AKMEOLOGIYANING RIVOJLANISH BOSQICHLARI VA AXLOQIY
FAZILATLAR UYG'UNLIGI
G. H. Tillayeva
f.f.n., Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti Tillar va maktabgacha ta'lim
fakulteti dotsenti, O'zR FA Yosh olimlar kengashi rais o'rinbosari
Akmeologiyaning rivojlanish bosqichlari to'rttani tashkil etib 1, birinchi bosqich latent, ya'ni insonshunoslikning yangi jabhalarini o'rganishda tarixiy, madaniy-ma'naviy, ijtimoiy-axloqiy, falsafiy, ilmiy va pedagogik bilimlar ko'rinishida bo'ldi2. Baholash uchun birlamchi latentli xususiyatning tahqi ko'rinishlar - aniq obyektning munosabatida joyga ega yoki ega emas jamlanmasi asosida tartibli shkala yordamida Gutman shkalasi nomini olgan mos keluvchi shkalalar tuzilishining maxsus algoritmi ishlab chiqilgan3. Kasbiy rivojlanishni baholash uchun tartibli o'lchovlarning tarqalishi tipik tartibli shkalani keltirib chiqaradigan «egallagan amaliga mos» - «ishni yaxshilanishi sharti asosida egallagan amaliga mos» - «faoliyat turini o'zgartirish taklif etiladi» kabi attestatsiyaviy taxlillarning odatiy yakuni bilan izohlangan.
Akmeologiyaning latent bosqichi rivojiga Sankt-Peterburg maktabi vakilasi Nina Vasilevna Kuzmina asos soldi. U mustaqil ravishda bog'cha tarbiyachilari, maktab, kasb-hunar kollejlari va oliy o'quv yurtlarining turli fanlar, jumladan rus tili va adabiyoti, chet tili, fizika, matematika, tarix, pedagogika, psixologiya va xususiy uslubiyotchi o'qituvchilarning kasbiy mahoratini aniqlash bo'yicha umumiy o'rta hamda kasbiy tayyorgarlik va fanlararo kompleks tadqiqotlarni tashkil etib, akmeologiya predmetini ishlab chiqdi4.
Latent bosqichining asosiy jihati shundaki, (10-15 kishilik) katta bo'lmagan mehnat jamoalarining samaradorlik koeffitsiyentini baholashda tartib bo'yicha klassifikatsiya metodi yaxshi va yomon ishchilarni ajratib ko'rsatishni ko'zlagan va shu bois ham u yetarlicha tarqalgan. Buning uchun ekspertlar eng yaxshisidan to eng yomonigacha ishchilarni tartib hamda baholanadigan mezonlar bo'yicha taqsimlab chiqadilar. Bunday baholash tufayli jamoaga odilona tartibli yakuniy baho berish imkoniyati tug'iladi.
1 Каранг: Деркач А.А. Акмеология. -М.: Изд-во РАГС, 2006. -424 с.
2 http://akmeolog.narod.ru/kus.html#2
3 Ядов В.А. Социологическое исследование. Методология, программа, методы. М., 1987. С. 98-102.
4 http://akmeolog.narod.ru/kus.html#2
May 3, 2024
27
Biz N.V.Kuzminaning tadqiqotini falsafiy-etik nuqtai nazardan tahlil etganimizda, uning akmeologiya predmeti sifatida yetuk professional insonning psixologik holati, kasbiy pedagogik tayyorgarligi va salomatligini keltirganligiga amin bo'ldik. Ammo, yetuk professional kadrlarni tayyorlash masalasida ijtimoiy-axloqiy sifatlarning keltirilmagani tadqiqotimiz mavzusining dozarbligini belgiladi. Shu o'rinda foydali ish koeffitsiyentini aniqlash bo'yicha so'rovnoma o'tkazdik. So'rovnomada Toshkent arxitektura-qurilish instituti, Toshkent iqtisodiyot universiteti va Toshkent viloyati davlat pedagogika institutlari talabalari ishtirok etishdi.
"Siz har kuni taxminan necha soatni o'quv yurtingizda darslarda o'tkazasiz?" degan savolga quyidagicha javoblar olindi:
№ Javoblar Toshkent viloyati Toshkent Toshkent
davlat pedagogika arxitektura- iqtisodiyot
instituti qurilish instituti universiteti
har kuni 1-2 soat 3,1% 4,1% 4,1%
2-3 soat 3,1% 2.7% 2,7%
3-4 soat 6,2% 5,4% 5,4%
4-5 soat 34,1% 18,2% 18,2%
5-6 soat 34,1 33,8% 33,8%
6 soatdan ko'proq 15,5% 35,8% 35,8%
vaqtni
Jadvaldan ko'rinib turibdiki, Toshkent arxitektura-qurilish instituti va Toshkent iqtisodiyot universiteti talabalari bir xil ko'rsatkichda, aksariyat ya'ni 6 soatdan ko'proq vaqtni o'quv yurtida o'tkazishar ekan. Toshkent viloyati davlat pedagogika instituti talabalarida esa bu ko'rsatkich 4-5 va 5-6 soatni tashkil qilgan.
Biz talabalarning sarflangan vaqtdan unumli foydalanishlarini bilish maqsadida ularga «Siz bironta maxsus ixtisoslashtirilgan kurslarga qatnashasizmi?», -degan savol bilan murojaat qildik.
№ Javoblar Toshkent viloyati Toshkent Toshkent iqtisodiyot
davlat pedagogika arxitektura-qurilish universiteti
instituti instituti
1 ha 46,5% 37,2% 80,0%
2 y°'q 49,6% 62,8 19,7
Bizni Toshkent arxitektura-qurilish instituti talabalarining savolnomaga bergan javoblari biroz xavotirga soldi. Negaki, ular 6 soatdan ko'proq vaqtni o'quv yurtida
28
o'tkazsalar-da, aksariyat foiz 62,8 biror-bir ixtisoslashtirilgan kurslar yoki intellektual faoliyat turi bilan shug'ullanmas ekanlar. Albatta, Toshkent viloyati davlat pedagogika instituti talabalarining javoblari ham bundan mustasno emas.
Ammo, Toshkent iqtisodiyot universiteti talabalarining foydali ish koeffitsenti bizni quvontirdi. Ularning 80,0% turli ixtisoslashtirilgan kurslar, to'garaklar va mashg'ulotlarga qatnashar ekanlar. Jumladan, 53,3 foizi mustaqil mashg'ulotlarda horijiy tillarni o'rganish uchun, 46,0 foizi kompyuter kurslariga qatnashish, 5,3 foizi fan va mutaxassislik bo'yicha va 12,0 foiz haydovchilik va buxgalteriya kurslarida qatnashishii uchun 5,3 foizi esa dasturiy ta'minlash ishlariga vaqt sarflashar ekan.
Akmeformni o'rganish va taxlil qilish asnosida, ijodiy kasbiy mahorat hamda professionalizmni rivojlantirish uchun optimal texnologiyalar yaratish maqsadida akmeologiya turli kasb faoliyati bilan shug'ullanuvchi mutaxassislarning ish jarayoni va usullari ustida kompleks tadqiqotlar o'tkazilmoqda. Ayni paytda muvaffaqiyatga erishish uchun qiyosiy jihatdan boshqa bilimlarni ham tadqiq qilmoqda. Chunonchi, falsafa, sotsiologiya, psixologiya, fiziologiya, genetika va pedagogika kabi fanlardan unumli tarzda foydalanilmoqda.
Akmeologiya o'zining ontologik ma'nosini inson hayot faoliyatida psixologik va kasb-korda ijtimoiy-axloqiy yutuqlarga erishishini ifodalash, tasvirlash va akmeform fenomenologiyasi taxlili orqali aks ettiradi. Fenomenologiyaning akmeologik jihati mehnatda ijodiy mahorat bilan k o'rsatiladi
Shu o'rinda o'qituvchi-murabbiylarning bu o'zgarishlarga tayyorligini aniqlash maqsadida mamlakatimizdagi malaka oshirish institutlarida ham attestatsiyalar o'tkazila boshlandi. Attestatsiyadan ko'zlangan asosiy maqsad o'qituvchi va murabbiylarning o'z kasbining yuksak bilimdoni, etuk salohiyat egasi etib qayta tayyorlashdan iboratdir. Bu esa quvonarli tomoni shundaki, akmeologik bilimlar, ya'ni yuksaklik sari intilishning amaliyotga joriy etilishidir.
Shunday ekan yoshlarni yuksak professional akme shaxslar etib tarbiyalanishlarida, eng avvalo ularning bo'sh vaqtlarini to'g'ri tashkil etish masalalariga asosiy e'tiborimizni qaratishimiz lozim, degan xulosaga keldik. Bunda albatta, talabalarning axloqiy tarbiyasiga asosiy e'tiborni qaratish va ularga ushbu egallanayotgan kasbining jamiyatimiz uchun naqadar muhim soha ekanligini uqtirish yaxshi ko'rsatkichlarga yetaklaydi.
Ikkinchi bosqich kombinatsion bo'lib, akmeologiya atamasi bilan asoslanadi. Ammo fikrimizcha, haqiqatan ham akmeologiya atamasi fanda keskin va ijobiy burilish yasadi. Ammo bu, yangi fan yaratildi, degani emas. Zero, akmeologiyaning tarixi uzoq o'tmishga borib taqaladi. Bu haqda oldingi faslda falsafiy-etik taxliliy xulosalarni berdik.
29
Akmeologiyaning asosiy rivojlanish bosqichlari tarixiy-falsafiy davrlar silsilasi bilan bog'liq. Ya'ni, akmeologik dunyoqarashni qadimgi Yunoniston mutafakkirlari 1 va Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto»da uchratish mumkin2. Bu davrda «akme» so'zi o'rnida «mukammallik», «oliy nasab» kabi tushunchalar ishlatilgan. Yoki Markaziy Osiyoda So'fiylik ta'limoti sifatida paydo bo'lgan qarashlarda insonning pok bo'lishi, Alloh yo'lida har qanday noma'qul ishlarni qilmaslik, adolatli bo'lish kabi xislatlarni rivojlantirgan3.
XX asr boshlarida Turkistonda ijtimoiy-siyosiy oqim sifatida paydo bo'lgan jadidchilik harakati davriga kelib, tafakkur rivoji insonlar ongida yuksaklik, beqiyoslik, komillik kategoriyalarining shakllanishiga olib keldi4.
Akmeologiya - tabiiy, umumjamoa va insoniy qoidalar asosida kasbiy mahoratning yuksak muvaffaqiyatga erishishi haqidagi ta'limot bo'lib, insonning etuklik bosqichida rivojlanish qonunlari va mexanizmi haqida yanada yuksakroq darajalarni egallash fenomenologiyasini tadqiq etadi. Akmeologiyada mahsuldorlik tushunchasini ochib beruvchi kasbiy faoliyat kategoriyasi taxlil qilinadi. Shuningdek, samarador faoliyat, professionalizm va ijod rivojlanishidagi va texnologiyani ishlab chiqib, kasb faoliyatida yuksaklikka erishishning yo'nalish va usullarini izlash va ularning bu jarayon qonuniyatlariga tatbiq etish, professionalizmning ijodiy yutuqlari sari yo'naltirilgan samarador tizimlar darajalarini belgilash bilan shug' ullanadi.
Globallashuv davrida fan va texnologiyalar rivojlanish cho'qqisiga chiqar ekan, «barkamol avlod», «akmeshaxs» kabi tushunchalar ilmiy muomalaga kirib keldi. Buning asosiy sababi - insonning intellektual qobiliyati zamon va makon bilan
Каранг: Аристотель. Никомахова этика/ Сочинения. В 4-х т. Т.4. -М.: Мысль, 1983; Сенека Луций Анний. Нравственные письма к Луцилию. -М.: Наука, 1977.
2 Авесто. «Видевдат», 3-фаргард, 2-3 бандлар. -Тошкент: Шарк, 2001. -Б. 37; Махмудов Т. «Авесто» хакида. -Тошкент:Шарк НМБК, 2000. -Б. 14; Тохир Карим. Мукаддас «Авесто» изидан. -Тошкент:Чулпон, 2000. 12-б.
3 Форобий Абу Наср. Фазилат, бахт-саодат ва камолот хакида. /Мукаддима, таржима ва изохлар муаллифи: Кодиров М. Масъул мухаррир: А.Жалолов. -Тошкент: Ёзувчи, 2001; Форобий. Фозил одамлар шахри. -Тошкент: Халк мероси, 1993; Форобий. Рисолалар. -Тошкент: 1975; Ибн Сино. Китобул ишорат фил мантик вал хикмат. Узбекистон Фанлар академияси Шаркшунослик институти, китоб фонди, инв. №2210, 13 «б»; Ибн Сино. Тиб конунлари.-1,2,3-жилдлар. -Тошкент: Мерос, 1993; Ибн Сино. Рисолаи ишк. -Техрон, 1952; Ибн Сино. Тадбири манзил (арабчадан форс тилига Мухаммад Нажмий Занжоний таржимаси). -Техрон, 1939. Узбекистон Фанлар академияси Шаркшунослик институти, китоб фонди, инв. №11763; Беруний Абу Райхон. Утган авлодлардан колган ёдгорликлар. -Тошкент: Уздавнашр, 1957; Беруний Абу Райхон. Минералогия. -Тошкент: Уздавнашр, 1965; Яссавий А. Х,икматлар. -Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1991; Яссавий А. Девони хикмат. -Тошкент: 1992; Кубро Шайх Нажмиддин. Кутби дахр -Тошкент: 1998; Кубро Шайх Нажмиддин. Шархе рисолайе одоб-ул зокирин. -Урганч, 1997; Навоий А. Хамса. Асарлар. Беш жилдлик, 1-5 жилд. -Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1968; Навоий А. Махбуб ул -кулуб. -Тошкент:Адабиёт ва санъат нашриёти, 1983.
4 Бехбудий М. Киска умумий жугрофия. -Тошкент: 1905; Бехбудий М. Болалар учун китоб. -Тошкент: 1905; Бехбудий М. Исломнинг кискача таърифи. -Тошкент: 1910; Бехбудий М. Хайрул умури авсатихо. «Хуршид», -Тошкент: 1906; Фитрат А. Оила. -Тошкент: Маънавият. -1998; Абдурашидхонов М. Ер юзи. -Т: 1913; Авлоний А. Туркий гулистон ёхуд ахлок. -Тошкент: Укитувчи, 1992; Кодирий А. Ахволимиз. 1915; Кодирий А. Миллатимиз. 1915; Ниёзий Х..Х,. Тула асарлар туплами. Беш жилдлик, 2-жилд. -Тошкент:Фан, 1988.
May 3, 2024
30
chambarchas bog'liq bo'lib, fan va texnologiyalar rivojiga qarab mukammallashib boradi va nihoyat o'z «akme»siga erishadi.
Akmeologiyaning eng muhim jihati - yuksak kasb-korlikning ijodiy pog'onaga ko'tarilishidagi turli jihatlarini o'rganuvchi inson muammolari bilan shug' ullanuvchi insonshunoslik fani ajrab chiqqan muhim zamonaviy tarmoq bo'lib, insonning kasb-hunarni bilim orqali chuqur egallashi, uning jamiyat rivoji, millat ravnaqi, turmush farovonligi hamda ijtimoiy-axloqiy taraqqiyotning iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy -huquqiy jihatlariga ijobiy ta'sirini kuchaytirishga xizmat qilishini chuqur anglashi, o'z ijodiy faoliyatini, kasb-hunar sohasidagi burch va mas'uliyatini ado etishga sarflash maqsadida mukammallik va kamolotga erishishi jihatlarini fanlar, ayniqsa insonshunoslik bilan uyg'unlikda o'rganishdan iboratdir.
Hozirgi globallashuv sharoitida yoshlarning ma'naviy olamini yuksak darajada shakllantirmasdan, ularni ijtimoiy-axloqiy jarayonlarning ijodkor subyektiga aylantirmasdan tasavvur qilib bo'lmaydi. Yurtboshimiz I.A.Karimov ta'biri bilan aytganda: «Taraqqiyot taqdirini ma'naviy jihatdan etuk odamlar hal qiladi»1. Albatta, yoshlarning har jabhada ijodkorligini shakllantirish o'ziga xos ilmiy-amaliy tamoyillar bilan chambarchas bog' liqdir.
Uchinchi inkubatsion bosqichning boshlanishi insonning kashf etilmagan tomonlarini ochish uchun zarur bo'lgan akmeologik masalalarni konstelyatsion echish borasidagi olim N.V.Kuzminning kontseptual g'oyalariga to'g'ri keladi. To'plangan ma'lumotlar XX asrning ikkinchi yarmida tadqiqotchi B.Ananevning umumlashtirish va tizimga solish, insonshunoslik taxlili va differentsiatsiyasidagi xizmatlari orqali yuzaga chiqdi. Bu bosqich akmeologiyada rivojlanish dasturining ishga tushirilishi, ya'ni amalga oshirilishi bilan tugadi.
To'rtinchi institutsional bosqichda qator ijtimoiy tuzilishlar yaratilishi bilan bog' liq holda o'quv yurtlarida akmeologiya kafedralari, laboratoriyalari va nihoyat Xalqaro akmeologik fanlar akademiyasi ochildi2. Bu akademiya tuzilmalarida ilmiy izlanishlar olib boriladi3, akmeologik texnologiyalar ishlab chiiladi. Ana shunday texnologiyalarning eng birinchisi va muhimi bu akmeogrammadir.
Каримов И.А.Ватан саждагох каби мувдддасдир.Т.3./ Ватан саждагох каби мувдддасдир. - Т.:Узбекистон, 1996. 34-б.
2 Бу уринда Россия акмеология академияси ва акмеологлар уюшмаси назарда тутилган.
3 Кдранг: Барциц Б.Б. Акмеологическая диагностика способностей к командной работе и их развитие: Автореф... канд. псих. наук/ ФГОУ ВПО «Российская академия государственной службы при Президенте Российской Федерации». -М.: 2008. -28 с.; Беспалов И.А. Профессиональный акмеологический потенциал руководящих кадров государственной службы российской федерации: ФГОУ ВПО «Российской академии государственной службы при Президенте Российской Федерации». -М.: 2008. -28 с.; Вербицкая Г.П. Акмеологические механизмы формирования педагогического мастерства студента в профессиональной среде высшей школы: Автореф... канд. псих. наук/ ФГОУ ВПО «Российская академия государственной службы при Президенте Российской Федерации». -М.: 2007. -20 с.; Елшина Л.Е. Акмеологическая диагностика партнерских отношений предпринимателей: Автореф... канд. псих. наук/ ФГОУ ВПО «Российская академия
May 3, 2024
31
Akmeogramma - bu insonning individual-ruhiy va psixofiziologik o'ziga xos xususiyati va kasbiy faoliyatini kompleks tarzda tavsiflash bo'lib1, buyuk zotlarning o'sib-ulg'ayishi va mukammallashuvi, o'z kasbi tomon intilishi jarayoni, qanday qilib olamshumul yangiliklar yaratganliklari va liderlik qobiliyatlarini o'rganadi. Natijada, jamiyatimizning ilg'or akme shaxslari o'tmishdagi ajdodlarimiz bosib o'tgan yo'l, ular erishgan cho'qqilar - kamolot va mukamallik cho'qqisiga erishish mexanizmlarini yaxshiroq va mukammal anglashidir. Bu esa o'z navbatida, bugungi kun nuqtai nazaridan istiqbolimiz traektoriyasini ham belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu o'rinda rossiyalik tadqiqotchilar A.A.Bodalev, N.V.Vasina va A.A.Derkachlar tomonidan taqdim etilgan hozirgacha faoliyat ko'rsatayotgan akmeogrammani o' rganib chiqdik.
Mutaxassis akmeogrammasi
№_ «_»_200.. .y
Familiyasi, ismi, sharifi:_
Jinsi_Yoshi_Ma'lumoti_
Ixtisosligi_
государственной службы при Президенте Российской Федерации». -М.: 2008. -20 с.; Заковряшина С.Е. Психолого-акмеологическая коррекция психического здоровья военнослужащих после боевого стресса: Автореф... канд. псих. наук/ ФГОУ ВПО «Российской академии государственной службы при Президенте Российской Федерации». -М.: 2008. -28 с.; Костенко Е.П. Акмеологическая концепция развития имиджа политика: Автореф... д-ра. псих. наук/ ФГОУ ВПО «Российская академия государственной службы при Президенте Российской Федерации». -М.: 2008. -52 с.; Курбет Н.В. Акмеологические условия и факторы развития образа профессии у студентов политехнического колледжа: Автореф... канд. псих. наук/ ФГОУ ВПО «Российская академия государственной службы при Президенте Российской Федерации». -М.: 2007. -20 с.; Козлова Н.В. Личностно-профессиональное становление в условиях вузовского образования: акмеориентированный подход: Автореф... д-ра. псих. наук/ ГОУ ВПО «Томский государственный университет». -Томск.: 2008. -40 с.; Лихачева Е.А. Акмеологическая модель развития нравственных ценностей специалистов - управленцев: Автореф... канд. псих. наук/ ФГОУ ВПО «Российская академия государственной службы при Президенте Российской Федерации». -М.: 2009. -26 с.; Михайлов О.В. Готовность к деятельности как акмеологический феномен: содержание и пути развития: Автореф... канд. псих. наук/ ФГОУ ВПО «Российская академия государственной службы при Президенте Российской Федерации». -М.: 2007. -23 с.; Петров К.В. Акмеологическая концепция развития творческого потенциала учащихся: Автореф... д-ра пед. наук / ФГОУ ВПО «Российская академия государственной службы при Президенте Российской Федерации». -М.: 2008. -54 с.; Софьина В.Н. Психолого-акмеологические основы формирования профессиональной компетентности специалистов в системе учебно-научно-производственной интеграции: Автореф... д-ра. псих. наук/ Государственное образовательное учреждение высшего профессионального образования «Ленинградский государственный университет имени А.С. Пушкина». -Санкт-Петербург: 2008. -48 с.; Семиков В.А. Психолого-акмеологические особенности развития смысложизненных ценностей студентов гуманитарного профиля: Автореф... канд. псих. наук/ Тамбовский государственный университет им. Г.Р.Державина. - Тамбов: 2009. -20 с.; Степанова И.Н. Воспитание как социокультурное производство человека: Автореф... д-ра филос. наук /Госком. по высш. образованию РФ, Уральский Гос. ун-т им. А.М.Горького. -Екатеринбург: 1995. -45 с.; Фаллер О.В. Акмеологическая диагностика потенциала карьерного роста государственного служащего: Автореф... канд. псих. наук/ ФГОУ ВПО «Российская академия государственной службы при Президенте Российской Федерации». -М.: 2008. -26 с.
1 Каранг: Акмеология: Учебник. Изд. 2-е переаб./ -М.: Изд. РАГС, 2006. -С. 134-136.
2 Там же.
32
Faoliyatidagi o'sish dinamikasi_
Malakaviy darajasi_
Malaka oshirish bo'yicha qayta tayyorlash (o'z ustida ishlash)_
Qo'shimcha ma'lumotlar_
1. Qobiliyatlar:
- Murakkab
- Xususiy
- Murrakkab xususiy
- Mavjud iqtidor
- Mavjud iste'dod
- Qo'shimcha ma'lumotlar
2. Tizimosti individuallik:
- «Men» obrazining tavsifi
- Yutuqlarga bo'lgan ehtiyojning asoslanganligi
- O'z-o' zini baholash tavsifi
- Qadriyatlarga yo'naltirilganlik va qiziqishlari
- O'zini mehnatga bag'ishlash
- Qo'shimcha ma'lumotlar1
Biz ushbu akmeogrammani tasnifiy holda keltirdik. Uning turli manbalarda turlicha keltirilganligi bois shunday umumiy xulosaga keldik:
1. Tabiiy qobiliyatlar asosida biologik hisoblangan tug'ma qobiliyat nishonalari yotadi. Ular o'rganish mexanizmi orqali elementar hayot tajribasining mavjudligida shakllanib boradi (shartli-reflektor aloqalari kabi);
2. Insonning maxsus, o'ziga xos qobiliyatlari jamoaviy-tarixiy kelib chiqishga egadir. Ular ijtimoiy-axloqiy muhitda yashash, o'sish va rivojlanishni ta'minlaydi. (Umumiy maxsus oliy intellektual qobiliyatlar. Ular asosida nutqdan, mantiqdan, nazariy va amaliy, ilmiy va ijodiy bilimlardan foydalanish yotadi). (Insonning maxsus, o'ziga xos xususiyatlari quyidagilarga bo'linadi:
a) Umumiy. Bunda insonning yutuqlari u olib borayotgan faoliyat va muloqotning turli xil ko'rinishlarida aniqlanadi. (aqliy qobiliyatlari, rivojlangan xotira va nutq, qo'llarning aniq va mohirlik bilan harakati va b.). Ikkinchisi esa maxsus. Bunda insonning yutuqlari u olib borayotgan faoliyat va muloqotning alohida ko'rinishlarida aniqlanadi. Demak, bu erda alohida qobiliyat nishonalari va ularni rivojlantirish muhimdir (matematik, texnik, adabiy-lingvistik, tasviriy-ijodiy, sport va boshqa qobiliyatlar). Ushbu qobiliyatlar, odatda, bir-birini to'ldirib, boyitib borishi mumkin. Lekin ularning har biri o'zining tuzilmasiga egadir.
b) Nazariy qobiliyatlar. v) Ilmiy qobiliyatlar.
1 Там же.
May 3, 2024
33
g) Muloqotga, ya'ni insonlar bilan o'zaro aloqaga kirishishga bo'lgan qobiliyat.
Ko'pgina ko'rinishdagi faoliyat va muloqotlarga qobiliyatli bo'lgan inson, iqtidorga egadir.
Umuman olganda, hozirgi bozor munosabatlari sharoitida millatimiz, xalqimiz ruhiyati, mentalitetida ham tub islohotlar o'tkazish hamda an'anaviy tushuncha va tasavvurlarimizni zamon talablari asosida yangilashimiz lozimligi zarurat bo'lib qolmoqda. Ayniqsa, rivojlangan mamlakatlarning asosiy takomillashuv mexanizmi -raqobatdir. U insonni doimo yuksaklikka, takomilga, barkamollikka undaydi. Bu jihat akmeologiyada milliylik va umuminsoniylikning o'zaro dialektik munosabatlarining shakllanishiga olib keladi. Yoshlar tarbiyasida milliylik va umuminsoniy qadriyatlarning akmeologik jihatlari dialektik va ziddiyatli tabiatga ega bo'lib, insondan ruhiy va intellektual yangilanishning yangicha tarbiya paradigmasini shakllantirish hamda unga og'ishmay rioya qilishni talab qiladi.
Bu o'rinda inson ma'naviyatini yuksak darajada shakllantirish asosiy vazifa bo'lmog'i lozim. Ma'naviyat cheksiz borliqning inson ruhida ifodalanishidir. U komil va barkamol insonlarni etishtiribgina qolmay, balki jamiyatning ongi, qalbi va vijdonidir. Shuning uchun inson oliy ma'naviyatni moddiy dunyodan ustun qo'yadi. Bu so'zning eng mukammal bahosi Prezident Islom Karimovning «Yuksak ma'naviyat - engilmas kuch» kitobida berilgan: «ma'naviyat - insonni ruhan poklanish, qalban ulg'ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e'tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg'otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir»1. Demak, ma'naviyat amaliy jihatdan insonning barcha xatti-harakati, faoliyati, xulq-odobi, insonlar bilan bo'lgan munosabatlarida namoyon bo'lsa, falsafiy ma'noda odamlarning falsafiy, diniy, siyosiy, axloqiy, huquqiy qarashlarida, tafakkur va umuman dunyoqarashlarida namoyon bo'ladi.
Biroq, bunday insonlar ona qornidan ushbu xislat va qarashlar bilan tug' ilar ekan-da, -degan xulosaga kelmaslik lozim. Ammo, zamon va makonda insonga ushbu qarash va xislatlarni shakllantirish imkoniyati berilgan. Bu imkoniyatlardan foydalanish u yoki bu jamiyatda ma'naviyati qay darajada ekanligi bilan uzviy bog' liq jarayondir. Inson tashqi chiroyi bilan emas, balki ichki go'zal siyrati, fe'l-atvori, bilan go'zaldir. Mehnati va shijoati bilan olamni guliston qilsa, xulqu odobi, iffatu hayosi bilan hayotni bo'ston qiladi. Bu esa akmeologiyaning rivojlanish bosqichlarining ijtimoiy-axloqiy tamoyillar bilan uyg'un holda olib borish lozim, degan muhim g'oyani ilgari suradi.
1 Каримов И.А. Юксак маънавият - енгилмас куч. -Тошкент.:Маънавият, 2008. 19-б. https://tipi.uz/
May 3, 2024
Shu bois milliy ma'naviyatimizning maqsadi, mohiyati va asl mazmuni yangicha fikrlaydigan milliy g'urur va iftixorini chuqur his etadigan Vatan tuyg' usini diliga jo qilgan fozil insonni tarbiyalashdan iborat. Bu esa ayni paytda mukammallik - akmeshaxsni shakllantirish demakdir.
XX asrning taniqli antropolog-psixologi va pedagogi B.G.Ananev insonni individ sifatida yoshi va hayot bosqichlarini o'rganayotgan fanlar tizimida akmeologiyaga alohida e'tibor berdi hamda quyidagi tartibda joylashtirdi: odam embriologiyasi, bola morfologiyasi va fiziologiyasi, pediatriya, pedagogika-psixologiya, akmeologiya, gerontologiya (qarish haqidagi fan) 1. Uning fikricha, inson «akme»si bu - etik-estetik va ma'naviy his-tuyg' ularning eng faol rivojlanish davri, fe'l-atvorning shakllanishi va mustaxkamlanishi, shu bilan birga inson uchun juda muhim etuk ijtimoiy-siyosiy, fuqarolik, professional faoliyatining to'la kompleksiga ega bo'lishidir2.
Umuman olganda, mukammallik, pog'ona, daraja, yuksaklik kabi tushunchalar kundalik turmushda ishlatib kelingan bo'lsa-da, ta'limot va yo'nalish sifatida e'tirof etilmagan, deyish to'g'riroq bo'lar edi. Shunday ekan, akmeologiyaning ma'naviy-axloqiy asoslarini taxlil etishda, eng avvalo, ajdodlar merosi va qadriyatlarga tayanish muhim rol o'ynaydi.
1 Каранг: Ананьев Б.Г. Человек как предмет познания. -Л., 1969. -С. 80.
2 Каранг: Ананьев Б.Г. Человек как предмет познания. -Л., 1969. -С. 80.
35