Научная статья на тему 'INGLIZ TILIDA QOʻLLANILADIGAN METODLAR'

INGLIZ TILIDA QOʻLLANILADIGAN METODLAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
12
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Xorijiy til / jamiyat / chet tili / zamonaviy metodlar / texnologiyalar / o‘qituvchi / o‘qitish usullari.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Raximova S.D.

Ushbu maqolada hozirda eng ko’p o’rganilayotgan til ya’ni ingliz tilini o’qitish va ushbu jarayonda qo’llaniladigan metodlar haqida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INGLIZ TILIDA QOʻLLANILADIGAN METODLAR»

Raximova S.D.

MMFI milliy yadro universiteti Toshkent shaharfiliali

Ingliz tili katta o'qituvchi

INGLIZ TILIDA QO'LLANILADIGAN METODLAR

Annotatsiya. Ushbu maqolada hozirda eng ko'p o'rganilayotgan til ya'ni ingliz tilini o 'qitish va ushbu jarayonda qo'llaniladigan metodlar haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar. Xorijiy til, jamiyat, chet tili, zamonaviy metodlar, texnologiyalar, o'qituvchi, o'qitish usullari.

Rakhimova S.D. english is a great teacher Tashkent city branch of MMFI National Nuclear University

METHODS USED IN ENGLISH

Abstract. This article talks about teaching the most studied language, English, and the methods used in this process.

Key words. Foreign language, society, foreign language, modern methods, technologies, teacher, teaching methods.

Bugungi kunda xorijiy tillarni bilish ko'nikmasi proffessional ta'limning ajralmas qismlaridan biri bo'lib bormoqda. Turli sohalardagi mutaxassislarda chet ellik hamkorlar bilan hamkorlik qilish ko'rsatkichi yuqori bo'lganligi sababli, ularda til o'rganishga bo'lgan talab yuqoridir. Zamonaviy jamiyatda chet tillari kasbiy ta'limning muhim tarkibiy qismiga aylanmoqda. Bugungi kunda turli darajadagi til bilimiga ega kishilar uchun o'quv materiallarining katta to'plamla ri mavjud. Ushbu maqsadga yetishishda muvaffaqiyatga erishish, o'qituvchilarning amaliy uslublari va malakasiga bog'liq. Axborot texnologiyalari va zamonaviy o'qitish usullaridan foydalanish qobiliyati yangi materiallarni tezkor tushunishga yordam beradi. Turli usullarni birlashtirib o'qituvchi muayyan ta'lim dasturlarini yechishga qodir bo'ladi. Bunda o'qitish va o'rganishning bir necha metodlaridan foydalanish samarali natija beradi. O'qitish kichik bosqichlarda amalga oshiriladi va o'quvchining mavjud bilim tizimiga asoslanadi. Zamon ilgarilab borgani sari har sohada yangilik ko'payib bormoqda. Til o'rgatishda ham turli uslublar paydo bo'lmoqda. Ingliz tilini o'rgatishda o'rganuvchining salohiyat va darajasi, yoshidan kelib chiqqan holda bosqichma-bosqich o'rgatish yaxshi natija beradi. Bunda o'quvchilar boshlang'ich bosqichda o'qitish, o'rta bosqichda o'qitish, yuqori bosqichda o'qitish asosida guruhlarga bo'linadi. Har bir bosqich uchun o'qituvchi tomondan maxsus dastur ishlab chiqiladi.

Bolalar umumiy o'rta ta'lim maktabining birinchi sinfidan boshlab chet tillarini o'rganishga harakat qilishadi. O'lchanadigan va samarali natijalarga olib keladigan to'g'ri o'qitish metodikasini topish unchalik oson emas. Dunyoning ayrim davlatlarida ta'limning hamma darajalari uchun eng keng tarqalgan yondashuv an'anaviy usuld hisoblanadi. An'anaviy sinflarda o'qituvchi bolalar bilan faol ishlaydi, turli xil faoliyat turlarini tanlaydi: yozish, o'qish, takrorlash. Ammo, kamchilik shundaki, talabalar soni ko'p bo'lganligi sababli o'rganilgan materialning muvaffaqiyat darajasini tekshirish har doim ham to'g'ri emas. Davlatimiz mustaqillikka erishgandan keyin, yoshlarning chet tillarini o'rganishga bo'lgan intilishi kengaydi va mamlakatimiz tomonidan til o'rganishga ko'pgina sharoitlar yaratilmoqda.

Dastlabki prezidentimiz Islom Karimov ta'kidlaganidek: "Hozirgi paytda xorijiy tillarni o'rgatishga yurtimizda katta ahamiyat berilmoqda. Bu ham, albatta, bejiz emas.Bugun jahon hamjamiyati o'ziga munosib o'rin egallashga intilayotgan mamlakatimiz uchun, chet ellik sheriklarimiz bilan hamjihatlikda, hamkorlikda o'z buyuk kelajagini qurayotgan xalqimiz uchun xorijiy tillarni mukammal bilishning ahamiyatini baholashning hojati yo'qdir".

Darhaqiqat, chet tilini rivojlantirish orqali dunyo tan olgan davlatlar standartiga javob bera oladigan maktab dars, darslik yaratish biz pedagogklarning vazifamizdir. Quvonarlisi, ingliz tilida biyron so'zlasha oladigan lar maktabning birinchi sinfidayoq topilayotgani, tizimda ingliz tili mutaxassislarning ko'p mehnati singayotganidan dalolatdir. Ayniqsa, chet tilida xalqaro darajalarga erishayotgan o'quvchilar safi kundan kunga ko'payib bormoqda. Shuningdek, milliy oliygoharimizdan tashqari dunyoning top 1000 talikka kirgan universitetlarga bir o'quvchining yettitadan ortig'iga talaba bo'layotgani ham bizni quvontiradi. Darvoqe, fanni o'zlashtirish biroz murakkab jarayon. O'zga tilni o'z tilidek mukammal o'zlashtirishda esa pedagogning mahoratiga bog'liq. Bunda yangi pedagogik uslublardan foydalanish ham muhim ham samaralidir. An'anaviy darsdan ko'ra o'quvchi yangi texnologiyalardan foydalanib o'tilgan darsda o'zlashtirish ko'rsatkichi yuqori bo'ladi.

Ko pgina adabiyotlarda hozirgi kunda eng ommaviy interfaol ta'lim metodlar "Keys-stadi" (yoki "O'quv keyslari"), "Blist-so'rov", "Modellashtirish", "Ijodiy ish", "Muammoli ta'lim" ekanligi qayd etiladi. Malumotlarga kora interfaol ta'lim strategiyalari qatoriga "Aqliy hujum", "Bumerang", "Galereya", "Zig-zag", "Zinamazina", "Muzyorar", "Rotastiya", "Yumaloqlangan qor" uslublar kiradi. Interfaol ta'lim metodlari tarkibidan interfaol ta'lim strategiyalarini ajratishda guruh ishini tashkil qilishga yondashuv ma'lum ma'noda strategikyondashuvga qiyoslanishiga asoslaniladi. Aslida bu strategiyalar ham ko'proq jihatdan interfaol ta'lim metodlariga tegishli bo'lib, ularning orasida boshqa farqlar yo'q.

Til o'rganish va o'qitishda zamonaviy taxnologiyaning roli beqiyos. Texnologik vositalardan foydalanish chet tili o'rganishning har bir aspect (o'qish, yozish, tinglab tushunish va gapirish)ida foydalaniladi. Masalan, tinglab

tushunish uchun, albatta kompyuter, player, CD disklarsiz bu jarayonni amalga oshirib bo'lmaydi. Tinglab tushunish-til o'rganishning eng muhim qismlaridan biridir. Bunda o'quvchi bir paytning o'zida so'zlovchining talaffuzi, grammatik qoidalarga rioya qilganligi, so'z boyligi va uning ma'nolariga e'tibor berishi talab qilinadi. Ta'lim jarayonida zamonaviy texnologiyalardan foydalanishda o'quvchilar ham axborotkommunikatsion texnologiyalarni yaxshi bilish va ulardan foydalana olishi muhim hisoblanadi. Chet tilini zamonaviy texnologiyalardan foydalanib o'rgatish va o'rganish eng samarador usullardan biridir. Bu jarayonda, jumladan: - kompyuterlardan foydalanganda o'quvchi chet tilidagi video roliklarni, namoyishlarni, dialoglarni kino yoki multfilmlarni ham ko'rishi ham eshitishi mumkin; - chet tilidagi radio eshittirishlar va televideniyedagi dasturlarni eshitish va tomosha qilish mumkin; - CD pleyerlardan foydalanish mumkin. Bu texnik vositalardan foydalanish o'quvchilarning chet tilini o'rganishlari jarayonini qiziqarliroq va samaraliroq bo'lishini ta'minlaydi.

Oxirgi vaqtlarda ingliz tilini o'rganadigan har qanday yoshdagi insonlar soni kundan-kun juda oshmqoda. Chunki, hayot jarayonida ingliz tilini tushunmasdan yashash tobora murakkablashib bormoqda. Lekin til o'rganish ham yosh davrlariga bog'liq. Hatto, olimlar bolalar kattalarga nisbatan tilni tez va oson o'zlashtirib olishini isbotlashgan. Bolalarda til o'rganishga bo'lgan tabiiy moyillik, ularda taqlid qilish xususiyati kuchli ekanligi, kattalarga qaraganda bolalar vaqtining til o'rganish uchun yetarliligi va o'rgangan ma'lumotlarni tez xotirada saqlashi buning asosiy sabablarida hisoblanadi. Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, maktablarda xorijiy til o'qitish metodikasi fani o'qitish jarayonida talimning an'anaviy va interfaol o'qitish usullardan ishlatiladi Amaliy mashg'ulotlar og'zaki va yozma tarzda tashkil etilishi ko'zda tutiladi. Amaliy mashg'ulotlarni o'qitish mobaynida ilg'or pedagogik texnologiyalardan, shuningdek, ko'rgazmali slaydlarni kompyuter yordamida namoyish etish, elektron materiallarni proektor yordamida tasvirga chiqarish vositalaridan ishlatiladi. Fanning amaliy mashg'ulotlarida talimning innovatsion, interfaol metodlari, hamda ekspress-so'rovlar, aqliy hujum, ajurli arra, munozara, kichik guruhlarda ishlash, menyu, debat kabi metodlarini qo'llash nazarda tutiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining «CHet tillarni o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ-1875-son Qarori. - Xalq so'zi. - № 240 (5660). - Toshkent, 2012.

2.Umumiy o'rta ta'lim maktablari uchun ingliz tili o'quv dasturi. Tuzuvchilar: J. J. Jalolov, M. T. Irisqulov. - Xalq ta'limi. - №4 - Toshkent, 2013. - 44 b.

3. Jalolov Jamol. Chet til o'qitish metodikasi. "O'qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi, Toshkent - 2012.

4. Bekmuratova U. B. "Ingliz tilini o'qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish" mavzusida referat. Toshkent — 2012 yil

5. Ходжанов, Искандар, и Фаррух Гафуров. «Опыт применения внутрикостного остеосинтеза при разрывах связок дисталного межберцового синдесмоза». Общество и инновации 2, no. 4 (август 30, 2021): 123-126. просмотрено ноябрь 15, 2023. https://inscience.uz/index.php/socinov/article/view/1111.

6. Akhmedov A. A., Izbasarov B. F., Kamolov I. R. Formation and development of experimental competence - the perspective of a future physics teacher // Eurasian Scientific Association. - 2020. - No. 5-6. - pp. 426-428.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.