Научная статья на тему 'OʻZBEKISTONDA SOVET HOKIMIYATI DAVRIDAGI YER-SUV MUNOSABATLARI (SURXON VOHASI 1920-1940) MISOLIDA'

OʻZBEKISTONDA SOVET HOKIMIYATI DAVRIDAGI YER-SUV MUNOSABATLARI (SURXON VOHASI 1920-1940) MISOLIDA Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
254
40
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Surxondaryo / yer-suv munosabatlari / islohotlar / qishloq xo’jaligi / dehqonchilik / aholi. / Surkhandarya / land-water relations / reforms / agriculture / farming / population.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Bozorov, Muhiddin Sadullayevich

Ushbu maqolada Surxon vohasida sovet hokimiyati davridagi yer-suv munosabatlari borasida fikr-mulohazalar keltirilgan. Vohadagi suv islohotlarining qishloq xo’jaligidagi ahamiyati borasida ilmiy xulosalar bildirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE EXAMPLE OF LAND-WATER RELATIONS DURING THE SOVIET AUTHORITY IN UZBEKISTAN (SURKHAN OASIS 1920-1940)

This article presents opinions on land-water relations in the Surkhan oasis during the Soviet rule. Scientific conclusions about the importance of water reforms in the oasis in agriculture were presented.

Текст научной работы на тему «OʻZBEKISTONDA SOVET HOKIMIYATI DAVRIDAGI YER-SUV MUNOSABATLARI (SURXON VOHASI 1920-1940) MISOLIDA»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

O'ZBEKISTONDA SOVET HOKIMIYATI DAVRIDAGI YER-SUV MUNOSABATLARI (SURXON VOHASI 1920-1940) MISOLIDA

Bozorov Muhiddin Sadullayevich

DTPI Tarix (faoliyat turlari bo'yicha) yo'nalishi 1-bosqich magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Surxon vohasida sovet hokimiyati davridagi yer-suv munosabatlari borasida fikr-mulohazalar keltirilgan. Vohadagi suv islohotlarining qishloq xo'jaligidagi ahamiyati borasida ilmiy xulosalar bildirilgan.

Kalit so'zlar: Surxondaryo, yer-suv munosabatlari, islohotlar, qishloq xo'jaligi, dehqonchilik, aholi.

This article presents opinions on land-water relations in the Surkhan oasis during the Soviet rule. Scientific conclusions about the importance of water reforms in the oasis in agriculture were presented.

Key words: Surkhandarya, land-water relations, reforms, agriculture, farming, population.

Ma'lumki, XX asming 20-40 yillarida Turkiston chor Rossiyasining mustamlakasi bo'lib, chorizm hukumati o'lkada o'zining iqtisodiy manfaatlaridan kelib chiqqan holda siyosat yuritar edi. Chor Rossiya hukumati o'lka tabiiy boyliklarini o'zlashtirish, uni yirik xom ashyo bazasiga aylantirish, moddiy boyliklarni imkon qadar arzon va qulay qilib tashib ketishga harakat qildi. Shuning uchun ham Turkiston o'lkasi imperiyaning qoloq o'lkalaridan biri bo'lib qolayotgan edi. Rossiyaning mustamlakalari hisoblangan Buxoro va Xiva xonliklari esa taraqqiyot borasida Turkistonning Samarqand, Sirdaryo, Farg'ona viloyatlaridan ko'ra ancha orqada edi. Bunga sabab, qishloq xo'jaligida feodal munosabatlarining saqlanib qolishi va ushbu tartibning chorizm tomonidan qo'llab- quvvatlanishi edi1.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Shuni alohida qayd etish lozimki, Turkistondagi yer egaligi Rossiyadagiga nisbatan kichikroq bo'lib, o'rtacha 100-150 desyatinani tashkil qilgan. Ammo paxtachilik tufayli bu yerlar ancha katta qiymatga ega edi. Mahalliy boylar rus savdo-sanoat korxonalari bilan paxtakor dehqonlar o'rtasida vositachilik rolini bajarishgan. Rus kapitali Turkistonda maxsus paxtachilik rayonlarini tuzish va uni moliyalashtirish bilan shug'ullangan. Mustamlakachi davlat to'qimachilik

1 Shamsutdinov R.R.O'zbekistonda sovetlarning quloqlashtirish siyosati va uning fojeali oqibatlari. -Toshkent: Sharq,

ABSTRACT

KIRISH

2001. - B. 32.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

korxonlarining paxta xom ashyosiga talabi ortib borar ekan, mavjud yer zaxiralari bilan bu ehtiyojni qoplab bo'lmas edi. Shu maqsadda rus amaldorlari Surxon vohasidagi shahar va qishloqlarni har tomonlama o'rganishga kirishdilar. Natijada, Surxon vohasi rus kapitali diqqatini o'ziga jalb etgan yirik hududga aylandi.

Chor Rossiyasi biznes doiralarini ayniqsa, Sherobod bekligining unumdor yerlari qiziqtirgan. Shu bois 1916-yil yozida "Sherobod" aksionerlik jamiyati tomonidan beklik hududi har tomonlama va chuqur o'rganilgan. Unga ko'ra, Sherobod bekligi aholisi 45000 kishidan iborat bo'lib, unga Pattakesar, Cho'chqaguzar, Gilambob, Tallashqon, Maydaariq, Saidobod va Jarqo'rg'on amlokdorliklari kirgan2.

1914-1918-yillarda chor Rossiyasining birinchi jahon urushida ishtirok etishi bu mamlakatning ahvolini yanada og'irlashtirdi. Murakkab iqtisodiy va siyosiy ahvol frontga o'z ta'sirini ko'rsatdi. Buning natijasida 1917- yil fevral oyida Petrogradda sodir bo'lgan inqilob natijasida podsho hokimiyati ag'darildi.

Bolsheviklar hokimiyatni egallar ekan, dehqonlarni o'zlariga ittifoqchi qilib olishga intilishdi. Shu maqsadda 1917-yil 26-oktyabr (8-noyabr) kuni Butun rossiya sovetlarining II syezdi Sovet davlatining birmchi huquqiy hujjati- "Yer to'g'risidagi dekret"ni e'lon qildi. 1918-yil 9-fevralda qabul qilingan "Yerni sotsiallashtirish to'g'risida"gi asosiy qonuniga asosan sovetlar mamlakatidagi barcha xususiy mulklar butunlay tugatildi.

Bolsheviklar qishloq xo'jalik kooperatsiyalarini rivojlantirishga harakat qilishdi. Bunda «Qo'shchi» uyushmasi muhim rol o'ynadi. Bu uyushma 1921-yil iyunida Turkiston kompartiyasining 5- syezdida tashkil etilgan edi. «Qo'shchi» uyushmasi o'zbek dehqonlariga paxtachilik agrotexnikasi, sug'orish ishlari, traktorlar va boshqa qishloq xo'jalik texnikalaridan foydalanish, mineral o'g'itlarni ishlatish, yerni erta haydash, almashlab ekishga o'rgatish singari ijobiy ishlarni amalga oshirdi. O'zSSR Markaziy Ijroiya Qo'mitasi 1925-yil 2-dekabrda «Yer va suvni natsionalizasiya qilish» to'g'risida va «Yer va suv islohoti to'g'risida»gi dekretlarni qabul qildi. Natijada O'zbekistonda yerni olib-sotish, sovg'a qilish, garovga berish butkul ta'qiqlandi.

Ta'kidlash lozimki, O'zSSRda yer-suv islohoti 3 bosqichda amalga oshirildi. Birinchi bosqich 1925-1926-yillarda Farg'ona, Toshkent, Samarqand viloyatlarida, ikkinchi bosqich esa 1927-yilda Zarafshon vohasida, uchinchi bosqich 1928-1929-yillarda Surxondaryo, Qashqadaryo va Xorazm okruglarida o'tkazildi.

2

Tursunov S.N. XX asr boshlarida Surxon vohasida sug'orish tizimining rivojlanishi // "O'tmishga nazar" jurnali. 2021-yil. maxsus son.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

O'zSSR Markaziy Ijroiya Komiteti tomonidan 1928-yil 1-noyabrda "Surxondaryo, Qashqadaryo va Xorazm okruglarida yerdan mehnatsiz foydalanishni tugatish to'g'risida"gi 192-sonli Dekreti qabul qilindi. Ushbu dekretga binoan, Surxon vohasida yirik boylar, amir amaldorlari va ruhoniylarning 20 gektardan ortiq sug'oriladigan yerlari va lalmi yerlarning 45 gektaridan oshiqchasi tortib olinadigan bo'ldi. To'liq tugatiladigan xo'jaliklar guruhiga sobiq amir ma'muriyatida ishlagan amaldorlar va ruhoniylar kiritildi3.

Surxondaryo okrug Yer Komissiyasining 1928-yil noyabrida yozilgan bir oylik hisobotida okrug bo'yicha jami 671 xo'jalik tugatilganligi qayd etiladi. Tugatilgan xo'jaliklar ichida pomeshchiklar birinchi o'rinni egalladi. Okrugdagi barcha xo'jaliklarning 0,67% tashkil qilganlari holda ular bo'linish fondiga vohadagi jami sug'orma yerlarning 6,17%, lalmining 3,68% ni, ishchi otlarning 1,39%ni, ho'kizlarning 1,89% ni berishdi. Tugatilgan xo'jaliklar okrug dehqonchilik aholisining 1,22% tashkil qilib, sug'orma yerlarning 8,08%ni, lalmi yerlarning 5,82% ni o'z qo'llarida to'plagan edi. Ayniqsa, bu jarayonda Sariosiyo rayoni ilg'orlikni qo'lga kiritdi. Bu yerda tugatilgan xo'jaliklar soni rayon aholisining 2,36% ni tashkil etdi. Boshqa rayonlarda bu ko'rsatkich ko'pi bilan 1,23% ga etgan edi. Bu xo'jaliklar bo'linish fondiga rayondagi sug'orma yerlarning 21,67% ni, lalmining 6,57%ni, ish otlarining 5,1% ni, qoramollarning 6,36% ni berdi.

Surxondaryo okrug Yer Komissiyasining 1929-yil yanvar oyida bergan hisoboti oldingisidan ko'ra ancha farq qiladi. Unda tugatilgan xo'jaliklar soni kamaytirib ko'rsatiladi. Jumladan, yer-suv islohotlari natijasida tugatilgan xo'jaliklar soni 531 tani tashkil etgan. Ularning butun xo'jaliklardagi salmog'i atigi 1,22% bo'lgan. Mulkdorlardan 8995 gektar sug'orma va 3049 gektar lalmi yerlari tortib olingan. Musodara qilingan sug'orma yerlar barcha yerlarning 8,08%ni, lalmi esa 5,83% ga to'g'ri kelgan.

Chorizm tomonidan mintaqada olib borilgan yer-suv islohotlari natijasida Farg'ona, Toshkent, Samarqand va Buxoro oblastlarida 66 ming yersiz va oz yerli xo'jaliklar 270 ming gektar sug'orma yerdan olishga erishdilar. Surxondaryo, Qashqadaryo va Xorazm okruglarida 13 ming kambag'al xo'jalik 44 ming gektar sug'oriladigan yerni olgan. O'zbekiston bo'yicha 1925- 1929-yillarda jami 80 ming xo'jalik 314 ming gektar sug'oriladigan va unumdor yer olgan. Bu barcha xo'jaliklarning 10 foizini tashkil qilgan. Surxondaryo okrugida 4382 dehqonlar yer olgan. Ayniqsa Surxon vohasida amalga oshirilgan yer-suv islohotlari amalda qishloqda sovetlarning mavqeini mustahkamladi. 1929-yil 15-yanvarda Surxondaryo

X.X. Kobilov. Sovet hokimiyatining O'zbekistonda amalga oshirgan yer-suv islohotlari va uning natijalari (19201940 yillarda Surxondaryo misolida). Tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertasi yasi avtoreferati. - Termiz:

2023. - B.18.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

okrug ijroiya komiteti katta Prezidiumining yig'ilishida yirik yer egalari, sobiq amir amaldorlari, oliy ruhoniylar va savdogarlarning mehnatsiz xo'jaliklarini tugatish bo'yicha O'zSSR MIQ ning 192-sonli dekretini amalga oshirishda ko'rsatgan jonbozliklari uchun 85 kishi taqdirlandi4.

Ta'kidlash lozimki, chor Rossiyasining Turkistonda amalga oshirgan yer-suv munosabatlarida ko'chirish siyosatining ahamiyatiga alohida ahamiyat qaratilgan. 1926-yildan boshlab Surxon vohasidagi yangi o'zlashtirilgan yerlarga aholini ko'chirish ishlari boshlandi. Uni amalga oshirishda qishloq xo'jalik kredit shirkatlariga alohida urg'u berildi. Chunonchi, Denov kredit shirkatiga 130 xo'jalik, Angor kredit shirkatiga 201 xo'jalik, Xo'shman kredit shirkatiga 136 xo'jalik ko'chirib keltirildi.

Umuman aytganda, Surxondaryo viloyatida sovet hokimiyati o'rnatilgandan keyin yer-suv islohotlarini o'tkazish dolzarb vazifaga aylandi. Bunda mulkdorlarni butunlay tugatish yo'lidan borildi. Ushbu maqsadlariga erishish uchun islohotlarning huquqiy asoslari ishlab chiqildi. Islohot o'tkazuvchi organlar tashkil etildi. Voha aholisini qishloq xo'jalik kooperatsiyalariga birlashtirish uchun turli shirkatlar va artellar tuzildi. Kooperatsiyalarga birlashgan dehqonlarga bir qator imtiyozlar va kreditlar va'da qilindi. Shu yo'l bilan aholini bo'lg'usi islohotlarga tayyorlab borildi5.

Xulosa o'rnida aytish munkinki, 1920-1940-yillarda Surxon vohasida amalga oshirilgan yer-suv islohotlariga imkon qadar siyosiy tus berildi. Bu vaqtga qadar aholi o'rtasida olib borilgan keng ko'lamli targ'ibot ishlari natijasida yer egalariga nisbatan nafrat to'liq shakllantirilgan edi. Chor Rossiyasi bu masalada qishloq kambag'allarining yordamiga tayandi. Uni amalga oshirish qatag'on va ommaviy qotilliklar yo'li bilan olib borildi. Ammo yer-suv islohotlari hududdagi agrar muammolarni ijobiy hal qilishga olib kelmadi. Chunki, islohotlar boy qatlamning mol-mulkini musodara qilish, o'zlarini esa quloq qilishga qaratilgan edi. Yerga ega bo'gan dehqon xo'jaliklariga esa qishloq xo'jaligi jihozlari etishmas, ko'pchiligi ish yuritishni bilmas edi.

Sovet hukumati Surxon vohasini paxtachilikning asosiy markazlaridan biri sifatida ko'rib, Termiz, Denov va Sariosiyo hududlarida paxtachilikni rivojlantirish uchun boshqa yerlardan aholini ko'chirib keltirish siyosatini yuritdi.

4 Аминова Р.Х. Аграрные преобразования в Узбекистане накануне сплошной коллективизации (1925-1929 гг.). -Ташкент, 1969; Аминова Р.Х. Аграрные преобразования в Узбекистане 20-х годов / Общественные науки в Узбекистане. 1989, №9.

5 X.X. Kobilov. Sovet hokimiyatining O'zbekistonda amalga oshirgan yer-suv islohotlari va uning natijalari (19201940 yillarda Surxondaryo misolida). Tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi avtoreferati. - Termiz:

XULOSA

2023. - B. 20.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Shamsutdinov R.R.O'zbekistonda sovetlaming quloqlashtirish siyosati va uning fojeali oqibatlari. -Toshkent: Sharq, 2001.

2. Tursunov S.N. XX asr boshlarida Surxon vohasida sug'orish tizimining rivojlanishi // "O'tmishga nazar" jurnali. 2021-yil. maxsus son.

3. Umarov I. Surxondaryo okrugida yer-suv islohotlari va uning natijalari // "O'tmishga nazar"jurnali. 2021 yil 4-jild.

4. X.X. Kobilov. Sovet hokimiyatining O'zbekistonda amalga oshirgan yer-suv islohotlari va uning natijalari (1920-1940 yillarda Surxondaryo misolida). Tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi avtoreferati. - Termiz: 2023.

5. Аминова Р.Х. Аграрные преобразования в Узбекистане накануне сплошной коллективизации (1925-1929 гг.). -Ташкент, 1969; Аминова Р.Х. Аграрные преобразования в Узбекистане 20-х годов / Общественные науки в Узбекистане. 1989, №9.

6. Зелькина Е.Л. Земельная реформа в Узбекистане. -Ташкент, 1925.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.