Научная статья на тему 'AKTYORLIK MAHORATIDA ELEMENTAR BOSHLANG‘ICH MASHQLARNING AHAMIYATI'

AKTYORLIK MAHORATIDA ELEMENTAR BOSHLANG‘ICH MASHQLARNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
67
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Aktyorlik mahorati / harakatlar / tasavvur / elastiklik / kompozitsion mashqlar

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — R Po’latov

Ushbu maqolada aktyorlik mahoratida elementar boshlang‘ich mashqlarning ahamiyati va ularning asosiy tamoyillari haqida hikoya qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AKTYORLIK MAHORATIDA ELEMENTAR BOSHLANG‘ICH MASHQLARNING AHAMIYATI»

AKTYORLIK MAHORATIDA ELEMENTAR BOSHLANG'ICH MASHQLARNING AHAMIYATI

R.Po'latov

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada aktyorlik mahoratida elementar boshlang'ich mashqlaming ahamiyati va ularning asosiy tamoyillari haqida hikoya qilinadi.

Kalit so'zlar: Aktyorlik mahorati, harakatlar, tasavvur, elastiklik, kompozitsion mashqlar.

THE IMPORTANCE OF ELEMENTARY BEGINNING EXERCISES IN

ACTING

R.Pulatov

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: This article tells about the importance of basic elementary exercises in acting skills and their main principles.

Keywords: Acting skills, movements, imagination, elasticity, composition exercises.

Aktyorlar tomonidan ishlab chiqilgan yoki boshqa tizimlardan o'zlashtirilgan va aktyorning shaxsiy, ijodiy izlanishlari natijasi bo'lmagan mashqlar ham uslubning maqsadlariga bevosita javob beradi. Aktyorlar berilgan mashqlarni o'zlashtirib, shaxsiy ko'nikmalari, fikrlari asosida o'zlari unga nom berishadi va bu profyessional atamalar, tasavvurdagi rag'batlantiruvchi harakatlardan qunt bilan foydalanishga yordamlashadi. Shunday qilib, tanlangan mashqlarning terminologiyasi o'zgarishi mumkin. Quyidagilar mashg'ulotning qoralamasi bo'lib, aktyorlik mashqlarining bir kunlik rejasi hisoblanadi. Ushbu mashqlar Dalkroz va boshqa klassik uslublarga asoslangan. Ularning asosiy tamoyillari qarama-qarshi harakatlarning vektorlarini o'rganishdir. Misol uchun, qo'l bir yo'nalishda harakatni amalga oshirmoqda, tirsak esa unga qarama-qarshi va konstrativ harakatda. Qo'llar qabul qilmoqda, oyoqlar uloqtirmoqda. Shunday qilib, har bir mashq ijodiy «izlanish» mahsuli bo'lib, o'z so'zlashuv vositalarini, qarshilik ko'rsatish faktini va ularning tanadagi umumiy markazlarini o'rganishga bog'liq.

1. Ritmik yurish. Qo'llar yonga cho'zilgan holda elkalar va qo'llarni aylantirish. Tirsaklarni iloji boricha orqaga qaytarish. Panjalarni qo'l harakati yo'nalishiga qarama-qarshi aylantiring. Elkalarni ko'tarib, yonoqni tortib, butun vujud bu

I icclT^^^^H 235 http://oac.dsmi-qf.uz

harakatni amalga oshiradi: Tasavvur qiling, siz delbfinsiz. Sekin-asta aylanish ritmini tezlashtirasiz.Tanangiz balandlikka o'sayotgandek oyoq uchida yurishga o'tasiz;

2. "Ipga tortish": tasavvurdagi ip oldinga tortilgan; tanangizni qo'lingiz yoki oyog'ingiz emas, aksincha, qo'lingizga yo'naltirilgan ip harakatlantiradi; orqada qolgan oyog'ingizning tizzasi erga tekkunicha oldinga intiling. Tananing harakati keskin va kuchli bo'lishi kerak, xuddi kemaning burni katta to'lqinga urilganidek;

3. Oyoq barmoqlaringiz uchida oldinga sakrang, qo'nayotganda tizzalaringizni buking. Yana tik turgan holatga qaytib, baquvvat va egiluvchan harakatlar bilan sakrashni takrorlang. Egilish va keyingi sakrashga bo'lgan harakat beldan boshlanadi; Qo'llar yonga cho'zilgan, kaftning biri erkalamoqda, biri turtmoqda. Xuddi dengiz shimgichi (gubka) kabi odatiy bo'lmagan yengillik, yumshoqlik va elastiklik hissi bo'lishi kerak .

4. Quyidagi harakatlarni qarama-qarshi tarzda bajaring: tik turgan, oyoqlar bir-biridan ajralgan holda, boshni to'rt marta o'ng tomonga, so'ng belni to'rt marta chap tomonga aylantiring. Belni o'ng tomonga, so'ng sonlarni chap tomonga. Chap oyoq o'ng tomonga, son esa chapga. Oyoq bilagi o'ngga, qo'l esa chapga. Shunday qilib, tana a'zolari bir-biriga qarama-qarshi tarzda aylanib chiqadi. Bu mashqda butun tana ishlaydi. Barcha harakatlar umurtqa pog'onasi asosida ishga tushadi.

5. Tik turgan, oyoqlar bir-biridan ajralgan, qo'l esa boshdan yuqoriga ko'tarilgan holda, kaftimizni erga qo'yib butun tanamiz bilan doira kabi o'mbaloq oshamiz (akrobat): boshlang'ich holatga qaytib, orqaga egilib, mashqni "ko'prik" (mostik) holatida tugatamiz;

6. Ritmik yurish. Dastlabki qadam oddiy, ikkinchisi esa tizzalarni yuqoriga ko'tarib yurish; tana keskin qoladi, xuddi shu mashq avvalgi tezlikda takrorlanadi;

7. Qo'l kafti bilan improvizatsiya mashqi: turli xil buyumlarni, predmetlarni teginish, ishqalash, ushlash, silab ko'rish orqali butun tana his qilib, ifodalashi.

8. O'z tanangiz bilan o'yin. Oldingizga muayyan vazifa qo'ying. Masalan, tananing turli qismlarining qarama-qarshiligi; O'ng tomon zarif, mohir, chiroyli, jozibali va mos keladigan harakatlar qilsin; Chap tomon esa o'ng tomonni hasad bilan kuzatsin. Harakatlarida nafrat namoyon bo'lsin. So'ng o'z kuchsizligidan norozi bo'lib, o'ng tomonni yo'q qilib, qasos olish uchun urinsin. Chap tomon g'alaba qozonadi, lekin ayni paytda u yo'qotishga majbur bo'ladi, chunki o'ng tomonsiz u yashab ketolmaydi, harakatlana olmaydi. Bu o'yin uchun tanani osongina ikki qismga ajratish mumkin. Masalan, tananing tepa qismi va pastki qismi. Shunday qilib, oyoq qism va bosh qism qarama-qarshiligi qo'yiladi. Tasavvurni to'liq jalb qilish juda muhimdir. Chunki tananing nafaqat bevosita ishtirok etadigan qismlari, balki, kuzatuvchi bo'lib uchinchi qism ham qatnashishi mumkin. Misol uchun, jang paytida ikki qo'lning o'rtasida oyoqlar qo'rquvni ifoda etishi mumkin. Bosh esa hayratga tushib ularni kuzatsin.

I [ccñ^^BI 236 http://oac.dsmi-qf.uz

9. Kutilmagan harakat. Ikkala qo'lning aylanishi kabi harakatni amalga oshiring. Bu harakat bir yo'nalishda boshlanadi, bir necha soniyadankeyin noto'g'ri, ya'ni unga qarshi bo'lgan yo'nalish harakatiga o'zgaradi. Harakatning boshlanishi doimo bo'lishi va sekinlagach, birdan o'zgarishi kerak. Boshqa bir misol: go'yoki qiynalayotgandek va mashaqqat bilan asta-sekin yurishni boshlang. To'satdan, lekin bir lahzaga to'xtab, juda yengil, juda oqlangan yugurishni boshlang.

Tarkibiy mashqlar: Ushbu mashqlar Evropadagi qadimiy va o'rta asr teatrlarida, shuningdek, Afrika, Sharq teatrlarida ideogrammlarning shakllanishi jarayoniga muvofiq qabul qilindi. Biroq, ideogrammlar Pekin opera teatrida bo'lgani kabi, aktyorlarda asrlardan buyon maxsus o'zlashtirib kelinayotgan, muayyan gulli-nafis ishora (jest) qilish emas. Har doim yangi ideogrammlar bo'lishi kerak va ularning kompozitsiyalari bevosita o'z-o'zidan paydo bo'ladi. Bunday jest shakllarining boshlang'ich nuqtasi insonning o'z tasavvur maxsuli va asosiy insoniy reaksiyalardagi kashfiyotdir. Natijada, o'z mantig'iga ega jonli shakl paydo bo'ladi. Ushbu kompozitsion mashqlarda cheksiz imkoniyatlar mavjud. Hozir biz kelgusi rivojlanish uchun mos keladigan ba'zi narsalarni muhokama qilamiz. Tananing harakatlanishi va uni boshqarish:

1. Ritmik yurish. Go'yo daraxtning tomiridan tortib uchigacha sharbat ko'tarilmoqda. Tanamizda ham xuddi tovonimizdan tortib o'sayotgan qo'limiz uchigacha suyuqlik tarqalmoqda. Ikkinchi bosqichda shoxchalar sekin qurib, birin-ketin o'ladi. Mashqlar qanday ritmda boshlangan bo'lsa, o'shanday bir xil qadam tashlash bilan tugaydi.

2. Jonli taqlid. Bu hayvonlarga taqlid qilishdan iborat. Hayvonlarga "o'yin" sifatida emas, haqiqatdan taqlid. Yalang oyoqlarning sezgirligini saqlagan holda, qo'llar va oyoqlar bir vaqtning o'zida, birbiriga teskari harakat qilib (xayoliy) predmetlarga teginadi.

3. Yangi tug'ilgan chaqaloq bilan o'xshashlik. A) yangi tug'ilgan chaqaloqni tomosha qiling va uning reaksiyalarini o'zingiz bilan solishtiring; B) o'zingizning harakatlaringizda chaqaloqlik belgilarini izlang (masalan, bola ona ko'kragini emgani kabi sigareta chekib ko'ring) D) sizning chaqaloqligingizni qayta tiklashi mumkin bo'lgan bunday instinktlarni toping (masalan, sizdagi xavfsizlik hissi, emish istagi, o'z tanangizning taskin topish istagi)

4. Har xil yurish turlarini o'rganish. (poxodka)

A) yurish turi yoshga qarab belgilanadi, harakat markazi tananing turli qismlariga o'tkaziladi. Yoshlik davri mobaynida harakat markazi oyoq hisoblansa, o'smirlik davrida elka, erkaklik davrida bel, yosh o'tgan sayin bosh, keksalikda esa yana oyoqlarga ko'chadi. Hayotning ritmidagi o'zgarishlarni kuzatib boring. Bolalik yillarida dunyo bolaning harakatlariga nisbatan g'ayrioddiy, qari odam uchun esa

237

http://oac.dsmi-qf.uz

dunyo unga nisbatan tez sur'atda harakat qiladi. Bu, albatta, talqin qilish mumkin bo'lgan ikkita ko'rinishdir;

B) turli ruhiy holatlarga qarab yurish turlari (flegmatik, harbiy, qiziqarli, kuyingan holda va hokazo)

D) boshqalardan izlayotgan xususiyatlarni ochish uchun ularga taqlidan yurish;

E) jismoniy va patologik xususiyatlarga to'la yurishning turli ko'rinishlari;

F) boshqa odamlarning yurishiga taqlid (parodiyalar). Bu erda asosiy narsa-muayyan yurishning natijalari emas, aksincha, prinsiplarini tushunishdir. Agar, parodiya qilish boshqalardagi istehzolanadigan elementni o'z ichiga olmasa, bunday hazil oshirib yuborilgan hisoblanadi.

5. Emotsional impultsni (yig'lash kabi) jamlang va tananing ma'lum bir qismiga, masalan, oyoqqa yuborib ifodalang. Bunga yaqqol misol Eleonora Duz hisoblanadi. U yuzini va qo'lini ishlatmasdan tanasi bilan hammani "o'pgan". Masalan, tanangizning ikki qismidan foydalanib ikki xil impults ko'rsating: kaft kulmoqda, tovon yig'lamoqda.

6. Tana a'zolaringiz bilan nurni tuting va tutgan qismingiz bilan shakllar, imo -ishoralar, harakatlarni jonlantiring.

7. Mushaklarni shakllantirish: elka xuddi yuz kabi yig'laydi; qorin quvonadi, tizza g'amgin.

Aktyor yuqorida aytib o'tilgan mashqlarni takrorlab, kuchaytirish va ularni faollashtirish imkoniyatlarini boyitish uchun doimo izlanib borsa maqsadga muvoviq bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Jo'ra Mahmudov, Sahna kompozitsiyasi alifbosi, Toshkent-2006.

2. Xoliqulova G. Sahna nutqi. Toshkent - 2007 yil.

3. Boltaboeva U. Sahna nutqi. Toshkent, INNOVATION-ZIYO, 2019 yil.

4. Boltaboeva U. Sahna nutqi. Toshkent, INNOVATION-ZIYO, 2021 yil.

5. K.S. Stanislavskiy. - Aktyorning o'z ustida ishlashi. T. Xo'jayev tarjimasi. S. Muhamedov tahriri ostida. O'quv qo'llanma - T., 2010 y.

6. Nosirova A. Sahna nutqi. Darslik -T.:, 2013 yil

7. Sayfullayev B., Mamatqosimov J. Aktyorlik mahorati. - Toshkent: Fan va texnologiya, 2012

8. Mahmudov J., Mahmudova X.Aktyorlik mahorati. - Toshkent: Lesson Press. 2016.

238

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.