Научная статья на тему 'AGRAR SIYOSAT. 1925-1929 YILLARDA O‘TKAZILGAN YER-SUV ISLOHATI, UNING OG‘IR OQIBATLARI'

AGRAR SIYOSAT. 1925-1929 YILLARDA O‘TKAZILGAN YER-SUV ISLOHATI, UNING OG‘IR OQIBATLARI Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O’rta Osiyo / agrar siyosat / yer-suv islohotlari / hokimiyat. / Central Asia / agrarian policy / land and water reforms / power.

Аннотация научной статьи по социологическим наукам, автор научной работы — Toshpo’Latov Nurbek Boboqul O’G’Li

Ushbu maqolada agrar siyosat, 1925-1929 yillarda o‘tkazilgan yer-suv islohati, uning og‘ir oqibatlari muallif tomonidan yoritib berilgan. Qolaversa, yer-suv islohotlarini o’tkazilishi bo’yicha ham olimlarning fikr mulohazalari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In this article, the agrarian policy, the land-water reform carried out in 1925-1929, and its serious consequences are covered by the author. In addition, scientists' opinions on the implementation of land-water reforms are presented.

Текст научной работы на тему «AGRAR SIYOSAT. 1925-1929 YILLARDA O‘TKAZILGAN YER-SUV ISLOHATI, UNING OG‘IR OQIBATLARI»

VI. NAZARIYA, METODOLOGIYA VA PEDAGOGIKA

AGRAR SIYOSAT. 1925-1929 YILLARDA O'TKAZILGAN YER-SUV ISLOHATI, UNING OG'IR OQIBATLARI

Toshpo'latov Nurbek Boboqul o'g'li

SamlSI, Ijtimoiy fanlar kafedrasi o'qituvchisi

Annotatsiya. Ushbu maqolada agrar siyosat, 1925-1929 yillarda o'tkazilgan yer-suv islohati, uning og'ir oqibatlari muallif tomonidan yoritib berilgan. Qolaversa, yer-suv islohotlarini o'tkazilishi bo'yicha ham olimlarning fikr mulohazalari keltirilgan.

Kalit so'zlar: O'rta Osiyo, agrar siyosat, yer-suv islohotlari, hokimiyat.

Abstract. In this article, the agrarian policy, the land-water reform carried out in 1925-1929, and its serious consequences are covered by the author. In addition, scientists' opinions on the implementation of land-water reforms are presented.

Key words: Central Asia, agrarian policy, land and water reforms, power.

20-yillar ohirlariga kelib qishloqlarda bozor munosabatlari muhiti tobora ko'proq barham topa boshlagan edi. SHo'ro davlati 1929 yilning ko'zidan boshlab kooperasiyani rivojlantirish siyosatini har tomonlama jamoalashtirish siyosati bilan almashtirdi. Ayni paytda mahalliy sharoitda mutlaqo hisobga olinmadi. Buning ustiga mahalliy matbuot ham «kollektivlashtirish uchun barcha imkoniyatlar mavjud», degan xato fikrlarni yoritib bordi.

1930 yilning yanvarida sobiq xukmron firqa markazqo'mining jamoatlashtirish uchun quloqlarni sinf sifatida tugatish to'g'risidagi qarori e'lon qilindi. O'nga asosan O'zbekiston komfirqa markazqo'mining ham "jamoalashtirish va quloq xo'jaliklarini tugatish to'g'risida" gi qarori qabul qilindi (1930 yil 17 fevral) Qaroriga asosan respublikada yalpi jamolashtiriladigan 17 ta rayon belgilab berildi. Lekin bu joylarda jamoalashtirish uchun sharoit yo'q edi. Ayrim rayonlarda buyruqbozlik, qo'rqitish

usuli bilan bir necha hafta amalga oshirildi. Jamoa xo'jaliklariga kirmaganlarga suv berish taqiqlandi, ularga qo'shimcha soliqlar solindi, surgun qilindi.

Jamoalashtirish quloq xo'jaliklarini tugatishga qaratilgan edi. Ammo shu bahonada ko'pgina o'rta hol va kambag'al dehqonlarning xo'jaliklari ham tugatildi. 1930 yilda O'zbekistonda tugatilgan 2648 xo'jaliklarining aksariyati o'rta hol va kambag'al dehqonlar xo'jaliklari edi.

Jamoalashtirishdagi bunday qo'pol xatolar dehqonlarning ommaviy noroziligiga sabab bo'ldi. 1930 yil 25 fevralida Farg'ona, Andijon, Buxoro, Toshkent, Xorazm, Samarqand o'lkalarining ko'pgina joylarida ommaviy noroziliklar boshlandi. Ayrim joylarda ular sho'ro hukumatiga qarshi siyosiy chiqishlarga aylandi. Aksariyat dehqonlar esa jamoa xo'jaliklaridan chiqa boshladilar. 1930 yilning martida jamolashtirish foizi 47% tashkil etgan bo'lsa, 1930 yilning mayida bu ko'rsatkich 29 % tushib qoldi.

1930 yilning ko'zidan boshlab yana jamoalashtirish tazyiqi boshlandi. 1931 yilning yoziga kelib 56,7% dehqon xo'jaliklari birlashtirildi. 1930-1933 yillar maboynida dehqon xo'jaliklarining soni 5.5 mingtaga yetdi. Ularning ko'pchiligi sobiq Ittifoqning boshqa rayonlariga, Ukraina Sibirga ko'chirib yuborildi. Respublikaning o'zida esa 17 ta "quloq" qishloqlari tashkil qilindi.

O'zbekistonda qishloq xo'jaligini jamolashtirish rasman 1932 yilda payonga yetkazildi. Jamoa xo'jaliklariga kirmay qolganlar uchun tazyiq yana avj oldirildi. Ular uchun soliq miqdori jamoa xo'jaligi a'zolariga nisbatan 50 % oshirildi. Nat ijada birinchi besh yillik ohirida joylashtirish foizi 91.5% ga yetdi. 1939 yilda esa bu ko'rsatkich 99.5% ga yetdi. YAkka xo'jaliklar faoliyati barham topdi. Yirik jamoat ishlari chiqarish qishloq xo'jaligini tashkil etishning amaldagi birdan bir shakli bo'lib qoldi.

Jamoa xo'jaliklari dehqonlarning ishlab chiqarish vositalarini birlashtirish asosida to'zildi. Bu vositalar yagona bo'linmas fondga qo'shilib, jamoa xo'jaliklari a'zolari jamoa xo'jaliklaridan chiqib ketadigan bo'lsalar, ularga qaytarb berish

mumkin emas edi. Aynan mana shu qoida dehqonlarning mulkdan ajralib qolishiga sabab bo'lgan edi.

Kolxozlar iqtisodiy jihatdan butunlay davlatga qaram bo'lib qoldi. Ulaming mustaqilligi va tashabbusi keskin cheklandi. Yirik ishlab chiqarish vositalari esa MTS( mashina tгaktoг stansiya)laг orqali davlat qo'lida to'planib boгdi. MTSlar jamoa xo'jaliklaг dalalaгini natuгal haq evaziga ishlab beгaг, bu haqning miqdoгlaгi esa yuqoгidan belgilab berilar edi. 1933 yilning bosЫarida O'zbekistonda 73 MTSlaг faoliyat ko'гsatdi.

Sovxozlar tuzilishiga ham alohida e'tiboг qaratildi. Biгinchi besh yillik ohiгida O'zbekistonda to'zilgan savxozlaг soni 60 taga yetdi.

Stalincha rahbariyat jamoa xo'jalik a'zolari jamoa xo'jaliklaгidan ketib qolishning oldini olish maqsadida ularga pasport berilishini taqiqladi. CHunki ular biron joyga boгib, muhim yashash imkoniyatiga ega bo'lolmas edi. Mamlakatni xom ashyo bilan hamda paxta mustaqilligini ta'minlash uchun O'zbekiston hududida paxta yakka hokimligi joriy etildi. 1929-1932 yillarda paxta ekiladigan yer maydonlari 550 ming dan 928 ming gacha yetdi.

Yalpi paxta hosili esa 625 ming tonnadan 752 ming tonnaga yetkazildi. 1932 yilga kelib, respublika ittifoq paxtasining 60%ni bera boshladi. Irrigasiya va qurilish ishlariga e'tibor qaratilib, 1937-1940 yillar maboynida respublikada sug'oriladigan yerlar maydoni 260 ming gektarga kengaydi. Bu xil tadbirlarni o'tkazishda ko'zatiladigan birdan Ыг maqsad гespublikada paxta yakka hokimligini yanada qaror toptirish edi. 1939 yilda yalpi paxta hosili deyarlik 1 mln. 583 ming t. ga yetdi, hosildorlik esa gektaridan 17.8 s. ni tashkil etdi. Urushdan oldingi yillarda O'zbekiston qishloq xo'jaligining hamma sohalari asosan markaz sanoatini rivojlantirishga moslashtirildi. Bu davrda ba'zi iqtisodiy muvaffaqqiyatlarga qaramay, jamoalashtirish natijasida dehqonlarga xos bo'lgan turmush tartibi bo'zildi, ma'naviy, ahloqiy qadryatlar zavol topdi.

"Yuqoridan qilingan inqilob"dan Me'ros bo'lib qolgan eng og'ir narsa- yer egaligining yo'q bo'lib ketishi, mehnatkash inson bilan yer, jamiyat bilan tabiat

aloqalarining bo'zilib, yemirilib borishi edi. Qishloq uchun an'ana bo'lib kelgan ko'pgina xalq odatlari va rasm-rusumlarini qoralash, dinga qarshi tashviqot va targ'ibot ham qishloq yoshlariga salbiy ta'sirini o'tkaza boshladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Q.Usmonov, M.Sodiqov, O'zbekiston tarixi (1917—1991-yillar), Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari 1-bosqich o'quvchilari uchun darslik, «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati Toshkent - 2010

2. www.ziyouz.com kutubxonasi

3. https://uz.wikipedia.org/wiki/O'zbekiston_Kommunistik_partiyasi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.