Научная статья на тему 'AKTYORLIK MAHORATIDA KECHINMA SAN`ATI'

AKTYORLIK MAHORATIDA KECHINMA SAN`ATI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
22
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
KECHINMA SAN'ATI / FIKRLASH QOBILIYATI / TASAVVUR / AKTYORLIK MAHORATI

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Ismailova M.X.

Ushbu maqolada aktyorlik mahoratida kechinma san`atining o`rni, tasavvur qilish qobiliyati, fikr yuritishning muhimligi borasida so`z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ART OF EXPERIENCE IN ACTING

This article discusses the role of the art of experience, the ability to imagine, and the importance of thinking in acting skills.

Текст научной работы на тему «AKTYORLIK MAHORATIDA KECHINMA SAN`ATI»

Ismailova M.X.

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutiNukusfiliali O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan artist, "Rejissorlik va aktyorlik

san'ati" kafedrasi dotsenti

AKTYORLIK MAHORATIDA KECHINMA SAN ATI

Annotatsiya: Ushbu maqolada aktyorlik mahoratida kechinma san"atining o^rni, tasavvur qilish qobiliyati, fikr yuritishning muhimligi borasida so^z yuritiladi.

Kalit so^zlar: kechinma san^ati, fikrlash qobiliyati, tasavvur, aktyorlik mahorati.

Ismailova M.Kh. associate professor department "Art of directing and acting" State Institute of Art and Culture of Uzbekistan

Nukus branch honored artist Republic of Uzbekistan

THE ART OF EXPERIENCE IN ACTING

Abstract: This article discusses the role of the art of experience, the ability to imagine, and the importance of thinking in acting skills.

Key words: art of experience, ability to think, imagination, acting skills.

Tasavvur. Mashhur chempion Uilyam Bleyk tasavvur haqida shunday deb yozgan edi: "Bu nima o'zi. Bir marta tasavvur qilib, bu menga qanchalik ilohiy qudrat va faol harakat berganiga ishonch hosil qildim". Bu bizning sof quvvat bilan bog'lanishimizdir. Biz ijodkor sifatida ishlay boshlasak, albatta unga murojaat qilamiz.

Agar biz qat'iyat bilan harakat qilsak aktyorlik texnikasi bilan ijodiy faoliyatni birlashishiga erisha olamiz. Bu Mixail Chexovning hatti-harakatga yondashuv prinsipida bu markaziy rolni o'ynaydi. Bunga tinimsiz ishlash orqali yetishish mumkin.

Bu ushbu uslubda ishlovchi talaba uchun boshlang'ich nuqta bo'lib qoladi. Kundalik turmushdan ijod olamining ostonasiga qadam qo'yishni bir tasavvur qilib ko'ring. Boshqa bir olamga qadam qo'yishimiz bilan ichki bir kuchimiz va tasavvurimiz uyg'ona boshlaydi. Bu ostonadan o'tishimiz bilan Chexov aytgan "aktyorlar marshi(yurishi)" boshlanadi.

Kechinma san'atining asoschisi Konstantin Sergeyevich Stanislavskiy ta'limotida harakatning mohiyatini tushunishga intilish har doim asosiy o'rinni egallagan, ammo u o'zining oxirgi izlanishlarida unga yanada chuqurroq e'tibor

qaratgan. Agar Stanislavskiy o'z izlanishlarining birinchi davrida aktyorlarga: "Ayni sahnaviy ko'rinishda nimani xohlaysizlar?" - degan savol bilan tez - tez murojaat qilgan bo'lsa, keyinchalik: "Agarda shunday va yoki mana bunday narsalar sodir bo'lganida, siz nima qilgan bo'lar edingiz?" - degan savolni bergan. Agarda birinchi savol aktyorni mushohada qilishga undagan va shuning barobarida sustkashlik (passiv) holatida qoldirgan bo'lsa, ikkinchi holatda aktyorlarda faollik kuzatilgan. Chunki ular o'zlariga: "Men aynan shu shart -sharoitlarda, bugun, shu yerda, hozir nima qilgan bo'lar edim?" - degan savolni bera boshlagan. Va bu narsa ularni harakat qilishga majbur qilayotgan sabablarni anglashga intilishlariga, fikriy hatti - harakatga erishishlariga, fikran harakat qilayotib his - tuyg'ular uyg'onishiga erisha olishlariga yo'l topishlariga turtki bergan.

Talaba tanlangan parchaning barcha faktlari tizimini aniq o'rganishi va mohiyatini

tushunib yetishi lozim.

Har bir asarda harakatlanuvchi bir shaxs - bir tomonga, ikkinchi shaxs -boshqa tomonga intiladilar. Ishtirokchilar bamisli "ikki lager"ga ajralib qolishadi. Birida - bir maqsad, ikkinchisida - boshqa bir maqsad bo'ladi. Shuning natij asida ikki o'rtada to'qnashuvlar, kurashlar sodir bo'ladi. Mana shu to'qnashuvlarning sabablarini aniqlash, tanlangan parchaning u yoki bu personajlari maqsadi va o'zini tutishi sabablarini tushunish va ularni "Berilgan shart - sharoitda men" sharti bilan o'zining maqsadi va o'zining xulq - atvoriga aylantira olishga erishish o'quv davrining ikkinchi bosqichida amalga oshirish lozim bo'lgan eng asosiy jihatdir. Bu jarayondan to'laqonli o'ta olgan talaba navbatdagi bosqich - "Berilgan shart - sharoitda mening rolim" sharti asosida ijod qila olishga tayyor bo'ladi.

Tasavvurdan foydalanish aktyorga o'zining tor doiradagi shaxsiy xislatlari

chegarasidan chiqish uchun erkinlik beradi. Bu unga o'zini kuchli his qilishiga, ijroda uni jamlay olishiga imkon beradi.

Jamlash.

Jamlash- biror bir narsani amalga oshirishda faoliyatning kaliti vazifasini o'taydi.

Jamlanish degani chuqurroq o'ylash degani emas. Bu jarayonda biz o'zimizni obyektga yoki tasvirga yo'naltiramiz va shu orqali tasvirga qo'shilib ketamiz va uni his qila boshlaymiz, uning o'ziga xos xislatlarini, impuls va taassurotlarni seza boshlaymiz. Bunday jamlanishga erishgan ijodkor tomoshabinda juda katta taassurot qoldiradi.

San'atni jamlanishsiz taqdim etib bo'lmaydi. Biz diqqatimizni jalb etgan narsaga qarab turganimizda, o'zimizni unga talpinayotganimizni, u o'zining borlig'i bilan bizni o'ziga tortayotganini seza boshlaymiz. Bu yoqimli holat. Bu o'z-o'zidan sodir bo'layotgan jamlanishdir. Jamlanishning ixtiyoriy shakli -tanlagan obyekt bilan qo'shilib ketish, uni bilish va ichimizdan his qilish uchun unga o'zimizni yo'naltirishimizdir. Xuddi shu yo'l bilan tasvirlayotgan obyektga ruhan chirmashib ketamiz.

San'atning har bir sohasida tasavvur ayni shu sohaning o'ziga xos tomonlaridan kelib chiqqan holda namoyon bo'ladi. Yozuvchining tasavvuri rassomnikidan yoki bastakornikidan farq qiladi. Sahnaviy tasavvurning ham boshqalaridan farqi bor.

Tasavvurga ega bo'lmagan aktyor hech qachon yaxshi aktyor bo'la olmaydi.

Xo'sh, aktyor tasavvuri nima, uning boshqa san'atkorlardan qanday farki bor? Farqi shundaki rassom yoki haykaltarosh o'z tasavvurini o'zidan tashqarida yaratadi, aktyor esa bunday qilolmaydi.

San'at sohasidagi tasavvur, inson organizmidagi 5 ta sezgining birortasi bilan bog'liq bo'ladi. Masalan, rassomda - ko'rish, musiqachida eshitish, haykaltaroshda sezish organlari bilan bog'liq. Aktyorning ijodiy tasavvuri esa 5 ta sezgi organining hammasi qamrab oladi. Lekin aktyor uchun eng asosiysi bu uning o'z tanasi, gavdasi, chunki u sahnada shahsan harakat qiladi; - tushuntiradi, yupatadi, qo'rqitadi, sevgi izhor qiladi va yana qanchadan-qancha badiiy vazifalarni bajaradi. Demak, aktyor aqliidrokini, irodasini, fantaziyasini ishga solib o'z badiiy tasavvurini mushaklarning ma'nodor harakatlari orqali ifoda qiladi. Shu uchun unga o'z «mushaklari xotirasini» (muskulnaya pamyat) o'stirish katta ahamiyatga ega.

Aktyor, mayda - mayda unsurlar bilan sira erinmay ishlashiga odatlanishi

kerak.

Ijro davomida arzimaydigan bo'lib ko'ringan mayda - chuyda jihatlari to'g'risida ulardan hayoliy timsollardan so'rang. Masalan: ko'z qarashi, qo'l harakati,sukut qilish, xo'rsinish, hissiyot, xohish, ehtiros, fikr yuritish, va h.k.lar. Savol berganingizda, ulardagi yuz bergan o'zgarishlarga e'tibor qiling.

Agar berilgan savollarga olingan javoblar natijasida, sizda ijodiy shuur uyg'onib, u yoki, bu rolni o'ynash istagi paydo bo'lsa, - mashqlarni to'xtatib amalliy jarayonga o'tishingiz mumkin. Albatta har qanday mashqdan ko'zlangan maqsad (shu jumlanadan tavsiya etilgan usullar ham) ijodiy tuyg'uni uyg'otishi uni harakatga chorlashdan iboratdir. Bunday usullar juda ko'p bo'lib ularni topish aktyordagi xohish-istak bilan bog'liqdir.

Aktyorlik mahoratini egallashda ikki bosqich mavjud. Birinchi bosqich bo'lg'usi aktyor o'z ustida ishlashni (xarakat, so'z, fikr, tasavvurini charxlash) nazarda tutsa, ikkinchi bosqichda rol ustida ishlash jarayonini qamrab olish nazarda tutiladi.

Sahnaviy ko'rinishning fakt va voqealarini baholash - bu ularda yashiringan ichki ma'noni, ularning ruhiy mavjudligini, ularning ahamiyati va ta'sir qilish darajasini topish demakdir.

Bunga esa tashqi fakt va voqealarning ichki dunyosini qidirish va ularning ichidagi, ya'ni chuqur yashiringan botiniy ziddiyatlarni topishdir. Bu voqeaning ruhiy rivojlanishini kuzatish, uning ta'sir qilish darajasi va fe'l - atvorini his qilish, harakatlanuchi shaxslarning intilishlarini kuzatishdir. Bir so'z bilan aytganda, insonlarning o'zaro munosabatlarini aniqlovchi ichki qonuniyatlarni bilish demakdir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Boltaboeva U. Sahna nutqi. Toshkent, INNOVATSIYA-ZIYO; 2019.

2. Boltaboyeva U., Rakhmonova N., Usmonov S. Characteristics of speech Art: problems and solutions //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2020. - T. 10. - №. 4. - C. 559-567.

3. Tursunova G., Karimov B. PEARLS OF UZBEK NATIONAL DANCE //International Engineering Journal For Research & Development. - 2020. - T. 5. - №. Conference. - C. 4-4.

4. Yuldasheva S., Madumarova M. TASKS AND CONTENT OF BIBLIOGRAPHIC WORKS //European Journal of Arts. - 2020. - №. 1. - C. 148152.

5. Yunusov G., Juraev I., Ahmedov R. A LOOK AT THE REGIONAL SEASONAL FOLKLORE AND THEIR ORIGIN. THE ROLE AND IMPORTANCE OF FOLKLORE IN THE DEVELOPMENT OF DANCE ART //European Journal of Arts. - 2020. - №. 1. - C. 121-124.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.