Научная статья на тему 'AHMAD JAVDAT POSHONING ILMIY MEROSI'

AHMAD JAVDAT POSHONING ILMIY MEROSI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Ahmad Javdat / Kichik Qaynar / vakanuvislik / Otaturk kutubxonasi / Abdulhamid II.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — X.J.Ismoilova

Ushbu maqolada Ahmad Javdatning turkiy xalqlar va umumjahon xalqlari tarixiga oid asarlari bilan tanishasiz. Bu esa bizga kelajakda xalqimiz va qardosh turkiy xalqlar tarixini yanada chuqurroq o‘rganishga imkon beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AHMAD JAVDAT POSHONING ILMIY MEROSI»

AHMAD JAVDAT POSHONING ILMIY MEROSI

X.J.Ismoilova

O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Toshkent, O'zbekiston https://doi.org/10.5281/zenodo.13895404

Annotatsiya. Ushbu maqolada Ahmad Javdatning turkiy xalqlar va umumjahon xalqlari tarixiga oid asarlari bilan tanishasiz. Bu esa bizga kelajakda xalqimiz va qardosh turkiy xalqlar tarixini yanada chuqurroq o'rganishga imkon beradi.

Kalit so'zlar: Ahmad Javdat, Kichik Qaynar, vakanuvislik, Otaturk kutubxonasi, Abdulhamid II.

Аннотация. В этой статье вы познакомитесь с работами Ахмада Джавадата по истории тюркских народов и народов мира. Это позволит нам в будущем глубже изучать историю нашего народа и братских тюркских народов.

Ключевые слова: Ахмад Джавдат, Кичик Кайнар, ваканувислик, библиотека Ататюрка, Абдулхамид II.

Abstract. In this article, you will get acquainted with Ahmad Javadat's works on the history of the Turkic peoples and the peoples of the world. This will allow us to study the history of our people and the brotherly Turkic peoples more deeply in the future.

Keywords: Ahmad Javdat, Kichik Kaynar, vakanuvislik, Ataturk Library, AbdulhamidII.

Ahmad Javdat hayoti davomida ko'plab vaqtini davlat ishlariga va jamiyat hayotiga sarf etgan bo'lishiga qaramay, ilm-fanga oid ko'plab asarlar ham yozib qoldirgan. Uning yozgan asarlari XIX asr Usmonlilar davlatining ravnaqi va istiqboli uchun munosib hissa qo'shgan. O'z davrida turli sohalarda puxta bilim egallagan va zamona olimlaridan saboq olgan Ahmad Javdat asarlari bugun kunda ham o'z ahamiyatini yo'qotgan yo'q. O'rganish va tahlil etish oson bo'lishi uchun yozgan asarlarini bir nechta turkumlarga ya'ni fan sohalariga bo'lishimiz mumkin. Dastlab, tarixga doir asarlari:

"Tarixi Javdat". Usmonlilar davlatining 1774-yildagi Kichik Qaynar shartnomasidan boshlab 1826-yil Yanichar (yangi askar) o'chog'ining egallanishiga qadar bo'lgan voqealar bayon etilgan. Tanqidiy va tahliliy bir ruhda yozilgan mazkur asarda voqea-hodisalarning sabablari va yo'l qo'yilgan kamchiliklar ham yozilgan. Dastlabki jildlari 1853-1856, so'ngi jildi esa 1884-yilda (hijriy 1301-yilda) nashr ettiriladi. Dastlab o'n jild bo'lgan bu asar hijriy 1309-yilda (1891) qayta tartibga keltirilish va tasniflash chog'ida o'n ikki jildga holida yangidan nashr etiladi. Asarning birinchi jildiga muqaddima ham ilova qilingan.

"Tazkiralar". Vakanuvislik* davrida (1855-1865) shaxsan o'zi ichida bo'lgan voqealardan iborat bo'lgan bu asar, bir tomondan o'sha davrning siyosiy-ijtimoiy ahvolini bayon etsa, boshqa tomondan memuar asar sifatida qaraladi. Davlat va saroy odamlarining bir-birlariga qarama-qarshiliklari, turli manfaatlar to'qnashuvlari va Istanbul o'sha davrdagi ahvol haqida sodda va samimiy tilda ifoda etilgan. Qirq tazkirani o'z ichiga olgan bu asar 1855-yildan to vafotidan ikki yil oldingi ya'ni 1893-yilgacha bo'lgan voqealarning bayoni mavjud. So'ngi tazkirada muallif o'zining hayotini ham yoritib o'tgan. Ahmad Javdatning qizi Fotima Aliya xonimning "Javdat Posho va zamoni" nomli asariga shu tazkiradan ilovalar keltirilgan.

Mazkur kitobining dastlabki yarimi qo'lyozma shaklida bir daftar holida Otaturk kutubxobnasida saqlanmoqda. Asarning hijriy 1288-1292-yillarni (1871-1875) o'z ichiga olgan o'n yettinchi qismi "Tarixi Usmoniy Anjumani Majmuasi"da 1915-yil nashr etilgan.

"Ma'ruzat". Sulton Abdulhamid II ning istagiga binoan yozilgan mazkur asar, 1839-1876-yillar orasidagi tarixiy jarayonlarni qamrab olgan. 5 jildlik bu asar "Tazkiralar" bilan bir xil davrga oid voqea-hodisalar bo'lishiga qaramay, shaxsiy fikrlari va xotiralari ilova qilinganligi uchun undan farqli bir uslub va maxsus belgilar asosida yozilgan bibliografik asarlar turiga kiradi. Asarning ayrim qismlari Otaturk kutubxonasida saqlanmoqda. Asar to'liq shaklda 1980-yilda nashr etilgan [2].

"Qisas-i Anbiyo va Tarix-i Hulafo". Bu asar Javdat Poshoning eng mashhur asarlaridan biridir. Asar Hazrati Odam (a.s.)dan to Muhammad (s.a.v.)ga qadar bo'lgan barcha payg'ambarlarning tarixi va xulq-atvorlari, Muhammad (s.a.v.)ning siyratlari, to'rt xalifa davri, Umaviy va Abbosiylar xalifaligi va nihoyat, Usmonlilar davlatining Sulton Murod II ning boshqaruv yillariga qadar bo'lgan tarix voqae va hodisalarni o'z ichiga olgan. Bu asar Ahmad Javdat hayotining so'ngi yillarida yozilgan asarlardan biridir. Kitob o'n ikki jilddan iborat. Dastlabki olti jildi muallif tomonidan 1891-yil bosaxonada bosib chiqarilgan. Qolgan olti jildi qizi Fotima Aliye xonim tomonidan 1913-yil nashr etiladi. Asarning yettinchi jildidan o'ninchi jildiga qadar qo'lyozma nusxasi Otaturk kutubxonasida saqlanadi. 1976-1977-yillarda lotin alifbosida ikki qism qilib nashr etiladi. Shuningdek, Qozon turkcha tarjimasi esa ikki marta bosiladi.

"Qrim va Kavkaz tarixi". Qissa shaklida yozilgan mazkur asar ikki qismdan iborat. Dastlabki qismida Qrim haqida, ikkinchi qismda Kavkaz tarixi, geografiyasi, shuningdek, bu yerlarda yashagan xalqlarning etnologiyasi va madaniyatini tasvirlab bergan. Bu kichik asar ingliz elchisi Lord Stratford istagiga binoan muallif tarafidan Halim Girayning "Gulbun-i Hanon" asaridan foydalanib yozilgan. 1913-yil Istanbulda, 1918-yil "Yangi Majmua"da nashr etiladi.

"Muqaddima-i Ibn Xaldun". Ibn Xaldunning "Kitob al-i'bar" nomli arabcha umumiy tarix kitobining birinchi jild oltinchi faslining tarjimasidir.

Mazkur asarning dastlabki besh qismi Shayx-ul islom Sohib Mulla tarafidan ikki kitob holiga keltiriladi. Qolgan qismlarining tarjimasi esa Ahmad Javdat tomonidan uch jild kitob shaklida 1860-yilda nashr etiladi [2, 1].

"Qozon va Govur tog'idagi vaziyat haqida maqola". Mintaqagi ahvol haqida yozilgan bu asar maqola shaklida bo'lib, jami 20 betni tashkil etadi. U hozirda Otaturk kutabxonasida "Muallim Javdat yozmalari" nomi ostida № 31 raqam ostida saqlanadi.

"Hijoz hodisasi". 1861 yilda Hijozda boshlangan boshbodoqlik sabablari yoritilgan 48 sahifalik kichik asar hisoblanadi. Bu ham Otaturk kutubxonasida №5 raqam ostida saqlanadi.

"Bosniya va Gersogovinani tekshrishga oid hujjatlar". Javdat Posho tomonidan Buyuk vazir idorasiga taqdim etib boruvchi qaydlar daftari bo'lib, u uch daftarni o'z ichiga oladi.

"Anapo qal'asiga doir fikrlar va tarix". Asar bu hududda bo'lib o'tgan voqealar haqida xabar beradi. Jami 40 sahifaga ega.

"Halab viloyatiga oid ba'zi qaydlar". Qo'lyozma hisoblangan mazkur asar, 93 sahifadir. Unda Halab viloyati haqida keng ma'lumotlar bayon etilgan [1].

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, yuqoridagi asarlardan ko'rinib turibdiki Ahmad Javdat zamona ilmlariga ega shaxs sifatida nafaqat Turkiya tarixida balki, islom tarixi va umumturkiy xalqlar ham tarixiga munosib hissa qo'shgan shaxslardan biridir. Uning ijodini o'rganish orqali tarix kitobini yangi sahifalar bilan boyitib borishimiz mumkin.

REFERENCES

1. Ahmadov R. Ahmed Cevdet Pa§a ve icazetname'si // - Istanbul: Maarif Matbaasi, - 2016. -43 b.

2. Uzun M. Ahmed Cevdet Pa§a Hayati-Eserleri: Dovan9e-i Cevdet // - Istanbul. - 1994. - 67 - 68 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.