Научная статья на тему 'ALLA – O‘ZBEK BOLALAR FOLKLORI JANRI SIFATIDA'

ALLA – O‘ZBEK BOLALAR FOLKLORI JANRI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
4706
271
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Beshik qo‘shiqlari / folklor / alla / janr / ikkilik / to‘rtlik / parokanda / voqeaband / she’riyat / xonadon qo‘shig‘i / allaning tarbiyaviy kuch-qudrati / she’riy merosi / tarbiyaviy estetik mohiyat. / Lullabies / folklore / alla / genre / duality / quartes / scatterd / event / poetry / house song / Allah’s educational power / poetic heritage / educational aesthetic essence.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Nargiza Abdurashid Qizi Umurzaqova, Kamola Baxromovna Nasirova

Ushbu maqolamizda milliy qadriyatlarimiz gultoji bo‘lmish xalq allalarining janr sifatida o‘rganilishi, ularga bo‘lgan e’tibor, xalq allalarining mohiyati, janr xususiyati, hamda bola tarbiyasida tutgan o‘rni kabi masalalarni ilgari surgan tadqiqotchilarimiz va ularning tadqiqotlari xususida so‘z yuritamiz. Shuningdek, Alla qo‘shiqlarining janr sifatida o‘rganilishi borasida Oxunjon Safarovning o‘ziga xos talqini va bu talqinga o‘z munosabatini bildirgan olimlarning fikrlari bilan qiziqdik.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ALLA AS A GENRE OF UZBEK CHILDREN'S FOLKLORE

This article discusses our researchers and their research, which raises issues such as the study of folk gods as a genre, the essence of folk gods, the nature of the genre, as well as their role in the upbringing of children. We were also interested in Akhunjon Safarov’s unique interpretation of the studiy of Alla’s songs as a genre and the opinions of scholars who commented on this interpretation.

Текст научной работы на тему «ALLA – O‘ZBEK BOLALAR FOLKLORI JANRI SIFATIDA»

ALLA - O'ZBEK BOLALAR FOLKLORI JANRI SIFATIDA

Nargiza Abdurashid qizi Umurzaqova Kamola Baxromovna Nasirova

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat til va adabiyot universiteti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolamizda milliy qadriyatlarimiz gultoji bo'lmish xalq allalarining janr sifatida o'rganilishi, ularga bo'lgan e'tibor, xalq allalarining mohiyati, janr xususiyati, hamda bola tarbiyasida tutgan o'rni kabi masalalarni ilgari surgan tadqiqotchilarimiz va ularning tadqiqotlari xususida so'z yuritamiz.

Shuningdek, Alla qo'shiqlarining janr sifatida o'rganilishi borasida Oxunjon Safarovning o'ziga xos talqini va bu talqinga o'z munosabatini bildirgan olimlarning fikrlari bilan qiziqdik.

Kalit so'z: Beshik qo'shiqlari, folklor, alla, janr, ikkilik, to'rtlik, parokanda, voqeaband, she'riyat, xonadon qo'shig'i, allaning tarbiyaviy kuch-qudrati, she'riy merosi, tarbiyaviy estetik mohiyat.

ALLA AS A GENRE OF UZBEK CHILDREN'S FOLKLORE

ABSTRACT

This article discusses our researchers and their research, which raises issues such as the study of folk gods as a genre, the essence of folk gods, the nature of the genre, as well as their role in the upbringing of children.

We were also interested in Akhunjon Safarov's unique interpretation of the studiy of Alla's songs as a genre and the opinions of scholars who commented on this interpretation.

Keywords: Lullabies, folklore, alla, genre, duality, quartes, scatterd, event, poetry, house song, Allah's educational power, poetic heritage, educational aesthetic essence.

Insoniyat tafakkurining tamal toshi bo'lmish alla qo'shiqlari hususida so'z yuritar ekanmiz, turli millat tadqiqotchilari allaning ya'ni beshik qo'shiqlarining paydo bo'lishi haqida o'z qarashlarini bayon etganlarini e'tirof etish joiz. Sababi bu sirli qo'shiq zamirida insoniyat ma'naviyatining yuksalish qoni oqar ekan, dunyodagi har bir xalq hayot yo'lini alla, ya'ni beshik qo'shiqlarisiz tasavvur qila olmaymiz. Izlanishlarimiz natijasida shuni guvohi bo'ldikki, rivoyatlardan ma'lum bo'lishicha alla qo'shiqlari qadimda, Odam Ato va Momo Havo davrida paydo bo'lgan. Vaqt o'tishi bilan har bir davrning o'ziga xos jihatlari bilan uyg'unlashgan holda mukammalashib, yaxlit bir janr sifatida shakllangan.

Alla-bolalar folklori janri sifatida dunyo xalqlari adaboyotida fikr, mulohazalar yetarlicha. Bu janr o'zbek bolalar folklori janri sifatida ham bir qancha tadqiqodchilarimiz tomonidan o'rganilib, o'ziga xos tavsiflarga ega bo'lgan. Shuningdek, professor To'ra Nafasof allalarning tuzilishi xususida so'z yuritar ekan, allalar xalq qo'shiqlarinnng bir janri sifatida o'ziga xos tuzilishga ega ekanligini ta'kidlaydi. Professor To' ra Nafasovning fikriga ko'ra allalarning bandi miqdori turlicha. Eng kichigi ikkiliklardan iborat. To'rtliklar allalarning asosini tashkil etadi. Beshlik, oltilik, sakkizlik va undan ko'p misrali allalar ham mavjud. Hatto 20 misralik allalar ham yozib olingan. Ko'rinadiki, allalarning misralarida cheklanish, deyarli, yo'q. Allalarning miqdori allachining holati, kayfiyati, bilag'onligi, zukkoligi, donoligi, she'riyatga munosabati kabi qator omillarga bog'liqdir. To'rtliklar shaklidagi allalar tuzilish jihatidan xalq qo'shiqlariga o'xshab ketadi. O'xshash deyish albatta shartlidir, ya'ni faqat misralarning miqdorida bir xillik bor. Mazmunan tubdan fardlanadi, aytuvchilari ham, yaratuvchilari ham o'zga-o'zga shaxslar, aytilish makoni va zamoni ham farqli. To'rtliklarning 1-2-misralarida onaning falsafiy va hayotiy mulohazalari, tabiat va jamiyat haqidagi kuzatuvlari natijasi, turli-tuman fikrlari aks etgan bo'ladi. To'rtlik allalarning ana shu boshlanish qismi qo'shiqlar misralaridagi fikrga, ohangga mos. Ammo so'nggi 3-4-misra bola haqidagi fikrlar: istak, orzu, umid, niyat, tilak, xohish, kelajak rejalari va shunga o'xshash mazmundagi misralar bilan ifodalanadi.

Bu qismning mundarijasi qatiy, faqat farzand tasviri. Allaning maxsuslanishi ana shunda namoyon bo'ladi. Osmonlarda uchar qush, alla, Uchar qushning yo'li bo'sh, alla, Uxlab yotsang allangda, alla, Onang ko'ngli bo'lar xush, alla.

Ikki misralik allalar ham anchagina. Ikkiliklar, asosan, bola ta'rifi mazmunida tuzilgan. Bunday misralar sonini oshirish oson, tovush tuzilishi oson va bir xil jaranglaydigan so'zlar tanlanadi, ularga sifatlashlar qo'shiladi, natijada to'rt, besh, olti va undan ko'p misrali allalar yaratiladi. Bu tur allalarning boshi va oxirida «alla-yo, alla» birikmasi takrorlanadi,

O'zbek allalari — xonadon qo'shig'i. Ayol jinsiga mansub kishi uni yoshligidan o'rganadi, tevaragida onasi aytgan alla qulog'ida qoladi, xotirasiga muhrlanadi, alladagi yaxshi fikrlar, ibratlar, umumlashmalar xonadondagi katta-kichikning shuuriga singadi. Ona alla orqali oiladagi kishilarning barchasiga ezgulik tarqatadi. U ezgulik jilvasi ila yaxshi fikrlar mujassamlangan she'riyat orqali oila azolarini ipsonparvarlik g'oyalari bilan oziqlantiradi. Allaning tarbiyaviy kuch-qudrati buyuk, u faqat chaqaloq uchun yaratilgan she'riyat emas, u ayni vaqtda kattalarning ham she'riy merosi. Shuning uchun uni yoshlarga

urgatish, maktab darsliklariga kiritish, yoshlikda alla matnlarini xalq ijodi namunasi sifatida o'qitish zarurati bor.

Alla qo'shiqlarining bolalar folklori janri sifatida filologiya fanlari nomzodi, dotsent Oxunjon Safarov ham o'z tasnifini aytib o'tgan. Uning fikriga ko'ra alla ijtimoiy-estetik qimmatiga ko'ra ikki vazifani bajaradi: birinchisi, bolalarni uxlatishdan iborat. Bunday allalab ovutish va uxlatish maqsadida kuylash jarayonida namoyon bo'ladi.

Xuddi shu asnoda ikkinchi vazifasi -tarbiyaviy estetik mohiyati namoyon bo'ladi: bu allaning emotsianal ta'sirchanligidan kelib chiquvchi hususiyati bolib, bolani kuy og'ushida hayot bilan tanishtirish, ohanglar vositasida hayot ma'nosini anglashga yo'l ochish, shu zaylda estetik didini o'stirish maqsadiga qaratilganidadir. Abu Ali Ibn Sino allaning ana shu xususiyatini ming yil ilgariyoq payqab, shunday degan edi: "Bolaning mijozini kuchaytirmoq uchun unga ikki narsani qo'llamoq kerak. Biri bolani sekin-sekin tebratish, ikkinchisi, uni uxlatish uchun odat bo'lib qolgan musiqa va allalashdir. Shu ikkisini qabul qilish miqdoriga qarab bolaning tanasi bilan badantarbiyasiga va ruhi bilan musiqaga bo'lgan iste'dodi hosil qilinadi"1. Tebratish ham bir necha usullar va beshik, belanchak kabi vositalar orqali amalga oshirilishi mumkin. Bu jarayonlar har-bir xalqning etnografik xususiyatlari bilan chambarchas bog'liq. Aytaylik, o'zbek yoki tojiklarda allaning kuylanish ohangi tebratishning muvozanati va ritmiga mos bo'lib, bunda tebratilayotgan narsa beshikmi yoki belanchakmi-hammasining alla ohangiga mutanosibligiga qat'iy rioya qilinadi. Fransuzlarda alla shaqildoq jo'rligida kuylanishi haqida ma'lumotlar mavjud . O'zbeklarda ham beshik yoki belanchakka shaqildoq bog'lash adati bo'lsa-da, baribir, tebranish ritmiga mos ovoz bilangina allaga jo'r bo'linadi, fransuzlarda alla kuyi shaqildoq jo'rligida hosil qilinishi bilan ajralib turadi.

Abu Ali Ibn Sinoning allaga oid mulohazalari uni janr genezi (kelib chiqishi) ni belgilashda g'oyat qimmatlidir. Allalarning Ibn Sino zamonidayoq Markaziy Osiyodagina emas, balki u kezgan O'rta va Yaqin Sharq mamlakatlarida yashovchi xalqlar orasida muhim ahamiyat kasb etganligi, o'z an'anaviy hususiyatlariga ega mustaqil janr sifatida keng tarqalganligini turkiy xalqlar o'rtasida "balu-balu" nomi bilan yuritilganligini "Devoni lug'otit turk" dagi ma'lumotlar ham tasdiqlaydi. Alisher Navoiy ham Farhodning beshikdagi ahvolini shunday tasvirlaydi: Arusi charx tun-kun doya kirdor, Bo'lib har tavri holidin xabardor. Beshik davrida chiniyu xitoyi, Bo'lib yuz no'sh lab doston saroyi. Ko'zining nozi eldin eltib uyqu,

1 Abu Ali Ibn Sino. Tib qonunlari. I kitob, Toshkent, 1959, 293-b

2 Бек-де-Фукьерею Игры древних. Киевю 1890. С 43.

Anga uyqu keturmakka navogo' .

Ushbu misralardan ko'rinadiki, shoir alla aytuvchini "navogo'" deya ta'riflayotir. Binobarin, "navogo'" alla aytuvchi, ma'nosini ifodalaydi. Bu dalilning qimmati shundaki, Farhod tarbiyasi bilan shug'ullanuvchilar safida maxsus allachi yoki alla aytuvchi enaga ham bo'lganligini tasdiqlaydi. Ana shu tasdiq, o'z navbatida, alla ijrochiligining mahsus san'at-navogo'ylik darajasida tadrijiy takomilga erishganligini, shu soha bilan shug'ullanuvchilarning navogo' sifatida alohida e'tibor qozonganliklarini yaqqol ko'rsatdi. Jahon madaniyati taraqqiyotiga salmoqli hissa qo'shgan ana shu uch buyuk siymo-Abu Ali Ibn Sino, Mahmud Koshg'ariy va Alisher Navoiyning bu guvohliklari allaning uzoq zamonlardan beri xalqimiz turmushiga, bolalar tarbiyasiga keng va chuqur singiganidan dalolat beradi.

Allalarni onalar dunyosisiz , sezgilarisiz, tashvishlarisiz tasavvur etib bo'lmaydi, biroq bularning barchasi instingtiv tug'ma sezgirlik tarzida emas, balki, ming yillar davomida yashagan onalarning necha-necha avlodlari yaratgan hayot tajribalari sifatida, ularning qanchadan-qancha yanglishuvlari, ajralishlari, kuyinishlaridan tug'ilgan achchiq saboq sifatida yuzaga kelgan. Shu ma'noda allalar "onalarning instingtiv faoliyati natijasi bo'lmay, balki ijtimoiy tajribalar, ijtimoiy ong mahsuli"4 hisoblanadi. Ular ona-shoira bilan ishchi-tarbiyachining bir siymoda birlashgan vaqtida, asl, o'lmas poeziya sifatida hamma adabiyotlarning boshlang'ichi bo'lib vujudga kelganlar5. Zotan, allalarda onalik mehru saxovati, dardu iztiroblari, orzu armonlari, sevgi-yu hijronlari, quvonchu o'kinchlari, ayriliqu aldanishlaripog'onama-pog'ona silsilaviylikda o'sib boradi. Buni rus allashunosligi onalik tuyg'ularining uch bosqichi sifatida xarakterlab, ularni bir-biridan shunday ajratib ko'rsatadiki6, bu holni o'zbek allalarida ham ko'rish mumkin.

Birinchi bosqich. Bunday allalarda bolani o'rab olgan muhit ifodasi bo'rtib turadi, aniqrog'i bola bilan bog'liq predmetlar: beshik, belanchak va boshqalar ta'riflanadi. Ammo bu poetik ta'rif ona shaxsiy kechinmalaridan, onalik tuyg'ularidan xoli bo'ladi. Shunisi ham borki, bu tipdagi rus allalarida bolani uni o'rab olgan muhit bilan tanishtiriishga alohida e'tibor beriladi. Shu maqsadda turli-tuman qushlar va hayvonlar poetik maqtovida ularning ham salbiy, ham ijobiy hususiyatlarini ko'rsatishgan. O'zbek allalarida esa, asosan, beshik yoki belanchakning maqtovi bilan cheklanadi. Hayvonlar, qushlar va hashoratlar poetik ta'rifidan tarkib topgan allalar yo'q hisobi. Ammo o'zbek allalarida hayvonlarning bolalari va qushlar nomi bilan aloqador erkalash ohangi bor: bolalar qo'zichoqqa, toychoqqa, toyloq yoki bo'taloqqa,

3 Alisher Navoiy. Xamsa. Toshkent, 1960, 277-b.

4 Мельников М.Н. Русский детский фольклор Сибири. С. 37. 1970.

5 Горький М. Адабиёт хакида. Тошкентб 1967. 339- б.

6 Ветухов А. Народные колыбельные песни. М., 1892, с. 131.

bulbulga, suqsurga , lochinga qiyoslanib, e'zozlanadi. Bunday qiyoslash aslida o'sha jonivorlarga bo'lgan samimiy munosabat zamirida tabiiylik kasb etgan .

Ikkinchi bosqich. Bi xildagi allalarda bola taqdiri asosiy o'rinda turadi. Lekin endi oila bola taqdiriga befarq qaray olmaydi. Bola taqdiriga bog'liq o'y-kechinmalar onaning shaxsiy kechinmalari fonida chuqurlasha boradi: fikr bola atrofida aylansa-da, unga onalik tuyg'ulari ham aralasha boradi. Ammo bu chuqurlashuv hali bir qadar sayozroq, aralashuv esa bir qadar daxlsizroq kechadi. Bunga ona qalbining uyg'ona boshlashi va undagi to'lg'anish darajasi sabab bo'ladi. Huddi shu jarayonda alla ohangiga didaktik yo'nalish-ahloqiy-tarbiyaviy qarashlar singa boradi. O'zbek allalarida bola taqdiri bilan bog'liq didaktik yo'nalish g'oya sezilarli ekanligini alohida ta'kidlash

о

lozim .

Uchinchi bosqich. Bunday allalar allago'ylikning yuqori bosqichli mahsullari hisoblanadi. Chunki bu hildagi allalarda ona qalbining to'anishlari behad chuqurlashib, endi u o'z tuyg'ulari girdobiga g'arq bo'lib qoladi. Natijada-eng aziz narsa-bolasini ham unutib qo'yadi. o'zi bilan o'zi ovora bo'lib, bolasi borligini xayolidan soqit qiladi, dardlarini, tashvishlarini, yuragidan sizib chiqqan mayin, lekin bir qadar horg 'inroq monoton ohangdakuylab yoradi, shu monoton ohangdan taskin topganday bo'ladi. O'zbek allachiligida bu xildagi allalar ancha. Buning sababini o'zbek onalari repertuarining qashshoqligi, binobarin og'ziga qay bir qo'shiq tushsa, unga alla naqoratini qo'shib kuylagani bilan izohlash tovg'ri emas. Bu o'rinda folklorshunoslikning onalar repertuari bo'yicha, undagi allalar soni 3-7 tagacha yetgach, ixtisoslashgan allachilik bosqichi shakllanadi va huddi shu davrda ona o 'z tuyg'ulari asirasiga aylanadi, degan xulosa asoslidir9. O'zbek allachiligida bu xildagi allalarning xiyla ko'pligi sababini ham ana shu mantiqqa suyanibizohlamoq darkor. Garchi bugungi kunda bunday professional allachilarni uchratish qiyinroq bo'lsa-da, har holda 2-3 tagacha alla kuylovchilar topiladi. Ehtimol, ulug' Navoiy e'tirof etgan NAVOGO' lar o'sha davrning ixtisoslashgan allachilari bo'lganliklaridan bu xildagi allalarning ko'proq yaratilishi va kengroq yoyilishiga ta'sir ko'rsatgandirlar?!

Shuni aytish kerakki, o'zbek folklorshunosligida allalarning kompozitsion butunligini so'z, ohang va harakat birligida, shu so'zlarning o'zaro mantiqiy aloqadorligida ko'rish hanuzgacha ilmiy taomilga kirganicha yo'q. Jumladan M. Alaviya "Alla, asosan, to'rtlikdan tashkil topgan bo'lsa ham, ba'zi allalovchi to'lqinlanib ketsa davom ettirib, boshqa misralarni ham qo'shib yuboradi va bir-biriga yaqin to'rtliklarni aytib, bu bilan o'zining tilak, armonini izhor etadi"10,-degan mulohaza bilan uning tarkibiy tuzilishini ma'lum ma'noda cheklab qo'ygan. Haqiqatdan, to'rtlik shaklidagi band o'zbek allalarining yetakchi tarkibiy uzvi

7 O. Safarov. Alla-yo alla. Toshkent, 1999 yil 140 b. 13-bet.

8 O. Safarov. Alla-yo alla. Toshkent, 1999 yil 140 b. 14-bet.

9 Мельников М.Н. Русский детский фольклор Сибири. С. 37 М., 1914, с. 145.

10 Аллавия М. Узбек халк маросим кушиклари. Тошкент: "Фан", 1974. 132 б.

hisoblanadi. Ammo bu bilan barcha o'zbek allalari faqat to'rtlik shakldan iborat deyish to'g'ri emas. Chunki o'zbek onalari repertuarida faqat birgina uchlik, beshlik, oltilik, yettilik va sakkizlik shaklidagi allalar ham shuningdek, uchlik, beshlik, oltilik, yettilik va sakkizlik shaklidagi bir necha banddan tarkib topgan yagona g'oyaviy-estetik mazmunga ega allalar ham mavjud. Bu xildagi strofik rang-baranglik onaning allaning kuylayotgan vaziyatdagi kayfiyatining natijasi bo'lib, bu kayfiyatda ifodalanishi kutilgan niyatning salmog'i, yo'nalishiga bog'liq. O'zbek allalarida shunday ichki bir mantiq borki, u qaysidir bir ishorada harakat, ohang va mazmun birligini ta'minlab turadi. Shu fikrning dalili sifatida tubandagi allani ko'zdan kechiraylik: Alla-yo alla, Oppoq qizim, alla, Qaymoq qizim, alla, Go'zal qizim, alla, Asal qizim, alla, Oqcha qizim , alla, Zoqcha qizim, alla. Sanam qizim, alla, Tamtam qizim, alla. Erka qizim, alla, Serka qizim, alla. Chaman qizim, alla, Saman qizim, alla.

Ko'rinib turibdiki, bu alla erkalash xususiyatiga ega. Unda strofik bo'lak -ikkilik shaklda. Barcha qofiyadosh so'zlar sifatlash (epitet) vazifasini bajargani holda nuqul satr boshida kelgan: "qizim, alla" murojaatnomasiesa monoton mayin ohangni ta'minlovchi tarkibli radif bo'lib, butun alla davomida ohang va kuyning yaxlitligini, yagona oqimda davom etishini ta'minlab turibdi. Sifatlovchiq ofiyadosh so'zlarda onaning qizalog'iga bo'lgan chuqur mehri xilma-xilqiyoslash va o'xshatishlarda tovlanib turadi. Shu qiyoslash va o'xshatishlarni yuzaga keltirgan narsa va hodisalarning aksariyati qay bir xususiyati bilan uxlatilayotgan qizaloq xususiyatlarini yoki qiyofasini ochishga qaratilganqizining erka bo'lish istagi serkaning holatini esga olganda jonlilik kasb etgani singarioqcha qizining "chug'ur-chug'yri", zog'cha "chug'ur-chug'uri" ni xotirga keltiradi. Shu bahona ona qizalog'ining nafaqat tashqi sifatlarini (oppoqligi, go'zalligi, chopqirligi va h.k.), balki, ma'naviyatiga xos yumshoqlik, vazminlik va boshqa belgilarini ham poetic ta'riflab turib, shu ijobiy fazilatlarni o'z jigargo'shasida ko'rishni istaydi, shu istagini mehrga yo'g'rilgan pardalarda mayin kuylaydi. Onalar o'zlari xush yoki noxushliklaridan qat'iy nazar farzandlariga hamisha mehribonlik qila oladilar. Shundan bo'lsa kerak, ular farzandlarini erkalata turib, uyqu chaqirganlarida eng nafis ranglarni tanlashga, ularni

nazokat bilan bog'liq tuyg'ularni ko'rsatishga xizmat qiluvchi sifatlashlarga murojaat qilishadi: shu niyatda qo'zichoq, qo'chqor, olqor, toychoq, saman, toyloq, bo'taloq, kiyik, serka, bulbul, qizil gul obrazlarida farzandlari qiyofasiga xos bir fazilatni ko'rgilari kelib, shular vositasida farzandlarini ko'rgilari kelib, shular vositasida farzandlarini e'zozlashadi.

Oxunjon Safarov o'z tadqiqotlarida o'zbek allalarini mazmun va kompozitsiya jihatdan parokanda va voqeaband allalarga bo'linishini aytib o'tgan. Tadqiqodchi allalarni mazmun jihatdan maishiy va tarixiy allalar mavjud ekanligiga urg'u beradi. quyidagi turlarga bo'lib o'rganadi va har bir turning o'ziga xos jihatlarini ko'rsatib o'tadi.

1.Parokanda; 2. Voqeaband; 3. Maishiy; 4.Tarixiy

Har bir mustaqil mazmun bildiruvchi to'rtlik allalar parokanda xisoblanadi. Parokanda - tartibsiz, tarqatilgan ma'nosini ifodalaydi. Binobarin, parokanda allalarning har birini alohida aytish mumkin.

Voqeaband allalarda misralardagi mazmun bir-biriga bog'lanadi, ya'ni voqeasi bandlangan - bog'langan bo'ladi. Ularni oldinma-keyin aytish mumkin emas.

Ma'lum bo'ladiki, voqeaband allalarning mazmunan birligi ularni aralash yoki almashtirib ijro etishga yo'l qo'ymaydi. Maishiy allalarda lirik yo'nalish yetakchi bo'ladi. Agar avvalgi tur allalarda ona maqsadi, asosan, alla aytishga qaratilgan bo'lsa, maishiy turda ona endi alla aytishdan ham ko'proq o'zining ichki g'amini, dard-xasratini ifodalaydi. Endi alla faqat vosita vazifasini o'taydi. Bosh maqsad esa, his-tuyg'uni ifodalashga qaratilgan bo'ladi.

Tarixiy allalar nisbatan kam aytilgan. Ularda muayyan davr, voqea-xodisa aks etgan.

Shuningdek alla qo'shiqlarining janr sifatida o'rganilish masalalari yuzasida so'z yuritar ekanmiz Muzayana Allaviyaning ham bu boradagi qarashlarini e'tirof etish joiz.

Alla qo'shiqlari xususida qancha so'z yuritsak ham oz. Fikrimizcha, bu qo'shiqlar maktab darsliklariga ham kiritilishi, 6-sinf adabiyot fani dasturidan o'rin egallagan "Xalq qo'shiqlari" mavzusi tarkibida o'rganilishi lozim. Shunda alla qo'shiqlarining xalq og'zaki ijodida tutgan o'rni, uning inson ruhiy kamolotida o'ziga xos mavqe, bolalar folklori janri sifatida eng salmoqli va keng ko'lamli qo'shiqlar sirasiga kirishi hususidaqi qarashlar har bir inson ongida o'zi aksini topadi va qadim tarixga ega alla qo'shiqlarimizning gullab-yashnashida asosli turtki bo'la oladi.

REFERENCES

1. Abu Ali Ibn Sino. Tib qonunlari. I kitob, Toshkent, 1959, 293-b

2. Бек-де-Фукьерею Игры древних. Киевю 1890. С 43.

3. Alisher Navoiy. Xamsa. Toshkent, 1960, 277-b.

4. Мельников М.Н. Русский детский фольклор Сибири. С. 37. 1970.

5. Горький М. Адабиёт хдкида. Тошкентб 1967. 339- б.

6. Ветухов А. Народные колыбельные песни. М., 1892, с. 131.

7. O. Safarov. Alla-yo alla. Toshkent, 1999 yil 140 b. 13-bet.

8. Мельников М.Н. Русский детский фольклор Сибири. С. 37 М., 1914, с. 145.

9. Аллавия М. Узбек халк маросим кушиклари. Тошкент: "Фан", 1974. 132 б.

10. Librariy.adti.uz

11. https//www. pinterest.ru

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.