Научная статья на тему 'AHOLI MIGRATSIYASI JARAYONLARI VA TURLARI'

AHOLI MIGRATSIYASI JARAYONLARI VA TURLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
migratsiya / migrant / demograf / inson / Aholi migratsiyasi / ichki migratsiya / tashqi migratsiya / mayatniksimon migratsiya / xalqaro migratsiyasi. / migration / migrant / demographer / human / population migration / internal migration / external migration / pendulum migration / international migration.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Turg’Unboyeva D.A.

Ushbu maqolada aholi migratsiyasining jarayonlari, aholi migratsiyasining bosh sabablari, aholi migratsiyasining kelib chiqishi ko’p mamlakatlarda salbiy oqibatlari, aholi migratsiyasining turlari.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROCESSES AND TYPES OF POPULATION MIGRATION

In this article, the processes of population migration, the main causes of population migration, the origin of population migration, negative consequences in many countries, types of population migration.

Текст научной работы на тему «AHOLI MIGRATSIYASI JARAYONLARI VA TURLARI»

Turg'unboyeva D.A.

Andijon davlat universiteti Geografiya (o'rganish obyekti bo'yicha) mutaxassisligi

magistranti

AHOLI MIGRATSIYASI JARAYONLARI VA TURLARI

Annotatsiya. Ushbu maqolada aholi migratsiyasining jarayonlari, aholi migratsiyasining bosh sabablari, aholi migratsiyasining kelib chiqishi ko'p mamlakatlarda salbiy oqibatlari, aholi migratsiyasining turlari.

Kalit so 'zlar: migratsiya, migrant, demograf, inson, Aholi migratsiyasi, ichki migratsiya, tashqi migratsiya, mayatniksimon migratsiya, xalqaro migratsiyasi.

Turgunbayeva D.A. graduate student (on the object of study) specialty Andijan State University Geography

PROCESSES AND TYPES OF POPULATION MIGRATION

Abstract. In this article, the processes of population migration, the main causes of population migration, the origin of population migration, negative consequences in many countries, types of population migration.

Key words: migration, migrant, demographer, human, population migration, internal migration, external migration, pendulum migration, international migration.

Aholi migratsiyasi. Migratsiya - lotincha (ko'chaman), — (joyimni o'zgartiraman) degan ma'noni bildiradi va aholining joylashishi qayta taqsimlanishi, tarkibi va soniga ta'sir ko'rsatadi. Migratsiya jarayonlari xarakteriga ko'ra ichki, tashqi (mamlakatlararo) va ishchi migratsiyalariga ITI sharoitida esa —aql oqimill yo'nalishiga bo'linadi. Migratsiya jarayonlarining bosh sabablari - iqtisodiy, siyosiy, etnik, demografik, madaniy, diniy va boshqalar bo'lishi mumkin. Migratsiya jarayoni aholi hududiy harakatining asosiy turi bo'lib, inson bilan tabiat o'rtasidagi aloqadorlik vujudga kelgandan buyon shakllanib, rivojlanib kelmoqda. Aholi migratsiyasi buyuk geografik kashfiyotlar davridan boshlab keng miqyosda amalga oshmoqda. Migratsiya tashqi va ichki migratsiyaga taqsimlanadi. Mamlakatlar aholisining soni va tarkibiga bo'ladigan ta'siri nuqtai nazardan tashqi migratsiyalarning ahamiyati beqiyosdir. Tashqi migratsiya katta hajmga ega mamlakatlarda, uning aholi soni va tarkibiga bo'lgan ta'siri sezilarli oqibatlarga olib kelishi mumkin. AQSh, Kanada, Avstraliya va boshqa qator mamlakatlar tarixda migratsiya saldosining

ahamiyati tabiiy o'sishi, jumladan ustun bo'lgan ayrim davrlar kuzatishganligini ta'kidlab o'tish joizdir. Hozirgi vaqtda ham mazkur mamlakatlarda migratsiya saldosi aholi sonining o'sishida muhim omil hisoblanadi. Isroil davlatida esa migratsiya saldosi aholi soni o'sishining deyarli 2/3 qismini ta'minlamoqda. Yuqoridagi mamlakatlar aholining ko'chib kelishi bo'yicha yetakchi hisoblansa, qator boshqa mamlakatlar, chunonchi, Irlandiya aholisining ko'chib kelishi bo'yicha dunyoda mashhur bo'lib qolgan. Tashqi migratsiyalar o'z xususiyatlari, sabablari, hududiy qamrovi davom etishi bo'yicha bir-biridan farq qiladi. Migratsiya xususiyatlari to'g'risida so'z yuritganda, avvalambor, xohishiga ko'ra va majburiy migratsiyalar nazarda tutiladi. Tashqi migratsiya asosan, iqtisodiy sabablar bilan bog'langan. Bunda yangi yerlarni o'zlashtirish maqsadida hamda ishchi kuchini shartnomalar bo'yicha boshqa mamlakatlarga yuborish bilan bog'liq migratsiyalar katta rol o'ynaganligini ta'kidlab o'tish joizdir. Hududiy qamroviga qarab materiklarga va materik ichidagi migratsiyalarni ajratish qabul qilingan. Hozirgi vaqtda ikkinchi turdagi migratsiyalar asosiy ahamiyat kasb etadi. Davom etishi bo'yicha doimiy, vaqtinchalik va mavsumiy migratsiya turlari mavjud. Shartnoma asosida amalaga oshirilayotgan migratsiyalar vaqtinchalik migratsiyalar deb ataladi. Doimiy migratsiyalar uy-joyi va ish joyining tamomila o'zgarishi bilan bog'liq aholi ko'chishi bilan bog'liq bo'lib, u migratsiyalar ichida asosiy o'rin egallaydi. Insoniyat xo'jalik va ijtimoiy-madaniy faoliyatida ro'y berayotgan internatsionallashuv va demokratsiyalashuv jarayonlari, shuningdek, mamlakatlararo, millatlararo ayrim ziddiyatlar, to'qnashuvlar, favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlar oqibatida aholi hamda mehnat resurslarining mamlakat ichida mamlakatlararo keng miqyosda bir joydan ikkinchi joyga ko'chib yurishi ro'y beradi. Bular bir tomondan, jahon sivilizatsiyalash va xalqaro mehnat bozorlari, turar joy va ish joy tashlash uchun yaratib bergan huquq va imkoniyatlaridan foydalanuvchi ko'pchilik migratsiyalardan iborat bo'lsa, ikkinchi tomondan, o'z xohishi bilan emas, balki sharoit taqozosi bilan tug'ilib o'sgan joyini tashlab ketishga majbur bo'lgan qochoqlar hamda zo'raki migrantlardan iboratdir. Ayrim tarixiy yerlarda migrantlar oqimining ko'lami hamda ahvolining murakkabligi juda katta muammolarni yuzaga keltiradi. Bu muammolarni yechish esa keng miqyosda xalqaro hamkorlikni taqozo etadi. U bir davlatning mintaqalari o'rtasida ro'y beradigan ishchi kuchi migratsiyasi va bir necha mamlakatni qamrab oladigan tashqi migratsiyadan iborat. Xalqaro migratsiya muammolarini o'rganishda duch kelinadigan asosiy tushunchalar quyidagilar:

- ishchi kuchi migratsiyasi mehnatga layoqatli aholining bir davlatdan ikkinchi bir davlatga, bir yildan ko'proq muddat bilan ko'chib o'tishi, buning iqtisodiy va boshqa sabablari bo'lishi mumkin;

- immigratsiya - mehnatga layoqatli aholining biron-bir mamlakatga chetdan kirib kelishi;

- emigratsiya - mehnatga layoqatli aholining bir davlatdan ikkinchi bir davlatga chiqib ketishi;

- migratsiya saldosi - mamlakatda bo'ladigan immigratsiya va emmigratsiya o'rtasidagi farq;

- aqliy talafot - yuqori malakali kadrlarning xalqaro migratsiyasi;

- reemigratsiya - emmigrantlarning turg'un turish uchun o'z vataniga qaytib kelishi;

- tashqi migratsiya - aholining ikki davlat o'rtasida ko'chib yurishi;

- ichki migratsiya - aholining bir davlat doirasida bir joydan ikkinchi joyga ko'chib yurishi;

- mavsumiy migratsiya - mavsumiy ishlar bilan bog=liq migratsiya-dir.

Tashqi migratsiyaning asosiy sabablari iqtisodiy qiyinchilik, siyosiy

beqarorlik, milliy-diniy nizo va urushlardir. Ichki migratsiyaning sabablari ham shunga o'xshab ketadi va quyidagilardan iborat: iqtisodiy qiyinchilik, mavsumiy ish, milliy nizolar, urushlar va boshqalar. Aholining bir davlatdan ikkinchi bir davlatga va bir davlatning ichida bir joydan ikkinchi bir joyga ko'chib yurishini boshqarish migratsiya oqimi deb ataladi. Migratsiya oqimi mamlakat yoki rayonlar aholisining soniga sezilarli ta'sir etishi mumkin. Insoniyat tarixi davomida juda ko'p ommaviy tashqi va ichki migratsiyalar sodir bo'lgan. Neoklassika tarafdorlari ishchi kuchini, ayniqsa, yuqori malakali xodimlarni eksport qiluvchi mamlakatda migratsiya muhimligini e'tirof etishadi. Shu munosabat bilan —aqliy talafotllga soliq solish va undan kela-digan daromadni BMT ixtiyoriga o'tkazib, ulardan rivojlanish maqsadlarida foydalanish g'oyasi keng muhokama etildi. Keyingi yillarda jamlashishga mamlakat iqtisodiy rivojlanishning muhim omili sifatida qarash ustun kela boshladi. Jamlangan inson potensiali iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili jamligidan kelib chiqilsa, xalqaro mamlakatlar o'rtasida iqtisodiy rivojlanish borasidagi sur'atlar necha xil ekanligining sabablaridan biri deb hisoblasak bo'ladi.

Xalqaro migrantlar 5 toifaga bo'linadi.

1 .Mamlakatga oshkora kiritilgan immigrantlar va noimmigrantlar. Ko'pdan beri immigrantlarni qabul qilib kelayotgan mamlakatlar uchun 80-90-yillar immigratsiya yuqori pog'onaga ko'tarilgan davr bo'ldi;

2.Shartnoma bo'yicha ishlaydigan xizmatchi migrantlar 90-yillarning oxirida ularning soni dunyo bo'yicha 25 mln kishidan ko'proq edi. Ko'pincha mamlakatlar chet el ishchi kuchiga muhtojlik sezadi. Bu hollarda ishchi kuchi serob bo'lgan mamla-katlar: masalan, Osiyoning ba'zi mintaqalari, ya'ni Sharqdagi qator mamlakatlar bilan shunday shartnomalar haqida kelishib olishadi;

3.Yashirincha kelgan immigrantlar 90-yillarning oxirida bularning soni 30 mln kishidan ortiq edi. Deyarli barcha sanoat rivojlangan mamlakatlarda yashirin immigrantlar mavjud. Ularning bir qismi chegara orqali o'tsa, boshqalari viza muddati tugagandan keyin begona mamlakatdan chiqib ketmaydi: bundaylar, odatda, eng kam ish haqi to'lanadigan ish joylariga yollanadilar.

4.Boshpana so'ragan shaxslar. Bunday toifadagi migrantlar soni 80-yillargacha juda oz bo'lib, keyinchalik ancha ko'paydi. 90-yillar oxiriga kelib, 1

mln. kishini tashkil etdi. Shaxslar siyosiy sabablarga ko'ra, iqtisodiy ahvol tufayli boshpana so'raydi.

5. Qochoqlar soni, BMT ma'lumotiga ko'ra, 90-yillar oxiriga kelib, dunyoda 22 mln. dan ko'proqni tashkil etgan va bu raqam yildan-yilga ortib bormoqda (bulardan qariyb 4 mln. kishi o'z vataniga qaytib kelgan bo'lsa ham, BMT homiyligida yashaydi). Qochoqlarning ko'pchiligi bugungi kunda maxsus lagerlarda istiqomat qiladi. Bu lagerlar BMT yoki xususiy agentliklar homiyligidadir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Dr. Christion Sawyer. Human geography crash course. Printed in the United States of America. Green Edition. -2012.

2. Географический энциклопедический словарь. -М.; —Советская энциклопедия!, 1986. -528 с.

3.Горкин А (отп.ред). Социально-экономическая география: понятия и термины. Словарь-справочник. -Смоленск: —Ойкумена!, 2013, -328 с.

4.Петрова Н. География (сорременный мир): Учебник. -М.: «ФОРУМ», 2005. -224 с.

5.Фромберг А. Экономическая и социальная география: пособие для школьников и абитуриентов. -М.: —Экзамен!, 2011. -443 с.

6. Абдуллаев О. Идтисодий география ва экология. -Наманган, 2002. -296 б.

7.Комилова Н. Тиббиет географиясининг назарий ва амалий масалалари. -Т.: —Sharq!, 2015. -264 б.

8.Солиев А. Идтисодий география: назария, методика ва амалиети. [Матн]: танланган асарлар/ масъул мухдррир: О.Ата-Мирзаев. -Т.: —Камалак!, 2013.-184б

9.Солиев А. Узбекистон идтисодий ва ижтимоий географияси. -Т.: —Университет!, 2014. -404 б.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.