ADABIYOTDA BADIIY OBRAZ TUSHUNCHASI, OBRAZ YARATISHDA
ILHOM VA TAFAKKURNING ROLI HAMDA ANVAR SUYUNNING "G'O'BDINTOG' HIKOYALARPDA BADIIY OBRAZLAR
XUSUSIYATLARI
Bobur Bahodir o'g'li Nusratov [email protected] Alfraganus University
Annotatsiya: Maqolada badiiy obraz tushunchasiga ilmiy izoh berildi. Anvar Suyunning "G'o'bdintog' hikoyalari" to'plamida keltirilgan hikoyalardagi obrazlarning umumiy xusisiyatlariga ta'rif berildi.
Kalit so'zlar: badiiy obraz, estetik kategoriya, obyektivlik va subyektivlik, ilhom, tafakkur, peyzaj, iboralar, takror, ijodiy kuch
THE ROLE OF INSPIRATION AND TAFAKKUR AND
CHARACTERISTICS OF ARTISTIC IMAGES IN ANVAR SUYUN'S
"GOBDINTOG STORIES"
Babur Bahadir oglu Nusratov [email protected] Alfraganus University
Abstract: The article provides a scientific explanation of the concept of artistic image. Anwar Suyun's "Stories of Gobdintog" describes the general characteristics of the characters in the stories.
Keywords: artistic image, aesthetic category, objectivity and subjectivity, inspiration, thinking, landscape, phrases, repetition, creative power.
Obraz, badiiy obraz - voqelikni faqat san'atga xos usulda o'zlashtirib va o'zgartirib xarakterlovchi estetik kategoriya. Shuningdek, badiiy asarda ijodiy qayta yaratilgan har qanday voqea ham Obraz deb yuritiladi.
Obrazda obyektiv anglash bilan subyektiv ijodiy tafakkur qorishib ketadi. Badiiy Obrazning o'ziga xos xususiyatlari real voqelikka va fikrlash jarayoniga bo'lgan munosabatda aniq namoyon bo'ladi. Obraz vokelikning badiiy in'ikosi sifatida real mavjud obyektning hissiy aniq, tayin zamon va makonda davom etgan, moddiy tugal, o'zicha yetuk xususiyatlariga ega bo'ladi. Badiiy Obrazni real obyekt bilan chalkashtirmaslik kerak; u shartlilik, ramziylik xususiyati bilan real voqelikdan farq qiladi va asarning ichki «illyuziyali» olamini tashkil qiladi. Obraz voqelikning oddiy
ITFVE^^HI 166 ISSN 2181-063X/ Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
in'ikosi bo'lmay, balki uni umumlashtirib, alohida, o'tkinchi, tasodifiy hodisaning eng mohiyatli, o'zgarmasmuqim, adabiy jihatlarini ochib beradi.
Mavhum tushunchadan farqli ravishda Obraz ko'rgazmalilik xususiyatini namoyon etadi, u voqealarni mavhum mulohazalar bilan emas, balki hissiy yaxlit, bir butun takrorlanmas tarzda aks ettiradi. Obrazning badiiyligi mavjud voqelikni aks ettirish va uni anglash xususiyati b-n belgilanmaydi, balki badiiylik obrazning misli ko'rilmagan, yangi o'ylab chiqarilgan dunyo yarata olish imkoniyatida yuzaga chiqadi. Obrazda obyektiv mavjud va muhim jihatlar bilan birga, bo'lishi mumkin bo'lgan, mo'ljaldagi, xohishdagi, ya'ni turmushning emotsional-irodaviy tomonlariga munosabat, uning ko'rinmas, ichki imkoniyatlari bilan bog'liq xususiyatlar ham muxrlangan bo'ladi. Shuningdek, badiiy Obrazda xayolot, bo'yoq, tovush, so'z va b. ni ijodiy ishlash yo'li bilan san'at asari yaratiladi
Badiiy obraz xususiyatlarini o'rganishni atamaning mazmunidan boshlagan ma'qulroq. "Obraz" atamasi "raz" ("chiziq") so'zidan olingan bo'lib, "raz" so'zidan "razit" ("chizmoq, yo'nmoq, o'ymoq") va undan "obrazit"( "chizib, o'yib, yo'nib shakl yasamoq") so'zi yasalgan. "Obrazit"dan "obraz" ("umuman olingan tasvir") vujudga kelgan.
Aslida "obraz" slavyan tillariga xos so'z bo'lib, u voqea - hodisalarning xayolda namoyon bo'ladigan manzarasini bildiradi. Slavyanlar "obraz" deganda, avvalo, odamzotni azob - uqubatlardan saqlab qolish uchun Alloh tomonidan yuborilgan Iisus Xristos (Iso payg'ambar)ning rassomlar, haykaltaroshlar tasvirlagan qiyofasini tushunishgan. Obraz yaratishda ilhom va tafakkur ishtiroki ham beqiyos, ayni chog'da, judayam qiziqarlidir.
Ilhom va tasavvur badiiy kashfiyotning hal qiluvchi faktori bo'lsa-da, niyatning amalga oshishida tafakkur ham jonli ishtirok etadi, boshqacha aytganda, materialga ongli munosabat hamma vaqt zaruratdir.
Qayerda faqatgina tasavvur yoki faqatgina aqlga e'tibor qaratilsa, o'sha yerda ijodning bir tomoni alohida qimmat kasb etadi va umuman olganda, avlodlar didini qoniqtirmaydi. Faqatgina ikkala tomon bab-barobar tamoyilga ega bo'lgandagina to'g'ri yo'l topilgan bo'ladi. Shuning uchun ham Shiller "Tasavvur aql bilan birlashganda shoir-san'atkorni yetishtiradi", - deydi. Ha, tasavvur faqatgina aql ishtirokida haqqoniylik kasb etadi.
Gyotening aytishicha, mazmun tasavvurning ichki tajribasidan bevosita va erkin oqib chiqsa, shaklni voqelik ta'sirida aql kashf etadi. Ularning ikkalasi birlashadi, bu o'zaro birlashish yaxlit va go'zal bo'lishi uchun u tahlil qilinishi, anglanishi shartdir.
Go'yo yozuvchida ikki qiyofa birlashadi: biri fikr-g'oya bilan mahliyo bo'lgan san'atkor, ikkinchisi "Buni qilish kerak, undan qochish kerak" deb fikr beruvchi tanqidchi. Lekin tasavvur bilan aqlning vazifasi turlichadir. Agar tasavvur ijodiy kuch bo'lsa, xotira va tajribaning turli vositalarini guruhlashtirib yangilik yaratsa, bu ideal
ITÏy^^^BI 167 ISSN 2181-063X/ Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
voqelik talablariga javob bersa, aql tasavvur yaratayotgan ishni nazorat qiladi, uning butunligini va qismlarining garmonik birligini ta'minlashga xizmat qilmaydigan ortiqchaliklarga barham beradi.
Demak, aql boshqaradi, hal etadi, izlaydi, rad etadi, lekin tasavvur yaratgan narsani tamoman buzmaydi. Aql tasavvurning maslahatchisi bo'ladi. U ongli faktor sifatida san'atkor didi vazifasini o'taydi. Didni tarbiya asosida olish mumkin, uni yaxshilash yoki turli estetik qarashlar orqali buzish ham mumkin. Shuning uchun ham did tasavvurni to'ldiradi, talant tabiatining umumiy belgisiga aylanadi.
Ana endi bevosita o'rganish va tadqiqot uchun manba qilib olingan Anvar Suyunning "G'o'bdintog' hikoyalari" to'plamiga e'tibor qarataylik. Bu asar haqida Jasur Kengboyev "Yoshlik" jurnalining 2016-yil, 3-sonida shunday iliq fikrlarni keltirib o'tgan edi:
"Yaqinda "G 'o 'bdintog' hikoyalari "ni o 'qib chiqdim. Mutolaa jarayonida ba 'zi fikrlar tug'ildi-yu, qo'ng'iroq qilib, sizga aytmoqchi bo'ldim. Keyin fikrlarimni ikki enlik maktub shaklida bayon qilsam, boshqalar ham o 'qisa, ehtimol, yangi fikrlar ham tug'ilar va ayrim teng-to'shlarimizga foydasi tegar, ijod maydoniga ot solayotgan do'stlarimizda ozgina mulohaza uyg'otib, shijoat qo'zg'ar, deya o'yladim.
Xullas, "G 'o 'bdintog' hikoyalari" yaxshi to 'plam bo 'libdi. Nimasi yaxshi? Tili. Personajlaringiz buqalamun emas: goh u shevada, goh bu lahjada sayramaydi. Hammasiyam ko'kayi tuproq iskagan, zamindan oyog'i uzilmagan, jaydari odamlar. Ayniqsa, bolalar ruhiyati yaxshi chizilgan: kitobiy emas, haqiqiy; dalaning, qir-adirlarning havosidan nafas olayotgan bolakaylarning ichki dunyosi durust tasvirlangan (men bu o'rinda asosan "Ota va o'g'il" hikoyangizni nazarda tutyapman).
Nazarimda, "Ikki tong orasi", "Yo'qchi" hikoyalaringiz to'plamdagi eng baquvvat, hikoya janri talablariga to'la javob beradigan, milliy ruhni yaqqol ko 'rsatadigan asar bo 'libdi. Savdolashayotgan dallolning "Ko 'nglingizga botmasin deb, mo'ljalingizga yaqin oldim", olomonning "Tiling tanglayingga yopishib qolganmi, guldirasang-chi!", "(ulov) kuchdan qolgan qirchang'iday imillab", "Jag'iga pichoq qayraydigan bo'libdi" ("Ikki tong orasi") kabi tasvir va ifodalar o 'quvchiga xush yoqishi tabiiy ".
Tahlil jarayonida Anvar Suyun hikoyalaridagi obrazlarning ifodalari kengligiga, tabiat tasviri, peyzajida ham o'ziga xos yashirin ma'noliklar borligini ko'ramiz. Bu ham yangi obrazlilik va an'anaviy tasvir metodlarining birlashib ketganligidan dalolat beradi.
Biroq "Majlisboshi" hikoyasidagi bunday tasviriylik ortib ketganligini ham ko'rishimiz mumkin. Aytilganidek: "Qish. Kechagina qilichini qayrab turgan ayoz negadir ortga chekinib, qaylargadir g'oyib bo'ldi-yu, anchadan buyon qirchillagan
rFcTTii^^Bl 168 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
sovuqda hurpayib yurgan odamlarga iliqlik va namxush havo xush keldi", Jasur Kengboyev so'zi bilan aytganda, tub mohiyati "Itni siylasang, to'rga o'tar" degan o'zbek xalq maqolini ifodalovchi mazkur hikoyani ortiqcha tabiat manzarasi ifodasidan forig' qilinganda ham hech nima o'zgarmaydi.
"Tomosha" hikoyasida qahramonning tili kitobiy tilga mos shakllantirilgan. Bu esa kimlarningdir tanqidiga sabab bo'lsa, kimlardir esa buni yozuvchi tajriba imkoniyatlarining bir ko'rinishi deb aytishi ham mumkin.
Asardagi so'z takrori asosidagi "Qiya qaradi", "hayiqib ketdi", "qovurchini qotgan", "mahramlar" ham tasviriy obrazlar yaratishga xizmat qilgan.
Xulosa o'rnida aytadigan bo'lsak, badiiy obraz murakkab tuzilish va murakkab ko'rinishga ega; u borliq bilan ruhiy dunyoning bir-biriga o'tishidagi barcha momentlarni o'z ichiga oladi. Badiiy Obraz vositasida subyektivlik bilan obyektiv likning, yakka holat bilan umumiylikning, ideallik bilan reallikning o'zaro muvofiq munosabatlari ijodiy ishlab chiqiladi. Anvar Suyunning "G'o'bdintog' hikoyalari"da ham bunga qisman erishilgan bo'lsa, qisman kamchiliklar ham ko'zga tashlanadi. Albatta, keyingi tadqiqotlarda ularning har biriga detallarigacha e'tibor berishni ko'ngilga tuggan holda, shuni nazarda tutamizki, bu bizning badiiy obraz tushunchasi va uning badiiy asarda tutgan o'rniga ko'ra qiyosiy tahlillarimizning debochasi xolos.
Maqsadimiz esa badiiy obrazning muhim vazifasi uning hayotdagidek salmoqdorlik, yaxlitlik va jonlilikka ega ekanligini kelgusi ilmiy maqollarimizda tushunish va anglashdir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Dilmurod Quronov, "Adabiyot nazariyasi asoslari", 2018, T.
2. I.Sulton, "Adabiyot nazariyasi", Toshkent, 1980.
3. To'xta Boboyev, "Adabiyotshunoslik asoslari", Toshkent, 1979.
4. H.Umurov, "Adabiyot nazariyasi",Toshkent 2002.
5. D.Quronov va b.q. "Adabiyotshunoslik lug'ati", T:"Akademnashr", 2010
6. Anvar Suyun, "G'o'bdintog' hikoyalari", T: "Akademnashr", 2015
169
ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)