Научная статья на тему 'ALISHER NAVOIY KULLIYOTLARININGMANBASHUNOSLIK TADQIQI'

ALISHER NAVOIY KULLIYOTLARININGMANBASHUNOSLIK TADQIQI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Interpretation and researches
Область наук
Ключевые слова
kulliyot / manba / motabar / qolyozma / nusxa / nashr / faksemel nusxa / matn.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Qutfiddin Dehqonov

Ushbu maqolada Alisher Navoiy qalamiga mansub asarlar kulliyotlarining manbashunoslik tadqiqi amalga oshiriladi. Nisbatan motabar manba hisoblangan qolyozmalar ozaro taqoslanib, ular ortasidagi farqlar tahlil qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ALISHER NAVOIY KULLIYOTLARININGMANBASHUNOSLIK TADQIQI»

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 19 (41) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

ALISHER NAVOIY KULLIYOTLARININGMANBASHUNOSLIK TADQIQI

Qutfiddin Dehqonov

O'zbekiston Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi

3-bosqich tayanch doktaranti

Annotatsiya: Ushbu maqolada Alisher Navoiy qalamiga mansub asarlar kulliyotlarining manbashunoslik tadqiqi amalga oshiriladi. Nisbatan motabar manba hisoblangan qolyozmalar ozaro taqoslanib, ular ortasidagi farqlar tahlil qilinadi.

Annotation: In this article, the source studies of the collections of works written by Alisher Navoi are carried out. Manuscripts considered to be relatively reliable sources are compared and the differences between them are analyzed.

Kalit sozlar: kulliyot, manba, motabar, qolyozma, nusxa, nashr, faksemel nusxa, matn.

Key words: collection, source, authority, manuscript, copy, publication, facsimile copy, text.

Navoiy kulliyotlari ustida amalga oshirilishi zarur bo'lgan muhim vazifalardan biridunyoning turli muzey, arxiv va kutubxonalaridasaqlanayotgan qo'lyozmalarining to'liq ilmiy-tavsifiy monografiyalarini ishlab chiqish;asarlar matni ustida tizimli ishlash: matniy-qiyosiy tadqiqlarini amalga oshirish, manbalarni matndan kelib chiqqan holda asos, tayanch va yordamchi manbalarga tasniflash, manbalarning xattotlar tomonidan ko'chirilish tarixi, xattotlar ko'chirish uslubi, kulliyot holiga keltirilish tamoyillari,kulliyotlardan asarlarning joylashish tartibi va holati, kulliyot tarkibiga kirgan asarlarning mukammalligi,matnda kotiblar tomonidan yo'l qo'yilgan kamchiliklarni tekshirish, kulliyotlarning ilmiy-tanqidiy matnini tayyorlash va b.

Alisher Navoiy qalamiga mansub asarlarni o'z ichiga jamlagan qo'lyozma kulliyotlarshoirning hayotlik chog'laridanoq boshlangan bo'lib, vatanimiz tarixida yashab o'tgan deyarli har bir hukmronsulola davrida shoir asarlari, xususan, uning kulliyotlaridan nusxalar ko'chirish, keyinroq ularning toshbosma va bosma nusxalarini tayyorlash an'ana tusini olgan. Chunonchi, Qo'qon xonligining ma'rifatparvar hukmdorlaridan biri Muhammadalixon (1808-1842-yillarda yashab, 1822-1842-yillarda hukmronlik qilgan), o'zi ham "Xon" taxallusi bilan nozikta'bli she'rlar yozish bilan birga madaniyat va ma'rifatga, xususan, adabiyotga alohida homiylik qilgan. Jumladan, aynan uning hukmronlik vaqtida Hazrat Navoiy kulliyotlaridan uch yuz nusxa ko'chirilib xonlikning barcha shaharlariga tarqatilgan. Ulardan uch nusxasi hozirgi kunda O'zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti Qo'lyozmalar fondida, bittasi O'zR FA Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi fondida saqlanmoqda. Davlat adabiyot muzeyi

fondida mavjud bo'lgan nusxa ^UK" nomi ostida №163 inventar raqam ostida saqlanayotgan qo'lyozma bo'lib, uning tarkibida "Badoye ul-bidoya" devonining muqaddimasi, "Xazoyin ul-maoniy" ("Chor devon") jamlanma devoni, "Xamsa", "Mahbub ul-qulub" kabi asarlar mavjud. Qo'lyozmaning ko'chirilish sanasi1266/ 1849-1850-yillarga to'g'ri keladi. Istiqomat joyi hozirgi kunda Farg'ona viloyati Dang'ara tumani Urganji qishlog'i (Qo'qon shahri yaqini)dan bo'lgan mulla Ismoil Xoja ibn Muhammad Sharif Xoja Urganji ( ^Ij^ ^¿j^ ^^ C JeU^I

tomonidan ko'chirilgan. Kulliyotning umumiy hajmi 406 sahifadan iborat. O'lchami - 30x54 sm, matn o'lchami esa - 19x36 sm. Muqovada hammasi bo'lib, uchta muhr mavjud. Tarkibiga kirgan barcha asarlarning boshlanmasiga naqshinkor unvonlar chizilgan. Har bir bob sarlavhalari qizil rangli siyoh bilan ajratib ko'rsatilgan9.

XV-XIX asrlardaNavoiy kulliyotlarining o'z davri mohir kotiblari tomonidan ko'chirilgan nusxalarishoir ijodining to'la-to'kis o'rganilishi, "Mukammal asarlar to'plami"ning tayyorlanishi;shoir asarlarining ilmiy-tanqidiy, yig'ma-qiyosiy, ilmiy-ommabop (akademik) nashrlarining yuzaga kelishida muhim ahamiyat kasb etgan.

Shoir asarlari qo'lyozmalari uch yarim mingdan ortiq bo'lib, dunyoning yuzdanziyod kutubxonalarida saqlanmoqda.Eng ahamiyatli jihati ushbu uch yarim mingdan ortiq nusxani o'zida jamlagan fond va kutubxonalar jahonning eng mashhur markazlari sanaladi. U qadar ko'zga tashlanmagan jahonning chekka-chekka muzeylarida, shaxsiy kutubxonalarda ulug' mutafakkir asarlari qo'lyozma, toshbosma, bosma, faksimile kabiko'rinishlardagi yana minglab nusxalari mavjud ekanligi shubhasiz.

Shoir asarlari XV asrdan to XIX asr so'nggi choragigacha yagona usulda: faqat xattotlar vositasida qo'lda ko'chirilib tarqatilgan.Shoir asarlariningturli sulolalar davrihamda turli xil ijtimoiy toifalarning ehtiyoji, saviyasiga qarab tuzilishi natijasida yuzaga kelgan xilma-xillik ularning kitobat shaklining qay yo'sindaligi; kitobat uslubida qanday qog'ozdan foydalanilganligi, kitob formati, foydalanilgan siyohi, ko'chirilganvaqti va joyi, qaysi xat turidan foydalanilganligi, ichki va tashqi bezaklari, sahifalarning taqsimlanishi, matnlarning joylanishi, qo'lyozmaning tashqi va ichki muqovalari, hoshiya va kollofon yozuvlari; qo'lyozmalarning tarkibiy xususiyatlari,adabiy tur hamda janr jihatidan tanlanishi, turi,soni,asarlarning to'liq, to'liqsizligi, hajmi, jildlarga taqsimlanishi kabi ichki xususiyatlarda yaqqol namoyon bo'ladi.

Shoirkulliyotlarinimuallifning shaxsan o'zi tomonidan tuzilgan qo'lyozma va shoir vafotidan so'ng musanniflar tomonidan kitobat qilingan kulliyotlarga ajratishimiz mumkin.

9Navoiy. Kulliyot. -Toshkent: O'zR FA Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi Noyob qo'lyozmalar va nodir toshbosma kitoblar fondi, №163.

Ma'lumki, "kulliyot" ("^K") so'zi arabcha bo'lib, "jamlangan", "to'plangan", "bir joyga yig'ilgan" ma'nolarini bildirib, ma'lum ijodkorga tegishli bo'lgan barcha asarlarining bir jild ostida jamlanishiga nisbatan qo'llanadi. Kulliyotning uzoq asrlardan buyon yashab kelishida shoirlar asarlarining bir joyga jamlay olishi, davrlar silsilasida yo'qolish xavfining kamayishi, shoir asarlari soni va uning asarlari qaysi kitoblardan iboratligi borasida to'laqonli ma'lumotni bera olishi, kitobxonga bir vaqtning o'zida ijodkor jami asarlari bilan bevosita tanishish imkoniyatini taqdim eta olishi, saqlash va olib yurishga qulayligi kabi jihatlari muhim rol o'ynagan. Biroq har bir ijodkor o'z asarlarini jamlab kulliyot tuza olmagan yoxud vafot etgan shoir va adiblarning orqasidan dabirlar hammasining asarlarini jamlab kulliyot tuzavermaganlar. Buning uchun ijodkordan zamonasi va kelajak avlod uchun manfaatli, o'z davrining durdonasi bo'lgan bir nechta asarlar yozish talab etilgan. Mana shundayulug'vor vazifani Shayx Sa'diy Sheroziy, Hofiz Sheroziy, Amir Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy, Nizomiddin Mir Alisher Navoiy, Mirzo Abdulqodir Bedil, Xislat, Mavlono Xarobotiy kabi Sharq mumtoz adabiyotining eng yetuk vakillari amalga oshirishga muyassar bo'lishgan.

Navoiy kulliyotlari orasida eng yetuk namunalardan biri hozirgi kunda Istanbulning mashhur Usmonli turklar hukmdorlari qarorgohi sanalgan To'pqopisaroyi (hozir muzey)ga qarashli Revan kutubxonasida№808inv.da saqlanmoqda. Qo'lyozmaHirotda taxminan hijriy 901yoki 902-yilda kitobat qilingan bo'lib, milodiy hisob bilan 1496-1497-yillarga yoki 1498-1499-yillarga to'g'ri keladi, ya'ni mazkur kulliyot jamlanayotgan vaqtda Hazrat Alisher Navoiy hali hayot bo'lgan.Ushbu manba Alisher Navoiyning shaxsan o'zi yoxud dabir (kotib)laridan biritomonidan o'qib berib turilishi yordamida shoirning zamondoshi Darvesh Muhammad Toqiy (j^ ^^ Jyjj^)tomonidan ko'chirilgan. Shuning uchun ham mazkur nusxaga muallif kulliyoti, muallif nusxasi deb ham qarash mavjud. Bunday to'xtamga kelishgaasar boshlanmasida Hazrat Alisher Navoiy tomonidan yozilgan so'z boshi -munojot ham asos bo'lgan. Kulliyot ustidan mukammal ilmiy monogfarik tavsifni Ogoh Sirri Levend amalga oshirgan. Mazkur o'rinlarni qayd etishda ham ayrim munozarali o'rinlar yechimlarini topishda bir necha bor ushbu olim tomonidan e'lon qilingan materiallarga murojaat etildi10 .Kulliyotningfotonusxasi O'zR FA Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyida saqlanmoqda.Qo'lyozmaning mikrofilmi mazkur ilmiy tadqiqot institutiga adabiyotshunos olim, Emil Essen yordami bilan olib kelingan. Fotonusxa mukammal ko'rinishda ishlangan bo'lib, o'quvchiga hech qanday qiyinchilik tug'dirmaydi, faqatgina hoshiya yozuvlarigina chiqmay qolgan11.

10 Agah Surri Levend, Ali Sir Nevai, II cilt, Ankara, Türk tarih kurumubasimevi, 1966, 6. 3-4.

11 Alisher Navoiy. Kulliyot. IstanbulTo'pqopikutubxonasi №808 qo'lyozmasining O'zR FA Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyida saqlanayotgan Noyobqo'lyozmalarvanodirtoshbosmakitoblarfondi faksimile nusxasi.

Ko'chirilish jarayonlari bilan bog'liq qo'lyozmaning ikki o'rnida tarixberilgan. Kulliyot hammasi bo'lib ulug' mutafakkirning 26 asarini o'zida jamlagan.

Matnlarni ko'chirishda Xurosonda tayyorlangan jiloli ipak qog'ozidan foydalanilgan bo'lib,Markaziy Osiyoda keng tarqalgan nasta'liqyozuvida mayda xat ko'rinishida qora siyoh bilanyozilgan. Har bir sahifa to'rttadan ustunga ajratilgan bo'lib, har bir sahifa 27 qatordaniborat. Sahifalar hajmi: 23,5x32,1 sm.

Kulliyot tarkibiga kiritilgan har asarning boshlanmasida rangli naqshlar bilan bezatilgan lavhalarberilgan. Kitobatning umumiy hajmi 802 varaqnitashkil etib, umumiy bir kitobni tashkil etadi. Kulliyot Hirot madaniy hayotida kitobat san'atining eng go'zal namunalaridan biri sifatida ham shuhrat qozongan.

Shoir kulliyotlarining yana bir nusxasi Sankt-Peterburgda joylashgan Saltikov-Shchedrin nomidagi Davlat Xalq kutubxonasi, №55inv.da saqlanmoqda.Hijriy hosib bilan 904-yilda ko'chirilgan bo'lib, milodiy 1498-1499-yillarga to'g'ri keladi. Mazkur manba ham Hazrat Navoiy hayotlik chog'laridako'chirilgan.Ushbu kulliyot ham To'pqopi nusxasi kabi Hirot kitobatchilik san'atining namunasi sanaladi. Biroq uningkotibi noma'lum. Kulliyotning sahifalari to'liq bo'lmay, ma'lum qismlari yo'qolgan. Ehtimol ko'chiruvchi xattotning ismi mazkur sahifalardabo'lishi mumkin. Qo'lyozmako'p foydalanilganligi sababidan ancha uringan holda yetib kelgan bo'lib, tarkibida faqatgina 12ta asar saqlanib qolgan, kulliyotning kattaqismi yo'qolgan.

Matn nasta'liq yozuvida xushxat ko'rinishda bo'lib, bu manbada ham har sahifa to'rt ustunga bo'lingan. Satrlar soni 27 qatordan iborat. Sahifalar hajmi: 22x33 sm. Lekin mazkur nusxa badiiy naqshlar, sharqona bezaklarsiz ishlangan. Asarlar bir muqovaga jamlangan bo'lib, bizgacha yetib kelgansahifalar soni 552 varaqni tashkil etadi.Kulliyotning mukammal ilmiy monografik tavsifi amalga oshirilmagan. Uning qisqacha manbashunoslik tavsifi S.L.Volin tomonidane'lon qilingan 12 .Mazkur kulliyotning ham to'liq fotonusxasi O'zR FA Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyida saqlanmoqda13.

Mazkur kutubxonada Navoiy kulliyotining yana bir nusxasi mavjud bo'lib, №Dorn 558 inv.da saqlanmoqda. Ushbu nusxa shoirning mukammal va qadimiy kulliyotlaridan biri bo'lib,boshqa nusxalarga nisbatan ko'chirilish jarayoni uzoq vaqtni olgan: hijriy 1004-1007 (milodiy1595/1596-1598/1599)-yillar. Hozirgi kunda Eronda tarkibida qolib ketgan Ozarbayjonning Qizilog'och hududidaxattot Ali Fayziy ^Jc) tomonidan ko'chirilgan bo'lib, safaviylar sulolasiga mansub zamona hukmdorlaridan Farhodxonning talabi va taklifi asosida amalga oshirilgan hamda uning saroyidagi eng qimmatli xazinalar qatoridan joy olgan. Ushbu

12С.Л. Волин, Описание рукописей произведений Навон ваенинградских собрениях, сборник. «Алишер Навои», М.-Л., Изд-во АН СССР, 1946.

13AlisherNavoiy. Kulliyot. Sankt-PeterburgdajoylashganSaltikov-ShchedrinnomidagiDavlatXalqkutubxonasi, №55 inv. qo'lyozmasiningO'zR FA Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi Noyob qo'lyozmalar va nodirt oshbosma kitoblar fondi facsimile nusxasi.

nusxadashoirning 21 asari berilgan. Ishlatilgan xomashyolar oldingi nusxalar bilan bir xil bo'lib, eng toza navli ipak qog'oziga nasta'liq yozuvida ko'chirilgan. Qo'lyozma matni - xushxat.Sarlavhalarni berishda zangori va surx ranglardan foydalanilgan hamda ularning ustidan oltin suvi yugurtirilgan. Mazkur qo'lyozmada ham har bir sahifa to'rttadan ustunga ajratilgan bo'lib, sahifadagi qatorlar soni 25tani tashkil etadi.Sahifa hajmi: 24x34 sm.

Har bir sahifa uchun rangdor bezakli jadvallar ishlangan.Har bir asarning boshlanmasi turli xil ranglardagi naqshinkornaqshlar orasiga olingan unvonlar bilan boshlanadi. Qo'lyozma bizgacha yaxshisaqlangan. Barcha asarlaryagona muqovaga birlashtirilgan bo'lib, jami: 722 sahifanitashkil etadi, Ushbu kulliyotning muxtasar tavsifi Dorn, nisbatan to'liqroq tavsifi yuqoridagi nusxa kabi S.L.Volin tomonidan amalga oshirilgan.

Alisher Navoiy kulliyotining ko'chirilgan nusxalaridan yana biri ParijMilliy kutubxonasida Suppl.Turc.№316-317 inv.da saqlanmoqda. Ushbu nusxaning boshqalaridan farqli tomonlaridan biri shundaki, undan joy olgan badiiy bezaklar o'ta mahorat bilan ishlangan bo'lib, boshqa biror-bir nusxada bu qadar serjilolik, jimjimadorlik, nafislik sezilmaydi.Qo'lyozmaning qachon ko'chirilgani to'g'risida matn kolofonida ma'lumotlar qayd etilgan bo'lib, ungako'ra kulliyot ko'chirilgan sana hijriy hisob bilan 932-933-yillarga, milodiy taqvimga o'girilganda esa 1526-1527-yillarga to'g'ri keladi. Mazkur manba ko'chirilgan joy ham Hirot shahri bo'lib, ko'chiruvchisi mashhur xattotlardan biri - Ali Hijroniy(jüj^ J&).

Ushbu nusxada ham To'pqopi nusxasi kabishoirning 26ta asariberilgan. Umuman olganda, ushbu ikki nusxada farqli jihatlar deyarli mavjud emas. Hatto asarlar ichki matnlarida ham bir xillikni kuzatish mumkin. Bundan kelib chiqqan holda Parij Milliy kutubxonasida manba To'pqopi nusxasidan aynan ko'chirish orqali yuzaga keltirilgan deyish mumkin. Parij nusxasida ham matnlar judago'zal, aniq va tushunarli yozilgan. Bir so'z bilan yatganda qo'lyozma matni - xushxat. Markaziy Osiyoda eng keng tarqalgan yozuvlardan biri nasta'liq yordamida qora siyoh orqali ipakqog'ozga yozilgan bo'lib, har bir sahifa oldingi ikki nusxadagi kabi to'rt ustunga bo'lingan. Bu nusxada sahifa satrlari soni 25 qatorni tashkil etadi. Sahifa hajmi: 27,2x38,6 sm. Har ikki jild 876 varaqdan tashkil topgan. Ichki matnlarda nasta'liqdan foydalanilganiga qaramay asar nomlarini berishda suls yozuvidan foydalanilgan bo'lib, sarlavhalarni alohida ajralib turishi hamda o'quvchining alohida diqqat-e'tiborini o'ziga torta olishi uchun rangli siyohdan foydalanilgan va uning ustidan oltin suvi yugurtirilgan. Sahifalardagi jadvallarni ajratishda ham xuddi usul qo'llanilgan. Kulliyot keyinchalik fransuzlar olimlari tomonidan qizil rangdagi ikkitacharm muqovabilan himoyalangan. Kulliyot tarkibidagi har bir asarning boshlanmasi o'zining alohida badiiyunvoniga ega. Katalogning ilmiy tavsifi dastlab Belin, keyinchalikBloshe tomonidanamalga oshirilgan bo'lib, Belin o'z tavsifini asari

tarkibiga kiritgan bo'lsa, Bloshe uni katalogining bir qismi sifatida taqdim etgan. Mashhur matnshunos olim H.Sulaymonov 1968-yil martda Parij Milliy kutubxonasiga tashrif buyuradi hamda ko'plab qo'lyozmalar qatorida ushbu kulliyot bilan ham mukammal tanishish imkoniyatiga ega bo'ladi.Qo'lyozmaning faksimile nusxasi uchun13x18sm hajmdagi foto variantlarini, asar sarlavha va unvonlari rangli tasvirlarini O'zR FA Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi Noyob qo'lyozmalar va nodir toshbosma kitoblar fondiga olib keladi hamda 1973 -yilda chop ettiradi14.

Alisher Navoiy kulliyotlarining yana bir nusxasi LondondagiBuyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya qo'shma qirolligi Osiyo jamiyatining kutubxonasida№OR47.inv.da saqlanmoqda. Ushbu qo'lyozma yuksak saviyada badiiy mahorat bilan ishlangan. Kulliyotning qachon, qayerda va kim tomonidan ko'chirilganinoma'lum. Qo'lyozma noto'liq bo'lib, ayrim sahifalari yetib kelmaganligidan mazkur ma'lumotlar ushbu sahifalarda qayd etilgan bo'lishi mumkin. Qo'lyozmani o'rgangan matnshunos olimlar barchasi unga ishlatilgan qog'oz, siyoh, tanlangan xat uslubi va badiiy bezalaridan kelib chiqqan holda uni XVI asrning birinchiyarmida ko'chirilgan deya baholashgan.

Qo'lyozma ko'p ishlatilganligidan yaroqsiz holga kelgan, katta qismi tushib qolgan, saqlangan qismida shoirning 16ta asari mavjud xolos. Jamlanma bir necha martalab qayta-qayta muqovalangan, ajralgan sahifalaribirlashtirilgan.Qo'lyozma nasta'liq yozuvida maydalabko'chirilgan, har bir asarningboshlanmasi rangli jadvallar vabadiiy unvonlar bilan bezatilgan.Sahifalar to'rt ustunga ajratilgani holda har bir sahifaga 27 qator jamlangan. Sahifa hajmi: 27,5x34 sm.Qo'lyozma bir muqovaga jamlangan bo'lib, 632 sahifani tashkil etadi.Adabiyotshunos olim, H.Sulaymonov 1968-yilda Londonga uyushtirgan sayohati davomida turkolog Meridit-Ouensning yordamida ushbu nusxani mufassal o'rganib, to'liq tavsifini tuzgan.

Yana bir nusxa Istambuldagi Sulaymoniya kutubxonasida №4056 inv.da saqlanmoqda. Ogoh SirriLevend tomonidan amalga oshirilgan ilmiy tavsifga ko'raushbu kulliyotning ko'chirilgan vaqti, joyi va kotibi noma'lum. Levend tavsifiga qaraganda,qo'lyozma XVI asrning birinchi yarmida ko'chirilgan debtaxminlash mumkin. Bu nusxa biz o'rgangan kulliyotlarning birmunchato'liqrog'i hisoblanadi. Qo'lyozma shoirning 26ta asarini jamlagan bo'lib, eng muhim xususiyatlaridan yana biri o'zining dastlabki muqovasidasaqlanib qolgan. Markaziy Osiyoda eng ko'p qo'llanilgan nasta'liq yozuvida bitilgan bo'lib, har bir sahifa to'rt ustunga ajratilgan. Qo'lyozma 787 sahifadan tashkil topganbo'lib, har bir sahifa hajmi 24x36sm. Ushbunusxaning yagona to'liq tavsifi Levyend tomonidan amalga oshirilgan.

14AlisherNavoiy. Kulliyot. Parij Milliy kutubxonasi Suppl.Turc.№316-317 inv.qo'lyozmasiningO'zR FA Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyiNoyobqo'lyozmalarvanodirtoshbosmakitoblarfondifaksimilenusxasi.

Shoir kulliyotlarining keyingi nusxasi O'zR FA Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi№842. inv.dasaqlanayotgan nusxa sanaladi. XVII asr o'rtalaridaAshtarxoniylar sulolasi hukmdori Abdulazizxon (1645-1680)ning maxsus farmoni bilan xattot Ibod Abdulsamad Buxoriy (^jU^a^Ia^ a^) tomonidan hijriy 1078 (milodiy 1667-1668)-yilda ko'chirib tugallangan bo'lib, asliyatda ushbu kulliyot shaxsiy kutubxona mulki sanalib, Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyiga uning to'liq foto nusxasi taqdim etilgan.

Asar nomlari suls, asarlarning asosiy matnlarimayda nasta'liq yozuvida bitilgan bo'lib, sahifa markaziga joylashgan matnlar25 qator, har bir sahifaning uch taraf hoshiyasiga o'rtacha holatda42 qatordan matn tushirilgan. Qo'lyozma ko'p foydalanilganligidan boshida kelgan ba'zi asarlar yo'qolgan bo'lib, hammasi bo'lib, jami 17ta asar bizgacha yetib kelgan. Sahifalarsoni 337ta bo'lib, har bir sahifa hajmi 18x24sm.

Mazkur ilmiy-tadqiqot institutida Alisher Navoiy kulliyotining yana bir nusxasi mavjud bo'lib, №316inv.da saqlanmoqda.Mazkur nusxaning ko'chirib chiqilishi uchun ham uzoq vaqt talab etilgan bo'lib, hijriy 1240-1245 (milodiy1824-1825-yildan 1829-1830)-yillargacha bo'lgan vaqt oralig'ida Sharqiy Turkistonning Koshg'ar shahrida mashhur uyg'ur adibi, xattot, Abdulrahim Nizoriy (jljj ^ jJIap) tomonidan ko'chirilgan.

Mazkur nusxa Alisher Navoiy kulliyotlarining orasida XIX asrda ko'chirilgan yagona nusxasidir. Qo'lyozmaga shoirning 18ta asari jamlangan. Kulliyot nuqsonsiz ishlangan,hozirga qadar yaxshi saqlangan. Matn an'anaviy nasta'liq yozuvida bitilganiga qaramay, bu nusxa boshqalari singari mayda ko'rinishda emas, balki yirik harflarda yozilgan bo'lib, har bir sahifa to'rttadan ustunga ajratilgan. Har bir sahifaga esa 19-21 qator joylashtirilgan. Qo'lyozma jami 678 sahifani o'z ichiga oladi. Sahifalarhajmi 30x44smni tashkil etadi.

Mazkurqo'lyozmalar Alisher Navoiy kulliyotlarining tuzilish tarixi va va kulliyotchilikdagi an'analarni o'rganishgaasos bo'lishdan tashqarishoir adabiy merosiningmatniy tadqiqi uchun asosiy manba vazifasini ham o'taydi. Bu omilshoirning tiriklik chog'ida Abduljamil kotib vaSultonali Mashhadiy tomonidanko'chirilgan "Xamsa"hamda ayrim terma devonlarihisobga olinmagan taqdirda ulug' mutafakkirijodining uchdan ikki qismi "Xazoyinul-maoniy" ("Chordevon")"Lison ut-tayr"hamda deyarli barcha shoir nasriy asarlarining eng ishonchli qo'lyozmalari XV-XVI asrlarda ko'chirilgan kulliyotlar orqali yetib kelgan.Shunday ekan, kulliyotlarni tayanmasdan navoiyshunoslikning taraqqiyotini tasavvur qilib bo'lmaydi.

Kulliyotlarni qiyosiy-tipologik aspektda tadqiq etishgina har bir nusxaning yutuq va kamchilik tomonlarini yaqqol ko'rsatib beradi.

Uzoq tarixiy-adabiy jarayonlardan ma'lum bo'lishicha, kulliyotlarkamdan-kam hollarda muallif, ko'pincha esa muallif vafot etib ketganidan so'ng kotiblar tomonidan tuzilgan. Navoiy kulliyotining birinchi va asosiy musannifi shoirning o'zi hisoblanadi. Bunga Navoiy vafotidan uch yil oldin(hijriy 901-902, milodiy 14951496 - 1496-1497) mashhur xattot Darvesh Muhammad Toqiy tomonidan Hirotda ko'chirilgan Alisher Navoiy kulliyotining Istanbul To'pqopi saroy kutubxonasida saqlanayotgan nusxa (808inv.) dalil bo'la oladi. Buning yana bir isboti qo'lyozma uchun Alisher Navoiyning shaxsan o'zi kulliyot uchun hijriy 905/milodiy 1499-1500-yillardayozib bergan "Munojot"idir.

Mazkurkulliyotmatnidan kelib chiqqan holda uning kitobat qilinish tarixiga aniqliklar kiritishlozim. Qo'lyozmadagi ikki o'rinda:"Saddi Iskandariy"ning 224b sahifasida hijriy 901 -yil hamda "G'aroyib us-sig'ar"ning 482a sahifasida hijriy 902-yil kotib tomonidan kiritib o'tilgan. Kulliyot tarkibidanhijriy904/milodiy 1498-1499-yillarda yozilgan "Lison ut-tayr" dostoni hamda hijriy 905/milodiy 1499-yili tugallangan "Muhokamat ul-lug'atayn" hamda "Siroj ul-muslimin" asarlariham joy olganligini e'tiborga oladigan bo'lsak, ushbu yillar kulliyotning kitobat qilinish boshlangan yillar ekanligi anglashiladi. Demak kotib ushbu kulliyotni kitobat holatiga keltirish uchun besh yilga yaqin vaqt sarflagan.

Mazkur kulliyot nusxada xronologik tartibga rioya qilinmagan. Qo'lyozmani beshta turkumdan iborat deyish mumkin. Birinchiturkumda diniy-ta'limiy asarlar: "Arba'in" ("Qirq hadis"), "Nazm ul-javohir", "Siroj ul-muslimin" ("Musulmonlar chirog'i");ikkinchi turkumda tasavvufiy tazkira: "Nasoyim ul-muhabbat shamoyim ul-futuvvat" ("Do'stlar holidan xabar beruvchi yoqimli shabada");uchinchi turkumda sof tasavvufiy ruhda bitilgan "Lison ut-tayr" hamda "Xamsa", to'rtinchi turkumda "Xazoyin ul-maoniy" to'plami hamda "Mahbub ul-qulub","Risolai mufradot"dan tashqari 9ta nasriy asar berilgan Beshinchi turkumo'ztarkibiy jihatida ikki qismdan iborat bo'lib, avval filologikasarlar, undan so'ng tarixiy, memuar asarlar keltirilgan.

Mazkur tartib Istambul To'pqopiRevan kutubxonasi (№808), Parij Milliy kutubxonasi (№316, 317) va Istanbuldagi Sulaymoniya kutubxonasi (№4056inv.)nusxalarida bir xil qaytarilgan. Ushbu klassifikatsiya keyingi asr musanniflarida buzila boshlagan.Bu holat Abdurahim Nizoriytomonidan XIX asr o'rtalarida kitobat qilingan nusxada bevosita namoyon bo'ladi.

Alisher Navoiy kulliyotlarining Istanbul To'p qopikutubxonasi (№808), Parij Milliy kutubxonasi (№316, 317), Istambul Sulaymoniya kutubxonasi (№ 4056) nusxalarida shoirning 26taasari keltirilgan. Shundan kelib chiqqan holda Alisher Navoiy asarlari jamlangan kulliyot asarlarining umumiy miqdori 26tani tashkil etadi deb hisoblash mumkin. Sankt-Peterburg №55da 13, Sankt-Peterburg №558da 5, London №47da 15, Toshkent №842da 9, Toshkent №316da 8 ta asar yetishmaydi

Leningrad №558 inv. kulliyoti musannif tarafidan qisqartirib tuzilgan, qolgan nusxalarasrlar davomida yaroqsiz holga kelgan.

Alisher Navoiy o'zi tasnifida qatnashgan kulliyot tarkibiga kiritilmay qolib ketgan "Mahbub ul-qulub"asari yuqorida tahlil etilgan nusxalarning uchtasida mavjud. Ularning ichida eng qadimiysi hijriy 1004/milodiy 1595-1596-yillarda ko'chirilgan Sankt-Peterburg №558inv.nusxasidir. Ushbu asarni ham qo'shib hisoblasak shoirning jami kulliyoti u tarafidan o'zbek tilida yozilgan 27ta asardan iborat ekanligi anglashiladi. Alisher Navoiy o'zi yozgan forsiy va arabiy asarlarini kulliyotga kiritishni xohlamagan."Devoni Foniy", "Sittai zaruriya", "Fusuli arbaa", "Risolai mufradot", "Munshaoti forsiy" kabi asarlar shu jumladandir. Bu jarayonshoirning turkiy (o'zbek) adabiy tilining ravnaqi hamda uzoq davrlar davomida kamsitilib kelingan o'z ona tilibadiiy dahosining chinakam epopeyasini yaratishva jahonga namoyish qilish orzusi bilan izohlanmog'imumkin. Sankt-Peterburg №558 nusxasiga "Risolai mufradot" asari kotib tomonidan qo'shib ketilgan.

Kulliyotlarning har biri o'z tarkibidagi asarlarsoni, joylashish tartibiga ko'ra asar matnlariningto'liq-to'liqsizligi, alohida asarlardagi boblar, she'rlardagi baytlarning o'rin almashishi matnlarda yo'l qo'yilgan xato va nuqsonlarnuqtai nazaridan kulliyotning har bir qo'lyozma nusxasi mustaqil redaksiya hisoblanadi.

O'zR FA Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi matnshunos va adabiy manbashunos olimlari shoiradabiy merosini bir yerga jam qilib, kulliyotning barcha qo'lyozma nusxalariga nisbatan eng mukammal redaksiyasini tuzishgan. Parij Milliy kutubxonasida saqlanayotgan kulliyot nusxasining faksimile nashrini kulliyottarkibiga kirmay qolgan boshqa asarlar bilan to'ldirib chop etishgan. Buredaksiyaning qo'lyozma kulliyotlardan farqi vaafzalligi shulardan iborat:

1. Shoir asarlari, davrimiz talablaridan kelib chiqib, g'oya, mazmun va janr xususiyatlarini e'tiborga olgan holda tamomila yangichatartibga solingan.

2. Kulliyot tarkibiga shoirning fors tilidagi to'rt asari: "Devoni Foniy", "Sittai zaruriya", "Fusuli arbaa", "Mufradot" qo'shilgan.

3. Parij nusxasida tushib qolgan alohida bayt va nasriy parchalar To'pqopi va Sankt-Peterburg nusxalaridan olib to'ldirilgan.

4. Kulliyotning faksimile nashri mukammal ko'rsatkichlar bilanta'minlangan.

5. Ushbu redaksiyada XV asrningminiatyura, shams, unvon, badiiy hoshiya va turli naqshlari bilan ziynatlanib, ayni vaqtda Temuriylar davri kitobatchiligining oliy namunasini namoyon eta olgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.