Научная статья на тему 'AKADEMIK LITSEYLARDA NEMIS TILI O'RGANISHDAGI TIL KOMPETENTSIYALARI'

AKADEMIK LITSEYLARDA NEMIS TILI O'RGANISHDAGI TIL KOMPETENTSIYALARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Nemis tili / xorijiy til / filolog / taraqqiyot / ta’lim / rivojlanish / gapirish / tinglab tushunish / texnologiya. / German language / foreign language / philologist / development / education / development / speaking / listening comprehension / technology.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Imomova U.M., Axmedova S.A.

Ushbu maqolada akademik litseylarda nemis tilini o’rganish jarayoni va ushbu jarayonda til kompetensiyalarining orni haqida so’z boradi. Hozirgi rivojlanib borayotgan davrda har bir shaxs kamida ikkita chet tilini o’rganishi va bilishi zarur. Chunki hozirgi innovatsiyalashayotgan davrda chet tilini bilmay hech narsaga erishib bo’lmasligi haqida maqolada bayon qilingan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LANGUAGE COMPETENCES IN GERMAN LEARNING IN ACADEMIC LYCEUMS

This article talks about the process of learning German in academic lyceums and the role of language competence in this process. In today's developing era, it is necessary for every person to learn and know at least two foreign languages. Because it is stated in the article that nothing can be achieved without knowing a foreign language in the modern era of innovation.

Текст научной работы на тему «AKADEMIK LITSEYLARDA NEMIS TILI O'RGANISHDAGI TIL KOMPETENTSIYALARI»

Imomova U.M.

Termiz davlat universiti Roman - german tillari kafedrasi mudiri, Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent v.b.

Axmedova S.A.

TerDU akademik litseyi nemis tili fani o'qituvchisi

AKADEMIK LITSEYLARDA NEMIS TILI O'RGANISHDAGI TIL

KOMPETENTSIYALARI

Annotatsiya. Ushbu maqolada akademik litseylarda nemis tilini o 'rganish jarayoni va ushbu jarayonda til kompetensiyalarining orni haqida so 'z boradi. Hozirgi rivojlanib borayotgan davrda har bir shaxs kamida ikkita chet tilini o 'rganishi va bilishi zarur. Chunki hozirgi innovatsiyalashayotgan davrda chet tilini bilmay hech narsaga erishib bo 'lmasligi haqida maqolada bayon qilingan.

Kalit so'zlar. Nemis tili, xorijiy til, filolog, taraqqiyot, ta'lim, rivojlanish, gapirish, tinglab tushunish, texnologiya.

Imomova U.M., doctor of philosophy in pedagogical sciences (PhD) associate professor Head of the Department of Roman-Germanic Languages

Termiz State University Akhmedova S.A.

teacher

German language at TerDU academic lyceum

LANGUAGE COMPETENCES IN GERMAN LEARNING IN

ACADEMIC LYCEUMS

Abstract. This article talks about the process of learning German in academic lyceums and the role of language competence in this process. In today's developing era, it is necessary for every person to learn and know at least two foreign languages. Because it is stated in the article that nothing can be achieved without knowing a foreign language in the modern era of innovation.

Key words. German language, foreign language, philologist, development, education, development, speaking, listening comprehension, technology.

Kirish. Hozirgi kunda mamlakatimizda oliy ta'lim mazmunining sifat kategoriyasini yuqori bosqichga olib chiqish "amalda bo'lajak yuqori malakali mutaxasislarni tayyorlash tizimini yo'lga qo'yishda barcha oliy ta'lim yo'nalishlari qatorida filologik oliy ta'lim muxitida talabalarga zamonaviy axborot kommunikasiya, pedogogik texnologiyalar, turli yondashuvlar, metodlarni nazariy va amaliy tadqiqotlar natijalariga tayangan holda tadbiq etish dolzarb ahamiyatga ega" ekanligini ko'rsatmoqda. Yurtimiz mustaqilikka erishgandan

so'ng, demokratik -huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo'lida bormoqda. Bu yo'lda qat'iy turish uchun ko'p chora tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Mamlakatimiz taraqqiyotining muhim shartlaridan biri esa kadrlar tayyorlash tizimining mukkammal bo'lishi va shaxsning har tomonlama rivojlanishidir. Ta'lim sohasida bo'layotgan har bir o'zgarish jamiyatimiz ravnaqiga ijobiy ta'sir qilishiga shubha yo'q. Mamlakatning intellektual salohiyatini oshirish, davlat ta'lim standarti talablariga javob bera oladigan, yetuk, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda muhim omil hisoblanadi.

Yosh avlod ta'lim tarbiyasi eng ustuvor vazifalardan biri sifatida katta e'tibor qaratib kelingan masalalardan biridir. Kelajak avlod har tomonlama barkamol tarbiyalanishi, har sohada yetuk mutaxassis bo'lishi uchun chet tillarini mukammal o'rgatishimiz, dunyoqarashini kengaytirishimiz lozim. Akademik litseylarda orijiy tillarni o'qitish jarayonida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish o'quvchining nutqiy faoliyati kommunikativ kompetensiyani har tomonlama rivojlantirishga asos bo'la oladi. Ma'lumki, kommunikativ kompetensiya — ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o'zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Hech kimga sir emaski, mamlakatimiz o'quvchilarining ko'pchiligida chet tillari orasida ingliz tilini o'rganishga bo'lgan e'tibor kuchli. Amaliyot shuni ko'rsatadiki, nemis tilini o'rganayotgan to'rt kishidan uchtasi ingliz tilini birinchi xorijiy til sifatida o'rgangan va olingan tajriba, bilim, ko'nikmadan foydalangan holda ikkinchi chet tiliga o'tilishi va uni o'rganishni osonlashtirishi mumkin.

Akademik litseylarda chet tillarni o'qitish metodikasida o'quvchilarning ta'lim jarayoniga qiziqishi, "ularning turli tadbirlarda real ishtirok etishi" masalasi tobora keskinlashib bormoqda. Buning sababi, chet tilini o'rganishning asosiy vazifasi - ona tilida so'zlashuvchilar bilan muloqot qilish qobiliyati - maktabda ko'pincha erishilmaydi.

Hozirgi Nemis tili fonologik tizimida monoftong va diftonglar 45 foizni tashkil etadi (16 unli fonema va 3 diftong); undoshlar tizimi 18 undosh fonema va 2 qorishiq tovushdan iborat. Barcha fonemalar hosil bo'lish o'rni, usuli va talaffuzi jihatidan o'zaro farqdanadi, muayyan o'ziga xosliklarga ega. Gramatik qurilishi analitiksintetik xususiyat bilan ajralib turadi. Mas, otlarda jins va kelishik shakllari, asosan, analitik tarzda, son kategoriyasi esa sintetik tarzda ifodalanadi. Adabiy Nemis tilining Avstriya va Shveysariyadagi variantlari Germaniyadagi variantidan adabiy tildan turlicha foydalanish va uning lahjalar hamda so'zlashuv tiliga munosabati nuqtai nazaridan o'zaro farqdanadi.

"Chet tili darslarida o'yinlardan foydalanish" avvallari mening uslubiy mavzuim bo'lib, u bilan bir necha yillardan buyon shug'ullanaman. Mening ishimning doimiy maqsadi: yordam bilan talabalarning kognitiv, motivatsion faoliyatini faollashtirish didaktik o'yinlar... Albatta, men har kuni o'yinlardan foydalanmayman, Erst die Arbeit, dann das Spiel deydi. Shuning uchun men

ularni ko'pincha darsning boshida vestibulyar apparatni isitish uchun yoki dars oxirida ishlataman. Men sizning e'tiboringizga havola etayotgan o'yinlarni men "Maktabda xorijiy tillar" eski jurnallaridan, Internetdan, shuningdek, o'z tajribamdan olingan. Umid qilamanki, hamkasblarim ularni o'z ishlarida foydali deb topishadi. Nemis tilini o'rganishga bo'lgan qiziqishni shakllantirish va keyin uni saqlab qolish qanchalik qiyinligi hammaga ma'lum o'tgan yillar raqobat -bu ingliz tili, uning talabi shubhasizdir.

Umuman olganda, ingliz tilini ma'lum darajada o'zlashtirgan o'quvchilar nemis tilini o'rganishni boshlashganda bu ikki til orasidagi quyidagi o'xshashliklarni sezishadi:

1) har ikki til ham lotin harflaridan foydalanadi;

2) lug'at va so'zlarning ishlatilish sohasi;

3) oddiy jumlalarning tuzilishidagi o'xshashlik (bog'lovchi fe'lning mavjudligi).

Deutsch: Mein Name ist Miller.

English: My name is Miller.

Deutsch: Sie ist krauk.

English: She is ill.

Deutsch: Er spricht Deutsch.

English: He speaks German.

4) Zamon shakllarini o'rganishda (fe'lning uchta asosiy shaklidan va yordamchi fe'ldan foydalanish haben = to have);

Deutsch: Kommen - kam - gekommen

English: come - came - come

Deutsch: Bringen - brachte-gebracht

English: bring - brought - brought

Deutsch: Sprechen - sprach - gesprochen

English: speak - spoke - spoken

Ammo shuni bilish muhimki, har bir yangi chet tilini o'rganish jarayonida, masalan, ingliz tili orqali nemis tilini o'rganish paytida o'quvchilar quyidagi ba'zi qiyinchiliklarga duch kelishlari mumkin: - talaffuz qilganda; - o'qish qoidalarida; - intonatsiyada; - ingliz va nemis tillaridagi ba'zi so'zlar bir-biriga o'xshash talaffuz qilinadi, ammo har xil ma'noga ega bo'lib, "tarjimonning yolg'onchi do'stlari" deb ataladi; - so'z tartibida; - fe'llarning biriktirilishida; - murakkab grammatik qurilishlarda va boshqalar.

Har bir tilni o'rganishda 4 muhim ko'nikma bo'lganidek nemis tilida ham mavjud: O'qib tushunish, Eshitib tushunish, Yozish va Gapirish muhim rol o'ynaydi. Bu ko'nikmalar shakllanishi uchun esa o'rganuvchidan Grammatik baza talab qilinadi.

Albatta chet tilini bilgan holda O'zbekistonimizni ham chet davlatlarga tanitamiz. Chet tilini bilish orqali sayohat qilish, o'rganish, muloqot qilish, kasalliklardan saqlanish, muammolarni hal qilish ko'nikmalari, miya tuzilishini o'zgartirish va diqqatni nazorat qilish kabi imkoniyatlarga ega bo'lasiz. Ta'lim

shunday jarayonki, uning natijasi 1-2 yilda emas, balki bir necha yillarda, 10-12 yilda ko'rinadi. Otabobolarimizning "Til bilgan - el biladi", "Yoshlikda olgan bilim-toshga o'yilgan naqsh" degan gaplari bejizga emas.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. M. Xoldorova, N. Fayziyeva, F. Rixsittilayeva. «CHET TILI O'QITISHDA YORDAM QUVVOLATLARIDAN FOYDALANISH» Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2005 yil O'. Hoshimov, I. Yoqubov. "Nemis TILI O„QITISH METODIKASI" (o„quv qo„llanma) Toshkent: "Sharq" nashriyoti, 2003;[1]

2. Jamol Jalolov. "Chet til o'qitish metodikasi" O'qituvchi, Toshkent 2012.

3. Jumaevich, K. K., & Abdullajonovna, A. G. (2021). Technology of Cooperation in the Formation of Spiritual and Moral Education of Young People in Society and Its Qualimetry. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 7062-7068.

4.Shomansurov Shorasul "Litsey ta'lim jarayonida xorijiy tillarni o'qitishning zamonaviy metodikasi -Xitoy tajribasida" 2018y.

5. Bekmuratova U. B. "chet tilini o"qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish" mavzusida konspekt. Toshkent - 2012

6. Karshiyeva, B. (2023). Solving complex communicative-knowledge tasks based on integrated bilingual education in English. Interpretation and Researches, 1(18). https://interpretationandresearches.uz/index.php/iar/article/view/1538

7. Karshieva Bogdagul Faxriddinovna,. (2023). THEORETICAL VIEWS OF TEACHING ENGLISH TO ENGINEERING STUDENTS. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 5(12), 113-116. https://doi.org/ 10.37547/taj ssei/Volume05Issue 12-15

8. Karshieva, B. F. (2022). PROFESSIONAL ENGINEERING KNOWLEDGE AS A COMPONENT OF PROFESSIONAL COMMUNICATIVE COMPETENCE IN ENGLISH. Educational Research in Universal Sciences, 1(6), 425-428.

9. Karshieva B.F. (2023). A component of professional communicative competence in English is professional engineering knowledge. Journal of Universal Science Research, 1(12), 257-261. Retrieved from https://universalpublishings.com/index.php/jusr/article/view/3290

10. Muzafarovna, I. U. (2023). Linguodidactic principles and conditions for the formation of cognitive competencies in students based on innovative technologies. Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching, 18, 67-71.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.