Научная статья на тему 'AKTYORLIK SAN’ATIDA SAHNAVIY NUTQNI IFODALI BO’LISHI OMILLARI'

AKTYORLIK SAN’ATIDA SAHNAVIY NUTQNI IFODALI BO’LISHI OMILLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
51
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
so’z qudrati / fikriy faoliyat / talaffuz / orfoepik normalar / xattiharakat / tasavvur / kechinma san’ati

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Baxoraxon G’ofurova

Ushbu maqolada aktyorlik san’atida so’z qudrati bebaholigi, so’zli o’zaro ta’sir va sahnaviy nutq ifodaviyligi sirlari, nutqdagi kamchiliklarni yo’qotishda talaffuzdagi ortiqcha urg’ulardan, soxta va keraksiz hissiyotni ifoda etuvchi ohanglardan xalos etish omillari haqida hikoya qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AKTYORLIK SAN’ATIDA SAHNAVIY NUTQNI IFODALI BO’LISHI OMILLARI»

AKTYORLIK SAN'ATIDA SAHNAVIY NUTQNI IFODALI BO'LISHI

OMILLARI

Baxoraxon G'ofurova

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada aktyorlik san'atida so'z qudrati bebaholigi, so'zli o'zaro ta'sir va sahnaviy nutq ifodaviyligi sirlari, nutqdagi kamchiliklarni yo'qotishda talaffuzdagi ortiqcha urg'ulardan, soxta va keraksiz hissiyotni ifoda etuvchi ohanglardan xalos etish omillari haqida hikoya qilinadi.

Kalit so'zlar: so'z qudrati, fikriy faoliyat, talaffuz, orfoepik normalar, xatti-harakat, tasavvur, kechinma san'ati

FACTORS OF THE EXPRESSIVENESS OF STAGE SPEECH IN THE ART

OF ACTING

Bakhorakhan Gafurova

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: In this article, the priceless power of words in the art of acting, the secrets of verbal interaction and the expressiveness of stage speech, the factors of getting rid of excessive accents in pronunciation, tones expressing false and unnecessary emotions in the elimination of speech defects. is told about.

Keywords: vocabulary, mental activity, pronunciation, orthographic norms, behavior, imagination, art of experience

Aktyorlik san'atida so'z qudrati bebahodir. Aktyor so'z orqali partnyor tasavvuriga ta'sir qiladi, uning ichki ko'zgusida zarur manzarani hosil qilishga intiladi. Partnyorning «Qulog'i uchun emas, ko'zi uchun» harakat qilmoq zarur, deydi K.S.Stanislavskiy. Demakki, o'z tasavvuridagi flkr-manzaralarini partnyoming tasavvuriga singdirishga harakat qilmoq zarur. Harakat - irodaviy amaldir. Harakat-jismoniy, so'z orqali hamda fikriy faoliyatni o'z ichiga oladi. Bu jarayonlar o'zaro bog'liqlikda kechadi. So'zlash, gapirish - harakat qilish demakdir. O'z tasavvurimizni boshqalarga singdirish maqsadi harakatimizni faollashtiradi. Boshqalar sizning tasavvuringizdagi manzarani ko'rishadimi- yo'qmi, buning ahamiyati siz uchun muhim emas. Bu tabiat va ong osti kuchlarga bog'liq. Siz uchun maqsadingizga erishish, partnyor tasavvuriga ta'sir etish xohishi, istagi bo'lsa bas. Xohish istak esa, xatti-harakatni qo'zg'atadi. Tekst quruq bo'lib qolmasligi uchun - ishni tekstdan emas, tekstni aytishga nima majbur qiladi, nima qo'zg'otdi - shundan boshlash kerak.

Nutqiy nuqsonlar qatoriga unli va undosh tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar ham kiradi. Odatda, bu kabi kamchiliklarni tuzatish mumkin. Biroq ular nutq apparatidagi boshqa jiddiyroq qusurlar bilan bog'liq bo'lsa, bu jiddiy muammo tug'diradi. Nutqdagi kamchiliklarni yo'qotishda talaffuzdagi ortiqcha urg'ulardan, soxta va keraksiz hissiyotni ifoda etuvchi ohanglardan xalos etish talab etiladi. Talaffuz bo'yicha mashqlardan maqsad-nafaqat nutqdagi aniqlik va ravonlikka erishish, balki uning tabiiy jozibasini ham saqlab qolishdir. Nutq teatr aktyorining asosiy quroli va u sahnada aynan mana shu qurolga tayanadi. Bordi-yu, sahnada harakat qiluvchi aktyorning nutqida ayrim nuqsonlar bor b o'lsa, masalan: tish oralig'idan gapirish holatlari, so'z oxirini yamlab ketish, s-z, l-r tovushlarini noto'g'ri aytish, so'zlarni talaffuz etayotganda til orqasidan foydalanish holatlari bo'lsa, u holda sahnada o'ynalayotgan asarni g'oyaviy va estetik tomonlari tomoshabinga yetib kelmaydi. Nima uchun shuncha his- tuyg'u, hayajon agar ular yomon nutq orqali ifoda etilsa. Mana shu yomon nutq bilan ifoda etilgan asar orqali teatr san'ati o'zining ijtimoiy funktsiyasini bajarmay qo'yadi". Tomoshabinning his-tuyg'usini, fikr-mulohazasini aktyor o'z ijrosi, ijodi va nutqining go'zalligi hamda chuqur mazmundorligi bilan uyg'ota oladi. Avtor qahramoniga nisbatan - o'z nuqtai nazari, xatti-harakatlar mantig'i, emotsional xotiralari bor. Shuning uchun aktyorlar klassik asar qahramonlari obrazi ustida ishlaganda o'sha zamon qonun qoidalarni tushunib yetishga asl faollik topishlarida qiynaladilar. So'z orqali munosabatga kirishish jarayonida tasavurming o'rni asosiy ahamiyatga egadir. Rol yodlash orqali emas, tasavvur qilish orqali o'zlashtiriladi. Tasavvurning mumkin qadar yorqinlashtirilishi, berilgan shart-sharoitni keskinlashtirilishi aktyor ifodaviyligining belgisidir. Ijodkor qobiliyatining darajasini uning tasavvur va hayolot salohiyati belgilaydi. Ijodiy salohiyat esa ta'sirchanlikka, tasavvurning qudratiga bog'liq.

Odatda, ko'z o'ngimda ko'rganimni-gapiryapman harakatlari bir-biriga mos tushadi. Ba'zan ko'rganim bilan gapirganim bir-biriga to'g'ri kelmaydi. Bir narsani ko'ryapman, boshqa narsani gapiryapman. O'zaro munosabat vaqtida hamsuhbatning tasavvurini uyg'otish kerak bo'ladi. Boshqacha qilib aytiladigan bo'lsa hamsuhbatning qulog'iga emas, «ko'ziga», tasavvuriga, hayolotiga ta'sir o'tkazish zarur. Rol ustidagi ishning dastlabki bosqichida, qahramonning qiyofasi hali tasavvurimizdan uzoqroq bo'lgani boisidan, qahramon va o'zimizga yaqin bo'lgan berilgan shart-sharoitlarga murojaat etganimiz maqsadga muvofiqdir. Agarda aktyorning ovozi o'ziga bo'ysunmasa, imkoniyatlari past bo'lsa, nutqi ravon bo'lmasa, diksiya va orfoepik normalardan uzoq bo'lsa aktyor ijrosida shakl va mazmun bir-biriga zid keladi va «kechinma san'atning» mohiyati buziladi.

Rol bilan yaqindan tanishish, uni tushunish uchun aktyor o'z boshidan kechirgan real, haqiqiy xodisalar bilan ishlashni o'rganish kerak. Zamonaviy hayotda ham karerizm, qog'ozbozlik, laganbardorlik kabi illatlarga duch kelish mumkin. Avvaliga

aktyor, shu illatlarga mukkasidan ketib bo'ysunuvchi real insonlarni ko'z oldiga keltirib, xotirasida tiklab, eslashi mumkin. Eng muhimi aktyor qahramoni dilidagi dardlarini tushunib, u bilan chambarchas bog'liq bo'lish kerak. Avtor tekstidan foydalanmasdan, qahramon monologi ustida qanday ishlash mumkin. Eng avvalo -nima uchun bu monolog aytilishi kerak, - shuni tushunishi va his eta bilishi kerak. Aktyor- rol sharoitida, hayotiy yo'llardan borib, o'zining xulq-atvorini o'zi aniqlasin. Uning xatti-harakati, tug'iladigan so'zlari faqat o'ziga bog'liq emas, oldida turgan partnyorning xulq-atvoriga ham bog'liq. Aktyorlar hayotdan kelib chiqqan holda, rol sharoitidagi o'zlarining xulq-atvorlari chinligiga va bir-biri bilan jonli o'zaro munosabat bo'layotganligiga ishonishsin. Shundan so'ng, hatti-harakatlar tartibini, fikrlar yo'nalishini aniqlab olish mumkin, hatti-harakatlar mantig'ini egallash jarayonida aktyor partnyori bilan munosabatda o'ziga kerak so'zlarni topishga majbur bo'ladi. Xatti-harakatlarni aniqlash bilan birga, personajning fikrlash yo'li ham aniqlanadi. O'zidan tug'ilayotgan so'zlar bilan foydalangan aktyor, bora- bora avtor fikri mantig'ini anglab yetadi. Xatti-harakat va fikr mantig'ini puxta egallagach, shundagina rolning teksti ustida ishlashga kirishish mumkin.

Sahnaviy nutqni ifodali bo'lishi, faqat xatti-harakatini to'g'ri his etishgagina bog'liq emas. Matnga o'tish jarayoni yana yangi talablarga bog'liq. Bu eng avvalo -hayolotda ichki ko'rish qobiliyatining yorqin va aniq bo'lishiga g'amxo'rlik qilish. Qaysi sahna amalga oshmayotgan bo'lsa, ana shunga ko'proq diqqatini qaratmoq lozim. Siz partnyorni eshiting va ichki ko'rish bilan uning so'zlaridan o'zingizni chamalagan taxminingizni ishlating. Albatta bu taxminlar tekstda yo'q, ammo tekstning natijasi bu. Xayolotda ichki ko'rish bilan, intonatsiya ham o'zgaradi. So'zlarni gapirganda diologda paydo bo'ladi. So'zli o'zaro ta'sir va sahnaviy nutq ifodaviyligi sirlari mana shundan iborat. Ammo nutq ifodaviyligining boshqa tomoni ham bor - bu tashqi texnika. Buning ustida faqatgina sahna nutqi darsida shug'ullanibgina qolmay, «Aktyorlik mahorati» darsida, etyudlarda, parcha va pyesalar ustida ishlaganda mashq qilish kerak. Sahnada soxta emas, jonli, aktiv partnyorlararo so'zli kurash ketayotganda nutq ham tushunarli, intonatsiyalar rangli, jarangdor, go'zal bo'ladi. Ammo buning aksi ham bo'lishi mumkin: avval xayolotdagi ichki ko'rish bilan toza nutq, diksiya, to'g'ri topilgan intonatsiya bo'lgan bo'lsa, uning «aksi»-aniq ifodalangan fikr, to'g'ri intonatsiya natijasida faol ichki xatti-harakat, ichki ko'rish paydo bo'ladi. Dialoglarda intonatsiya o'zgarishlari muhimdir. Dialog-navbat bilan so'zni aytishdan iborat emas, bu so'zli kurash demakdir. Bunda faqat fikr to'qnashibgina qolmay, intonatsiyalar to'qnashuvi ham bor. Agar intonatsiyalar kurashi aniq hatti-harakatlardan va to'g'ri ichki ko'rishdan o'z-o'zidan kelib chiqmagan bo'lsa, u holda intonatsiya nutqning to'g'ri mantiqli qurilishidan iborat bo'lgan «aksi» hisoblanadi. Ammo faqat intonatsiyaga e'tibor berib ishlash ehtiyotkorlikni va bilmdonlikni talab etadi. Agar intonatsiya ichki

tomondan pishmagan bo'lsa, osonlikcha yuzaki bo'lib qolishi mumkin va «nutq shtampi»ga olib keladi. Bu ayniqsa poeziya tilida ishlayotganda xavfli bo'lishi mumkin. Shekspir asarlari ustida ishlaganda yosh aktyorlar hali matnni mantiqli harakatini egallamay turib, ularni bo'rttirish, yolg'on, pafos, diklomatsiya orqali ishlay boshlaydi. Keyinchalik bu narsadan qutilish oson emas. Voqeani aniq belgilash, jismoniy hatti-harakat mantig'i haqiqatini qidirish va shaxsiy emotsional ta'surotni eslash - fikr va ichki ko'rishni tug'diradi. Inson o'zining ongidagi bo'layotgan voqelikni o'n foizinigina ifoda etadi, to'qson foizi esa,ongda (miyada) qoladi. Sahnada esa bu haqda unutiladi; aksariyat holda quruq so'zga kuch beradi va hayotiy haqiqat buziladi. U yoki bu sahnani ishlaganda sizga aytilgan replikaning mohiyatini fikrlash orqali yuzaga keltirish kerak. Shunday «illyustrativ obraz» yaratib, partnyorni ishontirish uchun, ichki ko'rish va fikrlarni tanlab olish qiyin bo'lmaydi. Ularning mazmuni va ketma-ketligi muallif tomonidan aniqlangan.

Demak, qachonki aktyor jismoniy xatti-harakatining ketma-ketligi bilan ular qo'shilib ketsa, fikrning poetik formadagi bayonnomasiga o'tish mumkin bo'ladi. Ular yaxshi tayyorlangan roldagi aktyor hayotiy organikasi bilan qo'shilib ketadi. Aktyorning diqqatini so'zga qaratish uchun, aktyorning barcha harakatlaridan, qo'l harakatlaridan xolis etish kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Jumanov I. Sahna nutqi - T., "Abu matbuot-konsalt" MCHJ nashriyoti - 2015.

2. Boltaboeva U. M. Sahna nutqi - o'quv qo'llanma Toshkent, "Innovasion ziyo"-2019.

3. Boltaboeva U. M. Sahna nutqi - o'quv qo'llanma Toshkent, "Innovasion ziyo"-2021.

4. K.S.Stanislavskiy. "Aktyorning o'z ustida ishlashi" T.Xo'jayev tarjimasi. S.Muhamedov muharrirligida. O'quv qo'llanma -T., 2010.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.