Научная статья на тему '“KO’K GUMBAZI UZRA BEZAKLI QANDIL” YOKI ABU HOMID ZAYNIDDIN MUHAMMAD G’AZZOLIYNING ZAMON MUAMMOLARINING HAL QILISHDAGI TASHABBUSI'

“KO’K GUMBAZI UZRA BEZAKLI QANDIL” YOKI ABU HOMID ZAYNIDDIN MUHAMMAD G’AZZOLIYNING ZAMON MUAMMOLARINING HAL QILISHDAGI TASHABBUSI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
117
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ko’k gumbaz / “Saddi Iskandariy” / bezakli qandil / “Al-munqiz min–az-zalol” / axloqiy ilmlar. / blue dome / "Saddi Iskandariy" / decorated chandelier / "Al-munqiz min-az-zalol" / moral sciences.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Qodirov, Muhammadjon, Toshev, Suhrob

Mazkur tadqiqot jarayonida Abu Homid Zayniddin Muhammad G’azzoliyning faylasuflar borasidagi fikrlari va falsafiy-diniy go’yalari tahlil qilindi. Muhammaad G’azzoliyning asarlari sho’rolar davrida falsafa fanida o’qitilmay kelganligi uchun, uning ilmiy ijodi haqida ham tadqiqotlar olib borilmagan. Mustaqillikka erishganimizdan so’ng boshqa sharq mutaffakirlari kabi G’azzoliyning hayot yo’li va merosiga haqqoniy ilmiy jihatdan yondashuvga yo’l ochildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

"ORDERED CANDLE ON THE BLUE DOME" OR ABU HAMID ZAYNIDDIN MUHAMMAD GHAZALI'S INITIATIVE IN SOLVING TIME PROBLEMS

In the course of this research, Abu Hamid Zayniddin Muhammad al-Ghazali's views on philosophers and his philosophical and religious views were analyzed. Since Ghazali's works were not taught in philosophy during the Soviet era, no research has been done on his scientific work. After gaining independence, like other Eastern thinkers, a true scientific approach to Ghazali's life and legacy was opened.

Текст научной работы на тему «“KO’K GUMBAZI UZRA BEZAKLI QANDIL” YOKI ABU HOMID ZAYNIDDIN MUHAMMAD G’AZZOLIYNING ZAMON MUAMMOLARINING HAL QILISHDAGI TASHABBUSI»

"KO'K GUMBAZI UZRA BEZAKLI QANDIL" YOKI ABU HOMID ZAYNIDDIN MUHAMMAD G'AZZOLIYNING ZAMON MUAMMOLARINING HAL QILISHDAGI TASHABBUSI

d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-23-857-863

Muhammadjon Qodirov

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Sharq falsafasi va madaniyati kafedrasi dotsenti, f.f.n.

Toshev Suhrob Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti magistranti

ANNOTATSIYA

Mazkur tadqiqot jarayonida Abu Homid Zayniddin Muhammad G 'azzoliyning faylasuflar borasidagi fikrlari va falsafiy-diniy go'yalari tahlil qilindi. Muhammaad G 'azzoliyning asarlari sho 'rolar davrida falsafa fanida o 'qitilmay kelganligi uchun, uning ilmiy ijodi haqida ham tadqiqotlar olib borilmagan. Mustaqillikka erishganimizdan so 'ng boshqa sharq mutaffakirlari kabi G'azzoliyning hayot yo 'li va merosiga haqqoniy ilmiy jihatdan yondashuvga yo 'l ochildi.

Kalit so'zlar: ko'k gumbaz, "Saddi Iskandariy", bezakli qandil, "Al-munqiz min-az-zalol", axloqiy ilmlar.

АННОТАЦИЯ

В ходе данного исследования были проанализированы взгляды Абу Хамида Зайниддина Мухаммада ал-Газали на философов и его философско-религиозные воззрения. Поскольку в советское время работы Газали по философии не преподавались, исследования его научной деятельности не проводились. После обретения независимости, как и у других восточных мыслителей, открылся подлинно научный подход к жизни и наследию Газали.

Ключевые слова: голубой купол, «Садди Искандарий», украшенная люстра, «Ал-мункиз мин-аз-залол», нравственные науки.

ABSTRACT

In the course of this research, Abu Hamid Zayniddin Muhammad al-Ghazali's views on philosophers and his philosophical and religious views were analyzed. Since Ghazali's works were not taught in philosophy during the Soviet era, no research has been done on his scientific work. After gaining independence, like other Eastern thinkers, a true scientific approach to Ghazali's life and legacy was opened.

Keywords: blue dome, "Saddi Iskandariy", decorated chandelier, "Al-munqiz min-az-zalol", moral sciences.

KIRISH

G'azzoliyning sharq va jahon falsafasida tutgan o'rni juda beqiyos bo'lganligidan buyuk mutaffakir Alisher Navoiy o'zining "Saddi Iskandariy" dostoni muqaddimasida unga baho berib "Ko'k gumbazi uzra bezakli qandil, falakdan turib, kishilarga baxt va tole ulashadi", deb ta'riflaydi1.

G'azzoliy islom falsafasining yirik namoyondasi va mashhur olimdir. U Eronning Tus shahrida, kosib oilasida tavallud topgan. Otadan yetim qolgach, amakisi qo'lida tarbiya olgan. Tusda Imom Ahmad Rozkoniydan ta'lim oldi, so'ngra, ilm-ma'rifat izlab Jurjon va Nishopurga boradi. Kalom va fiqh ilmini Nishopurda achshariya ulamolaridan biri Imomi Xaramayin (vafot etgan yili 1085-yil) dan o'rganadi. Yosh olim Saljuqiylar vaziri Nizomulmulkning nazariga tushadi va Bag'doddagi "Nizomiya" madrasasida mudarrislik qilishga tayinlandi. G'azzoliy "Nizomiya"da katta olim va faqih sifatida shuhrat qozonadi. Nizomulmulk o'ldirilgandan so'ng, G'azzoliy Haj qilish bahonasida Bag'dodni tark etib, o'n yil dom-daraksiz, hech qayerda ko'rinmay yashaydi. G'azzoliy hayotidagi bu katta o'zgarish haqida turli taxminlar mavjud. Ammo, G'azzoliyning o'zi "Al-qistos al-mustaqim" ("Haq yo'li me'zonlari") va "Al-munqiz min-az-zalol" ("Zalolatlardan qutqaruvchi kitob")da bayon etishicha, qonunshunos, faqih, ilohiyotchi olim sifatida mashhurligi, nohaq fatfolar berish ehtimoli tufayli do'zax azobidan qo'rqib, nufuzli mansab va obro'sidan, boyliklaridan ham voz kechib, darveshlikni ixtiyor qilib, darbadar kezgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

G'azzoliy o'z davrida odamlar mashg'ul bo'lib turgan ilmlarni birma-bir o'rganib chiqdi. O'sha paytda kishilar asosan, ilmi kalom, botiniya, falsafa va tasavvufga qiziqar edilar. Imom G'azzoliy mazkur ilmlarni chuqur egallashga va ulardan qaysi birini tanlash maqsadga muvofiq ekanini aniqlashga kirishdi.

G'azzoliy izlanishlarini dastlab ilmi kalomdan boshladi. Ilmi kalomni shu sohaning olimlari va ularning kitoblaridan yaxshilab o'rganib, bu ilm bo'yicha quyidagi risolalarni yozdi:

1. Al-iqtisod fil e'tiqod.(E'tiqoddagi mo'tadillik)

2. Iljomul ovom an ilmil kalom.(Dindorlarni quruq ilmi kalom

mashg'ulotlaridan saqlash)

3. Aqiydatul ahli sunna.(Sunniy aqiydalar)

4. Fazoihul botiniya.(Botiniylarning uyatga qolishi)

1 Alisher Navoiy Saddiy Iskandariy. Nasriy bayoni bilan. T.: G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa birlashmasi 1991. -B.513

5. Faysalut tafriqa baynal islami vaz zandaqa.(Islom va dahriylik o'rtasidagi

bo'linishning haqiqat mezoni )

6. Al-qistosul mustaqiym.(Eng to'g'ri o'lchov)

7. Kimyo us- saodat.(Saodat kimyosi)

8. Al-Mustazhiriy.(Zohir bo'luvchi)

Imom G'azzoliyning zamoniga kelib, ilmi kalomda turg'unlik yuzaga kelgan edi. Ilmi kalom ulamolari o'tib ketgan katta imomlarning gaplarini mahkam tutib turishdan, boshqa ishni bilmas edilar. Qadimgi gaplardan qilcha chetlanish yo'l qo'yib bo'lmaydigan narsa degan tushunchani qadrlar edilar. Zamon o'tishi bilan eskirib qolgan so'z va jumlalar o'rniga kishilarga tushunarlirog'ini keltirishga jur'at qilmas edilar. Imom G'azzoliy bu narsalarning hammasini bir tarafga qo'yib, ulug' ulamolarning ilmlaridan foydalangan holda erkin ijtihod qildi. Odamlarga yaqin uslub va tilda asarlar yozdi va ilmi kalomda katta burilish yuz berishiga sabab bo'ldi. U aqida ilmida Qur'oni karim uslubi eng foydali va oson ekani va ilmi kalom vaqtinchalik choraligini bayon etgan. Keyinchalik Imom G'azzoliy haqiqat qidirib, falsafani puxta o'rganishga kirishdi. Faylasuflar faqat falsafa bilangina haqiqatni topish, haqiqat va saodatga erishish mumkin, der edilar. Imom G'azzoliy esa, aynan o'sha narsani qidirayotgan edi. U kishi falsafani ixlos ila chuqur o'rganib, o'sha davrning eng kuchli faylasuflaridan biriga aylandi. Lekin, Imom G'azzoliy falsafada ham o'zi izlayotgan haqiqat mavjud emasligiga ishonch hosil qildi. Ammo, bu narsa ulug' olimga falsafa va faylasuflar haqida adolat bilan hukm chiqarishga xalaqit bermadi. U kishi bu borada o'z ilmiy izlanishlari natijasini falsafa va mantiqqa atalgan o'z kitoblarida yozib qoldirdi. Ular quyidagilar:

1. Maqosidul falosifa.(Faylasuflarning maqsadlari)

2. Tahofutul falosifa.(Faylasuflarning mantiqsizligi)

3. Mahkun nazar fil mantiq.(Mantiqdagi nodir nazar)

4. Me'yorul ilm fil mantiq.(Mantiqda ilm me'yorlari)

5. Al-Munqiz minaz Zalol.(Adashishlardan qutqaruvchi)

Imom G'azzoliy o'z asarlarida falsafa va faylasuflarga xolisona baho berishga harakat qildi. U kishi falsafaga oid ilmlarini oltiga bo'ladi va ularning har biriga quyidagicha baho beradi.

1.Aniq fanlar hisob, handasa(geometriya), jug'rofiya va boshqalar. "Bu narsalarda dinga aralashilmaydi. Ular aniq hujjatlarga asoslangan ilmlar. Shu bois ularni inkor qilib bo'lmaydi. Ammo, musulmonlar bu narsalarni ko'rib, falsafaga oid hamma narsa shu kabi bo'ladi, deb aldanib qolmasliklari kerak", deb ta'kidlaydi.

859

2.Mantiq. Bunda ham dinga tegishli narsa yo'qligi, mantiqda aqliy o'lchovlarga nazar solish, isbot muqaddimalar shartlarini o'rganish, ularning tarkibidan xabardor bo'lish zarurligi uqtiriladi.

3.Tabiiy ilmlar. Bu ilmlarda ham dinga bog'liq narsalar yo'q. Ular hammasi tajribaga suyanadigan narsalar. Shuning uchun bularni ham inkor qilib bo'lmaydi.

4.Siyosiy ilmlar. Faylasuflarning bu sohadagi barcha gaplari dunyoviy ishlarga bog'liq narsalardan iborat bo'lib, ularning ko'pi Alloh taolo payg'ambarlarga nozil qilgan kitoblardan qolgan gaplardan olganlar. Shuning uchun, bularning ham dinu diyonatga tegishli joyi yo'q.

5.Axloqiy ilmlar. Faylasuflarning bu boradagi ko'p gaplari sufiylarning gaplariga to'g'ri keladi. Ulardan islom ta'limotiga to'g'ri keladiganini olib, boshqalarini tark qilish lozim, deb ko'rsatgan mutaffakir.

6.Ilohiyotga oid ilmlar. Bu borada faylasuflar o'zlari mantiqda yo'l qo'ygan shartlarga vafo qilmaydilar, ulardan tashqariga chiqdilar va katta xatolarga yo'l qo'ydilar. G'azzoliy asosan faylasuflarni xuddi shu borada tanqid qiladi.

Ko'pchilik falsafa haqidagi tanqidiy gaplarni umumiylashgan holda tushunib xato qiladi.

Imom G'azzoliy o'sha davr falsafa dunyosida tanilgan allomalarni o'z izlanishlari, tajribalariga asoslanib 3 guruhga ajratganini ham takidlashimiz lozim. Uning fikricha, falsafa, falsafiy ilmlar bilan shug'ullanayotganlar asosan quyidagilardir.

1 .Daxriylar;

2.Tabiatshunoslar;

3.Ilohiyotchilardir.

Daxriylar bu - ular Alloh taoloning borligini inkor qilgan va olam o'zini o'zi yaratgan deydigan zindiqlardir2.

Tabiatshunoslar esa, Alloh taoloning borligini e'tirof qilsalar ham, qayta tirilish va so'rovni inkor qilganlari uchun dindan chiqqanlar, deydi mutafakkir.

Ilohiyatchilar haqida baho berib, mutafakkir shunday ta'kidlaydi: Bular ilohiyot haqida baxs yuritgan Suqrot, Aflotun, Arastu, Forobiy va Ibn Sinoga o'xshash faylasuflardir. Ularning ba'zi gaplarini e'tirof qilishdan boshqa chora yo'q. Misol uchun, Alloh taoloning borligini e'tirof qilishlarini inkor qilib bo'lmaydi. Ammo, ba'zi gaplarida ular adashib qolganlar3, deb yozadi. Imom G'azzoliygacha falsafa islomga qarshi hujum qilar va musulmon ulamolari himoyalanish bilan kifoyalanar

2 Zindiq-Allohga oxirat kuniga ishonmaydigan inson. G'azzoliyning zamonida islom diniga e'tiqod qilmaganlarni zindiqlar,deb atashgan.

3 http: Imom G'azzoliy -www.islom.uz

edilar. G'azzoliy esa, o'zi falsafani yaxshi bilgani uchun, uning ayblarini anglab yetganligi uchun, bevosita unga shiddatli va ayovsiz hujum qilishni yo'lga qo'ydi. U ko'pchilikka falsafa nima, faylasuf kim hamda maqsadlari qandayligini anglatib olgandan keyin uni tanqid qilishga o'tdi. Bu ishni G'azzoliy asosan «Tahofutul falosifa» nomli kitobida amalga oshirdi. Ushbu kitobning muqaddimasida G'azzoliy o'sha paytlarda boshqalardan o'zlarini yuqori tutadigan toifalar chiqqanligini, ular islomiy ibodatlardan bosh tortayotganliklarini, dinga shior bo'lgan namozga o'xshash narsalarga past nazar bilan qarayotganlarni va boshqa afsuslanarli holatlar bo'layotganini aytadi, so'ngra mazkur shaxslarning kufurga ketishlari sababi haqida quyidagilarni aytadi: "Ammo, ularning kufrlarining sababi Suqrot, Buqrot, Aflotun, Arastu kabi ulug' ismlarni, ularning izdoshlaridan aqillari o'tkirligi, usullarining go'zalligi, handasa, mantiq, tabiat va ilohiyotga oid ilmlarining nozik joylarigacha bilishlari haqidagi maqtovlarni buyuk aql sohibi bo'lganlari uchungina g'aybiyotni yaxshi tushuna olishlarini eshitgandir. Shuningdek, ana o'shalar aqli o'tkir bo'lishi va fazil ko'p bo'lishiga qaramay, shariatlar va dinlarni inkor qilishi, dinlar to'qib chiqarilgan hiyla-nayrangdan iboratligini e'tiqod qilishlari haqidagi hikoyalarni tinglagani va g'oyalardan ta'sirlanganlaridandir"

G'azzoliy o'zinig "Tahofutul falosifa" ("Faylasuflarning mantiqsizligi") kitobiga to'rtta muqaddima yozgan. Birinchisida o'z uslubini, ikkinchisida faylasuflarning holini, uchinchisi va to'rtinchisida ularning shariat bilan to'qnashadigan va to'qnashmaydigan ilmlarni bayon qilgan. Keyin esa, faylasuflarni tanqid qilishga o'tgan. Bu tanqidlar ilohiyotga va metafizikaga oid o'n oltita hamda tabiat ilmlariga tegishli to'rtta masalani o'z ichiga olgan. G'azzoliy mazkur yigirma masaladan uchtasida faylasuflar kufrga ketganligi haqida qarorga kelgan.O'sha uch masala quyidagilar:

1.Faylasuflarning olam qadimdir degan gaplari. Faylasuflar o'zlarinig turli aqliy dalillaridan kelib chiqib, olam qadimdir, u keyin paydo bo'lgan ham emas, uni birov yaratgan ham emas, degan fikrni aytganlar. G'azzoliy ularga olam qadimiy ilohiy iroda ila mavjud bo'lgani, o'sha iroda olamni ma'lum vaqtda vujudga kelishini iroda qilgan. Undan oldin mavjud bo'lishi iroda qilinmagan edi. Shuning uchun u paydo bo'lmagan. Yangi paydo bo'lgan yangi narsa esa, silsila ila oxirgi va qadimgi sababga borib taqaladi. O'sha sabab, Alloh taolo ekanligi ta'kidlanadi.

2.Faylasuflarning Alloh taolo juz'iy narsalarni bilmaydi degan gaplari. Faylasuflarning fikricha Alloh taolo faqat sobit kulliyotlarnigina biladi. Shu narsa uning kamoliga mos keladi. Juziy-mayda narsalar o'zgarib turadi. Shuning uchun ularga bog'liq ilm ham o'zgarib turadi. Ilmning o'zgarib turishi esa, Alloh taoloning

kamoliga to'g'ri kelmaydi. Alloh taolo insoniyatning amallarini to'p shaklida umumiy holda biladi, xolos. Odamlardan alohida shaxslarning qilgan amalini bilmaydi. G'azzoliy Alloh taolo o'sha juz'iy amallarning barchasini o'zgarmas bitta ilm ila bilishini ta'kidladi.

3.Faylasuflarning oxiratda jasadlarning qayta tug'ilishini inkor qilishi. Ularning fikricha, oxiratda faqat, ruhlar qayta tiriladilar, xolos. Binobarin, jannatda jismimiz lazzatlanishi va do'zaxda azoblanishi ham bo'lmaydi. G'azzoliy esa, jismlarni yo'qdan bor qilishga qudrati yetgan Alloh taolo ularning chiriganidan keyin qayta tiriltirishi osonroq ekanligini ta'kidladi.

Demak, G'azzoliy yashagan o'rta asrlarda g'aybiyot al-ilm4 haqida falsafiy tortishuvlar avj olgandi. Bu tortishuvlarda hamma, jumladan, musulmonlar ham ishtirok etardi. Ammo, ayni musulmonlar ichidan mazkur tortishuvlardan odamlarga hech qanday naf yo'qligini anglab yetganlar ham chiqdi. O'shalardan eng ulug'i hujjatul islom Abu Homid G'azzoliy edi. U falsafani chuqur o'rgangan edi. O'zining haqiqatni izlash yo'lida olib borgan izlanishlari davomida haqiqat falsafada bo'lsa, ajab emas, degan fikrga ham borgan edi. Ammo falsafa u kishi axtarayotgan haqiqatni bera olmasligini tushindi. G'azzoliy falsafaning eng katta xatolaridan biri g'ayb olami-metafizika haqidagi tortishuvlar ekanligini ochiq-oydin aytadi. Bu fikrning to'g'riligini isbotlash uchun faylasuflarning metafizikaga oid tortishuvlaridan bir nechtasini oldi. Misol uchun olamning azaliyligi yoki keyin paydo bo'lganligi haqidagi misolni mufassal qarab chiqdi.

Faylasuflarning mazkur tortishuvlari oxiriga yetishi mumkin emas. Chunki ular o'zlaridan mutlaq g'ayibdagi narsa haqida tortishishmoqda. O'zlari ichida turgan olamning asli haqida tortishishni ularga kim qo'yibdi? Biror narsa haqida baho berish uchun uning tashqarisida bo'lish kerak. Olamning ichida turgan odam uning azaliy yoki yangi paydo bo'lganini qayerdan bilsin? Uning o'rniga inson qo'l ostida turgan narsalarni o'rganishga harakat qilishi kerak deydi G'azzoliy. Misol uchun, nega temirni olovga tutsak u kuymaydiyu, paxtani tutsak kuyadi? Mana shu masalani o'ylab ko'rish kerak. Paxta o'zida kuyishga qobiliyati borligi uchun kuymoqdami yoki olovdagi kuydirish qobiliyati ila kuymoqdami?

G'azzoliyning bu fikrlari musulmonlarda tajribaviy ilmlarning kelib chiqishiga sabab bo'ldi. G'azzoliy tajribaviy ilmlarni kelib chiqishiga turtki bo'lgan fikr sohibi sifatida dunyo ilmini tarixida munosib joy olgan ulkan aql sohibi bo'lgan musulmon shaxs sifatida mashhur bo'ldi. O'rta asrlarda mazkur nazariyaga amal qilish oqibatida,

4 G'aybiyot olami(metafizika)-his qilish doirasidan tashqaridagi olam ya'ni, inson sezgi a'zolari orqali bilishi mumkin bo'lmagan olam. Metafizika lugaviy ma'nosi yunoncha-fizikadan keyin degani. Falsafaning bir bo'limi.

862

islom olamida tabiiy ilmlar keng rivoj topdi. Ulardan asta-sekin yevropaliklarga o'tdi va ular bu ilmlarni yana ham rivojlantirib, katta muvaffaqiyatlarga erishdilar.

Imom G'azzoliy va boshqa musulmon olimlari insonga o'zidagi aql va zakovotni o'zinig imkoni darajasida, o'ziga foyda beradigan tarzda ishlatishni taklif qiladilar. Insonning aql darajasidan tashqarida ming tortishsa ham foyda bermaydigan g'aybiy olam metafezikaga oid ma'lumotlarni esa tayyor ishonchli manbadan ya'ni, Alloh taoloning o'zi dinlar orqali bergan xabarlardan olishni taklif qiladilar. Diniy aqidalarga oid ma'lumotlar aynan g'aybiyot olami- metafezikaga taaluqlidir. Uchta olam mavjuddir: ularning biri zohiriy, ikkinchisi botiniy olam bo'lsa, har ikkisining orasida yana bir olam-ruhiy olam o'rin olgan.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda XI asr oxiri-XII asr boshlarida jamiyatning ma'naviy ahvoli yangi bir bosqichni-uyg'unlashuv va muvozanatga o'tishni taqozo etardi. G'azzoliy ijodi ushbu ehtiyojga eng mukammal javob bo'ldi. O'zaro baxs va nizolar o'rniga el ma'naviyatida shunday bir uyg'un, shunday bir muvozanat taklif etildiki, uning barcha toifa va yo'nalishlar, barcha ijtimoiy guruhlar va fikriy oqimlarga o'zaro yaqinlashuv imkoniyatini beruvchi qudrat va mazmunga boyligi yaqqol sezildi. G'azzoliy sunna va tasavvuf qadriyatlarini uyg'un ekanligini isbotlab qo'ya qolmay, iymon, ilm va irfonning yaxlitligini mantiqiy asoslab berdi, shu bilan birga G'azzoliyning ilmiy-ijodiy faoliyati mintaqa xalqlari ijtimoiy birdamligiga va ma'naviy komolotini islom marifatchiligi bosqichidan tassavvuf bosqichiga uzul-kesil olib o'tib qo'yishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ldi.

REFERENCES

1. Alisher Navoiy Saddiy Iskandariy. Nasriy bayoni bilan. T.: G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa birlashmasi 1991. -B.513

2. Ma'naviyat yulduzlari. Mas'ul muharrir: M.M.Xayrullaev. T.: A.Qodiriy nomilagi xalq merosi nashriyoti, 1999., 321-b.

3. Qodirov, M. (2021). UCHINCHI RENESSANS HAQIDA BA'ZI MULOHAZALAR. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(2).

4. Qodirov, M. (2022). AKADEMIK XAYRULLAYEV-MA'NAVIYATIMIZ DARG'ASI (1931-2004). Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(2), 13-19.

863

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.