Научная статья на тему 'AN‟ANALARNING YOSHLAR MEHNAT MIGRATSIYASIGA TA‟SIRI'

AN‟ANALARNING YOSHLAR MEHNAT MIGRATSIYASIGA TA‟SIRI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
an‘analar / toʻylar / migratsiya / yoshlar migratsiyasi / asosiy mehnat resursi. / traditions / weddings / migration / youth migration / main labor resource.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — M. B. Ibragimov, D. B. Joʻrayeva

Ushbu maqolada toʻylarning haddan tashqari dabdabali oʻtkazilishi natijasida yoshlarning boshqa davlatga ishlash maqsadida ketishga majbur boʻlayotgani va uning ijobiy va salbiy oqibatlari haqida ma‘lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INFLUENCE OF TRADITIONS ON LABOR MIGRATION OF YOUTH

This article provides information about the fact that young people are forced to migrate to another country as a result of making weddings too extravagant and its positive and negative effects.

Текст научной работы на тему «AN‟ANALARNING YOSHLAR MEHNAT MIGRATSIYASIGA TA‟SIRI»

AN'ANALARNING YOSHLAR MEHNAT MIGRATSIYASIGA TA'SIRI

M. B. Ibragimov

O'zMU Sotsiologiya kafedrasi katta o'qituvchisi

D. B. Jo'rayeva

O'zMU Sotsiologiya yo'nalishi 4-kurs talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada to'ylarning haddan tashqari dabdabali o'tkazilishi natijasida yoshlarning boshqa davlatga ishlash maqsadida ketishga majbur bo'layotgani va uning ijobiy va salbiy oqibatlari haqida ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: an'analar, to'ylar, migratsiya, yoshlar migratsiyasi, asosiy mehnat resursi.

INFLUENCE OF TRADITIONS ON LABOR MIGRATION OF YOUTH

M. B. Ibragimov

Senior Lecturer, Department of Sociology, NUU

D. B. Joraeva

4th year sociology student at NUU

ABSTRACT

This article provides information about the fact that young people are forced to migrate to another country as a result of making weddings too extravagant and its positive and negative effects.

Keywords: traditions, weddings, migration, youth migration, main labor resource.

O'zbek xalqining urf-odatlari asrlar davomida o'zbek millating tashkill topishida katta ahamiyatga ega hisoblangan va o'zbek oilasi o'z urf-odatu an'analari bilan tirikdir. Har bir o'zbek oilasining asosiy o'ziga xos xususiyatlaridan biri -mehmondo'stlik, yoshi kattalarga hurmat-ehtiromli bo'lishdir. Har bir millatning o'ziga yarasha ajralib turadigan o'ziga hosliklari bo'ladi. Bizning millatning bolajon xalq ekanligi bunga aynan mos, deb hisoblaymiz. Oilaparvarlik - bu ham bir an'ana desak mubolag'a emas. Turkiy xalqlarining o'ziga yarasha turli xil an'ana urf-odatlari va qadriyatlari mavjud. Ularga turli xil misollar keltirish mumkun. Masalan, birgina

April 20, 2024

237

o'zbeklarning to'ylari haqida gapiradigan bo'lsak, har joyda mashhur bu o'zbek to'ylari. O'zbeklar butun umr to'ylar uchun ishlaydilar, farzandining tug'ilishidan boshlab to uylanib bola-chaqali bo'lguniga qadar to'yning o'y-hayoli bilan yurishadi. Ular qarz-qurs qilib bo'lsa ham to'yni zo'r o'tkazish tarafdorlari bo'lishadi. Ota-ona yig'ib farzandining to'yiga sarf qiladi, xoh u qiz, xoh o'g'il farzand bo'lsin. To'ydan keyin esa qarz ko'payib ketgandan keyin uni uzish maqsadida ham ko'p yangi uylangan yigitlar boshqa chet davlatlariga ishlash uchun ketishadi. Bu an'analar, qadriyatlarning haddan oshirib yuborish ortidagi salbiy jihatidan biri hisoblanadi. Migratsiya hususida so'z borar ekan, migratsiya o'zi nima?

Migratsiya - aholining bir joydan boshqa joyga ko'chishi degan ma'noni anglatadi. Yo'nalishiga ko'ra aholi tashqi migratsiyasi va aholi ichki migratsiyasi farqlanadi. Tashqi migratsiya mamlakatdan chiqib ketish (muhojirlik), ichki migratsiya esa mamlakat doirasida, viloyat va tumanlararo yashash joyining o'zgarishi. Migratsion jarayonlarda ishtirok etuvchilar - migrant (muhojir)lar, migratsiya oqimi shakllanuvchi hudud - migrantlar chiquvchi, ular borgan hudud -migrantlar o'rnashuvchi region deyiladi. Mavsumiy, mayatniksimon migrasiya turlari ham mavjud. Aholi migratsiyasi jarayoniga tarixiy va milliy an'analar ham ta'sir ko'rsatadi.

Aholi migratsiyasiga iqtisodiy, oilaviy, etnik, diniy, siyosiy, ekologik kabi omillar sabab bo'ladi. Migratsiyalar, asosan, iqtisodiy sabablar, ya'ni muayyan yashash sharoiti va ish o'rinlarini qidirish bilan bog'liq. Oilaviy migratsiyalar turli joylarda yashayotgan oila a'zolarining o'zaro birlashuvi borasida amalga oshadi. Etnik va diniy migratsiyalar deganda, ma'lum millat yoki din vakillarining boshqa davlat yoki hududga ko'chishi tushuniladi. Siyosiy migratsiyalar urush yoki siyosiy inqiloblar natijasida ro'y beradi. Ekologik migrantlar tabiiy muhitning buzilishi tufayli yashash hududini tark etadilar. Bundan tashqari, aholi migratsiyalari ixtiyoriy va majburiy, tashkillashtirilgan va tashkillashtirilmagan kabi turlarga ham bo'linadi.

Hozirgi vaqtda eng katta migratsiya to'lqini rivojlanayotgan mamlakatlardan rivojlangan mamlakatlarga tomon yo'nalgan. Ya'ni ish o'rinlari ko'p va o'z hududidagiga qaraganda ko'p ish haqi beriladigan hududlar tomon yo'naltirilgan. Bunda eng ko'p xorijiy migrantlarni AQSH qabul qiladi. Oxirgi yillarda bu davlatdagi immigrantlar soni 45 mln kishidan oshgani qayd etilgan. G'arbiy Yevropa davlatlari orasida esa eng ko'p immigrantlar Germaniya, Buyuk Britaniya va Fransiyaga kelgan. Bu davlatlarning har birida 7-10 mln immigrant yashamoqda. G'arbiy Yevropaga immigrantlarning asosiy qismi Janubi-g'arbiy va Janubiy Osiyo, Shimoliy Afrika hamda Sharqiy Yevropa davlatlaridan bormoqdalar. Boshqa rivojlangan davlatlardan Avstraliya, Kanada, Yangi Zelandiya, Isroil va JAR ko'plab xorijiy migrantlarni qabul qilmoqda. Shunday ekan, barcha rivojlangan davlatlarda

April 20, 2024

238

migratsiya saldosi (balansi) musbat hisoblanadi. Aksariyat qismi manfiy migratsiya balansiga ega bo'lgan rivojlanayotgan mamlakatlar o'rtasida ham yirik migratsion oqimlar vujudga kelgan. Jumladan, katta miqdordagi xorijiy migrantlarni Fors qo'ltig'idagi arab mamlakatlari, ayniqsa, Saudiya Arabistoni va BAA hamda Janubiy Koreya, Singapur, Malayziya singari yangi sanoatlashgan davlatlar jalb qilmoqda. Bu yirik rivojlangan davlatlarga endi rivojlanib borayotgan davlat fuqarolarining oqimi kuchli bo'lmoqda. Yirik migratsiya oqimlari MDH hududida ham mavjud bo'lib, ko'proq Rossiyaga yo'nalgan.

Hozirgi zamondagi xalqaro aholi migratsiyalariga qator xususiyatlar va muammoli jihatlar xos. Eng ahamiyatlisi shundaki, migratsiya jarayonlari bugungi kunga kelib chindan ham globallashdi, deyarli barcha mintaqa va mamlakatlarni o'z doirasi bilan qamrab oldi. Tashqi migratsiya ayrim hollarda, ayniqsa, rivojlangan va o'tish iqtisodiyotidagi davlatlar uchun aholining umumiy ko'payishida katta rol o'ynaydigan bo'ldi. Ammo xalqaro migratsiya oqimlari immigratsiya markaziga aylangan davlatlar aholisining tarkibi va harakatiga, jamiyatdagi etnik va konfessional (diniy) xilma-xillikka, millatlararo va dinlararo munosabatlarga sezilarli darajada ta'sir o'tkazmoqda. Ba'zida mahalliy aholi va kelgindilar orasida to'qnashuv, mojarolar ham sodir bo'lib turibdi. Shu bilan birga, oxirgi yillarda dunyoda aholining majburiy migratsiyalari kuchayib bormoqda.

Zamonaviy migratsiyaning yana bir muhim jihati shundan iboratki, xalqaro migrantlarning sifat tarkibi (masalan, ta'lim darajasi nuqtayi nazaridan) o'zgarib bormoqda, davlatlararo migratsiya oqimlarida yuqori malakali mutaxassislarning ishtiroki faollashmoqda. Bu vaziyat immigratsiya markazlari bo'lmish rivojlangan davlatlar uchun ijobiy ahamiyat kasb etsa, emigratsiya o'choqlari - rivojlanayotgan va o'tish iqtisodiyotidagi davlatlar uchun esa buning aksi, ya'ni salbiy holat hisoblanadi. Bu holat har bir davlat uchun zararli hisoblanadi, chunki yosh bilim salohiyat egalari ko'proq pul toppish uchun o'z mamlakatlarini tashlab boshqa davlatgaa ko'proq pul toppish uchun chiqib ketishadi. Bu esa davlat uchun katta yo'qotish hisoblanadi. Statistika agentligi bergan ma'lumotlarga ko'ra, 2023 -yil yanvar-sentyabr oylarida O'zbekistondan xorijga ko'chib ketganlar soni 181,1 ming kishini tashkil etdi [1]. Bu juda yuqori ko'rsatkich hisoblanadi. Biz yoshlarimizni va asosiy ishchi kuchini yo'qotmaslik uchun o'zimizda etarli sharoitni yaratishimiz lozim. Bu holat nafaqat sifat tarkibi (ta'lim darajasi) doirasida kuzatilib qolmay, asosiy mehnat kuchini yo'qotish ham hisoblanadi. Aholimizning ko'p qismini (Statistika agentligi ma'lumotlariga ko'ra, 2023-yil 1-yanvar holatiga respublika bo'yicha yoshlar (14-30 yosh) soni 9 654 351 kishi tashkil etib, jami aholining 26,8 foiziga teng) yoshlar tashkil etadi [2]. Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, 2022-yilning yanvar-iyun oylarida O'zbekistonda mehnat resurslari soni jami

April 20, 2024

239

19 million 453,3 ming kishini tashkil etdi [3]. Bundan ko'rinib turibdiki asosiy mehnat resursining ko'p qismi yoshlardan tashkil topgan. Bizdagi ish o'rinlarining etishmasligi va oylik daromadlarning kamligi sababli yoshlar mehnat migratsiyasi uchun boshqa davlatlarga chiqib ketishmoqda. Bizning to'ylarning haddan ortiq ko'p harajatli ekanligi bunga zamin yaratoqda. Hech bir inson o'zi tug'ilib o'sgan mamlakatni tashlab boshqa davlatda oilasisiz qiynalib ishlashni istamaydi.

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati saytida "To'ylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar o'tkazilishini tartibga solish to'g'risida"gi nizom e'lon qilindi. Qayd etilishicha, to'ylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar o'tkazilishini tartibga solishda ijtimoiy adolat va qonuniylik, milliy urf-odat va qadriyatlarga sodiqlik, boshqa din va millat vakillarining urf-odatlarini hurmat qilish hamda jamoatchilik fikrini inobatga olish tamoyillariga rioya etiladi. Shunday bo'lsada, ko'pchilik eski stereotiplar asosida dabdabali qilib to'y o'tkazishni orzu-havas deya oqlaydi. Buning natijasida yosh oilalar aziyat chekishadi, yangi kelin-kuyov ayro holda qolishadi. Biri bu erda, ikkinchisi esa ishlab qarzlardan qutilish uchun boshqa davlatga mehnat migratsiyasiga ketadi.

Xulosa o'rnida aytadigan bo'lsak, an'ana urf-odatlarimizdan biri bo'lgan to'y marosimlarini imkon qadar oddiy va shinam yaqinlar davrasida qilish maqsadga muvofiq, deya hisoblaymiz. Yana o'zimizda yangi islohotlarni yo'lga qo'yish natijasida yangi ish o'rinlarini joriy etish, yoshlarimizni o'z bag'rimizda olib qolishimiz yo'llarini topishimiz lozim. Bu davlat uchun juda ahamiyatli. Yurtimiz ravnaqi uchun biz yoshlar birdamlikda harakat qilishimiz va bor kuchimizni shu yurtimiz uchun ishlatishimiz ko'ngildagidek ish bo'ladi.

REFERENCES

1. https://daryo.uz/2023/10/30/ozbekistonning-qaysi-hududidan-koproq-odam-chet-elga-kochib-ketayotgani-malum-qilindi

2. https://www.xorazmstat.uz/uz/matbuot-markazi/qo-mita-yangiliklar/11051-mamlakatimizda-yoshlar-soni-qancha

3. https://daryo .uz/2022/09/21/ozbekiston-aholisining-qanchasi-mehnatga-layoq atli-yoshda-ekani-malum-qilindi

4. Xusanova X.T. Talaba ëshlar somal kategoriyasini o'rganishda multidisцiplinar ëndashuv. Ijtimoiy fanlar эlektron jurnali № 2 (2019) 02-12-2019.

5. Ahmedova F.M, Ta'limni rivojlantirishdagi ustuvor vazifalar//Zamonaviy dunyoning ijtimoiy manzarasi va jamiyat tuzilmalari transformatsiyasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya materiallar to'plami. - Toshkent, .2023

6. Заитов Э. Mahallaning o 'rganilishida tarixiy yondashuv //Журнал социальных исследований. - 2024. - Т. 7. - №. 1.

April 20, 2024

24G

7. Сабирова У. Ф. Социология как пут повышения интеллектуального потенциала общества Узбекистана //Журнал социалных исследований. - 2020. -Т. 3. - №. 5.

8. Kholbekov A.J. "Jamiyat ijtimoiy sohasi" tushunchasiga doir. // "Zamonaviy dunyoning ijtimoiy manzarasi va jamiyat tuzilmalari transformatsiyasi" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya materiallari tuplami (Toshkent sh., 25-may 2023.). -Toshkent : UzMU. - B/ 53-56.

9. Джиянмуратова Г. Ш. Нормативно-правовые основы социальной защиты молодежи в Республике Узбекистан //Технологии социальной работы в различных сферах жизнедеятельности. - 2023. - С. 35-40.

10. Ernazarov B. Avlodlar almashinuvidagi yosh klasifikatsiyasining sosiologiyadagi ahamiyati //News of UzMU journal. - 2024. - T. 1. - №. 1.2. 1. - S. 261-265.

11. Isropilov M.B. The role of pr technologies in ensuring the sustainable development of society//Open Access Repository. - 2023. - T. 4. - №. 2. - S. 729735.

12. Alikariev N.S. Oliy ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilari mehnat samaradorligining Ш1МТом 7 № 1 (2024): ЖУРНАЛ СОЦИАЛЬНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ. - B. 4-12. http://dx.doi.org/10.5281/zenodo.11052521

241

April 20, 2024

International Scientific and Practical Conference

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.