, Boysaribekning qizi Barchinoy ham uch yoshga kirdi... Hakimjon bilan Barchinoyni maktabga qo'ydi. O'rtadan olti yil o'tdi. Bular to'qqiz yoshga yetdi... Ikkovining xat-savodi chiqdi", [1.13] kabi tasvirlaydi. Fozil shoir esa: "Shunda bolalar kundan-kun o'tib, oydan-oy o'tib, birdan ikkiga kirib, ikkidan uchga kirib, bularning tili chiqib, elga enib, tili chiqqandan kay, elga engandan kay, tutib uchovini ham maktabga qo'ydi. Bular maktabda o'qib yurib yetti yoshga kirdi. Burro savodi chiqib, xat o'qib-yozadigan mulla bo'ldi. Shunda Boybo'ribiy: «Endi o'g'lim savodi chiqib, mulla bo'ldi, o'g'limga endi shohlik, sipohilik ilmini o'rgatayin», - deb mulladan chiqarib oldi. Boysari ham Boybo'riga taassub (qildi). Bul ham

oy Barchin qizini maktabdan chiqarib oldi. Chiqarib olib, «Qizimga Ko'kqamish ko'lida qo'y sog'dirib, chorvadorlik ilmini o'rgatayin, qo'y sog'moqqa usta bo'lsin», - dedi" [3.17] - tarzida ularning ilm olish qatorida hunarli ham bo'lganini aytadi.

Shu o'rinda bir narsaga e'tibor qaratadigan bo'lsak, Hakimbek "shohlik, sipohlik ilmi"ga yo'naltirilsa, Barchin "qo'y sog'moqqa usta" bo'lishi kerak edi. Ko'chmanchi Qo'ng'irot elida o'g'il bolalarga sipohlik, qilichbozlik, ot chopish, polvonlik kabi jismoniy yetuklikka eltuvchi ko'nikmalar bilan birga, dunyoviy bilimlar ham berilib, beklikka tayyorlangan. Qizlar esa qo'y-echki sog'ish va uy-ro'zg'or yumushlari o'rgatilgan, bekalikka tayyorlangan. Mazkur ta'lim-tarbiyaning hosilasi dostonnnig boshqa o'rinlarida ko'rsatib o'tiladi. Xususan, aka-uka o'rtasidagi nizoga Fozil shoir va Berdi baxshi variantida "zakot" [3.17, 2.5] masalasi, Umir shoir variantida "Hakimbek va Barchinoyning tortishuvi"[7.27], Po'lkan shoir variantida "qovun muammosi" [1.13] sabab qilib ko'rsatiladi. Yuqoridagi sabablar tufayli barcha variantlarda Boysari arazlab Qalmoq yurtiga ko'chib ketadi. Bu vaziyatga Barchinning munosabatini Fozil shoir oqila qizning otasiga qarshi murojaat qilolmay, dardini quyidagi tarzda onasiga aytgani "OTA"ning garchi u noto'g'ri ish qilsada, oiladagi o'rnini belgilab bergan:

.. ."Xo'ja kelsa chiqar murid naziri Xotin bo'lmasmikan erning vaziri?! Er deganning aqlin olmas bo'lurmi, Aldab-suldab yo'lga solmas bo'lurmi?! Boy otamman biy bobomga ne bo'ldi?!" [3.26].

Bu holat dostonning Po'lkan shoir variantida ota va qiz suhbati tazrida kuylanadi:

.Sayil qilsang esonlikda chorboqqa, Iloho, dunyosi qursin bebaho, Bir kun borsak, ota, qalmoq yurtiga, Zo'rlik bilan olib qo'ysa taraflar, O'zim tugil, lanqam qolar o'zbakka. Hargiz elingdan ketma, otajon.[1.21]

Ushbu satrlarda Barchinning bo'lajak noxushlikni sezib, uning oldini olishga harakat qilgani ko'rsatilgan.

«Qirq mingini bir deb sanab qirishga» tayyor turgan jasur Barchin obrazida qahramonlik eposlariga xos botir qiz («alp qiz») haqidagi an'anaviy tushuncha Toychixon alplari zo'rlik bilan olib ketmoqchi bo'lgan epizodlarda yaqqol gavdalanadi [8]:

.Menmanlikman baring bunda kelasan, Kelgan bilan meni nima qilasan?! So'z aytqichi senga menday mushtipar, Bilsang, men ham, qalmoq, senga barobar.

Bu so'zni eshitib, Ko'kaldosh alp turib aytdi: - Bu o'zbakning qizining dami baland ekan. Ko'kaman! Tushib sudrab chiq bu yoqqa! Ko'kaman alp otdan tushib, otni uyning beldoviga ildirib, bog'ana qimiz so'rab alamzada bo'lgan, uyning ichkarisiga kirgan, Barchinning kanizlari qo'rqib, uyning to'rida to'planib turgan. Barchin ibo qilib teskarib qarab turib edi, Ko'kaman alp Barchinning burumidan ushlab, poygaga qarab torta boshladi. Barchin o'zini o'ngg'arib, qo'lini uzatdi, bir qo'li Ko'kamanning yoqasiga yetdi, bir qo'li bilan belbog'idan tutdi. «Yo, Shohimardon pirim», - deb ko'tarib, chalqaramon qilib yerga qo'ydi. Chap tizzasini ko'kragiga qo'yib turdi. Og'zi-burnidan dirak-dirak qon keta berdi [3.65]. Bu lavhada Barchinning ham jismonan ham ma'nan kuchli ekanligiga ishora bor. U Ko'kaman alp uchun o'ch olishga hozirlanib, otdan tap-tap tushayotgan alplarni ko'rib, aql-farosat bilan ish tutadi, alplarning zo'ri Ko'kaldosh ekanini bilib, undan olti oyga muhlat so'raydi va bu bilan Alpomishga "imkon" beradi.

Berdi baxshi esa Barchinning aql-zakovati, so'zamolligi, Maston kampir bilan suhbatiga, uni hiyla bilan mot qilishiga qaratadi:

Shunda Barchin: "Mening otam musofir bo'lsa, bu qalmoqlar bilan teng bo'lmas", - deb hiyla qilib, bir so'z degani: ..O'zbeklarni ko'rsam, qattiq quvayin, Haqning dargohiga shukur qilayin, Olib ket, ketayin Kas'hal elingga, Dinga kirsa, tegay sening gulingga. ..Xudoy oyday qildi mening qoshimni, Qorajonga qo'shsa edi boshimni, Tegsam, men tegayin sening ulinga, Oldirsa ekan avrasining boshini.

Degan vaqtda kampir: ...tegmasang, tegmay qo'yaqol, - deb chiqib ketdi" [2.13].

Jasurlik, alplik, mushohadalilik kabi sifatlar bilan ulug'langan Barchinning vaziyatdan munosib tarzda chiqa olishi, variantlarda bu sifatlarning faqat so'z bo'lib qolmaganini baxshilar ustalik bilan ochib berganlar.

Shu qatorda uning husn-malohatiga berilgan ta'rif-u tavsiflarga to'xtalib o'tadigan bo'lsak, Berdi baxshi: "Shunda qizi Barchinoy: "Otam kim bilan so'kishib yotir", - deb uydan chiqdi. Uni ko'rib to'qson dev otining yoliga yotib behush bo'lib qoldi. Toychixon qizni ko'rib: - Bu qizing nechaga kirgan? - deb so'radi. Boysari aytdi: - Shu yil qizim yetti yashar bo'ladi. Toychixon: - Yetti yilgachayin Oyna ko'lini, Chilbir cho'lini qizingning qaliniga berdim. Yetti yildan keyin o'zim kelib olaman. Boshqaga bermaysan, - deb ketdi" [2.10], -deya uning husn-malohatda tengsizligini aytadi. Po'lkan shoir: "So'ngra Toychixon o'zining musulmon til biladigan bir odamini jonsiz qilib, musulmon kiyimi kiygizib, musulmonning sallasini o'ratib, fulg'a mayakchi qilib: "Boysarining ishi qanday, yurishi qanday, turishi qanday, bilib kelgin", - deb jo'natib yubordi.... Ana endi boyagi fulg'a mayakchi Boysari boyning qizi

Barchinoyni ko'rib ketgan edi, toza suluvligini podshosiga aytgan edi. Shunda Toychixon Barchinoyni eshitib, olmoqchi bo'lib, to'qson polvonni Boysariga sovchi qilib yubordi" [1.25] - deya Barchinning ta'rifini keltiradi.

Fozil shoir esa uning alpligiga urg'u berib, qalmoq alplari tilidan quyidagicha tasvirlagan: "Bir nechasi aytadi: - Qalay, Ko'kaman, shu o'zbakning qizini olib bersak, olarsanmi, shuning bilan ham vatan-ro'zg'or qilarsanmi, chap tizzasi ko'kragingga tegsa, og'zi-burningdan qoning ketib o'larsanmi? Ko'kaman alp turib aytdi: - Sizlar tarz ahmoqsizlar, men sizlarning qaysingdan kamman, to'qson botmon temirdan sovut kiysam, to'qson shirbozning etini ta'til qilsam, to'qson alpning biri bo'lsam, shu o'zbakning qizi aytadi har so'zning o'ralida:

..Oti Alpomish yorim bordir, Elda zo'raborim bordir, Qatordagi norim bordir, Shundayin qaysarim bordir. Chilla kirganda mast bo'lgan, Xatapga boshini urgan, Dushmanlarning dodin bergan,

Elda zo'raborim bordir, — deb o'zbakning qizi har so'zining o'ralida aytadi, lekin buning norining bori ham rost, eldagi zo'rining bori ham rost, buning moyasi shunday, nori kim qanday?!".

Bu jumlalardan Barchin go'zalligi bilan bir qatorda alp sifatida jasurligi bilan hammani lol qoldirganligi baxshilar tomonidan kuylanganiga amin bo'lamiz.

Barchin qo'lini tutmoqchi bo'lgan yigitdan ham salohiyat, ham bahodirlikni talab qiladi. Bu jihatdan uning Alpomish va to'qson alp oldiga shart qo'yishi xarakterlidir. Po'lkan shoir, Berdi shoir variantlarida uch(poyga,yoy tortish,kurash), Fozil shoir variantida to'rtta(yoy tortishish, ming qadamdan tanga pulni urish, poyga, kurashda to'qson alpni yiqish)bo'lgan qahramonlik va mardlikni tarannum etuvchi Barchinning shartlari nafaqat to'qson alp, balki Alpomishning ham alpligini, jismoniy barkamolligi, so'ziga sobitligi va Barchinga nechog'lik munosib ekanligini yana bir bor sinovdan o'tkazishga zamin yaratadi.

Shunday jarayonda bir narsaga oydinlik kiritsak, Barchinoy o'zi ham jasur,alp bo'lsa, Ko'kamanni bir yumalatib yer tishlatgan bo'lsa, nega endi barchasini o'zi yengib qo'ya qolmaydi? Mana shu joyda asl alp, qahramon, deb tarannum etilgan obraz Alpomish ekanligi, uning vazifasini bajarishga undalgani, alpligini sinovdan o'tkazilishi joizligi ochib berilganiga guvoh bo'lamiz.

Shuningdek, Barchin qiyin vaziyatlarda yoridan umidvor bo'lishi, sabr toqat bilan berilgan muddat davomida uni kutishi uning ayollarga xos yana bir ojizalik tomonini aks ettirgan. Po'lkan shoir variantida Alpomish yetib kelishi

uchun uch yil muddat so'raladi,voqea haqida xabarni Alpomishga Barchinning navkarlaridan avval bir kampir yetkazadi:

..Qayinotangman, qallig'ingni bo'zlatdi, Bilib turib momong bir gapni aytdi, Boysariman Boybo'ribek urushib, Araz urib Kashal eliga ketdi. Olib kelgin Barchinoyday bulbulingni, Yoring bilan o'ynab-kulsang ne bo'ldi?![1.29]

Qalmoqning muddati to'qson kun bo'lgan Berdi baxshi variantida esa Barchin choparlar va ularga bergan nomasidan holatini bayon qiladi: ..Boshiga yarashar toju yorlig'i, Har yerga ma'lumdir qilgan zo'rligi, Kechikmasdan kelsin darrov-zinhor, Toy-talashda qoldi menday qallig'i. O'lmasin dunyoda Qo'ng'irot botiri, Menga munosib edi zangar chotiri, Kechikmasdan kelsin darrov-zinhor, To'qson kun kofirning bo'ldi muddati [2.17].

Fozil shoir esa Barchin so'zini, asli ilinj bo'lsada undan barq urib turgan qat'iyatini quyidagicha kuylaydi:

Barchin o'n ming uyli Qo'ng'irotning yigitidan o'n yigitni saylab oldi, otasining to'qson to'qay yilqisidan o'n otni saylab oldi, otlarni sovutib, tamom qildi. Shunda shunday arza yozdi Barchin: «Olti oychalik yo'lga keldim, qalmoqning eliga keldim, zo'r yovning qo'lida qoldim, olti oyga muhlat oldim, mendan umidi bo'lsa, Alpomish kelsin, bo'lmasa, javobimni bersin»[3.67-70].

Yuqoridagi misralar bizga Barchinning yangi qirralarini, ayol tabiatiga xos zaifligi, insoniy fazilatlari, so'ziga sobitligini uning harakatlari bilan ifodalagan baxshilarning mahoratini yaqqol namoyon etadi.

Doston davomida Barchinning ona sifatida gavdalanishi unga nisbatan beriladigan ta'riflarga yangi bir yondashishni talab etadi. Sababi, alp maqomida bo'lgan, qat'iyatli obraz onalik mavqeida chorasiz insonga aylanadi. Alpomishdan qolgan sari yoydan Ultontoz o'q uzulishini xohlaydi, lekin uni hech kim ko'tara olmaydi. Berdi baxshi variantida Qultoy qiyofasida Alpomish yoydan o'q uzmoqchiligini, yoyni esa o'g'li Yodgor olib kelishini aytadi. Buni bilmagan ona bolasining qiynalayotganini ko'rib nola qilsa, otasini izidan borgani uchun undan faxrlanadi:

..Ultontoz ko'rib: - Qani, Yodgor, sari yoyni ko'tarib kel,-dedi. Yodgor borib, yoyni ko'tarib yura berdi. Buni enasi Barchin ko'rib, bir so'z degani: Yomg'ir yog'sa, halqob ko'llar loylansin, Xudoyo, dushmanning qo'li boylansin, G'ayratingga banda bo'lay, Yodgorjon, Kokilingdan menday enang aylansin [2.135].

Ayni shu vaziyat Po'lkan shoir tilidan jabrdiyda onaning tangriga nolasi ko'rinishida kuylanadi:

- Sabil bo'lar endi Qo'ng'irotning yurti, Mening o'zim Boysarining farzandi. Ey, yaxshimdan qolgan o'rinbosarim, O'lar bo'ldi shoh to'ramning farzandi Yodgorga quvvat bergin, olloyim. Yoqasi xo'l Yodgorbekning yoshiga Ko'p elati bor tegra-do'shiga, Qarg'a qo'ndi qarchig'ayning to'shiga Qarg'adan omon qil, qodir xudoyim[1.247].

Fozil shoir beklarga yuklatilgan vazifa bajarilmasa - o'lib ketishlari mumkin bo'lgan vaziyatda Barchinning yangi qirrasini ochib beradi, u Alpomish davrida xizmat qilgan beklarni endi Yodgor himoya qilish kerak,-deb, yoyni olib kelishga uni ham yuboradi. Alpomish izini Yodgor to'ldirishidan ko'ngli qanchalik tog' bo'lgan bo'lsa, o'g'liga tinimsiz yog'dirilayotgan qamchilar ona iztirobini shu qadar kuchaytiradi:

"..Yodgorning boshiga qamchi urib hayday berdi. Ultontozga qarab, Barchin bu so'zni aytdi:

Sen eshitgin mening aytgan so'zimni,

Olmaday so'ldirma gulday yuzimni,

Ham qaynimsan, ham mirzamsan, Ultonjon,

Zulm qilib urma sag'ir qo'zimni.

Gapga quloq solmas bu zamon qullar,

Bu ishni boshqargan mendayin dilbar,

Jonim bolam, bo'lib kelgin xizmatkor,

O'lmasin otangman qadrdon beklar,

G'ayrat qilib yoyga borgin, Yodgor,

Sening bilan birga qancha amaldor.

..Yaxshi so'zman qancha so'ylab ko'raman,

O'zim xafa, lodon ko'nglim bo'laman,

Muna beklar uchun o'g'lim beraman,

Shuytib senga minnatdor bo'p turaman.

Men yaxshi gapirdim, sira bilmading,

Yodigorni uraringni qo'ymading,

Yomonlik qip, yaxshilikni bilmading,

Otasin arvohin hurmat qilmading,

Beting-ko'zim degan gapni bilmading,

Asling buzuq, menmanlikdan qolmading" [3.378].

O'g'lining tirik qolishi evaziga barcha shartlarga noiloj rozi bo'lgan Barchin chorasiz ona siymosida bo'lsada, qat'iyat, adolat uni sira tark etmasligini baxshilar qul Ultontozning Yodgorga jabr qilgan paytida Barchinning bergan javobida namoyish qiladilar.

Dostonni variantlarini kuzatish barobarida Barchin yorini o'zga qiyofada kelgan bo'lsada, ma'lum bir elementdan tanib olish epizodi baxshilar tomonidan turlicha yo'sinda ochib berilgan:

"Shunda Alpomish: "Qaytar ekan", - deb Barchinning taxtining ostidan o'tib keta berdi. Barchin Qultoy cholni Alpomishga o'xshatib, o'g'liga bir so'z degani:

..Haydarga ko'p edi otangning qo'yi, Har yerga yetardi otangning o'yi, Etagidan ushla, choldan ayrilma, Otangga o'xshaydi bobongning bo'yi. ..Otang edi Boybo'rining bolasi, Bitmay ketar yuragimning yarasi, Etagidan ushla, choldan ayrilma, Otangga o'xshaydi cholning kallasi. Dunyoda o'chdilar mening chirog'im, Echki ma'rab qo'shibolmaymi ulog'in, Etagidan ushla, choldan ayrilma, Otangga o'xshatdim bobong qulog'in" [2.136].

Siyrati Alpomishga teng Qultoyni ko'rib, uni yori deb tahmin qilgan Barchinga o'landagi Qultoyning ushbu so'zi uni tanib olishiga turtki bo'ladi:

- Bir to'nni Alpomishga bichsang bo'lar, Alpon uchun qon-zardob ichsang bo'lar, Ultontozning og'ziga chichsang bo'lar, Qultoy cholning belidan quchsang bo'lar. Shunda Barchin tanib qoldi:

- O'lanni boshla desa, boshlar bo'lar, Xo'jalarning boshida dastor bo'lar, Qizman yigit qiziqib aytishgan so'ng, Telpakni o'rtaga tashlar bo'lar" [2.147].

Ushbu holat Fozil shoirda Barchinning Boychibor otni tanib, Alpomishni kelganini tahmin qilishida aytiladi:

"Baxmal o'tovga uloqni tashlab, qaytgan vaqtida ort-sirtidan Boychiborni ko'rib, Barchin tanib, Yodgor o'g'liga qarab, bir so'z aytib turgan ekan: ..Men yig'layman yaratganga zori-zor, Ne qilsa, hukmi bor qudratli jabbor, To'yxonaga otang kelgandir, Yodgor. G'amli bo'may ohu fig'on etmaydi, Yobi ot tuyoqdan otgan turpog'i Sira ham bir chatanidan o'tmaydi, Boronada bir Chibor ot kep edi, Uy girdidan, bolam, to'zang ketmaydi. To'yxonaga, bolam, otang kelgandi(r), Kim yaxshi, kim yomon, anglab bilgandi(r),

Inshoollo, ko'rarmiz shunday polvondi" [3.352].

Otni ko'rib qilingan tahmin Yodgorning qo'lida ilik bilan xursand kelishi, bu ilikni Qultoy berganini bilishida o'z isbotini topadi: .."Qultoy bobong o'z kunini ko'rolmas, Qultoy bobong senga ilik berolmas. Qultoy bo'lib bolam, otang kelgandi, Mungg'ayganda ahvolingni ko'rgandi, Qultoy bo'lib to'yxonada yurgandi, Ko'rib senga mehribonlik qilgandi, Bolam, senga otang ilik bergandi, Inshoollo, ko'rarmiz shunday polvondi" [3.372].

Po'lkan shoir variantida doston syujetiga jumboq epizodi qo'shiladi, aynan jumboq Alpomish bilan Barchin o'rtasida bo'lib o'tgan o'landa uni tanib olishiga ko'maklashadi:

"Ana endi Qultoy chol: - Men o'langa yengdirdim,-deb qo'ynidan Yodgorbekni chiqarib yubordi. Shunda Yodgorbek ayrilgisi kelmay, Qultoy cholga tarmasha ketdi. Shunda o'langa yig'ilib o'tirgan katta-kichiklar:

- Endi Qultoyning boshidan telpagini olib tashlaymiz. Yo Qultoyga chiqsin, yo Alpomishga chiqsin. Agar Alpomish bo'lsa, bilamiz, Qultoy bo'lsa, urib o'ldiramiz, - deb bular shu maslahatda tursin. Qultoy chol o'lanni aytib bo'lib ketmoqchi bo'ldi. Shunda Barchinoy Qultoyga qarab, jummoq o'lan aytib yubordi.

..Barchinoyning jummoq o'lani: Uyichida yop-yoriq, U nimadir, bekbachcha, O'ng qo'limda o'n tuyma, U nimadir, bekbachcha, Qator-qatorga birkaganing, U nimadir, bekbachcha. Gullarning rangi so'lgan, Qiyomat kuni bo'lganda, Mo'minga xizmat qilgan, Jummoq quydim, kalim toz, Shuni toping, bekbachcha. Qultoycholning jummoqni topgani: Uy ichida yorig'ing, Davlatingdir, ko'zingdan, O'n qo'lingda o'n tuymang, Xudo bersa farzanddir...

Ana endi Barchinoy bildi, Alpomish ekan" [1.440]. Gap shundaki, iqtidorli baxshi ushbu variantda Alpomish qalmoqlar bilan shartlashib g'olib bo'lgandan keyin ularning nikohida Barchin tomonidan aynan shu so'zlardan foydalanib uni sinatgan edi:

"Unda Alpomish Barchinoyning qo'lidan tortdi. Qimirlata olmadi. Barchinoy Alpomishning shunday qo'lidan ushlab, zo'rlik qilib sudrab kela berdi. Barchinoy shunday Alpomishga qarab, bir jumboq aytayotibdi. Aytgan jumbog'i budir:

Uy ichida yop-yorug', U nimadir, bekbachcha, O'ng qo'limda o'n tuyma, U nimadir, bekbachcha, Jumboq quydim boybachcha. Guldayin ranggi so'lgan, Kun qiyomat bo'lganda. Mo'minga xizmat qilgan, U nimadir, bekbachcha. Piyolaga choy qo'ydim, Gulday ko'ylakni kiydim, Sizga jumboqni quydim, Shuni toping, bekbachcha.

Ana endi Alpomish Barchinoyga javob berib, bir so'z aytayotibdi:

Uy ichida yop-yopug',

Davlatingdir, oy Barchin.

O'n qo'lingda o'n tuymang,

Xollaringdir, boybicha.

Qo'limda talpinganing,

Xudoy bersa farzanddir,

Farzandingdir, qaddingdan.

Eshitgin aytgan so'zdi,

Xushvaqt bilan o'tkargaymiz shu yozdi,

Kun qiyomat bo'lganda

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Mo'minga xizmat qilgan -

Ro'za bilan namozdi.

Boychiborni choptimmi,

Banot uyni yoptimmi,

Jumbog'ingni toptimmi?!

Shunda Barchinoy: - Mendan ham ziyoda o'qigan ekansiz, - dedi" [1.183].

Barchinning Alpomish kelganini otidan, Qultoy kiyimidagi Alpomishning savlatidan, o'lan davomida jumboqli so'zlaridan payqab olishi, teran fikrlashi ma'naviy barkamolligi yuqorida keltirilgan vaziyatlardan baxshilarning bu jarayonni ochib berishdagi mahorati, yondashuvidan dalolat beradi.

Doston variantlaridagi Barchinoy obrazi tahlili orqali, dostondagi ayol obrazlari va bu obrazlar bilan bog'liq qadim tasavvurlar faqat badiiy to'qima emas, balki o'tmish hayotimiz tarixi bilan chambarchas bog'liqligi,

ajododlarimizning ayolga, oilaga bo'lgan munosabatini, ularning oila va jamiyatda tutgan o'rni, mavqeini ko'rish mumkin.

Barchin obrazi husn-malohatli yor, alp jangchi, oqila va tadbirli donishmand ayol, mushtipar ona sifatidagi xususiyatlari baxshilar tomonidan turli yo'sinlarda yoritilgan bo'lsada, ularni birlashtiruvchi nuqta o'zbek ayoli fenomenini yaratganidir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Alpomish.2-jild.Po'lkan shoir va Ergash Jumanbulbulo'g'li.-Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyotining matbaa ijodiy uyi, 2013. -B.275.

2.Alpomish 2-jild Berdi baxshi(Berdiyor Pirimqul o'g'li).- Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyotining matbaa ijodiy uyi, 2013. -B.163.

3.O'zbek xalq qahramonlik dostoni /Aytuvchi: Fozil Yo'ldosh o'g'li, yozib oluvchi: Mahmud Zarifov/. - Toshkent: Sharq, 1998. - 400 b. 4.1956 yil 28 iyunda yozib olingan Inv: 1254 Yozib oluvchi: Oxunjon Sobirov Nashrga tayyorlovchi, so'zboshi va izohlar muallifi: Jabbor Eshonqulov. 5.Prof.dok.Ibrohim Hafas o'g'li.Turk milliy madaniyati. Istanbul. 1993y.257-b. 6.O'zbek tilining izohli lug'ati: 80000ga yaqin so'z va so'z birikmasiJ.I.A-D/Mas'ul muharrir A.Madvaliyev.-T.: "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2020. - 680 bet.

7.Alpomish. Doston. Aytuvchi Umir Safarov. Yozib oluvchi Oxunjon Sobirov. Qo'lyozma nusxa. O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutining folklor arxivi. Inv.№1254,27-bet) 8.O'zbek xalq og'zaki ijodi: pedagogika oliy o'quv yurtlari uchun darslik/ O.Safarov. O'zR oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Buxoro Davlat universiteti.-Т: Musiqa, 2010.368 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.