Научная статья на тему 'BELBOG’LI KURASHNING O’QUV FANI SIFATIDA QABUL QILINISHI VA TUZILISHI'

BELBOG’LI KURASHNING O’QUV FANI SIFATIDA QABUL QILINISHI VA TUZILISHI Текст научной статьи по специальности «Науки о здоровье»

CC BY
849
37
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kurash / milliy / fan / taʼlim / texnika / taktika / metodlar / tezlik / kadrlar / talabalar / urf odatlar / axloq. / wrestling / national / science / education / technique / tactics / techniques / speed / personnel / students / customs / ethics.

Аннотация научной статьи по наукам о здоровье, автор научной работы — Isajаn Musajonovich Mirzakulov

Ushbu maqolada taʼlim dasturida jismoniy tarbiya darslarida kurash turlari va uni o’qitish metodikasi kelib chiqish tarixi, rivojlanish bosqichlari, turkumlari, tasnifi, milliy kurash texnikasi va taktikasini o’rgatish, milliy kurash darslarini tashkil qilish va o’tkazish metodlari hamda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish masalalarini qamraydi. Fan va amaliyotning vazifasi – chidamlilik, kuch va tezlikning o’ziga xos turlarini rivojlantirishga yordam beradigan mashqlar uchun bunday variantlarni topishdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ACCEPTANCE AND STRUCTURE OF BELBOG WRESTLING AS A STUDY

This article describes the history of types of wrestling and methods of teaching it in the curriculum, stages of development, stages, categories, classification, teaching methods and tactics of national wrestling, methods of organizing and conducting national wrestling classes and the use of new pedagogical technologies. The task of science and practice is to find such exercise options that help develop specific types of endurance, strength and speed.

Текст научной работы на тему «BELBOG’LI KURASHNING O’QUV FANI SIFATIDA QABUL QILINISHI VA TUZILISHI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

BELBOG'LI KURASHNING O'QUV FANI SIFATIDA QABUL QILINISHI VA

TUZILISHI

Ushbu maqolada ta'lim dasturida jismoniy tarbiya darslarida kurash turlari va uni o'qitish metodikasi kelib chiqish tarixi, rivojlanish bosqichlari, turkumlari, tasnifi, milliy kurash texnikasi va taktikasini o'rgatish, milliy kurash darslarini tashkil qilish va o'tkazish metodlari hamda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish masalalarini qamraydi. Fan va amaliyotning vazifasi - chidamlilik, kuch va tezlikning o'ziga xos turlarini rivojlantirishga yordam beradigan mashqlar uchun bunday variantlarni topishdir.

Kalit so'zlar: kurash, milliy, fan, ta'lim, texnika, taktika, metodlar, tezlik, kadrlar, talabalar, urf odatlar, axloq.

ACCEPTANCE AND STRUCTURE OF BELBOG WRESTLING AS A STUDY

This article describes the history of types of wrestling and methods of teaching it in the curriculum, stages of development, stages, categories, classification, teaching methods and tactics of national wrestling, methods of organizing and conducting national wrestling classes and the use of new pedagogical technologies. The task of science and practice is to find such exercise options that help develop specific types of endurance, strength and speed.

Keywords: wrestling, national, science, education, technique, tactics, techniques, speed, personnel, students, customs, ethics.

Oliy ta'limning fundamentalligi real dunyodagi jarayonlar, ob'yektlar va hodisalar orasidagi munosabatlarni ajratib bila olishga yo'naltirilgan bo'lib, yuqori

Isajan Musajonovich Mirzakulov

Toshkent davlat transport universiteti, v.b. dotsent

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

Yoshlarnijismoniy chiniqtirish, sport bilan shug'ullanish va sport majmualaridan unumli foydalanish, olis qishloqlarda yengil konstruksiyali kichik sport zallar va sun 'iy qo 'llanmali maydonlar qurish bizning eng oliy maqsadimiz.

Shavkat Mirziyoyev

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

malakali mutaxassislami tayyorlashda asos sifatida qabul qilingan. Davlat ta'lim standartlari tayyorlanayotgan kadrlarning ko'nikma va malakalariga yuqori talablarni qo'ymoqda. Shu talablar zamonaviy sharoitlardan bevosita kelib chiqqan bo'lib, ularning maqsadi ta'lim olayotgan yoshlardan milliy intellektual elitani shakllantirishdan iborat. Gumanitar ta'lim yo'nalishlari uchun qo'yilgan malaka talablari ichida kurash turlari va uni o'qitish metodikasi faniga doir talablar alohida o'rin tutadi. Bu esa o'quv rejalarda o'z ifodasini topdi. Ushbu dasturda jismoniy tarbiya darslarida kurash turlari va uni o'qitish metodikasi kelib chiqish tarixi, rivojlanish bosqichlari, turkumlari, tasnifi, milliy kurash texnikasi va taktikasini o'rgatish, milliy kurash darslarini tashkil qilish va o'tkazish metodlari hamda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish masalalarini qamraydi.

Davlatimizning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan mamlakatimizda barkamol avlod, yoshlarni har tomonlama etuk va intellektual salohiyatli qilib voyaga yetkazishga ustuvor vazifa sifatida e'tibor qaratildi. Ta'lim tizimidagi keng ko'lamli islohotlar "Ta'lim to'risida"gi Qonun, "Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi" va qator muhim hujjatlar hayotga bosqichma-bosqich tadbiq etilib, sohaning barqaror sur'atlar bilan rivojlanishida, ta'lim samaradorligining oshib borishida mustahkam omil bo'ldi. O'zbekiston Respublikasining "Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi" da yosh avlodni ma'naviy - axloqiy tarbiyalashda xalqning boy madaniy-tarixiy an'analariga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlariga asoslangan samarali tashkiliy-pedagogik shakl va vositalari ishlab chiqilib amaliyotga joriy etish kerakligi ko'rsatilgan.

Fanni o'qitishdan maqsad - kurash fani talabalarga kurashni o'qitish uslubi va nazariy bilimlarini o'rgatish, milliy kurash texnikasi va usullarini haqida nazariy bilim, amaliy harakat ko'nikma va malakalarini egallash, o'rganish, kurash bo'yicha mashg'ulotlarni tashkil qilish va o'tkazish uslubiyotini o'rgatishga qaratilgan bo'lib, talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, hayotning turli jabhalarida milliy kurash vositalaridan samarali foydalanib o'qitish va barkamol avlodni tarbiyalashga mos bilim, ko'nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat.

Fanning vazifasi - talabalar bilan o'quv mashg'ulotlari ko'rsatilgan o'quv dasturlari asosida nazariy va amaliy mashg'ulotlar shaklida o'tkaziladi. Shu mashg'ulotlar jarayonida O'zbekiston Respublikasida kurash turlarining rivojlanish tarixini o'rgatish, O'zbekiston Respublikasining jismoniy tarbiya tizimida kurash turlarini o'rni, kurash mashg'ulotlarida umumiy rivojlantiruvchi va maxsus mashqlarni o'rgatish, kurash mashg'ulotlarida shikastlanishning oldini olish, kurashning muayyan turi texnikasi va qoidalarini o'rgatish, kurash turlari texnikasi va usullarini o'rgatish, kurash turlari mashg'ulotlari uchun sport inshootlarini tanlash va ularning jihozlanishini o'rganish, kurash turlari bo'yicha mashg'ulotlarni tashkil qilish va o'tkazish, kurash

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

turlari bo'yicha musobaqalarni 5 tashkil qilish va o'tkazish, shuningdek musobaqa hujjatlarini yuritish va hakamlik qilish, bolalar sportida kurashning o'rni, milliy kurash mashg'ulotlarining ayrim xususiyatlari kabi vazifalarni amalga oshirish bilan birgalikda jismoniy sifatlarni rivojlantirishni ko'zda tutadi. Fan bo'yicha talabalarning bilim, ko'nikma va malakasiga quyidagi talablar qo'yiladi. Talaba:

- kurash turlari va uni o'qitish metodikasi fanining maqsadi hamda vazifalari;

- kurash turlarining rivojlanish tarixi;

- O'zbekiston Respublikasida kurash turlarining rivojlanish tarixi;

- O'zbekiston Respublikasining jismoniy tarbiya tizimida kurash turlari;

- kurash mashg'ulotlarida umumiy rivojlantiruvchi va maxsus mashqlar;

- kurash mashg'ulotlarida shikastlanishning oldini olish;

- kurash turlari mashg'ulotlari uchun sport inshootlarini tanlash va ularning jihozlanishi haqida bilimlarga ega bo'lishi kerak;

- kurashning muayyan turi texnikasi va qoidalarini o'rgatish;

- kurash turlari texnikasi va usullarini o'rgatish;

- kurash turlari usullarini amalda qo'llay olish;

- kurash turlari texnikasini bajara olish;

- bolalar va o'smirlar bilan sport kurashi bo'yicha mashg'ulitlarni o'tkaza olishi haqida ko 'nikmalarga ega bo 'lishi kerak;

- kurash turlari bo'yicha mashg'ulotlarni tashkil qilish va o'tkazish metodikasi; -bolalar sportida kurashning o'rni;

- kurash turlari texnikasi va usullarini o'rgatish metodikasi;

- kurash turlari usullarini amalda qo'llay olishni o'rgatish metodikasi;

- kurash turlari texnikasini bajara olishni o'rgatish metodikasi;

- kurash mashg'ulotlarining ayrim xususiyatlari to'g'risida malakalarga ega bo'lishi lozim.

Belbog'li kurashda o'quv-ta'lim mashg'ulotlari dars shaklida o'tkaziladi. Mashg'ulot kirish, tayyorlov, asosiy va yakunlovchi to'rt qismdan iborat.

Kirish qimsi (4-5 daqiqa).

Vazifalar: guruhni tashkil qilish, saflash, mashqulot vazifasini tushuntirish, guruhni bo'lajak ishga tayyorlashdir.

Vositalar: turganda va harakatda sof mashqlarni bajarish turlicha yo'nalishda yurish va yugurish, diqqat-e'tiborni o'stiruvchi mashqdir.

Tayyorlash qismi (20-25 daqiqa).

Vazifalar: jismoniy qobiliyatlarini tayyorlashga yordamlashish, UJT - umumiy jismoniy tayyorgarlik, MJT - maxsus jismoniy tayyorgarlik, talaba organizmini darsning asosiy o'ismiga tayyorlash.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

Vositalar: umumrivojlantiruvch va amaliy - qo'shimcha mashqlar, harakatli o'yinlar va etasfetalar, predmetli mashqlar, gantellar, gimnastika tayoqchalar, sakrash arg'umchoqlari, to'plar, qadoq toshlar, akrobatik mashqlar, gimnastika devori, halqalar, arqon, batut, maxsus mashqlar, bo'yin muskullarini mustahkamlovich, teskari bajariluvchi va o'op bilan bajariladigan mashqlar, o'rgangan maqlarni taqlid qilib takrorlash, aqibni ushlab tortish, kurashda sherikni belbo-idan ushlab tortish, oyo-iga tashlash, ilib tashlash,qoqma usullarni bajarish.

O'qituvchi-trener yangi o'rganuvchilar bilan shug'ullanganida asosan umumrivojlantiruvchi mashqlar berib borishi, yuqori malakali polvolar bilan ishlaganda ko'proq, maxsus rivojlantiruvchi mashqlardan foydalanishi lozim. O'qituvchi-trener ko'pgina har-xil mashqlarni tanlar ekan, ularning organizmiga beradigan ta'sirini bilmog'i lozim.

O'qituvchi-trener badanni qizdiruvchi mashqlarni olib borganida ommaviy turdagi sport snaryadlaridan, gimnastik snaryadlardan va qadoq toshlaridan unumli foydalanishi zarur. Qisqasi mashg'ulotning tayyorlov qismida qo'llaniladigan material uning shakli va vositalari doimo yangilanib turishi kerak, chunki bir xilda o'tkaziladigan mashg'ulot qiziqishni so'ndiradi.

Asosiy qism (40-45 daqiqa).

Vazifalar: kurash texnika va taktikasini o'rganish hamda takomillashtirish, mashg'ulot bilan shug'ullanuvchilar umumiy va maxsus jismoniy sifatlarini o'stirish, uning tayyorgarlik malakasini oshirish.

Vositalar: maxsus mashqlar, sherik bilan birga kurashish texnikasi va taktikasini o'rganish hamda takomillashtirish, o'quv bellashuvlar. Bunda tayyorlash qismida qo'llaniladigan materiallardan tashqari, boshqa sport turidagi vositalardan ham foydalanish mumkin.

Yakunlovchi qism (5-10 daqiqa).

Vazifalar: sekin yurish, charchoqni yo'qotishga yordamlashuvchi mashqlar, saf mashqlari, qoidaga muvofiq mashqlar uyushqoqligi vaziyatida tugallanishi lozim. Buning uchun o'qituvchi-trener guruhini saflaydi, mashg'ulot nihoyasida har bir talabaning yutug'i va kmchiligi to'g'risida o'z mulohg'azasini aytadi. Uyda bajarish uchun topshiriqlar, ertalabki badantarbiya, jismoniy tayyorgarligi bo'yicha mustaqil shug'ullanishiga oid ko'rsatmalar beradi.

Dars qismi Darsning qisqacha mazmuni Mashqlar soni U.M.K.

riov qismi 20-25 danin B ir qatorga talabalarni saflash va ro'yxatdan o'tkazish. 1 marta Bir tekisda tartib bilan

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

Dars mazmuni bilan tanishtirish. bajarish

U.R.M.

I. Boshlanrich holat, oyoqlar elka kengligida: 1 - chuqur nafas olib, qo'llarni yuqoriga ko'tarib, nafasni to'liq chiqarib, qo'llarni pastga tushiramiz; 3-4 marta Guruh 3-4 qator-ga saflanib bajarish

II. B.H. Oyoqlar elka kengligida: 1 - boshni oldiga, orqaga egish; chapga o'nga burish; 2 - boshni o'ng tomonga 2 marta chap tomonga, 2 marta aylantirish; 4-5 marta Sekin asta bajarish

III. B.H. 1 - barmoqlarni, bilaklarni, tirsaklarni aylantirib, qizdiramiz 4-6 martadan Sekin asta tezlashtirilgan holda bajarish

IV. B.H. 1- qo'llarni bukgan holda elkaga qo'amiz; 2 - oldiga 4 martadan; 3 - orqaga 4 martadan aylantiramiz; 4-6 marta Nafasni bir tekisda olib, chiqarib bajarish

V.B.H. Ikki qo'l tepada: 1- oldiga 4 marta; 2 - orqaga 4 marta aylantiramiz; 4-8 marta Qo'llarni bukmasdan katta amplektudada aylantiramiz

VI. B.H. O'ng qo'l tepada, chap qo'l pastda: 1 - o'ng qo'lni oldi tomonga 2 marta qataramiz; 2 - chap qo'lni orqa tomonga 2 marta qaytaramiz; 6-8 marta Qo'llarni bukmasdan bajaramiz

VII. B.H. Qo'llar bukilib ko'krak oldida: 1 - ikki marta qo'llarni oldiga, orqaga qaytarib; 2 - o'ng tomonga burilib, qo'llarni 2 marta to'liq yozish; 3 - chap tomonga burilib, qo'llarni 2 marta to'liq yozish; 6-8 marta Qo'llarni buki-lib, tirsaklar orqali to'liq bajarilishi kerak

VIII. B.H. Qo'llar belda: 1 - chap tomonga 2 marta egilish; 2 - o'ng tomonga 2 marta egilish; 6-8 marta Nafas bir tekis olish

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

IX. B.H. Qo'llar belda: 1 - belni o'ng tomonga aylantiramiz; 2 - belni chap tomonga aylantiramiz; 6-8 marta Belni toz bilan qo'shib aylantirish

X.B.H. Qo'llar belda: 1 - belni oldinga egilgan holatda o'ng tomonga katta amplitudada aylantiramiz; 2 - belni oldiga egilgan holatda chap tomonga katta amplitudada aylantiramiz; 6-8 marta Katta amplektudada mashqni bajaramiz

XI. B.H. Oyoqni kengroq ochgan holda: 1 - belni oldiga egib, qo'lni oldiga bukib egilish; 2 - o'ng oyoqqa egilish; 3 - o'rtacha egilish; 4 - chap oyoqqa egilish (naklon) va turgan holatga qaytarish; 6-8 marta Oldinga egilganda tizzalarni bukmasdan bajarish kerak

XII. B.H. Oyoqlarni kengroq kerib egilgan holatda: 1 - charxpalakga o'xshab aylantiramiz; 2 - qo'llar bilan birga boshni ham buramiz; 3 - sekin asta ko'tarilib boramiz, boshlanish holatiga qaytamiz. 6-8 marta Elka va boshni bir tekisda buramiz

XIII. B.H. Oyoqlar elka kengligida: 1 - o'ng oyoqni chap qo'l uchiga ko'taramiz; 2 - chap oyoqni o'ng qo'l uchiga ko'taramiz; 6-8 marta Borgan sari tezlikni oshirib boramiz

XIV. B.H. Oyoq elka kengligida: 1 - qo'llarni oldiga bukgan holda o'nga buramiz; 2 - oyoqlarni chapga buramiz (nasochka); 6-8 marta

XV. B.H. 1 - o'ng oyoqni oldiga chiqarib, tizza bilan bukib, chap oyoqni orqaga qilib 4 martada tizzalarni oldiga egamiz; 2 - oyoqlarni almashtiramiz (rastajka); 8-10 martadan Bir xil tezlikda bajaramiz

XVI. B.H. Qo'llar oldinda: 1 - ikki oyoqni kengroq kerib, har bir oyoqqa o'tirib, chapdan o'ngga o'tamiz; 8-10 marta O'tgancha pastroq o'tamiz

XVII. B.H. Qo'llar oldinda: 1 - o'tirib turamiz; 20 marta Nafasni bir tekisda

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

olamiz

Qo'llarni

tepaga

XVIII. Chuqur nafas olib chiqaramiz. 3-4 marta ko'tarib, pastda bo'sh qilib tushuramiz

I. Akrobatik mashqlar bajariladi: Nafasni bir

1. Oldinga dumaloq oshish, 2-3 marta tekisda olgan

cd q i 2. Orqaga dumaloq oshish holda ikki

iqa 3. Chap va o'ng elka bilan straxovka qilish tomondan

d in 4. Ikki elka bilan straxovka qilish qaytish

- 1. Yonbosh usulini o'rganish

O 1. Beldan ushlab elkadan oshirib tashlash. 2-3 marta Elka bilan hrakatlanish

B m i iq y i s 0 2. Ikki qo'lidan ushlab elkadan oshirib tashlash

3. Tizzalab elkadan oshirib tashlash

< I. . Kurash qoidalarini o'rganish: 1. Chala, yonbosh, halol 2. Tanbeh, dakki, rirrom 3-4 marta Diqqat bilan eshshitish

I. Engillashtiruvchi mashqlar:

1 O'yin elementlari ishtirokida estafetalar

bajariladi: to'p bilan yugurish, to'pni uzatish, 200 Safni

msi a ilish va boshqalar. metrga buzmasdan

q ^ cd 2 0 2. Nafasni tiklovchi mashqlar majmui. 100 bir yoki ikki

3. Sport o'yinlari metrga qatorda

M ^ 4 - talabalarni saflab, oraliq nazorat natijalarini 4-6 yugurish va

aytish. martadan yurish

Uyga vazifa: Kurash qoidalari va usullarini

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

o'rganib kelish

Shunday qilib, mashqlar (variantlar) soni cheksiz bo'lishi mumkinligi aniq bo'ladi. Shuning uchun fan va amaliyotning vazifasi - chidamlilik, kuch va tezlikning o'ziga xos turlarini rivojlantirishga yordam beradigan mashqlar uchun bunday variantlarni topishdir.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

Boshqacha qilib aytadigan bo'lsak, mashqlar sportchining tanasiga ta'sir qilish yo'nalishiga qarab tanlanishi va tasniflanishi kerak.

Umuman olganda, pedagog, eng avvalo, tajribachi ekanligiga ishonchim komil. Ammo tajribalar xaotik tarzda, sinov va xato bilan emas, balki ilmiy asosda va faraz mavjud bo'lgan holda amalga oshirilishi kerak.

Ma'lum darajada, bu qarama-qarshiliklarni bir mashqda bir vaqtning o'zida bir nechta vazifalar hal qilinganda, mashg'ulotning usuli yordamida hal qilish mumkin:

1. Vazifalarni parallel, ya'ni bir vaqtda bajariladigan tarzda tanlash (tezlik va kuchni rivojlantirish; texnologiya va maxsus tezlikka chidamlilik).

2. Vazifalar mashq yo'nalishiga mos kelishi, asosiy vazifaga zid kelmasligi kerak. Shunday qilib, agar aralash aerob-anaerob qobiliyatlarni rivojlantirish bo'yicha ish taklif etilsa, unda tezlikni rivojlantirish vazifasi bir vaqtning o'zida qo'yilmasligi kerak.

3. Har bir alohida holatda, sportchilar tomonidan ularni idrok etish va bajarish imkoniyatini, assimilyatsiya darajasini (mashq ta'sirini) hisobga olgan holda vazifalar sonini aniqlash kerak.

Bu yerda didaktikaning asosiy tamoyillaridan biri ong tamoyili ustunlik qiladi. Hamma narsani rejalashtirish mumkin. Ammo talabalar qo'yilgan vazifalarni to'g'ri tushunishlari, ularning mohiyatini anglab etishlari va ularni ham shakl, ham mazmunan imkon qadar aniq bajarishga intilishlarini ta'minlash kerak.

Shu o'rinda men ushbu maqolada taklif etilgan kurashchilarni tayyorlash tizimini yaratish uchun bosib o'tgan yo'lim haqida gapirish o'rinli bo'lsa kerak. Bu yo'lni mening avlodimdan ko'plab murabbiylar bosib o'tgan.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Мухаммадиев К.Б. Спортизированное физическое воспитание студентов на основе сочетания средств борьбы и игрового метода // Физическая культура: воспитание, образование, тренировка. УДК/UDC 796.011.2:5:012.33. - Москва, № 9, 2021. С. 23-24.

2. I.M.Mirzakulov. Jismoniy tarbiya va sport (belbog'li kurash). O'quv qo'llanma. T.: 2Q21, l75 bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.