Научная статья на тему 'ALLOMALAR TABIIY TOVUSHLAR VA MUSIQIY OHANGLAR HAQIDA'

ALLOMALAR TABIIY TOVUSHLAR VA MUSIQIY OHANGLAR HAQIDA Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
83
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
tabiiy tovushlar / inson ovozi / sozanda / sozlar / yoqimli ovoz / G‘azzoliy / lazgi / akustika

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Ruxshona Qo‘ldosheva

Maqolada tabiiy tovushlar, kuy va ashulaning inson hayotidagi о’rni, ovoz va musiqa bо’yicha allomalarning fikrlari sharhlangan hamda cholg‘u ijrochiligida sozandaning tafakkurini boyitish usullari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ALLOMALAR TABIIY TOVUSHLAR VA MUSIQIY OHANGLAR HAQIDA»

ALLOMALAR TABIIY TOVUSHLAR VA MUSIQIY OHANGLAR HAQIDA

Ruxshona Qo'ldosheva

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Maqolada tabiiy tovushlar, kuy va ashulaning inson hayotidagi o'rni, ovoz va musiqa bo'yicha allomalarning fikrlari sharhlangan hamda cholg'u ijrochiligida sozandaning tafakkurini boyitish usullari yoritilgan.

Kalit sо'zlar: tabiiy tovushlar, inson ovozi, sozanda, sozlar, yoqimli ovoz, G'azzoliy, lazgi, akustika

NOTES ON NATURAL SOUNDS AND MUSICAL TONES

Rukhshona Koldosheva

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: The article discusses the role of natural sounds, melody and song in human life, the opinions of experts on voice and music, and the methods of enriching the musician's thinking in playing a musical instrument.

Keywords: natural sounds, human voice, musician, words, pleasant voice, Ghazali, Lazgi, acoustics

Tabiiy fanlardan ma'lumki, inson ko'zi chiroyli narsalarni ko'rib zavqlanadi, oziqlanadi, bu zavq va oziq uning ruhiga, tanasiga kuch-quvvat bag'ishlaydi. Inson qulog'i esa xush va mayin, tartibli taralgan ovoz va tovushlarni tinglab rohatlanadi. Mana shu rohat uning ruhiga va badaniga kuch-quvvat bag'ishlaydi. Lekin tabiatdagi qushlar va hayvonlar ovozi juda ko'p xabarlarni ifodalasa ham, ulardan inson qulog'i o'ziga yoqimlisini tanlaydi - yo yoqtiradi yoki inkor qiladi. Aslida koinotdagi barcha jismlarning harakati ma'lum bir tovush va ovoz hosil qiladi. Demak, olamda turli turli simfoniya yangrab, taralib, yshiolib, paydo bo'lib turadi.

Buyuk allomalar tabiiy tovushlar va sun'iy ohanglarning inson hayotidagi ahamiyati haqida ko'pgina ilmiy risolalar yozib qoldirishgan. Bu risolalar shunchaki axborot uchun emas, balki ma'lum bir baxslarga oydinlik kiritish uchun yozilgan. Jumladan, mutafakkir Imom G'azzoliy jonzotlarning ovozi bilan inson ovozini bir biriga solishtirgan, shuningdek, musiqa va ashulaning turlari, darajalari haqida qiyosiy mulohazalar yozib qoldirgan.

U o'zining "Ihyou ulum id-din" asarida tovush va ohanglarning inson eshitish a'zolariga ta'siri haqida muhim fikrlarni bayon etgan. Mutafakkir yozadi: "Qushlar va hayvonotning xush sadolarini eshitmoq ham quvvai somi'ani (eshitish organlarini)

tarbiya qilib, lazzatlantirur. Yaxshi ovoz yaxshilik vajhidan ani eshitmak harom bo'lishi durust emas, balki haloldur. Chunki, inson aqlining yonida yana besh havosi mudrika (besh idrok) bordurki, ularning har qaysilari o'zi lazzatlanadigan narsalari bilan tarbiya topadir.

Chunonchi, yashillik, oqin suv va chiroylik ranglardan - ko'z, xushbo'yliklardan - burun, shirin va nordonlardan - og'iz, muloyim, yumshoq narsalardan - badan, ilm va ma'rifatdan - aql, yaxshi ovoz, yoqimlik musiqa va bulbul sadolaridan quloq tarbiyalanur".[1]

Alloma buning ziddi bo'lgan hodisalarga inson aqli va besh hislari toqat qilmaslini ta'kidlaydi. Masalan, "Qurigan daraxt, qurtlagan suv, buzulgan xaroba chordevor va o'ngib ketgan rangga - ko'z, badbo'yliklarga - burun, bemaza va achchiq narsalarga - og'iz, g'adir-budir qattiq narsalarga - badan, jaholat va ahmoqlikka aql unamasligi kabi, eshshak ovozini, xunuk yig'i ovozlarini quloq ham hech vaqt eshitgisi kelmas" [2]

G'azzoliy "Qur'oni Karim"ning "Maloika" va "Luqmon" suralarida xush ovozlar maqtalganligini ko'rsatib o'tadi. [3.] Hazrat imom G'azzoliy yaxshi ovozlar chiqadigan o'rinlariga qarab uch turga bo'linadi deydi: "Agar ovoz jonsiz narsalardan chiqsa ular setor, chang, do'mbira va boshqa shunga o'xshashlardir. Agar jonlik mavjudotlar bo'g'zidin chiqsa u yo odam ovozi yoki bulbullar, qumrilar va boshqa shularga o'xshab kelishtirib sayraydigan qushlarning ovozidir. Bular yaxshilik bilan barobar ko'ngilga yoqimli va xush kelur. Shuning uchun ularni eshitmoq lazzatlik bo'lur, lekin, setorlarning ovozini jonivorlarning ovoziga o'xshatib chiqarmoqlari sun'iy bo'lub, tabiiyga o'xshatmoqdir[4].

Kuylarning paydo bo'lishiga sababchi bo'lgan sozlarni yasayotgan ustalar beg'ubor, yaxshi ezgu niyatlar bilan yasaydilar. Hatto dag'al jonsiz bir to'nka yog'ochidan shunday nafis bir asbobni yasab, uni insondek oliy mavjudotga bo'yinsundirib qo'yibdiki, uning musiqiy nolasi inson his-tafakkuri, bilim darajasi va mahoratiga vobastadir. Shuning uchun ham u ustalar Haq taoloning yaratuvchilik sifatlari bilan sifatlangan inson sifatida qaysidir ma'noda kamolga yetgandirlar. Asboblar bir solih ijrochining qo'liga tushub qolsa, shu insonning his-tafakkuri va bilim darajasi va mahoratiga yarasha kuy-sado chiqarib, kishining o'tmishini o'ziga sarhisob qildirib, ma'naviy barkamollikka boshlashi mumkin.

Aksincha, bir fosiqning qo'liga tushub qolsa ham uning his va tafakkuri, bilim darajasidan kelib chiqib, kuy-sado chiqarib, tinglovchini ko'nglida bo'lmag'ur qusurlarni qo'zg'ab, uni zalolatga boshlashi mumkin. Demak, bu asboblar shak-shubhasiz inson aqlu tafakkurini, bilim darajasini toshu tarozu qilg'uvchi bir mezondir.

Abu Homid Muhammad G'azzoliy: "Chindan ham, g'inoi (musiqa) eshitmoqda to'rt holat bor bo'lib, birinchisi - harom mahz, ikkinchisi - makruh, uchinchisi - muboh (ruxsatli) va to'rtinchisi - mustahabdir. Ammo harom mahz ba'zi kishilar uchundurki,

bu toifa g'o'r-yosh va dunyoning lazzatlariga moyil bo'lgan kishilardan iboratdir. Bas, g'ino eshitmoq ular uchun dillariga g'olib bo'lgan mazmum, ya'ni yomon qusurlarni hayajon va harakatga keltirmoqdan boshqa ta'sir va natija bermaydi.

Ikkinchi - makruh ya'ni, tariqat yo'liga kirgan soliklar haqidadurki, ular g'inodin fahm qilgan ma'nolarni maxluqlarning suratiga tasavvur qilmaslar. Lekin, g'inoni aksari vaqtlarida lag'v tariqasida odat qilib olurlar va shul sababdin makruh bo'lur. Eshitish muboh va mustaxab bo'lgan kuy va ashulalar esa kishining qalbiga shodlik va olijanob hislarni paydo qiladi. Ularni ezgu amallarni bajarishga ilhomlantiradi. Mehr-shafqatli bo'lishga, tinchlikni qadrlashga va hayot va tabiat go'zalliklaridan zavqlanishga chorlaydi. Mumtoz maqom kuylari, Bax, Motsart, Betxoven asarlari ana shunday asarlar qatorida turadi.

O'zbek xalqining "Munojot", "Lazgi, "Tanovar" singari kuy va ashulalari jahon musiqa va ashula san'atining bebaho durdonalari sanalishi ham bejiz emas. Shu o'rinda O'zbekistongda xizmat ko'rsatgan artist Kursiya Esanovaning "Lazgi" ta'rifida" nomli she'rini keltiramiz.

Komil Xorazmiy ellarda doston, Bir qo'shiq yaratda eshitib oston, (astagina) Komiljonlar kuylab, Gulchehralar o'ynab, Bu "Lazgi" ayladi yurtimni doston. Ortiqjonu Otajonlar, Rahmatjonu Olmaxonlar Har dam hayot bag'ishlarlar, Yoshiga yoshlar qo'shib Lazgini kuylab jo'shib. Lazgi kuyi boshlandi, gina ortga tashlandi, Araz qilgan bu ko'zlar quvonchlardan yoshlandi. O'yin-kulgi boshlandi, lazgiga o'ynang, do'stlar. Jism jumbishga kelsin, davrani qo'ymang, do'stlar. Oh Lazgi, yupanch lazgi, qalbimda quvonch Lazgi, Tilim tushunmaganga tarjimon, tilmoch Lazgi. Eldan elga o't, Lazgi, tildan tilga ko'ch, Lazgi, Asrlar etsin davom Komiljondan kuch - Lazgi. Lazgiga chaling qayroq, tarelka bilan o'ymoq, Chakira-chukur qayroq, sharaqa-shuruq qayroq. Qora ko'z, gal bari, ey qora ko'z, gal bari-i-i-i, Oooomooon! [5] Demak, shu nuqtai nazardan qaralsa, aytiladigan kuy va qo'shiqlar hamd, na't, munojot va ulug' shoirlarning purma'no pand nasihatlari asosiga bino qilingan bo'lmoqligi san'at talablariga muvofiq bo'lub, tinglovchi aziz insonlarning ma'naviy, madaniy, axloqiy darajalarini yuksaltib, kamol topmoqligiga sabab bo'ladi.

Mana shunday san'at namunalari insoniyat jamiyatining isloh topib, gullab-yashnashiga va buyuk taraqqiyotga erishuviga, xalq va jamiyat oldidagi о'z burchini to'g'ri ado etgan bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Imom Abu Homid Muhammad ibn Muhammad al-G'azzoliy. Ihyou ulum id-din. G'afur G'ulom .T.: 2014. 512 b.

2. Imom Abu Homid Muhammad ibn Muhammad al-G'azzoliy. Ihyou ulum id-din. G'afur G'ulom .T.: 2014. 512 b.

3. Imom Abu Homid Muhammad ibn Muhammad al-G'azzoliy. Ihyou ulum id-din. G'afur G'ulom .T.: 2014. 512 b.

4. Imom Abu Homid Muhammad ibn Muhammad al-G'azzoliy. Ihyou ulum id-din. G'afur G'ulom .T.: 2014. 512 b.

5. Esanova K. "Lazgi" kuyiga bastalangan matnlar variantlari xususiyatlari. // O'zDSMI ilmiy xabarlari. 2022. № 3. B. 34-37.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.