Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
ALISHER NAVOIY HAYOTIGA OID LATOYIFLAR TAHLILI
Munisa Fozil qizi Fayzullayeva
Chirchiq davlat pedagogika universiteti talabasi Ilmiy rahbar: Rayxon Rasulova O'zbek adabiyotshunosligi kafedrasi, p.f.f.d (PhD)
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada xalqimiz orasida keng tarqalgan latifalar va Alisher Navoiy hayoti bilan bog'liq ajoyib - u g'aroyib voqealar latifa (latoyif) tarzida talqini, hamda Nasriddin Afandining latifalari bilan birgalikda tahlil qilinadi.
Kalit so'z: uchni to'rga urdingmi , uzog'ing yaqinmi, do'staring qanday va g'oz,
bigiz
Xalq og'zaki ijodi har bir xalq madaniyatining ko'rki hisoblanadi. Ma'lumki barcha xalqlarning urf-odatlari, ulug' qadryatlari aynan og'zaki ijod namunalari tufayli ham saqlanib qolgan. Xalq hayotini, turmush tarzini o'ziga xos tarzda tasvirlovchi folklor namunalaridan yana biri latifalardir. Latifalarning asosida yengil mutoyiba va o'tkir hajv yotadi. Xususan, latifalar xalq og'zaki ijodining eng go'zal va qiziqarli janrlaridan biridir. Latifalar xalq orasida juda ham ko'p tarqalgan. Latifalar hajman muxtasar, mazmunan ixcham bo'ladi. Yakka ijroda aytiladi. Xalq hajviyoti va mayin yumorga asoslangan latifalarda hayot haqiqati, uydirma, so'z o'yini, kinoya va qochirimlar vositasida aks ettiriladi. Latifalar yechimida satira va yumor hal qiluvchi rolni o'ynaydi. Yechim tasodifan ko'tarilgan kulgi qahqaha yoki so'z o'yiniga asoslanadi. So'z o'yini latifa kulminatsiyasini tashkil qiladi. Juda ko'p latifalarimizda Nasriddin Afandi yetakchi qahramon hisoblanadi.Latifaning tarixi va latifa so'zining etemologiyasi. "Latifa" atamasi arabcha lutf, latif so'zlaridan olingan bo'lib nozik, nafis fikrlash, yaxshilik qilmoq, muruvvat ko'rsatmoq kabi ma'nolarni anglatadi. Latifa aytuvchilarni latifago'y deydilar. Latifalar juda qadimiy bo'lishiga qaramay , ularning Nasriddin Afandi nomi bilan bog'lanishi nisbatan keyingi davrlarga xosdir. XIX arsning II yarmida ozarbayjon va turk tilidan qilingan latifa tarjimalarining tarqalishi bilan o'zbek latifalari qahramoni nomini Xo'ja Nasriddin nomi siqib chiqargan va barcha latifalar uning nomi bilan bog'langan. Shundan keyin barcha latifalar "Afandi latifalari", "Nasriddin Afandi", yoki qisqagina qilib " Afandi" deb yuritila boshlangan.
Latifa va latoyifning o'zaro o'xshash jihatlari. O'zbek xalq og'zaki ijodining latifa janri bo'yicha tadqiqot olib borgan.Olimlar latifa janri namunalarining ayrimlari hatto IX-XI asrlarda yaratilganligini ko'rsatib o'tishgan. Shu vaqtlarda latifaning tarixiy nomi, ya'ni "latoyif' nomi bilan yuritilgan. Hayotda har bir voqea va hodisadan kulgili
427
https://cspu.uz/
April 23-24, 2024 International Scientific and Practical Conference
Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
ChhxMqdav^^
vaziyatlar hosil qilishga mohir odamlar uchraydi. Tarixda Rashiduddin Vatvot, Alisher Navoiy, Binoiy, Mashrab, Muqumiy keyinchalik A. Qodiriy, G'.G'ulom, A.Qahhor, S.Ahmad, E. Vohidov, O'. Hoshimov va boshqa ko'plab shoir va yozuvchilar hayotida ko'p kulgili voqealar bo'lgan. Yozuvchi va shoirlar bu hodisalar ta'sirida yumoristik ba'zan lerik asarlar ham yaratganliklari haqida ko'p ma'lumotlar uchraydi. Qadim qadimdan boshlangan bu janr barcha insonlarni ko'nglini ochib kelmoqda, hattoki bu janr buyuk shoir, o'tkir qalam sohibi Alisher Navoiyning ham mo'jizakor qalamlarida uchratishimiz mumkin. Uning " Farxod va Shirin" dostonining XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida xalq variant, afsona va ertaklarni yozib olish va ommalashtirish ma'lum ish qilingan. Alisher Navoiy va xalq ijodiyoti baxsi 30-yillarning oxiridan boshlab navoiyshunoslikning muhim bir bahsi bo'lib bordi. Navoiy haqida barcha kata-kichik ilmiy tadqiqot va ilmiy ommabop asarlari ulu g' shoir va mutafakkirning xalq ijodiyotida chuqur iz qoldirgan va xalq uning obrazini afsona, hikoya va ertaklarda mujassamlashtirgani haqida so'z yuritiladi. Alisher Navoiy haqidagi xalq orasida keng tarqalgan afsona va rivoyatlarning bir munchasi yozib olindi. Turkman xalqi orasida tarqalgan afsonalar yozib olingan. Latifalar tahlili.
" El desa Navoiyni" kitobining Mirali va Mir Alisher Navoiy haqidagi turkman xalq rivoyatida " Pati yulingan tovuq" latoyifi Alisher Navoiy va etikdo'zning suhbatida go'zal topishmoqli so'zlashuvlar har bir o'quvchini o'ziga jalb qiladi. Shu orada ularning suhbatiga e'tibor bersak rivoyatda " Uchni to'rtga urmaganmidingiz?", "Uzog'ingiz yaqinmi?", " Do'stlaringiz qaley?" degan savollarga etikdo'z ajoyib javob beradi. Bu orada Husayn Boyqaroning bu suhbatga tushunmay vazirlariga bu jumboqning javobini topishni buyuradi va kambag'al, nochor etikdo'zga Navoiy beg'araz yordam beradi. Navoiy shu tariqa vazir - u ayonlarning qanchalik zakovatli ekanini bilmoqchi bo'ladi. Husayin Boyqaroning topshirig'i bilan Navoiy ham etikdo'zga yordam beradi ham ayonlarning dodini beradi.
Bu latoyif Nasriddin Afandining latifalarida ham uchraydi. Unda qozi bilan afandining o'zaro suhbat qurishadi. Demak, Navoiy bilan bog'liq ba'zi voqealar rivoyat tarzida yozib olinib, bugungi kunda Nasriddin Afandi latifalari talqinida ko'rib kelmoqdamiz.
REFERENCES:
1." El desa Nafoiyni" Mamatqul Jo'rayev
2.Nasriddin Afandining latifalari
3. O'zbek folklori.ro) shaklidag
4. "Alisher Navoiy va XXI asr " Iroda Ishonxonova
428
https://cspu.uz/
April 23-24, 2024 International Scientific and Practical Conference