Научная статья на тему 'ALISHER NAVOIY ASARLARIDA TIL VA NUTQ MASALALARI'

ALISHER NAVOIY ASARLARIDA TIL VA NUTQ MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
2
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Asar / nutq / Hamsa / so‘z / adib / Alisher Navoiy.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Xadjimetova Gullola Ikramovna

Ushbu maqolada Alisher Navoiy asarlarida til va nutq masalalari haqida yoritilgan.Asar, nutq, Hamsa, so‘z, adib, Alisher Navoiy.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ALISHER NAVOIY ASARLARIDA TIL VA NUTQ MASALALARI»

ALISHER NAVOIY ASARLARIDA TIL VA NUTQ MASALALARI

Xadjimetova Gullola Ikramovna

Xorazm viloyati Urganch davlat pedagogika institutining akademik litseyi Ona tili va adabiyoti fani o'qituvchisi

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 25-yanvar 2024 yil Ma'qullandi: 28-yanvar 2024 yil Nashr qilindi: 30-yanvar 2024 yil

Ushbu maqolada Alisher Navoiy asarlarida til va nutq masalalari haqidayoritilgan.

KEY WORDS

Asar, nutq, Hamsa, so'z, adib, Alisher Navoiy.

Asrlar mobaynida til- milliy ma'naviyatimiz ko'zgusi bo'lib kelgan. Buni o'zbek she'riyatining gultoji deya e'tirof etilgan Mir Alisher Navoiy davridan to bugungacha o'tkir qalam sohiblari yaratishgan badiiy ijod mahsullariga payvand milliy qadriyatlarimiz, ma'naviyatimiz rivoji misolida kuzatishimiz mumkin.

O'zbek adabiy tili mustaqil til sifatida X asrdan boshlab shakllana boshladi va to hozirgi kunimizgacha bu tilda ko'plab ilmiy va badiiy asarlar yaratildi. Xususan, Mahmud Qoshg'ariyning "Devoni lug'otit-turk", Yusuf Xos Hojibning "Qutadg'u bilig", Xorazmiyning "Muhabbatnoma", Rabg'uziyning "Qissai Rabg'uziy", shuningdek, Atoyi, Sakkokiy, Sayfi Saroiy, Mavlono, Lutfiylarning yaratgan boy ilmiy-adabiy meroslarini tilga olish mumkin.

Ayniqsa, turkiy tilning beqiyos imkoniyatlarini ko'rsatishda Alisher Navoiyning buyuk xizmatlarini alohida e'tirof etish joiz. Chinakam ma'nodagi so'z mulkining sultoni Alisher Navoiyning so'z va o'tkir nutq, til va jamiyat borasidagi fikrlari alohida diqqatga molikdir. So'z dahosiga daho so'zchi sifatida adoqsiz ehtirom va inja sezgi bilan munosabatda bo'lgan adib o'z asarlarining aksariyatida, xususan, muhtasham "Xamsa"sining barcha dostonlari (alohida-alohida boblar)da, "Mahbub ul-qulub", "Muhokamat ul-lug'atayn", "Nazm ul-javohir" va boshqa ko'plab asarlarida so'zning buyuk qudrati va nutq mahoratining xosiyatiga oid betakror fikrlarni bayon qilgan.

"Muhokamat ul-lug'atayn"da aytilishicha, so'z go'yoki bir durdir, durning doimiy makoni dengiz tubi bo'lsa, so'zning muntazam makoni ko'ngildir.

Dur g'avvos tarafidan dengiz tubidan chiqarilib, jilvalantirilsa va uning qiymati javhariga ko'ra baholansa, so'z sohibi ixtisos tomonidan ko'ngildan tashqariga olib chiqiladi va notiqning qiymati so'z qo'llash mahoratiga, uni jilvalantirish qobiliyatiga qarab belgilanadi. Boshqacha aytganda, dengiz tubida harakatsiz imkoniyat tarzida turgan qimmatbaho durlar g'avvos, tomonidan harakatga keltiriladi, ko'ngil tubida imkoniyat tarzida turgan sehrli so'zlar esa so'zlovchi tomonidan nutqiy jarayonga olib kiriladi va o'z jilvasini namoyon etadi.

Alisher Navoiy bu fikrlarni davom ettirib yozadi: "So'z durrining tafovuti mundish dog'i beg'oyatroq va martabasi mundin ham benihoyatrokdur. Andoqki, sharafidin o'lgan badang'a ruhi pok etar, kasifidin hayotliq tang'a zahri halok xosiyati zuhur etar".

Alisher Navoiyning til va nutq, nutq odobi, nutqiy madaniyat, nutq san'ati haqida aytgan fikrlarida qadimiy turkiy xalqlarning nutq madaniyati borasidagi boy va noyob merosi mahorat bilan umumlashtirilgan.

Alisher Navoiy asarlarida chunonchi, nutq odobining talablari haqida fikrlar bor.

1. Tilni, so'zni qadrla, uni hurmat qil: Donau dur so'zini afsona bil, So'zni jahon bahrida durdona bil . (Xamsa, 34- bet.)

2. Yaxshi so'zlay olish (nutq)—san'atdir, noyob hunardir. Uni egallashga intilgin: Erdin so'z hunar, enchidin bo'z hunar. («Mahbub-ul qulub», 82-bet.)

3. Insonning odob-axloqini belgilaydigan omillardan biri uning so'zi, nutqidir: Suvning mazasi muz bila, oshning mazasi tuz bila, odam yaxshilig'i so'z bila. («Mahbub- ul qulub», 79- bet.) So'z zohir etar zamir ishi ko'pragidin, Til muxbir erur ko'ngul nihon emgagidin, Fahm ayla kishi holini so'z demagidin, Kim berdi xabar hadisi ko'nglidagidin. («Nazm-ul -javohir» dan, 41-bet.)

4. Kishining so'zi (nutqi) uning aqliy kamolotidan darak beradi: Odamki demak birla kiromiydiru bas, So'z durri ishining intizomiduru bas, Sihhat opchaki, ahli aql komiduru bas, Aqlig'a dalil aning kalomiduru bas. («Nazm-ul javohir» dan, 25- bet.)

5. So'zlaganda o'ylab so'zla, tushunib, bilib gapir: So'zni ko'nglungda pishqarmaguncha tilga kelturma, Harnakim ko'nglungda bo'lsa til surma. («Mahbub-ul qulub», 83- bet.)

6. Xushmuomala, shirin so'z bo'l ozor berma: Har kimki chuchuk so'z elga izhor aylar, Har neki ag'yor durur yor aylar, So'z qattig'i el ko'ngliga ozor aylar, Yumshog'i ko'ngullarni giriftor aylar. («Nazm-ul javohir»dan, 43- bet.)

Befoyda so'zni ko'p aytma va foydalig' so'zni ko'p eshiturdin qaytma. Oz degan oz yanchilur, oz egan oz yiqilur. («Mahbub-ul qulub»dan, 82-bet.)

8. Gapirganda qaytariqlardan qoch, chunki ular fikrning ta'sirini susaytiradi: Bir deganni ikki demak xush emas, So'z chu takror topti dilkash emas. («Xamsa»,448-bet).,

Biz nutqimiz orqali boshqalar bilan muomalaga kirishamiz, fikrimizni bayon etamiz. Har bir shaxsga xos xususiyatlar uning nutqida namoyon bo'ladi. mutafakkir shoir va yozuvchilarning asarlarida Navoiy boshlab bergan o'zbek mumtoz adabiy tili me'yorlari mukammalashib bordi. O'z asarlarida nutqning kishilar kundalik ehtiyojini qondiruvchi nodir vosita ekanligini qayd etdi.

"Mahbub-ul qulub" asarida voizlar til odobi xususida fikr yuritsa, "Muhokamat-ul lug'atayn" asarida o'zbek adabiy tilining boyligini e'tirof etdi. Nainki e'tirof etdi, balki tilning ijtimoiy hodisa ekanligini ta'kidladi. So'zning tarixiy-madaniy xizmati beqiyos, ammo til imkoniyatlari nutq jarayonidagina ochib beriladi. Agar nutq bo'lmas ekan, tilning, so'zning cheksiz imkoniyatlari ro'yobga chiqib chiqmay qolaveradi. "Majolisun-nafois" da so'zning voizlari hayotida tutgan o'rni haqida ham shaxsiy mulohazalar bayon qilinadi. "Nazm-ul javohir" asarida esa so'z qudratli vosita ekanligi, insonga hayotiy zarurat sanalishi aytib o'tiladi. Tarixdan ma'lumki, Navoiyning o'zi ham mohir notiq bo'lgan va shirin kalomi, o'tkir tafakkuri bilan xalq qalbidan joy olgan va o'z asarlarida ham xaloyiqqa nafi tegadigan, el yuragidan joy oladigan shirinzabon so'zlar so'zlashni, chiroyli va ravon nutq tuzish yo'llarini

7. Tilingni tiy. Ko'p so'z, ezma va vaysaqi bo'lma. Bu zarai

o'rganish lozimligi haqida mukammal fikrlar bayon etgan. "Nazm-ul javohir" asarida til

insonni hayvondan ajratuvchi gavhardir, deb ta'kidlaydi:

So'zdurki, nishon berur o'lukka jondin,

So'zdurki, berur jonga xabar jonondin.

Insonni so'z ayladi judo hayvondin,

Bilkim, guhari sharifroq yo'q ondin. Tirik insongina so'zlash qobiliyatiga ega, so'z tufayli u tirik ekanligini isbot etadi. So'z do'stdan, yoru-birodardan xabar beradi. Insonni hayvondan judo qilgan ham so'z ekan, demak dunyoda so'zdan gavhari sharif-ulu' narsa yo'qdir. Yaxshi so'z kishiga jon baxsh etsa, yomon so'z insonni halok etishi ham mumkin. Til-ma'rifat va adabiyot quroli ekan, so'z so'zlashdan maqsad ma'no ifodalashdir deydi shoir. "Ammo chun alfoz va iboratdin murod ma'nidir va mazkur maxluqotdin maqsud insondur va ul mahzari maoniy va bayon, so'zning so'zidadir va takallum aning kalomida bordur". Ya'ni, ma'no tufayli so'z tilga keladi va ul so'zdan ma'no fahm bo'ladi. Navoiy til va tafakkurni uzviy birlikda oladi. U ma'no birlamchi, shaklni ikkilamchi, deb hisoblaydi va ma'noga so'zning joni deb ta'rif beradi.

Navoiy tilni o'sib, rivojlanib boruvchi, jamiyatning ehtiyojiga muvofiqlashuvchi zarurat ekanligini anglab, tillar o'zaro aloqada bo'ladi, bir-biriga chatishadi, deb hisoblaydi. Navoiy kishining nutq qobiliyatini tug'ma ekanligini ta'kidlaydi. "Muhokamatul-lug'atayn" asarida arab tili "kalomi ilohiy" deb ulug'lanadi, fors va turkiy tili solishtiriladi. Olim bu asarda ikki tilning lug'at boyligi, so'z yasalishi, fonetik tarkibi, uslubiyati kabi xususiyatlarini chog'ishtirib, badiiy imkoniyatlari jihatidan turkiy tilning fors tilidan qolishmasligini isbotlaydi. Hattoki, fors-tojik tilida, ekvivalenti bo'lmagan o'zbekcha so'zlarni misol keltiradi. "Muhokamat-ul lug'atayn" asari bevosita tilshunoslikning nazariy muammolarini hal qilishga, o'zbek tilining boshqa tillar orasida tutgan o'rnini belgilab berishga, o'zbek nutqi madaniyatini o'rganishga qaratilgan. Mutafakkir asarlarida Jo'zbek tilining leksik boyliklaridan, sinonim va omonimlaridan, xalq ta'biri, maqol va matallaridan, frazeologik, ideomatik birikmalaridan, jumla tuzilishidan keng foydalandi.

Alisher Navoiyning nutq madaniyati masalalariga bag'ishlangan fikrlari yanada mukammalroq ifodalangan asari "Mahbub ul-qulub" dir. Chunki shoir bu asarida tilning ahamiyati, undan foydalanish, nutq so'zlovchi dilidagi fikrni to'g'ri aks ettirish lozimligi haqida fikrlar bayon qiladi. Navoiy til deganda nutqni ko'zda tutgan. Til, ya'ni so'z o'zining ko'p yaxshi fazilatlari bilan nutq uchun material ekanligini, nutqning qo'polligi, maqsadga muvofiq bo'lmasligi so'zlovchiga zarar yetkazishini alohida ta'kidlab o'tadi. Mayin, yoqimli, shirali ovoz bilan so'zlash odobi haqida, O'ylamasdan so'zlamaslik lozimligi haqida: "Tildin azubat dilpisanddur va miynat sudmand. Chuchuk tilki achig'liqqa evruldi, zarari oni bo'ldi. Chuchuk so'z sof ko'ngullarga nushdir... So'zni ko'ngulda pishqormaguncha tilga kelturma, harnakim ko'nglungda bo'lsa, tilga surma" deydi.

Buning ma'nosi shundayki, tilning shirin, yoqimli va yumshoqligi foydadir. Chuchuk til achchiqqa aylansa tinglovchiga zarar yetkazadi. Nutq nazariyasi bilan jiddiy shug'ullangan shoir "Mahbubul-qulub" asarining 24-bobini voizlik ilmiga bag'ishlaydi. Navoiyning o'zi ham notiqlik san'atini o'z davrida yuksak darajaga ko'targan. "Tilga ixtiyorsiz-elga e'tiborsiz" yoki "Ma'dani inson gavhari so'z durur, gulshani odam samari so'z durur" deb yozadi. "Mahbubul-qulub" da "Og'ziga kelganni demoq-nodonning ishi", "Aytar so'zni ayt, aytmas so'zdan qayt", "Chin so'z-mo'tabar yaxshi so'z-muxtasar" kabi hikmatli so'zlar, maqollar anchagina. Navoiy

ham shu mazmundagi baytlar yaratadi. Xalqimiz tili achchiq, inson ko'ngliga ozor beruvchi kishilarga "tili zahar", "tilidan zahar tomadi" kabi nisbatlarni beradi. Bunday kishilardan hamma o'zini chetga tortadi. Dildan suhbatlashishni istamaydi, aksincha, zarurat yuzasidangina muomala qilishga majbur bo'ladi. Navoiy "Xamsa" ning deyarli barcha dostonlarida "So'z ta'rifida..." sarlavhasi ostida boblar ajratadi. O'zining g'azallaridan birida so'z haqida fikr yuritar ekan, "Xamsa"dagi har bir harf (so'z emas, harf) o'zida ko'plab durlarni jamlagan "bahr erur"ligini ta'kidlaydi. Kengroq mazmunda esa, har bir so'zga singdirilgan chuqur mohiyat va ma'no nazarga olinsa ham xato bo'lmaydi.

Professor A.Hayitmetov shunday yozadi: "Navoiy "so'z"ni o'z asarlarida ko'p ma'noda ishlatadi. U "so'z" termini ostida insoniyatning hamma ma'naviy boyligini-alohida ijtimoiy kategoriya bo'lgan tilni ham, ideologiya shakllaridan hisoblangan falsafa va badiiy adabiyotni ham tushuna beradi hamda ularni ko'p vaqt bir-biridan farq qilmaydi". Navoiy "so'z" haqida gapirganda quyidagilarni e'tiborga oladi: 1. So'z-til ma'nosida. 2. So'z-muomala, gapirish, nutq mohiyatida. 3. So'z-badiiy ijodda, mazmunni shakllantiruvchi vosita tarzida. Navoiy talqinicha, so'zning (tilning) insoniyat hayotidagi o'rni beqiyos. U insonning insonligini, barcha jonzotlardan yuksak ekanligini anglatuvchi unsur. Ollohning bashariyatga in'om etgan ulug' ne'mati tildir. Ha, Navoiy so'zni ajib, sehrli va qimmatbaho gavhar sifatida e'zozlaydi. Ko'pgina baytlarda, ayniqsa, "Xamsa", "Mahbub-ul qulub" singari asarlarida so'z, uning o'rni, inson hayotidagi ahamiyati, so'zlash madaniyati, so'zning badiiy ijoddagi mavqie, so'z odobi kabi tomonlar xususida mulohazalar bildiradi. "Nazm-ul javohir" ("Nazmlar javohiri") asarida shoirning axloqiy qarashlari bayon etiladi. Alisher Navoiyning til va nutq, nutq odobi, nutqiy madaniyat, nutq san'ati haqida aytgan fikrlarida qadimiy turkiy xalqlarning nutq madaniyati borasidagi boy va noyob merosi mahorat bilan umumlashtirilgan.

Navoiy o'zbek adabiy tilini, rivojlantirish, bu tilda go'zal asarlar yaratish, o'zbek tilini yuqori mavqega ko'tarish, uni xalq manfaatlariga xizmat qildirishni orzu qiladi. U o'zbek tilini kamsitgan, bu tilda yaxshi asarlar yozish mumkin emas, turkiy tilga bee'tibor bo'lgan kishilarga munosib javob bera oldi. O'zbek adabiy tilini boyitdi, ravnaq toptirdi. Navoiy o'zi berayotgan ma'lumotlarning aniq, to'g'ri bo'lishiga ham e'tibor beradi. Til va nutq masalalari asl mohiyati Navoiy asarlarida o'zining yorqin dalilini topdi desak maqsadga muvofiq bo'ladi. Bobur, Ogahiy, Komil Xorazmiy, Munis, Mashrab, Maxmur, Gulxaniy, Nodira, Uvaysiy, Muqimiy, Furqat, Avaz O'tar, Fitrat, Behbudiy, So'fizoda kabi mutafakkir shoir va yozuvchilarning asarlarida Navoiy boshlab bergan o'zbek mumtoz adabiy tili masalalari mukammalashib bordi.

References:

1. Алишер Навои. Сборник статей. -Москва-Ленинград: АН, 1946.

2. Хусайн Бойцаро. Рисола. Нашрга тайерловчилар: А.Рустам, К.Хасан. -Тошкент: Шарц, 1991.

3. Давлатшох, Самарцандий. Шоирлар бустони. Форс тилидан Б.Ах,медов таржимаси. -Тошкент: Адабиет ва санъат, 1981.

4. Узбек адабиети тарихи. Беш томлик. 2-том. -Тошкент: Фан, 1977. 5. Махмуд Хасаний. Таърихларда Навоий васфи. -Тошкент: Г.Гулом НМБ, 1991.

6. Навоий ва ижод сабоцлари. Мацолалар туплами. -Тошкент: Фан, 1981.

7. Сирожиддинов Ш. Алишер Навоий: манбаларнинг циесий-типологик, текстологик тах,лили. -Тошкент: Akademnashr, 2011.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.