AKMEOLOGIK YONDASHUV ASOSIDA TALABALARDA IJODKORLIKNI RIVOJLANTIRISH METODIKASI
^sroilov Q. T., 2Abdurasulova M.E., 3Xusanova M.K.
1Chirchiq davlat pedagogika universiteti mustaqil izlanuvchisi 2Samarqand davlat chet tillar instituti tyutori 3Samarqand davlat tibbiyot universiteti 2-son Davolash ishi fakulteti tyutori https://doi.org/10.5281/zenodo.11217714
Annotatsiya. Ushbu maqolada bo'lajak kadrlarni kasbiy faoliyatga tayyorlashni rivojlantirishda akmeologik yondashuvdan kengroq foydalanish, kasbiy kompetentlikni rivojlantirish ilg'or pedagogik tajribalar, eng qulay va samarali hisoblangan metodlar va yondashuvlarni amaliyotda qo'llash hamda talabalarning ta'lim olishi va mustaqil o'rganishga moyilligi, qiziqishi va ijodkorlik imkoniyatlarini ochib berish masalalari yoritilgan.
Kalit so'zlar: Akmeologiya, akmeologik yondashuv, acme, akmeshaxs, ijodkorlik, shaxs yo'nalganligi, akmeologik yo'nalganlik, akmeogramma, Individual rivojlanish dasturi, mikroteching.
Аннотация. В dannou cmambe paccMampmaemcn более широкое ucnonb3oeaum aKMeonomnecKOZo nodxoda в pa3eumuu прoфeссиoнaльнoй подготовки будущих тдров, pa3eumue прoфeссиoнaльнoй кoмпeтeнтнoсти, пeрeдoвoгo пeдaгoгичeскoгo oпытa, npaKmuHecme примeнeниe нaибoлee удобных и эффeктивныx мeтoдoв и подходов, a тaкжe склонность студeнтoв к учиться и учиться сaмoстoятeльнo, oсвeщaются rnmepec и вопросы рaскрытия вoзмoжнoстeй твoрчeствa.
Ключевые слова: Акмeoлoгия, aкмeoлoгичeский подход, a^e, a^e-личность, твoрчeствo, нaпрaвлeннoсть личности, aкмeoлoгичeскaя нaпрaвлeннoсть, aкмeoгрaммa, прoгрaммa индивидуaльнoгoрaзвития, микрooбучeниe.
Abstract. This article discusses the wider use of the acmeological approach in the development of professional training of future personnel, the development of professional competency, advanced pedagogical experience, the practical application of the most convenient and effective methods and approaches, as well as the tendency of students to study and self-study, highlighting the interest and issues of discovering creativity opportunities.
Keywords: Acmeology, acmeological approach, acme, acme-personality, creativity, personality orientation, acmeological orientation, acmeogram, Individual development program, microteaching.
Dunyoning yetakchi mamlakatlarida o'quv-bilish faoliyatini akmeologik kasbiy yo'naltirish, oliy ta'lim talabasining kasbni egallashida akmega yetishi, yuqori malakaga ega bo'lishi muhim masalalardan biri hisoblanadi. Bo'lajak kadrlarni kasbiy faoliyatga tayyorlashni rivojlantirishda akmeologik yondashuvdan kengroq foydalanish, kasbiy kompetentlikni rivojlantirish, kasbiy tayyorgarlikni modernizatsiyalash, pedagogik kasbiy ta'lim sharoitida raqobatbardosh pedagoglar va sog'liqni saqlash sohasida yetuk tibbiyot xodimlari tayyorlashni takomillashtirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Respublikamizning bir qator nufuzli olimlari akmeologik yondashuv masalasida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan. Jumladan, G.H.Tillayeva akmeologik yondashuvning muhimligini qayd etgan holda, axloqan pok, intellektual yetuk, yuksak professional kadr - akmeshaxs jamiyatni ijtimoiy -iqtisodiy barqarorlashtirishning asosiy kuchi, jahon standartlariga javob beradigan professional
yetuk kadrlarni tayyorlash ustuvor vazifalardan biri, deb ko'rsatgan bo'lsa, A.Sh.Saliyev yoshlarning intiluvchanligini aniqlashda akmeogKammaning ahamiyatini, G.O.Ernazarova esa kasbiy ta'lim jarayoniga akmeologik yondashuvni tadbiq etish masalasini yoritgan.
Akmeologiya - bu insonning yetuklik bosqichidagi rivojlanishi, ayniqsa, bu rivojlanishning eng yuqori darajasiga erishishdagi mexanizm va qonuniyatlarni o'rganadigan tabiiy, ijtimoiy, nazariy va gumanitar fanlarning "tutashgan joyida" paydo bo'lgan yangi fan hisoblanadi.
"Akmeologiya" so'zida "Akme" - grekcha so'zdan olingan bo'lib, cho'qqi, takomil, nimaningdir yuqori bosqichi, gullagan davr ma'nolarini anglatadi. U ilm fanning shunday tarmog'iki, insonni o'z taraqqiyot dinamikasida, takomili hamda hayot faoliyatining turli bosqichlarida insonning eng kuchli qobiliyatlarini namoyon qilishning kompleks masalalarini o'rganadi, ya'ni u shaxsni o'z takomili jarayonida, ana shu taraqqiyot va yuksalishning ob'yektiv hamda sub'yektiv omillari doirasida tadqiq etadi.
Akmeologik yondashuv-ijodiy shaxsni rivojlantirishda asosiy umumlashtiruvchi kategoriya sifatida belgilanib, akmeologiyani ilmiy-amaliy hal qilish imkonini beradigan ilmiy tadqiqot tamoyillari, metodlari va usullari to'plamini amalda qo'llash hamda kasbiy faoliyatda muvaffaqiyatga erishish uchun motivatsiyani oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi.
Biz ham o'z ilmiy tadqiqot ishlarimizda akmeologik yondashuv asosida kasbiy ijodkorlikni va shaxs kreativligini rivojlantiruvchi metodlardan foydalandik.
"Ijodkorlik" - bu qobiliyatning muhim xususiyatlaridan biridir. Ijodga moyillik - inson faoliyatining eng yuqori namoyon bo'lishi, yangi o'ziga xos narsa yaratish mumkin bo'lgan keng ko'lamli qobiliyatidir.
Akmeologik yondashuv asosida talabalarda ijodkorlikni rivojlantirish tizimining markaziy bo'g'ini sifatida samarali ijodiy faoliyatga qobiliyatlilikni aks ettiruvchi kreativ tarkibiy qism aks etadi. Aynan kreativlikni rivojlantirish akmeologik yondashuv asosida talabalarda ijodkorlikni rivojlantirishning bosh maqsadlaridan biridir. Tez o'zgaruvchan hozirgi zamon sharoitida innovatsion fikrlashga qobiliyatlilik talabalarning muhim sifatlaridan biridir.
Akmeologik yondashuv boshqa yondashuvlardan keskin farq qiladi, shaxsni faol o'zini o'zi rivojlantirish faoliyatida ijodiy potensialni samarali amalga oshirishni va "acme" rivojlanishiga erishish mohiyatini qayta ko'rib chiqish imkonini beradi.
Kadrlar tayyorlash tizimida akmeologik yondashuvni amalga oshirishdan maqsad, talabalarga akmeologo-pedagogik ta'sir vositasida asosiy tarkib sifatida shaxsda akmeologik yo'naltirishni va muhim ko'rsatkich kasbiylashuvini shakllantirishning amalga oshirilishidir.
Shaxs yo'nalganligi - bu integrativ (yaxlit holga keltirilgan) sifat, maqsadlar, motivlar, muhimlik, intilish, istak, niyat va boshqalar, shaxs faolligini aniqlovchi va bu yo'nalishda faollik vektorini belgilovchidir.
Akmeologik yo'nalganlik - shaxsning progressiv rivojlanishi (shuningdek, kasbiy), maksimal kasb faoliyati doirasida va hayot faolayatida ijodiy o'z-o'zini namoyish qilishni yo'naltiruvchi shaxs umumiy yo'nalganligini belgilovchi sifat xarakteristikasidir.
Shaxs akmeologik yo'nalganligi: kasbiy-muhimlik yo'nalganlik, kasbiy maqsadga yo'nalganlik, kasbiy motivatsiya, kasbiy muvaffaqiyatga intilish kabi komponentlaridan kelib chiqqan holda, ta'lim oluvchilar shaxsining akmeologik yo'nalganlikda shakllanishi quyidagi ko'rsatkichlar bo'yicha baholanadi:
kasbiy bilimlar mazmunining muhimligiga ko'ra va kasbiy o'z-o'zini rivojlantirish hamda kasbiy faoliyat motivatsiyasining ahamiyatiga ko'ra;
ongli ijtimoiy va kasbiy faoliyatda shaxsiy maqsad hamda kasbiy o'z-o'zini rivojlantirish va uning bir-biriga mosligi, o'z kasbiy yo'lini bashoratlay olishi;
kasbiy qiziqishlar va ta'limiy ehtiyojni shakllantirish, refleksiv qobiliyatning kasbda o'z-o'zini rivojlantirishi hamda ijodiy o'z-o'zini mustaqil tashkil etishning mavjudligi. Ushbu ko'rsatkichlarning differensiyasi: kognitiv;
emotsionalli-baholash;
motivatsion-xulqiy kriteriyalarni va shaxsni akmeologik yo'nalganligini shakllantirishni baholashga bo'linadi. Tadqiqot ishida akmeologik yondashuv asosida kasbiy yo'naltirilgan o'qitish tizimida talabalarning akmeogrammasi yuritildi. Akmeogramma professiogramma va psixogrammaga nisbatan individuallikning yuqori darajada namoyon etilishi bilan farqlanadi.
Akmeogramma talaba faoliyatining barcha jihatlari (kasbiy faoliyatga tayyorgarlik, har kungi munosabat, shaxsiy rivojlanish va faoliyatning umumiy natijasi) hamda bundan kelib chiqib, bo'lajak kadrning individual psixologik va psixofiziologik xususiyatlariga qo'yiladigan talablarni o'z ichiga oladi.
Talabalarda akmeografik tekshirish o'tkazish uchun turli metodlardan masalan: testlash, ekspert, baholash, kuzatish, intervyu, so'rovnomalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bunda talabalarning 1-2 va 3-bosqichlarda akmeogrammasi to'ldirib boriladi. Akmeogrammadagi har bir ko'rsatkichlar oliy ta'lim psixologi va guruh rahbari hamkorligida maxsus akmeologik, psixologik metodlar yordamida,
- kasbiy tayyorgarlik dinamikasi;
-shaxsiy rivojlanish dinamikasining mosligi yoki qarama-qarshiligi; -motivatsiya doirasi o'zgarishining o'ziga xosligi; -o'sishga xalaqit beruvchi shart-sharoitlar, omillar;
-shaxsiy-kasbiy rivojlanish uchun qo'llanilishi maqsadga muvofiq bo'lgan akmeologik texnologiyalar va boshqalar aniqlandi.
Akmeogramma natijalari o'quv yili yakunida fakultet dekanatiga ma'lumot uchun taqdim etiladi hamda har bir bitiruvchining kasbiy o'sish dinamikasi, kasbiy ijodkorlik va boshqa akmeologik ko'rsatkichlari e'tiborga olingan holda baholash va ishga joylashtirish rejalashtiriladi.
O'zini-o'zi tahlil qilish orqali talaba o'zini-o'zi ob'ektiv baholash imkoniyatiga ega bo'ladi. Zero, talabalarning kasbiy kompetentlik sifatlariga ega bo'lishida ularning o'z-o'zini baholash malakalariga egaligi ham muhimdir. Buning uchun har bir talabaning individual rivojlanish dasturi ishlab chiqilishi lozim.
Individual rivojlanish dasturi (IRD) - har bir shaxs yoki talabaning o'zida ma'lum sifat, bilim, ko'nikma, malaka va kasbiy kompetentlikni shakllantirish hamda rivojlantirish ehtiyojlari asosida ishlab chiqilgan shaxsiy-amaliy xarakterdagi dastur.
Ushbu dasturda kasbiy faoliyatni tashkil etish uchun maqsadga muvofiq bo'lgan bilim, ko'nikma, malaka hamda kasbiy kompetentlik sifatlarini shakllantirish va rivojlantirish muddatlari belgilanadi.
Har qanday mutaxassis kabi talaba ham o'zi uchun shaxsiy amaliy xarakterga ega "Individual rivojlanish dasturi" ni ishlab chiqa olishi, u asosida pedagogik faoliyatni yo'lga qo'yishi maqsadga muvofiq.
Talaba tomonidan ishlab chiqiladigan "Individual rivojlanish dasturi" quyidagi tarkibiy elementlardan tarkib topadi:
- pedagogik bilimlar;
- psixologik bilimlar;
- mutaxassislik bilimlari;
- didaktik malakalar;
- tarbiyaviy ishlarni tashkil etish malakalari;
- ruhiyatning kasbiy ahamiyatga ega xususiyatlari va shaxsiy sifatlar;
- o'z-o'zini rivojlantirish maqsadlari;
- o'z-o'zini rivojlantirish uchun topshiriqlar.
Talabalarda nutqiy kompetentlikni rivojlantirish maqsadida Mikroteching metodikasidan foydalanishi talabaning individual kasbiy mahorat marralariga erishuvi hamda uning kasbiy rivojlanish qonuniyatlarini ochish imkonini beradi.
Ushbu darsni tashkil etishda o'qituvchi tomonidan yaratilgan mobil ilova talabalarga elektron usulda tarqatilib, oldindan kelgusi dars mavzusi e'lon qilinadi va talabalarga mobil ilova hamda boshqa manbalar yordamida mavzuni mustaqil o'rganib kelish topshirig'i beriladi. Dars sanasida esa, o'tilgan darsni mustahkamlab bo'lgach teskari aloqa usulida talabalarning yangi mavzuga mustaqil tayyorgarligi aniqlanib, faol talabalardan 5 tasini tanlab olish amalga oshirildi. Birinchi va ikkinchi faol talaba binar dars tashkil etib, birgalikda mavzuni yoritib berishi, qolgan uch nafar faol talaba esa ekspertlar joyini egallab, quyidagilO ta ko'rsatkich bo'yicha 5 baholik
tizimda baholashi uchun c uyidagicha nazorat varag'i beriladi.
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10
O'zi-ni tuti-shi Nut-qi Notiq-ligi Mavzu-ni yaxshi yorit ishi Metod qo'l- lashi Vosita qo'l- lashi Audito-riyani boshqa-rishi Talaba-larni qiziq-tira olishi AKT ni qo'l-lashi Peda-gogik reflek-siya
Ushbu jadvalda har bir mezon bo'yicha baho qo'yganda pastdagi katakka uning izohini ham yozish mumkin bo'ladi. 25 daqiqada binar dars o'tib bo'lgan ikki nafar talabaning uchala ekspert tomonidan qo'yilgan ballarining o'rtachasini hisoblashdan oldin o'qituvchi xuddi o'sha baholash jadvalini ularning o'zlariga ham taqdim etadi, ikki talaba o'zining qisqa vaqtdagi o'qituvchilik faoliyatini ya'ni o'zini o'zi baholaydi. O'qituvchi har ikkala baholashni taqqoslab o'rtachasini talabalarga qo'yadi. Boshqa metodikalardan ushbu metodikaning farqi shundaki, talaba o'zini o'zi baholaydi va talabani o'qituvchi emas balki kursdoshlari o'zaro o'zlarini baholaydilar hamda kamchiliklar tahlil etiladi.
Xulosa qilib aytganimizda talabalarda ijodkorlikni rivojlantirish, akmeologik yondashuvni qo'llash mexanizmi va kasbiy tayyorgarlik sifatini oshirishning asosiy ko'rsatkichlari har bir talabaning individual kasbiy mahorat marralariga erishuvida uning kasbiy rivojlanish qonuniyatlarini ochishi, akmeologik yondashuv asosida talabalarda kasbiy tayyorgarlik sifatini oshirishni tashkil etishi, akme yo'nalganlik hosil qilishi va ularning o'z "akme"siga erishishini ta'minlash imkonini beradi.
REFERENCES
1. Akmeologicheskoye issledovaniye potensiala rezervov i resursov cheloveka. Sb. statey.-M.:RAGS,2005. -338s
2. Akmeologicheskiy slovar /pod red. Dergacha А.А.- M.:RAGS,2003.-164s
3. Isroilov Q.T., Islamova M.Sh. Pedagogik innovatsiyalarning ta'lim tizimini mukammallashtirishdagi turlicha aspect va strategiyalarda namoyon bo'lishi/«XXI asr ta'lim tizimida innovatsion va integratsion yondoshuvlar» mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiyasi. Jizzax-2021. 121-126 betlar
4. Isroilov Q.T., Ernazarova G.O. Pedagogical development technology greativity of future teachers of history in the conditions of higher education // Academicia An International Multidisciplinary Research Journal ISSN:2249-7137 Vol.11,Issue 2, Fevruary 2021, 532536 betlar.
5. Saliyev A.Sh. Yoshlarning intiluvchanligini aniqlashda Akmeogammaning ahamiyati// Yoshlarning akmeologik qarashlarini shakllantirishda sog'lom turmush tarzining o'rni.-Toshkent: Falsafa va huquq instituti, 2008.-B.227.
6. Tillayeva G.H. Akmeologiyaning ijtimoiy-axloqiy muammolari.— T.: falsafa va huquq, 2012. -160 b.