SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4/2), April, 2023
ALISHER NAVOIY IJODIDA HUKMDOR AYOL SIYMOSI VA IJTIMOIY
HAYOT
Alisher Navoiy o 'z asarlarida hukmdor ayollar obrazini keng yoritgan. Sharq olamida musulmon ayollarining ijtimoiy hayotdagi faolligini ko'rsatishga katta e'tibor bergan. Maqolada Alisher Navoiyning "Tarixi mulki Ajam", "Xamsa" asarlaridagi yurt ravnaqi uchun kurashgan hukmdor ayollar, ijtimoiy faol bo 'lgan malikalar, ilm-fan sohasidagi iiqtidorli qizlar, san 'atga oshuvta bo 'lganlar siymosi madh etilgan. Ular davlat boshqaruvini, ilm-ma 'rifatni egallab, yurt tinchligi, xalq farovonligi uchun kurashgan lider ayollar timsolidir. Navoiy ijodida ayollar gender tengligi masalasi, davlat boshqaruvida hukmdor ayollar siymosi yorqin obrazlar orqali yaratilgan.
Kalit so'zlar: Alisher Navoiy, "Tarixi mulki Ajam ", "Xamsa ", hukmdor ayollar, ijtimoiy faollik, davlat boshqaruvi,ilm-ma'rifat, ijtimoiy hayot, Xumoy,Turondo'xt, Ozarmdo 'xt, Layli, Mehinbonu, Shirin, Ravshanak.
Алишер Навои широко освещал в своих произведениях образ правящих женщин. Он уделял большое внимание показу активности женщин-мусульманок в общественной жизни восточного мира. В статье в произведениях Алишера Навои «Тарихи Мулки Аджам» и «Хамса» восхваляются фигуры правящих женщин, боровшихся за развитие страны, принцесс, которые были общественно активными, талантливых девушек в области науки, тех, кто был причастен к в искусстве. Они являются символом женщин-лидеров, которые взяли под свой контроль государственное управление, знания и боролись за мир в стране и благополучие народа. В творчестве Навои через яркие образы создается вопрос гендерного равенства женщин, фигуры женщин-правительниц в государственном управлении.
Ключевые слова: Алишер Навои, «История Аджама», «Хамса», правящие женщины, общественная деятельность, государственное управление, наука и образование, общественная жизнь, Хумай, Турондохт, Озармдохт, Лейли, Мехинбону, Ширин, Равшанак.
Rahmonova Shahlo Rashidovna
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali katta o'qituvchisi [email protected]
ANNOTATSIYA
АННОТАЦИЯ
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
ABSTRACT
Alisher Navoi widely covered the image of ruling women in his works. He paid great attention to showing the activity of Muslim women in social life in the Eastern world. In the article, Alisher Navoi's works "Tarihi Mulki Ajam" and "Khamsa" praise the figure of ruling women who fought for the development of the country, princesses who were socially active, talented girls in the field of science, and those who were involved in art. They are the symbol of female leaders who took control of state administration, knowledge, and fought for the country's peace and people's well-being. In Navoi's work, the issue of women's gender equality, the figure of female rulers in state administration is created through bright images.
Key words: Alisher Navoi, "History of Ajam", "Khamsa", ruling women, social activism, state management, science and education, social life, Khumay, Turondokht, Ozarmdo'kht, Layli, Mehinbonu, Shirin, Ravshanak.
KIRISH
Alisher Navoiy ulug' mutafakkir sifatida jamiyatda ijtimoiy faol bo'lgan shaxslar obrazini yaratib, ularning adolatli bo'lishi, yurt tinchligi, jamiyat ravnaqi yo'lida xizmat qilishi, ilm-ma'rifatga homiylik qilishi, yaxshi axloq egasi bo'lishi kerakligini bildirib, ana shu mavzularni qalamga oladi. Ko'pgina mumtoz shoirlarimiz ayol zotining benazir ta'riflar bilan, yorning ishq-muhabbatdagi iztirobi, uning vafosi haqida, shuningdek Ona timsoli haqida ash'orlar bitgan bo'lsalarda, Navoiy o'z asarlaridagi mavzularga boshqacha fikr, ya'ni ijtimoiy faollikni ham kiritadi. Chunki shoir o'zi yashagan davrda ham ijtimoiy hayot: musulmon xalqining farzandlarini ta'lim olishi, madrasa va masjidlar, bemor va nochor kasallar uchun shifoatxonalar qurilishiga katta e'tiborini qaratgan. Hatto shoir o'zi tolibi ilmlarga o'qishi uchun yordam pullari joriy etgan. Xalqning ijtimoiy va moddiy farovonligini ta'minlashda beminnat xizmat qilgan. Ayollarga e'tibor, qizlarning ilm-ma'rifatli bo'lishini, onalarni e'zozlash farzandning burchi ekanligini ko'p bora asarlarida ta'riflagan . Sharq olamida ayollardan kuchli davlar arboblari chiqishini, islomda qizar tarbiyasi va ularning ilm olishi haqidagi fikrlarini dostonlarida ko 'rsatganing guvohi bo 'lamiz. Shoir asarlarida ijtimoiy hayotning lider shaxslari qatorida hukmdor ayollar timsolini yaratib, davlat boshqaruvi, diplomatik aloqalar, ayollarning davlat va jamiyatga qo'shgan hissasini ochib beradi. Bu bilan XV asrda o'zbek mumtoz adabiyotida Alisher Navoiy erkak va ayol gender tengligiga katta e'tiborini qaratadi.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4/2), April, 2023
MUHOKAMA VA NATIJALAR
O'zbek mumtoz adabiyotida ayollarni madh etish orqali ko'plab asarlarning jozibadorligi oshishini guvohi bo'lganmiz. Jumladan Abdurahmon Jomiy, Lutfiy, Atoiy, Sayfi Saroiy ijodida bir qator ayollar obrazi uchraydi. Abdurahmon Jomiyning "Layli va Majnun" dostonida Layli obrazi sevgi-muhabbat bobida vafodorligi bilan ulug'lansada, ijtimoiy hayotda passivligini sezishimiz mumkin. Chunki u otasining taz'yiqiga , kaltak yeb jazolanishiga qarshi chiqa olmaydi, sevgi bobida ham Majnunning pok sevgisiga ishonmasdan tez xulosa chiqarishi, uning dunyoqarshi sustligidan dalolat beradi. Navoiy asaridagi Layli bilimli qiz va u o'z atrofida o'qiydigan dugonalari bilan maktab ta'limini oladi. Sevgi bobida ham mulohazali, Majnunni boshqa qizga unashtirilganini toza qalb bilan qabul qilib,o'z sevgisiga ishonadi, uning mustaqil fikri bor.Bu bilan u ijtimoiy faol qiz hisoblanadi. Lutfiyning "Gul va Navroz" asarida Gulining faolligi sezilarli darajada berilgan bo'lsada, ijtimoiy hayotdagi o'rni madh etilmagan. Bu bilan biz yuqoridagi shoirlarning asarlarini kamsitishdan yiroqmiz. Navoiyning tarixiy-badiiy asarlarida ijtimoiy faol ayollarni ko'plab uchratishimiz diqqatga sazovordir. Shoirning Xamsa asaridagi Layli, Mehinbonu, Shirin, Dilorom, Ravshanak kabi xotin-qizlar obrazlari o'zbek adabiyotshunosligida o'rganilgan va bir necha bor tahlil qilingan. Lekin asarlardagi ayollarning ijtimoiy va siyosiy hayotdagi faolligi to 'g 'risida manbaalar kam uchraydi. Alisher Navoiyning "Xamsa", "Tarixi mulki Ajam" kabi asarlarida ijtimoiy faol bo'lgan 20 dan ortiq ayollar obrazini uchratishimiz mumkin. Ushbu obrazlar orqali xotin-qizlarning jamiyatda davlatni boshqarishi, ilm olishi, kasb-hunar egallashi, adabiyot va musiqa san'atini sevishi bilan ijtimoiy hayotda faolligidan voqif bo'lamiz. Ular ijtimoiy hayotda xalq farovonligini o'ylaydigan, davlat mustaqilligi uchun kurasha oladigan, farzandlarini el-yurt g'amida fidoyi tarbiyalaydigan hamda ilm-fan sohasida yetuk bo'lgan xotin-qizlar timsolidirlar. Jahon va rus adabiyotida ayol obrazi o'ziga xos xarakterga egadir. Qadimiy Yunoniston afsonalarida Afrotida, Afina, Gera kabi obrazlar ham yaratilgan. Rus adabiyotida podshoh qizi, singlisi va boshqa ayollar obrazi ko'proq sevgi, rashk, yomonlik va yaxshilik haqida gapiriladi, bahs yuritishadi, ammo Navoiy shoh qizlarini yoki podshoh xotinlarini ijtimoiy faol ayollar timsolida yaratib, ularni xalq farovonligi , yurt tinchligi, vatan mustaqilligi hamda xotin-qizlarni ilm-ma'rifatli bo'lishida faolligini ko 'rsatadi. Ana shu ezgu niyatlari, odobi bilan Sharq ayollari G'arb ayollaridan farqli ravishda ko'rinadi.Sheksperning "Qirol Lir" asarida 3 ta malika: Gonerilya, Regana, Kordeliya kabi obrazlari bo'lib, ularning 2 nafari Kordeliyaning opalar, o'ta xudbin, boylikka uch, bemehr qizlarning ko'rinishlaridir. Shekpir dramalarida ayol obrazlari zamon va makonga nisbatan gavdalantirilgan.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4/2), April, 2023
Bundan tashqari Shekspirda Yuliya, Dezdemona, Kordeliya , Imodjena, Marina kabi ayollari bor. Ular sevgi, rashk, muhabbat tuyg'usi bilan xatti-harakatlar qiladi. Sheksper ham barkamol xarakterlar yaratadi, ammo bu ayollar ijtimoiy hayotdagi faolligi sezilmaydi. Shundek, Duma asarlarida Anna Avstriyskaya, Margo, de Monsaro xonim va gersogenenya de Shevrez kabi ayollar ham shunga o'xshash obrazlardir. Turkiy xalqlar hayotida mamlakat va yurtda tinchlik o'rnatish, yaxshiliklarni amalga oshirish maqsadida Navoiy asarlaridagi ayollar obrazi ham muhim rol o'ynaydi. Uning Mehinbonu, Shirin, Layli kabi malikalari, Xumoy, Turonduxt, Ozarmdo'xt kabi hukmdor ayollari shular jumlasidandir. "Tarixi mulki Ajam" asarida 3 nafar hukmdor ayollar obrazi yaratilgan bo 'lib, ularning davlatni boshqaruvida ijtimoiy faolligini guvohi bo'lamiz. Asardagi hukmdor ayollar Sharq odobi, islomiy tarbiya olgan obrazlardir. Sharq xalqlari va islom davlatlarida hukmdor ayollar obrazi kam uchrasada, Navoiy bunday ayollar obrazini yaratib, ularni xalqning ijtimoiy hayotini yaxshilash uchun kurashuvchi faol shaxs sifatida namoyon etadi. Bu kabi hukmdor ayollarning davlatni boshqarishida erkaklar bilan tenglasha olganini anglaymiz. Ma'lumki, " Tarixi mulki Ajam "asarida 3 nafar hukmdor ayollar haqida zikr qilingan bo'lib, ularning har birining ismi, nasabi, podshohlik davri tilga olingan. Navoiy har bir hukmdor ayol haqida juda qisqa va aniq ma'lumotlarni lo'nda qilib beradi. Asarda ikkinchi tabaqa kayoniylar davrining podshohi Barahmanning uch qizi: Xumon(Xumoy), Farang, Barahmando'xt ismli qizlari haqida fikr yuritiladi. Barahman podshohdan keyin davlatni boshqarish Xumoyga o'tadi. Xumoy Erondan askar yig'ib, Rumni farh etish uchun kurashadi. Davlatni o'g'li Dorobqa bilan birga 32 yil boshqaradi. Navoiy Xumoy obrazi orqali hukmdor ayolning podshohlik qilishi, xalqni boshqarishi bilan bog'liq nozik masalalarni yoritgan. Xumoyni ham podshoh, ham ona obrazi orqali kitobxonga ayolning kuch-qudratini, jamiyatdagi o'rnini ko'rsatib bergan va tarixiy jarayonning faol a'zosiga aylantirgan. Hukmdor ayolning xalqiga rahnamolik qilishi, farzandiga onalik qilish uchun bir vaqtda kuch topa olishini yorqin namoyon etgan. Asarda to'rtinchi tabaqa sosoniylar davri hukmdori Parvezshohning qizlari Turondo'xt va Ozarmdo'xtlar ham tilga olingan. Bu ayollar davlat boshqaruvini puxta egallagan, ijtimoiy hayotda xalq dardini biladigan faol ayollar obrazidir. Turon zaminida bu ayollar podshohlik taxtiga o'tiradi. Mol-dunyo unga ham vafo qilmasligini biladi.Turondo'xt bag'oyat oqila hukmdor ayol edi. Aql va adl bilan davlatni boshqargan. Xalq undan minnatdor bo'lgan. Turondo'xt bir yilu, 4 oy podshohlik qilgan. O'zidan oldingi davrdagi soliq tizimi, shariat qonunlaridagi kamchiliklarni bartaraf etishda bosh-qosh bo'ladi. Xalqni boshqarishda donoligi uchun xaloyiq undan minnatdor bo'ladi. Navoiy hukmdor ayolning xalqparvarligi va
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4/2), April, 2023
tinchliksevarligini madh etar ekan, bu charxi dunyo bevafoligini biladi. Ammo xalq dardi bilan yashash, vatan himoyasini saqlashda ayollarning ijtimoiy faolligini ulug 'laydi.
Chu Turon sarir uzra topti sukun,
Anga ham vafo qilmadi charxi dun.
Ul etti vafo,charx qildi sitam,
Anga yo'qki yolg'iz yana birga ham.
Ozarmdo'xt obrazi ham hukmdor ayolning matonatli ko'rinishi. U Turondo'xtning singlisi bo'lib, opasidanda sohibjamol edi. Davlat siyosatini odilona boshqaradi, qo'shinlarni, sarkardalarni muntazam o'z nazoratida ushlaydi.U mulk ishini o 'z tadbiri bilan boshqarishi ila Turonduxtdan farq qiladi. Aksar hollarda opsidanda tez hukm chiqarishi, qo'shinlarining vatan osoyishtaligi yo 'lida doimo nazoratda ushlashi bilan ajralib turadi. Ozarmdo'xt sipohsalori Firuz Hurmuzning ishqiy munosabatini qabul qilmaydi va uni qatl ettiradi. Taxtni boshqarish bilan birga o'zining or-nomusi uchun kurashgan ayoldir. Albatta ayollarga past nazar bilan qarash o'sha davr uchun oddiy hol edi. Ammo Navoiy xotin-qizlar obrazini sharqona odob bilan yaratib, ayollarga nisbatan salbiy qarashlarga qarshi Ozarmdo'xt obrazi va uning harakatini yorqin ko'rsatib beradi. Ammo Firuz Hurmuzning o'g'li Rustam otasining qasosini oladi. Bu bilan ayolning taz'yiqqa uchragani usha davrda jamiyatning illatlaridan biri ekanini aks ettiradi.
Navoiy Ozarmdo'xt obrazi orqali nafaqat tashqi go 'zalligi va husni, balki uning aqi-farosati, hukmdor ayolligi, davlatni odilona boshqarganligini ulug'laydi. Ozarmdo'xt millatning ehtiyoji va manfaatlarini himoya qiladigan, ijtimoiy muhitni yarata oladigan dunyoqarashi shakllangan va ijobiy natijalarga erishishgan hukmdor ayol obrazi. Navoiy yaratgan hukmdor ayollar obrazi janglarda latofatini namoyish etish uchun emas, jasoratlarini ko'rsatish uchun xizmat qiligan. Bundan tashqari Navoiy ayollatni ojizalar deb kamsitilishiga yo'l qoymagan va bu nozik xilqat egalari-ayollarni janglardagi matonatini madh etgan.
Navoiyning Xamsa asaridagi ijtimoiy faol ayollar tinchlik, sulh va ezgulik elchisi sifatida ko 'rsatilib, jahon siyosatini yurgizishda rahbarlik qilishgan. Bir so'z bilan aytganda , hazrati Navoiy qamragan ijtimoiy mavzularni boshqalar bunday darajada ko'rsatib berolmagan. Xuroson davlatining vaziri sifatida ne-ne buyuk
Chu Ozarmdo'xt o'ldi masnad nishin, Bas oshufta quldi yana mulk ishin. Qotil uldi dag'I topmay darang, Vale kelturub mulk holig 'a nang. [ 2]
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4/2), April, 2023
tarixiy, ma'naviy-ma'rifiy ishlarga, xususan, qancha shogirdlarga ustoz , siyosat va davlat arbobi sifatida xalqning ijtimoiy hayotini qo'llab-quvvatlaganlar. Shuning uchun "Farhod va Shirin" dostonida Mehinbonu, Shirin kabi hukmdor ayollarning ijtimoiy va siyosiy hayotdagi faolligini, jamiyat va millatning taraqqiyotini, ilm va ma'rifatni targ'ib etishdagi homiyligini ma'rifatli jamiyat ko'zgusi deb e'tirif etganlar. Shuningdek ayollarning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy faolligini oshirish masalasini davlat siyosatining muhim yo'nalishi sifatida belgilab, Mehinbonuni ta'riflaganda davlat arbobi, jiddiy aql sohibasi deb izohlaydi: Mehbonu donishparvar erdi, Bilik ahliga shohi sarvar erdi.[3] Mehinbonu yosh va iqtidorli yuzlab qizlarga yo 'lboshchi, shuningdek xalq farovonligi, obodonchiligi yo'lida kuchli siyosat o'rnatadi. Mehinbonu xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlaydi. O'z atrofida iste'dodli va iqtidorli faol qizlarni jamlab, 400 nafar qizlarni kasb-hunarga o'qitadi, 10 nafar Shirinnnig xos xizmatchi kanizaklarini ilm-fan sohasi bo'yicha olima ayollar qilib tarbiyalaydi. Navoiy o'z orzusidagi ma'rifatli ayollarni hayotning ilg'or darajasida bo'lishini, orqasidan xalqning yuzlab qizlarni ergashtirib, ijtimoiy hayotning faol xotin-qizlari bo'lishini istaydi.
Ul o 'n qizkim o 'n ishda erdi mohir, Tutib har qaysi bir xonu javohir [4] Bu qizlar ayollarning ulishi past bo'lgan aniq fanlar, huquqshunoslik fani yo'nalishida ham talablarni qondiradi. Ayollarning ilm egallashi XV asr uchun katta matonat va shov-shuvli edi,lekin Navoiy ayollarni, kasb-hunarli va iqtidorli qizlarni qo'llab-quvvatlashi orqali jamiyatda ayol va erkaklar bu sohalarda tengligini isbotlayd. Bu fanlardan ularning har biri o'z ishiga usta, shu fandagi yuzlab kishilarga bittasi tatir edi. Demak o'nta qiz yuzlab qizga yetakchi bo'lsa, minglab qizlar ilm egasi bo'lishgan. Bu bilan Navoiy jamiyatda qancha qizlar faol bo'lsa, ijtimoiy qatlamdagi xotin-qizlarning savodini chiqarish mumkin deb o'ylaydi. Mehinbonu Shirinning tashabbusini qo'llab-quvvatlaydi, ta'limga, ilm olishga, ma'rifatli bo'lishga intilgan qizlarga sharoit yaratadi. Arman malikasi atrofidagi qizlar ijtimoiy hayotda faol bo'lib, ularning barchasini Shirin liderlik qobiliyati bilan boshqaradi. Chunki jamiyat taraqqiyotida xotin-qizlarni bilimli, kasb-hunarli bo'lishi ham oila, ham bola tarbiyasida muhim rol o'ynaydi. Bu bilan Navoiy Shirinda rahbarlik qobiliyatini, liderlik faoliyatini, tashabbuskorlik xislatlarini yorqin ko'rsatadi. Ariq qazib suv chiqarish, xalqning suvga bo'lgan talabini qondirish, muhandislar ishini boshqarish va tushuna olishi darajasidagi teran fikrlovchi malikani gavdalantiradi. Arman xalqini yot dushmanlardan odilona tadbirlari bilan himoya qiladi, asraydi.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
Navoiy Shirinni malikaga xos ravishda unga mos keladigan va o'zi orzu qilgan, xalq farovonligini o'ylaydigan, xotin-qizlarni boshqara oladigan rahbar ayol qilib yaratadi. Shoir jamiyat, millat, madaniyat, odob-axloq,ilm-fan va kasb-hunarda faol bo'lgan ayollar obrazini mukammal ta'riflaydi. Navoiy Mehinbonuni Xisrav Parvez elchilarini diplomatik munosabatda kutib olishini siyosatdon va g'oyatda bilimdon ayol timsoli sifatida gavdalantiradi. Bu bilan Mehinbonuni huquqiy bilim egasi va insonparvar faol ayolligini namoyon etadi:
Ko 'ray e'zoz ilakim mehmondur, Ulug' yerdin yetishgan kordondur. Bundan tashqari Mehinbonu Shirinning rad javobini Xusravning elchiga yetkazar ekan, ikki davlat o 'rtasidagi munosabatga putur yetkazmaslikka harakat qiladi.
Tuzub man tongla jashni xisravona, Qilay elchini uzre deb ravona. Elchilar Bonuning shohona taxt va bu taxtga loyiq dabdaba, hushyorlik va odoblarni ko 'rib, chindan ham toju taxt Bonuga loyiq deb topishadi. Demak, Navoiy yaratgan ayol davlatlararo munosabatlarni ham o'z o'rniga qo'ya olishi bilan boshqa hukmdor ayollardan farqlanib turadi.
Ko 'rib ul xusravona taxtu avrang, Anga loyiq shukuhu hushu farhang [5] Navoiy bu obraz orqali davlatni boshqarishda o'z fikrga ega, jamiyat manfaatlari uchun xizmat qiluvchi , teran fikrlovchi ijtimoiy faol ayol timsolini gavdalantiradi. Chunki Navoiy jamiyatda shu kabi faol ayollar bo'lishini xohlaydi.
Navoiyning "Saddi Iskandariy"dostonida ham shu kabi ijtimoiy hayotning faol ayollari obrazini uchratishimiz mumkin. Asarda Doroning qizi Ravshanak obrazi, Chin go'zali o'zining maftunkorligi , oqila, hushyor, davlat va jamiyatga qo'shgan hissasi bilan ajralib turadi. Ravshanak - Doroning ko'z gavhari, Iskandarning xotini. O'sha davr rasm-rusumlariga muvofiq Ravshanak saroydagi barcha ayollar, shu jumladan, shoh haramidagi barcha malikalarga ham farmonravolik madhi ulyo vazifasiga tayinlangan edi. Alisher Navoiy o'zi yashagan davrda do 'sti Husayn Boyqaroning xotini Xadichabegimga "madhi ulyo"(oliy yo'lboshchi) unvoni berilganini bildirgan. [6] Demak, Ravshanakni barcha ayollarning oliy yo'lboshchisi sifatida talqin etadi. U saroy ayollarining ijtimoiy hayoti, sharqona odobi, farzandini islomiy tarbiyasida uquvli va hunarli bo 'lishini, ilm va san'atda faol bo'lishiga rahnamolik qiladigan obraz sifatida gavdalantiradi. Navoiyning bu asarida bir qancha olimu fuzalolar tilga olinadi. Masalan Arastu, Suqrot, Faylaqus kabi olimu donishmandlari bor jamiyatda , albatta ayollar ham ilmparvar bo'lishi tabiiy holdir.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
Chunki Iskandarning ilmiy salohiyati yuqori bo'lganligi, ilmlilarni hurmat qilib e'zozlagani, uning saroyidagi ayollarni ham ilmda faol bo'lishga chorlaydi. Biz Iskandarning Onasi - Bonu obrazida zamonasining oqilasi, aql bobida xaloyiqning ustozi degan ta'riflni uchratamiz. Bilamizki, buyuk zotlar aqlli Onalardan dunyoga keladi.[7] Ona zotida kibr va manmanlik yo'qligini yetti iqlim shohi Iskandarning onasida uchratamiz. Bonuning farzand tarbiyasini boshqa onalarga namuna qilish mumkin. Bundan tashqari ijtimoiy faol bo'lgan ayol o'z farzandini xalqqa rahnamo qilib tarbiyalaganini ushbu obraz orqali ham ko'rishimiz mumkin,albatta. Asarda Navoiy xotin-qizlarning jang san'atini ham mukammal egallay olishi ko'zda tutgan. Dostonda Chin go'zali obrazi bo'lib, u kuy va ovozi bilan barchani maftun etadi. Navoiy ayollarning ilm-ma'rifatda, san'atda mohirligini madh etsada, bu obrazi orqali ularning jangda ham mislsiz ekanligiga yuqori baho beradi. Chin go 'zali urushlarda ishtirok etsa, hamma raqibidan ustun keladi. Bunday bahodir qizni jahon tarixida hech kim eslolmaydi, deb ta'rif beradi.
Ki: Husn ichra xurshidi tobon erur, Yana Zuxra yanglig' xushilhon erur.
U jangda shijoatli sipoh bo'lib, jangda dushmanlarni asir etadi. Biz bilamizki, buyuk sarkarda sohibqiron Amir Temur askarlarining ichida ham huddi shunday minglab jangchi ayollar bo'lgan. Ular vatanni, xalqini qo'riqlashda mardlarcha jang qilishgan.[8] Navoiy shu jihatdan ayollarning jangda ham erkaklardek bo'lishini Chin go'zali obrazi orqali ko'rsatib beradi. Ayollarrning janglarda dovyurak, kuch-quvvatda erkaklardan qolishmasligiga ishora qiladi. Faollik - "O'zbek tilining izohli lug'ati"da mehnatda yoki biror harakatda, jarayonda jadallik, jonbozlik ko'rsatish, ishchanlik, ta'sirchanlik deb ta'riflanadi. [9] Demak bu obrazlar mumtoz adabiyotimizda ijtimoiy hayotning faol ayollari hisoblanadi. Ona tabiatda ham urg'ochi hayvonlar o 'rtasida to 'dani boshqarish borligi bizni qiziqtirdi. Zotan, bo'ri, shoqol va fillarlarni ularning urg'ochisi boshqarib borar ekan. Bo'ri, shoqolning ovda urg'ochisi yetakchilik qilsa, fillarda eng keksa urg'ochi fil yo'l boshlar ekan. To'daning tilini bilib, xavf va xatardan ogoh etarkan. Hatto Ona tabiatda ham ayol jinsi boshqaradigan holatlarni uchratishimiz mumkin ekan.
XULOSA
Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, Alisher Navoiy yashagan davrda ayollarga sharqona munosabatlarga ko'ra, ularning haq-huquqlariga e'tibor kam bo'lib, ularni ojiza deb hisoblashgan. Do'sti Amir Husayn Boyqaro saroyidagi haramda ham ko'p ayollar bor edi. Xadicha begim hukmdor ko'ngliga yo'l topa olgani uchun tez orada malikai kiromga aylanadi.U farzandi valiahd bo'lishini
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4/2), April, 2023
xohlaydi. Kundoshlik hissi yuqori bo'lgan malika boshqa xotinlarni mensimaydi. Husayn Boyqaroning suyukli xotini Xadichabegimning salbiy xislatlariga qarshi Navoiy Ravshanak va Nozmehr kabi ijtimoiy faol ayollar obrazini misol tariqasida keltiradi. Ular kundosh bo'lsada bir-birini hurmat qiladi.Bu bilan oilada ahillik, farzandlarning bir-biriga hurmatda bo 'lishi, mehr-oqibat rishtalarining mustahkam bo'lishini istaydi. Chunki shoh haramlaridagi ayollar o'rtasidagi kelishmovchiliklar ko'pgina salbiy oqibatlarga olib kelishini nazarda tutadi. Shuning uchun Navoiy asarlarida yaratilgan hukmdor ayollar ijtimoiy faolligi bilan jamiyat taraqqiyoti, mamlakat tinchligi uchun xizmat qiladi. Bundan tashqari hukmdor ayollar, malikalarning har bir xotin-qizning ma'rifatli bo'lishiga homiylik qilishi, rahnamolik ko'rsatishiini xohlaydi. Navoiy " Tarixi mulki Ajam", "Xamsa" asarlarida hukmdor, rahbar, lider ayollarning ijtimoiy hayotdagi o'rnini ochib berar ekan, erkak va ayol o 'rtasidagi gender tenglik masalasini ilgari suradi. Bildirilgan fikr va mulohazalardan kelib chiqib, Navoiy o'z zamonasida ijtimoiy faol bo'lgan ayollarni qo'llab-quvvatlaganiga guvoh bo'lamiz. Shuningdek hukmdor ayollar siymosini yorqin ochib bergan shoir sifatida uning asarlari bebaho ekanligiga yana bir karra ishonch bildiramiz. Ijtimoiy hayotda ijtimoiy- siyosiy jihatdan yetuk hukmdor ayollar obrazi Navoiy davrining buyuk kashfiyotidir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)
1. Jahon adiblari adabiyoti haqida.-T:O 'zbekiston.2010.
2. Tarixi mulki Ajam 179-180-b
3. A.Navoiy. Farhod va Shirin. .8-tom, 272 b.
4. A.Navoiy. Farhod va Shirin. 1989 y.199-b G'.Gulom nashriyoti
5. A.Navoiy. Farhod va Shirin. 1989 y.209-211--b G'.Gulom nashriyoti
6. Alisher Navoiy .Sab'ai sayyor.Ziyo.com.kutubxonasi.X-325-b.
7. Alisher Navoiy Saddi Iskandariy T-1991.G"G 'ulom nashriyoti 366-367-376-b
8. Jahon adabiyoti" adabiy-badiiy, ijtimoiy-publitsistik jurnal.2021.80-81b
9. O'zbek tilining izohli lug'ati. 90-326-b.