Научная статья на тему 'ALISHER NAVOIYNING SAMARQANDDAGI FAOLIYATI'

ALISHER NAVOIYNING SAMARQANDDAGI FAOLIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Mutafakkir / islom huquqshunosligi / Boburnoma / mashhur shaxslar / ilm / ijod / g‘amxo‘rlik.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Pardayeva Iroda Mamayunusovna

Деятельность Aлишера Hавои в Cамарканде. В 1464-1469 годах Алишер Навои побывал в Самарканде, считавшемся одним из крупнейших научнообразовательных и культурных центров, где встретился и учился у известных ученых своего времени. Жизнь и творческая деятельность хазрата Навои в Самарканде были отмечены выдающимися учеными Навои В.Абдуллаев Б.Валихожаевы подробно освещены в своих произведениях. В этой статье рассматриваются эти исследования

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ALISHER NAVOIYNING SAMARQANDDAGI FAOLIYATI»

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ALISHER NAVOIYNING SAMARQANDDAGI FAOLIYATI

Pardayeva Iroda Mamayunusovna

Samarqand davlat chet tillar instituti dotsenti, (PhD)

Аннотация. Деятельность Алишера Навои в Самарканде. В 1464-1469 годах Алишер Навои побывал в Самарканде, считавшемся одним из крупнейших научно-образовательных и культурных центров, где встретился и учился у известных ученых своего времени. Жизнь и творческая деятельность хазрата Навои в Самарканде были отмечены выдающимися учеными Навои В.Абдуллаев Б.Валихожаевы подробно освещены в своих произведениях. В этой статье рассматриваются эти исследования.

Kalit so'zlar : Mutafakkir, islom huquqshunosligi, Boburnoma, mashhur shaxslar, ilm, ijod, g'amxo 'rlik.

https://doi.ors/10.5281/zenodo.14060833

Annotation. Activities of Alisher Navoi in Samarkand. In 1464-1469, Alisher Navoi visited Samarkand, which was considered one of the largest scientific, educational and cultural centers, where he met and studied with famous scientists of his time. The life and creative activity of Hazrat Navoi in Samarkand were noted by outstanding scientists of Navoi V.Abdullaev B.Valihozhaev and covered in detail in their works. This article discusses these studies.

Mutafakkir shoir va davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy taqdir taqozosi bilan hayotining eng gullagan davri bo'lmish yigitlik chog'ini qadimiy va navqiron Samarqandda o'tkazadi. U bu shaharga mashhur shoir sifatida keldi, ammo bu yerda o'zining ilmini juda ko'p sohalarda takomilga yetkazib, yetuk olim sifatida Hirotga qaytib ketdi. Navoiyning "Majolis-un nafois" va "Nasoyimul-muhabbat" asarlaridan bu yerda kechirgan hayoti va faoliyati haqida ko'p ma'lumot olish mumkin.

Alisher Navoiy va Samarqand mavzui haqida so'z ketganda akademik Vohid Abdullayevning siymosi gavdalanadi. Vohid Abdullaev bu mavzuni 30 yillarning oxirlarida ustod Sadriddin Ayniyning maslahati bilan navoiyshunoslikka birinchilar qatorida keng o'rganib, maqola va risolalar yozib qoldirgan va umrining oxirigacha (1985 yil) undan ko'ngil uzolmagan edi.

Navoiyning Samarqandga boshlab kelgan asosiy sabab nimada edi? Akademik B.Valixo'jayevning[3;12] ma'lumotiga ko'ra, bu savolga har xil javob va izhorlar berilgan. Jumladan, Xondamir "Makorim ul-axloq»da shunday deydi: "Sulton Abu Saidning podshohlik davrida zo'r olim va donishmandligi tufayli ikkinchi Abu Ali Sino laqabini olgan mudarris xoja Fazlulloh Abulaysiyning huzuriga Samarqandga borib, u janobning xonaqohidan hujra oldi. Bir qancha vaqt tegishincha ilm tahsil qilishga kirishdi. Xoja janoblari har vaqt u zotning ta'bidagi o'tkirlikni maqtar va boshqa talabalardan uni ortiq ko'rardi".

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Zahiriddin Muhammad Bobur esa o'zining mashhur "Bobumoma"sida bu masalani quyidagicha izohlaydi: "Bilmon ne jarima bila Sulton Abu Said Mirzo (Navoiyni) Hiridin ixroj qildi. Samarqandg'a bordi. Necha yilkim Samarqandda edi, Ahmad Hojibek murabbiy va muqavviysi edi. Alisherbekning mizoji nozuk bila mashhurdir... bu sifat anga jibilliy ekandur. Samarqandta ekanda ham ushmundoq nozuk mizoj ekandur".[4;212]

Bu ikki muallifning biri -Xondamir Alisher Navoiy tarbiyasida voyaga etgan, uning suhbatlaridan bahramand bo'lgan shaxs bo'lsa, ikkinchisi Zahiriddin Muhammad Bobur Navoiyni shaxsan ko'rgan emas. Shunday bo'lsa-da, bu ikki muallif masalani yoritishda ikki xil yondoshganday bo'lib tuyuladi. Jumladan, Xondamir nuqtai nazari bo'yicha Alisher Navoiyning o'zi "ilm tahsil qilish maqsadida Samarqandga kelgan, Boburning fikricha, "Bilmon ne jarima bila Abo' Said Mirzo Hiridin ixroj qildi. Samarqandg'a bordi".

Diqqat qilinsa, ikki muallif mazkur masalaga doir bir-biriga yaqin fikrni ifoda etgan. Faqat farq shundaki, Bobur "bilmon ne jarima (gunoh) bila Abu Said Mirzo Hiridin ixroj (chiqarish, surgun qilish, haydash) qildi",- deb uning (Bobur) uchun noma'lum bo'lgan gunohi tufayli Navoiyning Hiridin ixroj qilinganini yozadi. Ammo u "Samarqandg'a ixroj qildi" tarzida mulohaza yuritmaydi. Balki Abu Said Navoiyni Hiridin ixroj qilgan, Alisher Navoiy Samarqandg'a bordi tarzida fikr yuritadi. Demak, Hiridin ixroj qilingan Alisher Navoiy endi qayoqqa borish mumkinligini o'bdon o'ylagan va Abu Said Mirzodan uzoqroqda, uni biladigan kishilar muhitida bo'lishni ham hisobga olib, o'zi Samarqandga borishni ixtiyor qilgan degan ma'no kelib chiqadiki, bu fikr Xondamirning mulohazalari bilan hamohangdir. Bu esa Alisher Navoiyning "Majolis un- nafois"da A'loyi Shoshiy haqida so'z yuritib, "faqir Samarqandg'a borg'onda..."hamda Yusuf Badeiy zikrida: "faqir tahsil uchun Samarqandg'a borg'onda", tarzida fikr yuritgani bilan ham uyg'undir. Shunday qilib, Abu Said Mirzo Navoiyga Hirotdan chiqib ketishni buyurgan, ya'ni ixroj qilgan.

Bu farmonga bois bo'lgan sabablar Bobur uchun noma'lum. Bu sabablarni aniqlashda Navoiyshunos olimlardan Olim Sharafiddinov, Sadriddin Ayniy, Vohid Abdullaevlar ancha mehnat qilib, o'z asarlarida ma'lum xulosalarga kelganlar. Bunga bir qator tadqiqotchilar turli sabablarni ko'rsatsalarda, eng muhimi shoirning bu haqdagi o'z guvohligidir. Alisher Navoiy ustozi Sayyid Hasan Ardasherga yozgan she'riy maktubida Samarqandga borishining uchta sababini keltiradi. Oldingi ikki sabab shoirning Hirotdagi ijtimoiy-maishiy ahvoli bilan bog'liq bo'lsa, uchinchisini esa o'zining tasavvuf yo'liga kirishni ixtiyor qilgani bilan izohlaydi. Buning uchun unga ma'naviy rahnamo - ustoz lozim edi. Alisher Navoiy Samarqandda rasman fiqh - islom huquqshunosligi yo'nalishida oliy ta'lim olgan. Diniy-ma'rifiy ruhning hazrat Navoiy asarlari qat-qatiga singib ketishida Samarqandda olgan ta'limining sezilarli o'rni bo'lgani tabiiy. Keyinchalik bu o'rgangan ilmlari Alisher Navoiyning shar'iy masalalarga bag'ishlangan "Siroj ul-muslimin" asarining yozilishida ham katta rol o'ynagan.

Akademik B.Valixo'jayev fikrlariga tayanadigan bo'lsak, haqiqatdan ham Navoiy Samarqanddaligida o'sha paytdagi naqshbandiya tariqatining peshvosi Xoja Ubaydulloh Ahrori Valiy (1404-1490) suhbatlaridan bahramand bo'lgan. Alisher Navoiy shu maqsadini amalga oshirish uchun ham safar mashaqqatini yelkasiga oladi. O'zining bu ishtiyoqini she'riy maktubida shunday ifodalagan:

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Menikim, bu savdo nizor ayladi, Havas ilgida beqaror ayladi... Urarmen qadam toki borg'uncha gom Ki, bo'lg'ay muyassar manga ushbu kom. Agar bo'lsa bu yo'lda umrum talaf, Chu bu yo'ldadur ul ham erur sharaf.

Navoiyni eng avvalo Samarqanddagi ma'naviy muhit o'ziga jalb qilgan. Ulug' maqsadi yo'lida o'ziga rahnamo bo'ladigan insonni shu muhitdan qidirib topishga umid bog'lagani buning isbotidir. Navoiy o'z asarlarida qaysiki shaharlarni mehr-muhabbat bilan tilga olga bo'lsa, ularning orasida, albatta, Samarqand ham tilga olinadi. "Saddi Iskandariy" dostonida Samarqandning tarixi haqida soz yuritarkan, uning bunyod etilishini Iskandar Zulqarnayn faoliyati bilan bog'laydi:

Iskandar otodi Samarqand ani, Samarqandi firdavsmonand ani...[2;243] Hazrat Navoiy hayotning mazmunini, sharafi va obro'yini ilmda ko'radi. Uning uchun olimlar payg'ambarlardan so'ng eng hurmatu e'zozga loyiq kishilardir. Shoir Samarqandga kelishi bilanoq ikki yil Xoja Fazlulloh Abulays as-Samarqandiy madrasasida tahsil bilan band bo'ldi. Alloma vafot etgach, boshqa bir oliy dargoh - bu yerdagi naqshbandiya tariqati rahnamosi Xoja Nosuriddin Ubaydulloh Ahrori Vali xonaqohida tez-tez bo'lib, uning suhbatlaridan bahramand bo'ldi. O'zining asarlarida ma'lumot berishicha, bu ikki yirik shaxs uni "farzandim", deya e'zoz-ikrom etishgan. Shoir qaysi g'oya va mavzularni ko'tarinki ruh bilan kuylar ekan, ilm va ma'rifat g'oyasi, albatta, ularning o'zagini tashkil qilgan.

"Majolis un-nafois" asarida Navoiy bu yerlik boshqa mashhur shaxslar haqida ham ma'lumot beradi. Xususan, Samarqand hokimi Ahmad Hojibek Vafoiy, uning mulozimi Mavlono Nosiriddin, Orif Farkatiy, Xoja Fazlulloh Abulays as-Samarqandiyning o'g'illari Xoja Xovand, Xoja Xurd (Samarqand qozisi), donishmand alloma Uloyi shoshiy va b.

Navoiyning Samarqanddagi faoliyatini uch yo'nalishda talqin etish mumkin, bu: 1) shoirning davlat arboblari, din peshvolari va donishmand allomalar huzuridagi suhbatlari; 2) uning Samarqandda bo'lgan va bu yerda o'tgan mashhur shaxslar haqida samarqandliklardan ma'lumot olishi; 3) Samarqandda tanishgan yoru do'st va birodarlari bilan munosabatida o'tgan qiziq voqealar.

Navoiy donishmand alloma Mavlono Uloyi Shoshiy ziyoratiga borganligini hikoya qiladi. Bu olim Samarqandda shunchalik mashhur ediki, uni bu yerliklar Mavlono Sharafiddin Ali Yazdiyga teng ko'rib, tilga olishar edi. Xushtab' inson ekanligini hamma e'tirof etar edi. Shoir "Majolis un-nafois"da shunday yozadi: Men Samarqanddaligimda bir kuni olim huzuriga bordim. U oyog'i sinib, to'shakka mixlanib yotar edi. Qoshida o'ltirdim va ketar chog'imda unga "A'lo" ("'Ulo") ismi hosil bo'ladigan bir muammo yozib qoldirdim: Dur bod az tu dardu zahmati po, Dushmanatro balo nasib 'ano.

Men huzuridan chiqqach, kim ekanligimni surishtirib bilib, mening ismim (Alisher) hosil bo'ladigan bir muammo yozib, bir shogirdidan berib yubordi. O'sha muammo mana bu: Chashmi tu maro didu manash nek nadidam,

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Chun sher bubinam zi tu - in ast umidam.

Mavlono shu dard bilan olamdan o'tti, qabri Samarqanddadir.

Shoir Mirzo Ulug'bek madrasasida bo'lib, bu yerda Shayx Sayyid Qosim Anvor, Shayx Sa'diddin Ko shg'ariy va Mavlono Nuriddin Abdurahmon Jomiy bo'lganliklari, madrasada mudarrislik qilganliklari haqida eshitadi. Bu olimlar asarlaridan - Sayyid Qosimi Anvorning "Anisul-oshiqiyn", "Tavajjuhnoma", "Savolu javob" kabi, Mavlono Jomiyning madrasa talabalari uchun darslik sifatida yozgan "Sharhi Mullo" asarlari bilan tanishadi. U Mirzo Ulug'bek saroyi shoiri, podshoh qasidago'yi Mavlono Sakkokiy haqida ham shu yerda ma'lumot olgan bo'lishi mumkin. "Bu shoir ijodi haqida har xil gaplar yurar ekan, go'yo uning she'rlarini ba'zi bir shoirlar o'g'irlab olishgan, degan. Samarqandda shunaqa gaplar ko'p ekan", deb yozadi Navoiy.

Navoiyning podshoh vafotidan so'ng o'n besh yillar o'tgan bo'lsa-da, hanuz faoliyatda bo'lgan Rasadxonaga borib, unda hamon faoliyat yuritib turgan Ali Qushchi va uning shogirdlarini ko'rganligi, tanishganligi mantiqqa mos keladi. U bu yerda bo'lgan, ilmi nujumni o'rgangan, olimlar bilan tanishgan. Bu haqda sovet olimlari asarlarida yozilmaganligining sababi shuki, o'sha davr siyosiy mafkurasi Hazrati Xoja Ahrori Valiyni reaksion din vakili sifatida qoralab, uni podshoh qatli, Rasadxonaning buzilishi, olimlarning quvg'in qilinishiga asosiy sababchi shaxs qilib ko'rsatganligi bilan izohlanadi. Vaholanki, bunday hodisalar mutlaqo bo'lmagan. Navoiyning "Munshaot"idagi maktublardan ma'lumki, Xoja Ahrori Vali keyinchalik Xuroson vaziri bo'lmish Navoiyga Jomiy orqali maktub yo'llab, Ali Qushchining shogridlari bilan birgalikda Istambulga o'tib ketishi uchun yordam ko'rsatishini iltimos qilgan. Hazrati shayx o'zi o'ldirtirgan odamning shogirdi, o'zi quvg'in qildirgan shaxs haqida shunday iltimos qilishi mumkin edimi!?

Shoir Samarqandda Abu Said Mirzo tomonidan shahid etilgan tog'asi Muhammad Ali G'aribiy haqida ma'lumot beradi, balki uning qabrini ziyorat ham qilgandir? Mirzo Ulug'bekning o'g'li Abdullatifni padarkush sifatida taassuf bilan tilga oladi.

Samarqand nafaqat Alisher Navoiy yashagan temuriylar davrida, balki qadimdan ilmu ma'rifat o'chog'i sifatida dong taratgan.

Navoiy taassurotlarining eng qiziqarli sahifalari uning yoru do'stlari, yosh olim va shoirlar bilan qilgan muloqotlarida aks etgan. Shoir bu yerdagi do'stlari va tanishlari sifatida Harimiy Qalandar, Mavlono Tarxoniy, Mavlono Mir Qarshiy, Mavlono Javhariy, Mavlono Xovariy, Mavlono Halvoiy, Mavlono Riyoziy, Mavlono Safoiy, Mavlono Yusuf Badiiy, Mavlono Hoji Sug'diy, Mirzobek, Xoja Kamoliddin Udiylarni "Majolis"da qayd etadi.

Alisher Navoiy nafaqat diniy ilmlarni o'zlashtirish bilan kifoyalanib qolmay, tabiiy fanlarga ham katta qiziqish bilan qaragan. Bundan ma'lum bo'ladiki, U Samarqandda bunday ilmlarni mustaqil tarzda o'qib-o'zlashtirgan bo'lishi ham mumkin. Navoiyning Ulug'bek madrasasi va rasadxonasi bilan tanishgani haqida bevosita ma'lumotlarga ega bo'lmasak-da, lekin uning Ulug'bek rasadxonasi va unda olib borilgan ilmiy izlanishlardan yaxshi xabardor bo'lgani deyarli barcha asarlaridan sezilib turadi. Ayniqsa, Alisher Navoiyning tabiiy fanlar haqidagi bilimlari va tushunchalari uning "Hiloliya" qasidasi, "Farhod va Shirin", "Saddi Iskandariy" va "Tarixi anbiyo va hukamo" asarlarida yaqqol namoyon bo'ladi.

Alisher Navoiy uchun Samarqand ilmiy maktabi nafaqat uning ijodida, balki ijtimoiy

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

faoliyatida ham tub burilish yasadi. U Samarqanddagi madrasa ta'limi tizimini keyinchalik Xurosonda ham izchil yo'lga qo'ydi. Tarixchi Xondamirning ma'lumot berishicha, Hirot shahrining o'zida bevosita Navoiyning tashabbusi va homiyligi bilan "Ixlosiya" va "Nizomiya", tibbiy ilmlar berishga ixtisoslashgan "Shifoiya" madrasalari, "Xalosiya" xonaqohi, bundan tashqari Marv shahridagi "Xusraviya" madrasalarining ta'sis etilgani buning misolidir. Xondamirning yana alohida e'tirof etishicha, "Ixlosiya" madrasasi va "Xalosiya" xonaqohida dunyoning turli mamlakatlari va burchaklaridan bir necha ming talaba kelib, qisqa vaqt ichida o'z bilimlarini takomillashtirishga muvaffaq bo'lganlar.

Alisher Navoiy o'z madrasalarida ustoz mudarrislarning ham moddiy ta'minotni o'ylamay tinch va osoyishta ilm, ijod bilash shug'ullanish, talabalarga saboq berishlari uchun yetarli sharoit yaratishga jiddiy e'tibor qaratgan. Bu ham o'z samarasini ko'rsatmasdan qolmagan, o'sha paytda Hirotda ilm-fan, san'at gurkirab rivojlangan. Xondamirning birgina "Makorim ul-axloq" asarining o'zida Alisher Navoiyning g'amxo'rligi va homiyligidan ilhomlanib yaratilgan ko'plab ilmiy asarlarining tasnifi berilgani ham buning isbotidir.

Alisher Navoiy ta'sis etgan madrasalardagi o'qish-o'qitish tizimining ba'zi o'ziga xos jihatlari, olimlar va talabarga to'lanadigan nafaqa va maoshlar haqida uning o'zi "Vaqfiya" asarida ma'lumot bergan.

Tez orada Husayn Boyqaro Samarqandga maktub bitib Navoiyni ortga qaytishga undaydi. Navoiy Xurosonga katta shodiyona bilan qayt-gani Samarqandda bitilgan ushbu baytda ham yaqqol kozga tashlanadi:

Ey Navoiy, yor uchun tortar eding g'urbatda ranj, Yo'lg'a tush, emdi ravonroqkim, azimat qildi yor.

Navoiy shu taxlit to'rt yilga yaqin umrini Samarqandda kechirdi.

Foydalanilgan adabiyotlar :

1. Алишер Навоий. Мажолис ун-нафоис. - Тошкент: Фанлар академияси нашриёти, 1961. - Б. 100-124.

2. Алишер Навоий. Мукаммал асарлар туплами. Йигирма жилдлик. 16-жилд. - Тошкент: Фан, 2000. - 336 б

3. Valixo'jayev B. Navoiy Samarqandda (1988)//Elektron resurs//

4. Зах,ириддин Мухдммад Бобур. Бобурнома. -Тошкент, Шарк, 2002. - Б.334

5. Salohiy Dilorom Alisher Navoiy devonlarining Samarqand nusxalari. Alisher

Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari № 67 (Xalqaro konferensiya materiallari) 2022-yil 8-fevral "Adast poligraf' Toshkent -2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.