AKMEOLOGIK YONDASHUV ASOSIDA OQUVCHILARNING TA'LIM JARAYONIDA AXBOROT BILAN ISHLASH TAYANCH KOMPETENSIYASILARI
Botiraliyeva Maftunaxon Botirali qizi
Qo'qon davlat instituti pedagogika kafedrasi 2-kurs tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.13897826
Annotatsiya. Inson hayotidagi komillikka intilish, yetuklik sari boorish, tafakkur cho'qqilarini egallashga bo'lgan harakat bir so'z bilan aytganda akmeologiya bo'lib, ta'lim jarayonida o'quvchilarni o'z sohalari, yo'nalishlari va qiziqishlari uchun kerakli axborotni qidirish kompenentlik shakllantirishda akmeologiyaning metodlari ustuvorlik kashf etadi.
Аннотация. Стремление к совершенству в жизни человека, стремление достичь зрелости, достичь вершин мышления есть, одним словом, акмеология. Акмеологические методы мониторинга компетентности источника информации обнаруживают стабильность.
Abstract. The pursuit of perfection in human life, striving towards maturity, the effort to acquire the heights of thinking is, in a word, acmeology. methods of acmeology gain priority in the formation of information search competence.
Kalit so'zlar: akme, integratsiya, metodologiya, akmeologiya, akmeogramma, genetik, psixoflziologik, psixobiografiya, akmeologik ekspertiza.
Ключевые слова: акме, интеграция, методология, акмеология, акмеограмма, генетическая, психофизиологическая, психобиография, акмеологическая экспертиза.
Keywords: acme, integration, methodology, acmeology, acmeogram, genetic, psychophysiological, psychobiography, acmeological expertise.
Akmeologiyaning nazariy metodlari tizimi va amaliy metodlari ta'lim jarayonida o'quvchilaming axborot bilan ishlashida samarali foyda beradi. Bundan tashqari o'quvchilar akmeogramma asosida faoliyat olib borsa, u ta'lim tizimining mohiyatini yanada chuqurroq anglay boshlaydi. Shu bilan bir qatorda tafakkuri o'sib, yetuklik sari boradi
Insonning yetuklik bosqichi — yetukligining «akme» deb ataladigan cho'qqisi hayotini, vaqt uzunligining asosiy qismini qamrab oladigan ko'p o'lchovli holatidir. Bu holat doimo insonni faoliyatning ma'lum sohasida qay darajada fuqaro, mutaxassis sifatida chiqqanligini ko'rsatadi. Uni o'rab olgan voqelik ichidagi boy yoki nochor aloqalar uning umr yo'ldoshi, ota-ona sifatida qandayligini bildiradi.
Shu bilan birga, u statik tuzilgan bo'la olmaydi, aksincha, ko'p yoki kamroq variantivligi va o'zgaruvchanligi bilan ajralib turadi.
Insonning jismoniy holatiga mansub bo'lgan kompenentlik qoidaga ko'ra, yetuklik parametrlari doirasida tipik tavsifni doimo olib yuradi va qayta o'zgarishlarga uchraydi. Insonning mazmunli spetsifikasi va uni ifodalash shaklining mana shunday harakatchan birligi fuqaro, shaxs faoliyati subyekti, umr yo'ldoshi, ota-ona sifatida ifodalanayotgan yetuklik bosqichida har doim kuzatilishi mumkin. Insonni yaxlit tushunishda ular orasidagi bog'liqliklarning barcha murakkabligini anglash uchun turli fan nuqtayi nazaridan olib borilgan tadqiqotlarda olingan yetuk insonni o'rganish natijalarini yaxlit bir tizimga to'plash zarur bo'ladi.
Ushbu yondashuvda insonni o'rganish, olingan ma'lumotlar integratsiyasi — murakkab jarayon va maxsus metodologiyasini yaratishni, hamda ularni bir-birlari bilan ilmiy-korrektiv birlashuvi texnikasini talab etadi.
Ana shu texnika akmeologiyaning metodlarini ifoda etadi. Akmeologiyaning nazariy metodlari tizimiga quyidagilar kiradi:
Mantiqiy : analiz, sintez, induksiya, deduksiya, mushohadali (xayoliy) eksperiment.
Tahlilning matematik metodi: korrelyativ, omilli, dispersion, diskriminatsion, klasterli va
boshq.
Fanlararo metodlar - yondashuvlar: kompleks, tizimli, funksional, genetik, longityudli, modelli, biografik, vaziyatli va boshq.
Akmeologiyaning amaliy-ishlab chiqarish metodlari sinfiga quyidagilar kiradi:
a ) umumilmiy : kuzatuv, eksperiment, ekspert bahosi;
b ) alohida fanlarning metodlari, jumladan:
• psixologik (test, kuzatish, suhbat, o'z-o'zini kuzatish, o 'zo 'ziga hisobot berish, psixosemantik);
• ijtimoiy (ro'yxatga olish, so'rov, intervyu olish, so 'rovnoma o 'tkazish);
• psixoflziologik.
d) akmeologik metodlar: (akmeogramma, test, psixobiografiya, akmeologik ekspertiza).
Akmeogramma — akmeografik yondashuvning asosiy metodi va u progressiv rivojlanishga hamda birinchi navbatda shaxsning professionalizmi va muayyan mehnat subyektlari faoliyatining taraqqiyotiga imkon beradigan talablar, sharoit va omillar tizimini namoyon etadi. Akmeogramma doimo individual bo'ladi, rasmiy ravishda u samarali faoliyat ko'rsatayotgan subyektning individual «kesimi»ni, uning imkoniyatlari va istiqbollarini, o'rnini qoplaydigan va aksi bo'lgan xususiyatlarini o'zida mujassam etadi.
Akmeogrammalar inson faoliyatiga qarab turlicha tuzilishi mumkin. yuqorida akmeolog tavsiya berishi yoki ekspert to'g'ri xulosa chiqarishi uchun tuzilgan "mutaxasis akmeogrammasi" keltirilgan.
Akmeogramma — professiogramma va psixogrammaga nisbatan umumlashtiruvchi kategoriya bo'lib hisoblanadi. Akmeogramma insonning individual-ruhiy va psixoflziologik o'ziga xos xususiyati va kasbiy faoliyatini kompleks tarzda tavsiflash bo'lib, buyuk zotlarning o'sib-ulg'ayishi va mukammallashuvi, o'z kasbi tomon intilishi jarayoni, qanday qilib olamshumul yangiliklar yaratganliklari va liderlik qobiliyatlarini o'rganadi.
Natijada, jamiyatimizning ilg'or akme shaxslari o'tmishdagi ajdodlarimiz bosib o'tgan yo'1, ular erishgan cho'qqilar — kamolot va mukammallik cho'qqisiga erishish mexanizmlarini yaxshiroq va mukammal anglashidir. Bu esa, o'z navbatida, bugungi kun nuqtayi nazaridan istiqbolimiz trayektoriyasini ham belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Akmeogramma professional faoliyatning atroflicha tavsifini va u tomondan insonning individual-psixologik va psixoflziologik xususiyatlariga qo'yiladigan talablami o 'z ichiga oladi. Bolalar va yoshlarda ularning iqtidor va qobiliyatlarini aniqlash, rivojlantirish bo'yicha real sharoitlarni yaratish akmeologik muhitdan darak bersa, ushbu yoshlarni topish, iste'dodlarini aniqlash va ularni rivojlantirish asosida yuqori pog'onalarga erishuvini ta'minlash bir-biridan ajralmas, bir butun yaxlit tizim sifatida qaralmoqda.
Akmeogrammani aniq, to'g'ri va xolisona to'ldirish ekspert yoki akmeolog tomonidan maqbul va ishonchli natijaning olinishi kafilidir.
Umumiy qilib aytganda, akmeologik yondashuv asosida o'quvchilarning ta'lim jarayonida axborot bilan ishlash tayanch kompetensiyasilarni shakilnatirish jarayonida akmeologiyaning yuqorida keltirilga nazariy va amaliy metodlariga tayanish yaxshi natija beradi.
Mutaxassis akmeogrammasi1
№__«_»_20 y.
Familiyasi, ismi, sharifi:___
Jinsi_Yoshi_Ma Читой__
Ixtisosligi_____
Faoliyatidagi о'sish dinamikasi_____
Malakaviy darajasi__
Malaka oshirish bo'yicha qayta tayyorlash (o'z ustida ishlash)
Qo \shimcha ma 'lumotlar________________
1. Qobiliyatlar:
• murakkah;
• xususiy;
• murakkab xususiy;
• mavjud iqtidor;
• mavjud iste'dod;
• go 'shimcha ma'lumotlar\
2. Tizimosti individuallik:
• «Men» obrazining lavsifl;
• yutuqlarga bo 4gan ehtiyojning asoslanganligi;
• о'z-o 'zini baholash tavsifi;
• qadriyatlarga yo \naltirilganlik va qiziqishlari;
• о 1zini mehnatga bag'ishlash;
• qoshimcha ma 'lumotlar2.
REFERENCES
1. TILLAYEVA G.H. Akmeologiya asoslari. TAFAKKUR BO'STONI» TOSHKENT - 2014
2. Деркач А., Зазыкин В. Акмеология: Учебное пособие. - Спб.: «Питер», 2003.
3. Деркача А. А. Акмеология: Учебник. Изд. РАГС, 2006