Научная статья на тему 'AKVAREL TEXNIKASIDA RANGLAR LOYQALANSHNING OLDINI OLISH SHARTLARI'

AKVAREL TEXNIKASIDA RANGLAR LOYQALANSHNING OLDINI OLISH SHARTLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
48
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Akvarel / texnologiya / texnik usul / rangtasvir / grafika / shaffof / yorqin / ranglar doirasi / iliq ranglar / sovuq ranglar / lessirovka / ultramarin / palitra / bosqicma-bosqich / qatlamli usul / meyyor / miqdor / hususiyat / mahorat / bilim / tajriba / ko’nikma / metodika / tahlil / yengil / jozibadorlik / tur / dastgohli rangtasvir / ta’mirlash / ko’rgazma / namoish / mohirlik / loyqa rang / tus / ijod / kalka / bo’yoq malekulasi / nazariya / tonallik / sifat. / Watercolor / technique / painting / technique / transparent / bright / colors / warm tones / cold tones / dilution / ultramarine / palette / phasing / layered technique / standard / quantity / specialty / knowledge / experience / skill / analysis / repair / xhibition / blur / shade / paint molecule / theory / quality / tonality.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Yunusaliyev, M.T.

Akvarel bo’yoqlaridan pleneer amaliyoti topshiriqlarini bajarish jarayonida talabalar tomonidan yo’l qo’yilgan texnologik xatolarga munosabat bildirib shuni ma’lum qilamanki, aksariyat talabalar akvarelda rangtasvir ishlashning texnologik jixatlarining nozik nyuanslari haqida to’liq amaliy tajriba va ma’lumotga ega emasliklari yoki ushbu mavzuga etiborsizliklari ma’lum bo’ldi. Bundan ko’rinib turipdiki usbu mavzu yuzasidan ularda yetarli darajada tajriba va ko’nikma yo’q. Shuni nazarda tutgan holda quyida, talabalar amaliy mashg’ulotlar jarayonida qatiy rioya qilishlari shart bo’lgan bir qator amallar hamda ushbu mavzuga oid ranglar nazariyasi bo’yicha rangshunoslik texnologiyasining ayrim jixatlari hususida talabalarga maslahatlar berildi. Biroq usbu shartli amallarni doimiy ravishda bajarish uchun ko’proq pleneerda etyudlar yozishni yo’lga qo’yish juda muhim bo’lib, talabalardan tinimsiz izlanish talab qilinadi. Faqat shundagina talabalar ma’lum bir tajribaga ega bo’lib, yuqorida aytib o’tilgan xato va kamchiliklardan holi bo’ladilar. Natijada ushbu mavzu yuzasidan ularda amaliy bilim va ko’nikma hosil bo’ladi. Ushbu maqolada akvarel bo’yoqlarida rangtasvir ishlash texnikasining o’ziga hos hususiyatlari yuzasidan muammoli vaziyatni yechimlari tahlili berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CONDITIONS FOR PREVENTING COLOR BLINDING IN WATERCOLOR TECHNIQUE

In response to the technological mistakes made by students in the process of performing plein-air practical tasks with watercolors, I would like to inform you that most students do not have full practical experience and knowledge about the subtle nuances of the technological aspects of working with watercolors. painting, or their disregard for the subject became known. However, in order to consistently perform these conditional actions, it is very important to establish more plein-air studies, and students are required to constantly search. Only then will students have a certain experience and be free from the above errors and shortcomings. As a result, they will have practical knowledge and skills on the topic. This article presents an analysis of options for solving a problem situation regarding the unique features of the technique of drawing with watercolors.

Текст научной работы на тему «AKVAREL TEXNIKASIDA RANGLAR LOYQALANSHNING OLDINI OLISH SHARTLARI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

AKVAREL TEXNIKASIDA RANGLAR LOYQALANSHNING OLDINI

OLISH SHARTLARI

M.T.Yunusaliyev

Farg'ona davlat universiteti san'atshunoslik fakul'teti «Tasviriy san'at» kafedrasi

katta o'qituvchisi. [email protected]

ANNOTATSIYA

Akvarel bo'yoqlaridan pleneer amaliyoti topshiriqlarini bajarish jarayonida talabalar tomonidan yo 'l qo 'yilgan texnologik xatolarga munosabat bildirib shuni ma 'lum qilamanki, aksariyat talabalar akvarelda rangtasvir ishlashning texnologik jixatlarining nozik nyuanslari haqida to 'liq amaliy tajriba va ma 'lumotga ega emasliklari yoki ushbu mavzuga etiborsizliklari ma'lum bo'ldi. Bundan ko'rinib turipdiki usbu mavzu yuzasidan ularda yetarli darajada tajriba va ko 'nikma yo 'q. Shuni nazarda tutgan holda quyida, talabalar amaliy mashg 'ulotlar jarayonida qatiy rioya qilishlari shart bo 'lgan bir qator amallar hamda ushbu mavzuga oid ranglar nazariyasi bo 'yicha rangshunoslik texnologiyasining ayrim jixatlari hususida talabalarga maslahatlar berildi. Biroq usbu shartli amallarni doimiy ravishda bajarish uchun ko 'proq pleneerda etyudlar yozishni yo 'lga qo 'yish juda muhim bo'lib, talabalardan tinimsiz izlanish talab qilinadi. Faqat shundagina talabalar ma 'lum bir tajribaga ega bo 'lib, yuqorida aytib o 'tilgan xato va kamchiliklardan holi bo 'ladilar. Natijada ushbu mavzu yuzasidan ularda amaliy bilim va ko 'nikma hosil bo 'ladi. Ushbu maqolada akvarel bo 'yoqlarida rangtasvir ishlash texnikasining o 'ziga hos hususiyatlari yuzasidan muammoli vaziyatni yechimlari tahlili berilgan.

Kalit so'zlar: Akvarel, texnologiya, texnik usul, rangtasvir, grafika, shaffof, yorqin, ranglar doirasi, iliq ranglar, sovuq ranglar, lessirovka, ultramarin, palitra, bosqicma-bosqich, qatlamli usul, meyyor, miqdor, hususiyat, mahorat, bilim, tajriba, ko 'nikma, metodika, tahlil, yengil, jozibadorlik, tur, dastgohli rangtasvir, ta 'mirlash, ko 'rgazma, namoish, mohirlik, loyqa rang, tus, ijod, kalka, bo 'yoq malekulasi, nazariya, tonallik, sifat.

In response to the technological mistakes made by students in the process of performing plein-air practical tasks with watercolors, I would like to inform you that most students do not have full practical experience and knowledge about the subtle nuances of the technological aspects of working with watercolors. painting, or their disregard for the subject became known. However, in order to consistently perform

ABSTRACT

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

these conditional actions, it is very important to establish more plein-air studies, and students are required to constantly search. Only then will students have a certain experience and be free from the above errors and shortcomings. As a result, they will have practical knowledge and skills on the topic. This article presents an analysis of options for solving a problem situation regarding the unique features of the technique of drawing with watercolors.

Keywords: Watercolor, technique, painting, technique, transparent, bright, colors, warm tones, cold tones, dilution, ultramarine, palette, phasing, layered technique, standard, quantity, specialty, knowledge, experience, skill, analysis, repair, xhibition, blur, shade, paint molecule, theory, quality, tonality.

KIRISH

Akvarel, tasviriy san'at turlaridan dastgohli rangtasvir bilan doimiy bahs munozarada bo'lib: uni qaysi biriga - rangtasvir yoki grafika? - degan savolga akvarel bo'yog'ining tag asosi - qog'oz ekanligi uni grafikaga yaqinlashtiradi.

Lekin tasvirlash usuli rantasvir-ku? - degan savol hamon o'z yechimini kutmoqda. Akvarel texnikasi o'zining grafik mohiyatiga ko'ra turli grafik chizmalar, dizayn va badiiy hamda arxitekturaviy loyihalarni bajarishda keng ko'lamda ishlatiladi.

Tahlillar asosida ba'zi akademik rassomlarning fikriga diqqatni qaratsak, ular akvarel rangtasvirini ta'mirlashga shunday baho berganlar masalan: "Qayta ta'mirlab ishlash, akvarel texnikasiga xos emas" - deb yozgan, A. P. Ostroumova-Lebedeva. Chunki birinchidan qog'oz yuzasiga putur yetadi, ikkinchidan, bo'yoqlar tozaligi va shaffofligi yo'qolib, akvarel texnikasining muhim sharti bo'lmish erkin va yengillik hamda jozibadorlik xususiyatidan mahrum bo'ladi. Akvarel faoliyatining bu xususiyati uning xarakterli jihatini belgilaydi. Shubha va o'zgartirishning qat'iy taqiqlanishi, aniq kompozitsion boshqaruvning majburiyati, ijodiy jarayonda aniq ketma-ketlikni qat'iy bajarishga olib keladi. Demak akvarel texnikasi, ikkilanishni ham man etadi. Akvarel ijodida bilim va mohirlik tezkorlik va shijoat, muvaffaqiyatga erishish shartlaridan biridir; biroq, qo'l mohir, ko'z o'tkir, mukammal bilimga ega bo'lishi kerak. Faqat shu tarzda haqiqiy mahorat namoyon bo'ladi. Akvarel san'ati texnik imkoniyatlarining boyligi, ranglarining yengilligi, lirizm va tajribaning o'ziga xos erkinligi bilan ko'plab usta rassomlarni o'ziga jalb qilib, allaqachon ularning asosiy ixtisosiga aylangan. Akvarel ustalarining turli ko'rgazmalardagi keng ko'lamli namoyishlari, bu san'at turining ijod mahsuli yuksak estetik saviyada bajarilayotganligi metodikaga guvohlik beradi va bu o 'z navbatida jamiyatimizda yoshlar ongida badiiy didni shakllanishida munosib o'rni bilan pedagogik ahamiyatiga egaligini takidlash joiz.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR.

Akvarel bo'yoqlarining o'ziga xos xususiyati uning shaffofligidadir. Oq qog'oz, albatta, bo'yoq qatlamlari orqali porlab yorug'lanishi kerak, bu rang tuslariga joziba va tiniq shaffoflik beradi. Aks holda metodik xatoga yo'l qo'yilsa, ranglar loyqa tusiga kirib xiralashib bo'g'iladi, Bu holat o'z navbatida akvarel ranglarini yorqin va shaffofligi yo'qolib, guash bo'yog'iga o'xshab qoladi. Shuning uchun akvarel bo'yoqlari qog'ozga qalin qatlamda emas, balki suyultirib yupqa beriladi. Akvarelda oq rang ishlatilmaydi, XV asrdan boshlab hech qanday oq bo'yoq aralashmalarisiz sof holda qo'llana boshlangan. Chunki oq rangda shaffoflik hususiyati yo'q. Shuning uchun eng oq joylarga oq qog'ozni qoldirib, och tusli joylarini esa ranglarni kerakli miqdorda biroz suyultirib, nimrang holatda bo'yaladi. Shundaga nimrang qatlam ostidan shaffof holda oq qog'oz porlab akvarelga yorqinlik bag'ishlaydi. Bunday darajada mahorat bilan ishlash ijodkor talabalardan tinimsiz mehnat, tajriba, bilim va ko'nikma talab qilinadi.

NATIJALAR.

Yuqorida aytib o'tilgan xatolarga yo'l qo'ymaslik uchun, o'z tajribamdan kelib chiqib, rangtasvir ishlash jarayonida ranglarni kirlanib, loyqalanish ehtimolidan saqlanishning bir necha quyidagi sartlari hususida ma'lumot hamda maslahat beraman.

Bular quyidagilardan iborat:

- Dastlabki bosqich chizish jarayonida foydalanadigan qalamlar juda ham yumshoq va juda ham qattiq bo'lmasligi shart, aks holda yumshoq qalam qorayib hatto grafiti shuvalib qog'oz yuzasini ifloslantiradi. Natijada u ranglar qatlami ostidan shaffof tarzda ko'rinib ish sifatini buzadi va ranglar tozaligiga putur yetadi. Qattiq qalam esa qog'oz yuzasini tirnab qo'yadi. Bunday holat ranglar shaffofligini buzadi. Shuning uchun grafiti o'rtacha qalamda qog'ozga bosmagan holda, ohista chizish talab qilinadi. Agar tasvir murakkab bo'lsa avval tasvirni alohida boshqa qog'ozda ishlab, so'ng kalka qog'oz yordamida akvarel qog'oz iga o'tkazish mumkin.

- Tasvirdagi hato chiziqlarni o'chirish uchun, faqat yumshoq o'chirgichdan foydalaniladi. O'chirg'ichni qog'oz yuzasiga bosmagan holda ohista va yengil artiladi. Aks holda o'chirgich rezinasi qattiq bo'lsa qog'ozi yuzasi ishqalanish natijasida shilinib akvarel uchun yaroqsiz bo'lib qoladi.

- Lessirovka (ranlargni yupqa qatlamli shaffof holda berish) usulida ishlaganda, har bir rang qatlamini berishdan oldin, avvalgi berilgan rang qatlami qurigan holda bo'lishi shart. Agar avvalgi berilgan rang tusi ishonchli bo'lsa, albatta uni to'liq

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

qurishi kutiladi. Aks holda qurimagan rang qatlamiga berilgan keyingi rang qatlami qo'shilib rang loyqalanadi, tusi esa ifloslanadi. Bunday holat ish sifatini buzadi.

- Eng asosiysi talabalardan, ish jarayonida rang bo'yoqlariga qo'shilayotgan suv miqdori meyyorlarini yaxshi o'rganish talab qilinadi. Buning uchun talabalar ko'proq pleneerda etyudlar tashkillab va ish jarayonida politradan to'g'ri foyda-lanishni mashq qilishlari shart.

- Bu lessirovka usulining muhim shartlaridan biri bo'lib, och rang tusidan to'q rang tusiga tomon har bir qatlam quritilgan holda, bosqichma-bosqich bo'yab boriladi. Bu albatta baxsli holat, lekin lessirovka usuli shuni talab qiladi.

-Beshinchi sharti ham yuqoridagi shartlarga yaqin bo'lib, ish jarayonida rangli bo'yoq qatlamini 3 yoki 4 tadan ortirmaslik kerak. Aks holda bo 'yoqlar xiralashib, shaffofligi yo'qotadi.

- Ish jarayonini avval shaffof ranglarda boshlab, bosqichma-bosqich asta sekinlik bilan ishning oxirgi bosqichida shaffof bo'lmagan to'q tusli rang bo'yoqlari bilan tugatiladi. Ozingizga ma'lum akvarel bo'yoqlari shaffof va shaffof bo'lmagan ranglardan iborat. Shaffof rangli bo'yoqlar malekulasi siyrak bo'lib, qo'shilayotgan suv miqdori ortgan sari shaffoflik darajasi kuchayadi (bularga ko 'proq sovuq tusli ranglar kiradi). Shaffof bo'lmagan rangli bo'yoqlar esa malekulasi zich bo'lib, to'q tusli juda to'yingan ranglardir (bularga ko'proq tuproq tusli ranglar shuningdek oq rang ham kiradi). Agar ishni shaffof bo'lmagan rang bo'yoqlarida boshlasangiz, qilingan xatoni tuzatish juda mushkul. Shuning uchun akvarel bo'yoqlari qadog'ida har bir bo'yoqning shaffoflik darajasi har doim ko'rsatiladi.

- Bo'yashni albatta sovuq ranglarda boshlab, iliq ranglarda tugatish maqsadga muvofiq. Aks holda ishni avval iliqdan boshlab ustidan sovuq ranglar

bilan tugatsa, ranglar loyqalanib, ifloslanish darajasi yuqori.

- Qo'shilgan ranglar loyqalanib, ifloslanmaslik uchun, yodda tutish lozim bo'lgan eng asosiy shartlardan biri bu ranglar nazariyasiga e'tiborimizni qaratamiz.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

O'zingizga ma'lum, barcha ranglar asosida uchta rang yotadi, u ham bo'lsa sariq, qizil va ko'k ranglardir. Biroq rassomlar o'z politralariga har bir asosiy rangni ikki hili, yani iliq hamda sovuq variantlarini tanlaydilar. Bu bejiz-ga emas, misol uchun har qanday sariq va ko'k ranglarni bir biriga qo'shib yorqin yashil rangni tayyorlash ehtimoldan uzoq. Afsuski bu ancha murakkab ish bo'lib, hatto bo'yoqlarning sifati hamda narxida ham emas, ushbu holatga ranglarning kelib chiqish nazariyasiga, yani har bir rang o'zining tonallik darajasiga ko'ra ranglar doirasida tutgan o'rniga bog'liq. Masalan, ranglar doirasida ultramarin qizil rangga yaqin, moviy rang esa yashil ranga yaqin turadi. Sariq bilan ltramarin ranglarini aralashuvidan yorqin va toza yashil rangini hosil qilishning ilojisi yo'q, faqat loyqali ishora bo'lishi mumkin. Buning sababi ranglar doirasida ultramarinni turgan o'rni qizil ranga siljigan, shuning uchun u binafsha (фиолетовая) va siyoh rangga yaqin. Chunki ultramarinning tarkibida ma'lum bir miqdorda qizil rang mavjud bo'lib, u yorqin yashil rangini hosil qilishga yo'l bermaydi. 3-rasmda berilga asosiy uchta sariq, binafsha va moviy ranglar aralashuvidan hosil bo'lgan ranglarni tahlil qilamiz. Moviy va sariq rangdan yorqin yashil rangi hosil bo'ldi, sariq va binafsha rangdan qizil rang hosil bo'ldi. Binafsha va moviy ranglardan esa ultramarine rangi hosil bo'lmoqda. Agar sinchiklab tahlil qilinsa, shu uchta rangni tengma-teng nisbat da bir-biriga qo'shib aralashtirilsa o'ttada qora rang hosil bo'lmoqda. Tahliliy natija shuni ko'rsatmoqdaki ultramarin tarkibidagi qizg'ish binafsha rang miqdori rangni o'zgartirish uchun yetarli darajada o'z kuchiga ega.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

MUHOKAMA. Xulosa qilib shuni aytish mumkin-ki, toza yorqin ranglarni hosil qilish uchun asosiy uchta rangni to'g'ri tanlay bilish juda muhimdir. Bu asosiy uchta rangni ranglar doirasda mumkin qadar bir-biriga yaqinroq turgan ranglardan tanlagan ma'qul. Yuqorida ko'satib o'tilgan tahlil asosida ranglarni pali trada bir-biriga hamohang, yorqin tarzda hosil qilish sirlarini tabiatdan o'rganib nazariy dir.bilimlarni amaliy bilimlar bilan mustahkamlash talabalar uchun nihoyatda muhim.

- So'ngi vaqtlarda akvarel bo'yoqlari orasida oq bo'yoq paydo bo'lib qoldi, bu hol yangi o'rganuvchilarga salbiy ta'sir ko'rsatib, ularni izdan chiqaradi. Akademik rangtasvirda tasvirdagi oq joylarida oq qog'zning o'zi qoldiriladi, oq bo'yoq akvarelda umuman ishlatilmaydi, chunki birinchidan oq bo'yoq shaffofo emas, ikkinchidan oq bo'yoq qo'shilgan rang oqarib, bo'g'ilib qoladi. Qora rang esa kamdan-kam ravishda qo'shib ishlatiladi.

XULOSA.

Akvarel rangtasvirining birinchi sharti ish jarayonida xato qilmaslik. Chunki akvarelni rangtasvirini ta'mirlash mumkin emas, u akvarellik hususiyatini yo'qotadi, bu haqida yuqorida aytib o'tildi. Shuning uchun yuqorida takidlangan barcha shartli amallarni puxta o'rganib, ularga to'liq rioya qilish zarur.

Akvarelda rangtasvir ishlash jarayonida yuqorida aytib o'tilgan shartlarga qat'iy amal qilinsa rantasvirda ranglar yorqinligi va shaffoflligiga erishiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Р.Ш. XananoB. Учебное пособие «АКВАРЕЛЬ» ТАШКЕНТ 2009 г. (5-16 betlar)

2. R. Xudoyberganov. Rangshunoslik asoslari-Toshkent. G'.G'ulom nomida-gi nashriyot-matbaa ijodiy uyiushmasi. 2006.

3. Sohibov, R. (2022). RANGLARNING ASOSIY XUSUSIYATLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 234-238.

4. Nodirjon, M., Abdusalom, M., & Ozodbek, S. (2021). TECHNOLOGIES OF TEACHING FINE ARTS WITH MODERN METHODS.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

5. AxMegoBa, H. 3. (2022). MYL:*A3 CAHLATHHHr EETAKPOP HAOOCAT O.HAMH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 125-130.

6. Sulaymanova, S. B. Q. (2022). BADIIY OLIY TA'LIM MUASSASALARDA TASVIRIY SAN'AT FANINI O'QITISHGA BO 'LGAN EHTIYOJNING OSHISHI VA UNING BUGUNGI HOLATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 89-96.

7. CynafiMaHOBa, C. E. K. (2022). BADIIY TA'LIMDA TALABALARNI O'QITISHDA SAMARALI DIDAKTIK PRINSIPLARDAN FOYDALANISH USULLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 143-150.

8. Nazokat, A., Ibrokhim, Y., & Makhpuzakhon, A. (2021). FACTORS OF D EVELOPMENT OF FINE ARTS.

9. Nazokat, A. (2021). Means of Ensuring the Integrity of the Image and Writing in the Performance of Visual Advertising.

10. AxMegoBa, H. 3. (2022). MyK*A3 CAHLATHHHr EETAKPOP HAOOCAT O.HAMH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 125-130.

11. CynafiMaHOBa, C. E. K. (2022). BADIIY TA'LIMDA TALABALARNI O'QITISHDA SAMARALI DIDAKTIK PRINSIPLARDAN FOYDALANISH USULLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 143-150.

12. Yuldashev, I. (2022). BORLIQNI IDROK ETISH VA TASVIRLASHGA DOIR DASTLABKI MA'LUMOTLAR HAMDA ULARNI XARAKTERLI JIHATLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 9-

13. A'Zamjonov, A. A. Z. (2022). UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA TASVIRIY SAN'AT FANINI O'QITISHGA INNOVATSION YONDASHUV YO'LLARI MAVZUSI BO'YICHA AMALIY ISHLANMA. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 56-60.

14. Barchinoy, K., Sevarakhon, S., & Mukhammadkodir, Y. (2021). EFFECTIVE METHODS OF TEACHING FINE ARTS AND DRAWING AT SCHOOL.

15. БМ Курбанова, М Юнусалиев, Н Арзиева. ОСОБЕННОСТИ ТЕХНИКИ: АКВАРЕЛЬ, МАСЛО И ГУАШЬ Research Focus 1 (2), 319-325

16. A'Zamjonov, A., & Hamdamov, K. H. (2022). TASVIRIY SAN'AT MASHG'ULOTLARI MAZMUNINING DAVLAT TA'LIM STANDARTLARI

15.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

BILAN BOG'LIQLIGI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 71-77.

17. Omonov, D. A. O. G. L. (2022). RANGLARNING INSONIYAT BILAN UZVIY BOG'LIQLIGI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 97-100.

18. Boboyeva, Z. A., & Mo'Minova, D. B. Q. (2022). ALABALARNING KREATIVLIK QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 221-233.

Internet saytlari:

www.wikihow.com www.helenstrom.blogspot.com www.thesmartteacher.com www.crayola.com

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.