Научная статья на тему 'ABUL FATH MUHAMMAD IBN ABDUL KARIM ASH-SHAHRISTONIYNING HAYOT YO’LI VA ILMIY FAOLIYATI'

ABUL FATH MUHAMMAD IBN ABDUL KARIM ASH-SHAHRISTONIYNING HAYOT YO’LI VA ILMIY FAOLIYATI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
10
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Shahriston / “Al-Milal va-n-nihal” / Abul Fath / “Toj ad-din” / “Lison ad-din” / “Al-Afzal” / “Alomat”. / Shahristan / "Al-Milal wa-n-nihal" / Abul Fath / "Taj ad-din" / "Lison ad-din" / "Al-Afzal" / "Alomat".

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Jurayev, Sherali Soibnazar O’g’li

Bugungi globallashuv sharoitida Sharq allomalari va mutafakkirlarining ilmiy merosini o’rganish va uning bugungi kundagi ahamiyatini yoritish dolzarb masalalardan biridir. Jumladan, XI-XII asrlarda yashagan, Xurosonning shimolidagi Shahriston shahri nomi bilan mashhur bo’lgan, الملل والنحل";” (Al-Milal va-n-nihal) asarining muallifi Abdul Karim Ash-Shahristoniy ilmiy merosi shular qatoridadir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LIFE AND SCIENTIFIC ACTIVITY OF ABUL FATH MUHAMMAD IBN ABDUL KARIM ASH-SHAHRISTANI

Studying the scientific heritage of Eastern scholars and thinkers and clarifying its importance today is one of the urgent issues in today's globalization. In particular, the scientific heritage of Abdul Karim Ash-Shahristani, who lived in the XI-XII centuries and was known as the city of Shahristan in the north of Khurasan, the author of the work "الملل والنحل "; (Al-Milal wa-n-nihal) is among them.

Текст научной работы на тему «ABUL FATH MUHAMMAD IBN ABDUL KARIM ASH-SHAHRISTONIYNING HAYOT YO’LI VA ILMIY FAOLIYATI»

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

ABUL FATH MUHAMMAD IBN ABDUL KARIM ASH-SHAHRISTONIYNING HAYOT YO'LI VA ILMIY FAOLIYATI

Jurayev Sherali Soibnazar o'g'li e-mail: sherjon191@gmail.com

990841423

ANNOTATSIYA

Bugungi globallashuv sharoitida Sharq allomalari va mutafakkirlarining ilmiy merosini o 'rganish va uning bugungi kundagi ahamiyatini yoritish dolzarb masalalardan biridir. Jumladan, XI-XII asrlarda yashagan, Xurosonning shimolidagi Shahriston shahri nomi bilan mashhur bo 'lgan, "J^dlj JLJl" (Al-Milal va-n-nihal) asarining muallifi Abdul Karim Ash-Shahristoniy ilmiy merosi shular qatoridadir.

Kalit so'zlar: Shahriston, "Al-Milal va-n-nihal", Abul Fath, "Toj ad-din", "Lison ad-din", "Al-Afzal", "Alomat".

Изучение научного наследия восточных ученых и мыслителей и выяснение его значения сегодня является одной из актуальных задач в условиях современной глобализации. В частности, научное наследие Абдул Карима Аш-Шахристани, жившего в Х1-Х11 веках и известного как город Шахристан на севере Хорасана, автора труда ». (Алъ-Милал ва-н-Нихалъ) среди

них.

Ключевые слова: Шахристан, «Алъ-Милал ва-н-Нихалъ», Абул Фатх, «Тадж ад-Дин», «Лисон ад-Дин», «Алъ-Афзал», «Аломат».

Studying the scientific heritage of Eastern scholars and thinkers and clarifying its importance today is one of the urgent issues in today's globalization. In particular, the scientific heritage of Abdul Karim Ash-Shahristani, who lived in the XI-XII centuries and was known as the city of Shahristan in the north of Khurasan, the author of the work "d^lj JLJ> " (Al-Milal wa-n-nihal) is among them.

Key words: Shahristan, "Al-Milal wa-n-nihal", Abul Fath, "Taj ad-din", "Lison ad-din", "Al-Afzal", "Alomat".

KIRISH (Introduction)

Biz ajdodlarimizning yorqin xotirasini asrab-avaylab, qalbimizda, yuragimizda abadiy saqlaymiz. Bukilmas iroda, fidoyilik va jasorat namunasini amalda namoyon etib, o'z hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishiga bag'ishlagan

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

ustoz va murabbiylarimiz, zamondoshlarimiz bilan biz cheksiz faxrlanamiz.1 O'rta asrlarda Sharq olamida yashab ijod etgan buyuk alloma va mutafakkirlarning ilmiy merosini chuqur muhokama qilish va anglash, uning zamonaviy sivilizatsiya tarixida tutgan o'rni va roliga baho berishdan iborat. Ana shu bebaho ilmiy merosni yanada teran tadqiq etish va ommalashtirishga qaratilgan sa'y-harakatlarga yangi turtki berish, Sharqning ulug' allomalari tomonidan amalga oshirilgan kashfiyotlar zamonaviy ilm-fan va taraqqiyot uchun naqadar dolzarb va zarur ekanini ochib berishning ahamiyati ham shunchalik muhim deb hisoblayman.

Ulug' olim o'z zamonasining mutakallimi, faylasufi bo'lgan Abul Fath Muhammad ibn Abdul Karim ash-Shahristoniyning tug'ilgan yili 467/1075 yoki 479/1076 yil deb ko'rsatilgan. Ba'zi manbalarda esa, mutafakkirning Xurosonning shimolidagi Shahriston shahrida 469/1076 yilda tavallud topgani aytiladi. Shahriston xalifa Ma'mun davrida Xuroson amiri Abdulloh tomonidan barpo etilgan2. -

"J^lj ("Al-Milal va-n-nihal") asarining turkcha tarjimasida esa, mutafakkirning tavalludi haqida shunday deyiladi: "Abul Fath "Toj ad-din" yoki "Lison ad-din" unvonlari sohibi Muhammad ibn Abdul Karim ibn Ahmad o'rta asr islom olami ning mashhur olimlaridan biri bo'lib, din, mazhab va falsafiy muarrix sifatida nom qozongan. U 469/1076 yili Xuroson shimolidagi Shahriston qishlog'ida tavallud topgan. Falsafiy-axloqiy va naqliy bilimlarni chuqur bilgani uchun unga "al-Afzal" unvoni berilgan"3.

Yoqut ibn Abdulloh Hamaviy ham uni Xuroson shimolidagi Shahriston shahrida tavallud topganini aytadi. Tabaqot ash-Shofe'iyya asarida esa, uning dunyoga kelishi 479/1087 sana deb ko'rsatilgan4. Ibn San'oniydan uning tavalludi haqida so'ralganda u Shahristoniy 479 yil tug'ilib, 548 yilda vafot etgan deydi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR (Discussion and results)

"Al-Milal va-n-nihal" asarining "Shahristoniy kim?" mavzusi ostida berilgan ma'lumotlarda mutafakkirning tavallud sanasi to'g'risida bir necha ma'lumotlar keltiriladi. Ulardan eng to'g'risi 479/1086 yil ekani ta'kidlanib o'tilgan5. Shuningdek, Shahristoniy 548/1153 yilda vafot etadi. Ash-Shahristoniy yetmish yilga yaqin hayot kechirganini hisobga olsak, asarda ko'rsatilgan sana to'g'ri bo'lib chiqadi6. Kelib

1 Mirziyoyev Sh.M. "Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz". - T.: O'zbekiston, 2016.

2 Abdul Karim ash-Shahristoniy. "al-Milal va-n-nihal" Bayrut. 1995. J.1. -B.11.

3 Muhammed eç-§ehristanî. El-Milel ve'n-Nihal. Istanbul. 1998. (Çeviri: Mustafa Öz.).

4 Muhammad Tanjiy. Shahristoniy. -Islam Ansiklopidisi. -Istanbul, 1971, J.11. -B.393.

5 al-Milal va-n-nihal. Bayrut. J.1. -B.11.

6 al-Milal va-n-nihal. Bayrut. J.1. -B.11.

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN: 2181-1784

educational, natural and social sciences 4 (4), Apríl, 2024

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7 www.oriens.uz

chiqishi asli fors bo'lgan Muhammad Nishopur va Gurganjdagi o'z davrining mashhur olimlaridan dars tinglab, an'anaviy musulmon ta'limotini oldi.

Mutafakkir tug'ilgan yeriga nisbat berilib, "Shahristoniy" deb nom olgan. Bundan tashqari "Al-Afzal", "Alomat", "Toj al-milla va-d-din" taxalluslari ostida ham ijod qilgan va tanilgan7.

Shofe'iy mazhabiga e'tiqod qilgan va Ash'ariy ta'limoti asosida ish yuritgan olim Abdul Karim ash-Shahristoniy ilk ta'limni Qur'oni karimni o'rganish bilan boshlaydi va otasidan bu borada ko'p narsalarni o'rganadi. O'z yurtida arab tili va adabiyoti, matematika va mantiq kabi ilmlarni turli ustozlar orqali o'rganadi. Keyinchalik boshqa fanlarni o'rganish uchun Xorazmga boradi. U yerda muhaddis Ali ibn Ahmad Madniy (vaf. 494/1100)dan hadis ilmini o'rganadi va yana hadis ilmini Abul Hasan Ali ibn Ahmad al-Madaniy an-Naysoburiy (vaf. 497/1101)dan, kalom va fiqh ilmlari bo'yicha esa, Abul Muzaffar al-Havoriy, Abul Qosim al-Fotimiylardan ta'lim oldi8.

Ilmiy izlanishlari:

Ash-Shahristoniy ko'plab mutafakkirlardan ilm olgan va ularning ta'sirlarida ijod qilgan. Ular quyidagilar:

. j jjwiSJl Äki ; ^jl^'VI ^mlÜll jjl - 1

Abul Qosim al-Ansoriydan tafsir va kalom ilmidan saboq olgan.

. tNjwll Ákl ; ^jjJ^ll jjl - 2

Abu Xasan Madiyniydan hadis ilmidan saboq olgan.

. 4ÍC ÍÁ.Í ; ^ilj^Jl jjj - 3

Abu Muzaffar al-Xavafiydan fiqh ilmidan ta'lim olgan.

. j Jj^VIj ASsJl Ákl ; ^j^Jilll j^' j" -4

Abu Nasr Qoshiyriydan fiqh, mantiq va kalom ilmlarini o'zida mujassam etgan.

15 yil davomida Xuroson, Xorazm va Bog'dodda bo'lgan. Mutafakkirning ilmiy sayohati to'g'risida turli xil fikrlar mavjud. Ba'zilar avval Xorazmga borgan, keyin Xurosonga o'tgan, deydilar9. Bu haqda Abu Muso al-Xorazmiy "Xorazm tarixi" asarida: "Abdul Karim Shahristoniy avval Xorazmga kelib, u yerda bir hovlida bir necha muddat yashaydi va so'ngra Xurosonga o'tadi. Mutafakkir 510 hijriy sanada Xorazmdan ketadi va shu yili hajga boradi. So'ngra Bag'dodda uch yil qolib, u yerdagi oliy madrasalardan biri "Nizomiyya" madrasasida dars beradi. Keyinchalik o'zinig yurti Shahristonga qaytadi va 549 hijriy sanada o'sha yerda vafot etadi"10, deydi.

7 S.M.Muxtor. Musora'at al-falosifa muqaddimasi. -Misr. 1976. -B.25. (Keyingi o'rinlarda: Musora'at al-falosifa).

8 Ibn Xalliqon. Vafiyyot al-a'yon. Bayrut, 1998.

9 Muhammad Tanjiy. Shahristoniy. -Islam Ansiklopidisi. -Istanbul, 1971, J.11. -B.393.

10 Abu Muso al-Xorazmiy. Xorazm tarixi.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Aslida esa, ash-Shahristoniy avval Xorazm shahrida bir necha muddat yashagandan keyin Nishopurga boradi va u yerda Imom G'azzoliyning talabalik davridagi do'sti faqih, shofe'iy Ahmad Havofiy (vaf. 500/1106) va Abu Nasr Qushayriy (vaf. 514/1120)lardan fiqh bo'yicha dars oladi. Keyinchalik Abu Nasr al-Ansoriy (vaf. 512/1118)dan kalom, jadal va islom falsafasini o'rganadi. Shahristoniy o''zining "Nihoyat al-iqdom" asarini ustoziga tuhfa tarzida bitgan11.

Shahristoniyning Nishopurda qancha vaqt yashagani manbalarda aniq keltirilmagan bo'lsada, u ilminning eng yuqori nuqtasiga aynan o'sha yerda yetishgani aytiladi. Chunki, u Nishopurdalik paytida unga "Al-Afzal" unvonining ham berilgani buning tasdig'idir.

Shahristoniy Nishopurdan ketgandan keyin, yana Xorazmda mashhur olimlar bilan tanishadi. Faqih Asad Muhayniy (vaf. 527/1133), fors tarixchisi Muhammad ibn Mahmud ibn Arslonlar bilan turli mavzularda munozaralar olib boradi.

Xorazmda bir muddat yashagandan keyin 510/1116 yilda haj qilish uchun Hijozga boradi. Hajdan qaytishda Asad Muhayniy vositasi bilan Bagdoddagi "Nizomiyya" madrasasida dars beradi va xalqqa va'z-irshodlar qiladi. Mutafakkirning jo'shqinligi va notiqligini ko'rgan xalqning ixlosi oshib, Shahristoniyning obro'-e'tibor qozonishiga sabab bo'ladi va u yerda uch yil yashaydi.

"Kashf az-Zunun"da Shahristoniy ilm izlab juda ko'p sayohat qilgani yoziladi. Xuroson, Xorazmning hamma joylarini aylanib chiqqan. U yerlarda xalifalikning turli mintaqalaridan kelgan olimlar bilan bahs-munozaralar olib borib, shuhrat qozongan.

Shahristoniy Bag'dodda uch yil yashagach Xurosonga qaytadi va saljuqiylar sultoni Sanjarning vaziri Abul Qosim Muhammad ibn al-Muzaffarning xizmatiga bel bog'laydi12. Mutafakkirning "Al-Milal va-n-nihal" asari o'sha yerda sulton vaziriga tuhfa tarzida yozilgani tarixiy manbalardan ma'lum13.

Shahristoniy keyinchalik Termiz shahriga borib, u yerda o'z davrining mashhur olimlari Naqib al-Ashraf Abul Qosim Ali Ibn Ja'far Al-Musaviy (vaf. 550/1155)ning xizmatida bo'ladi va Xurosonda yozgan "Al-Milal va-n-nihal" asarining bir nusxasini unga taqdim etadi. Shahristoniy Termiz shahrida qancha bo'lgani ma'lum emas. Mutafakkir o'zining "Al-Musora'a" asarini Termiz shahrida yozgani manbalarda keltiriladi14.

Mutafakkirning vafoti haqidagi ma'lumotlar uning hayotining oxirgi yillarini Shahristonda o'tkazganini ko'rsatadi. Shogirdi as-Sam'oniy uning 548/1153 yilda

11 Abdulkarim ash-Shahristoniy. Nihoyatal-iqdom fi ilm al-kalom. Tad. Alfred Guilam. -London, 1934, -B.38.

12 Ibn Xalliqon. Vafiyyot al-a'yon. Qohira. Maktaba an-Nahda al-Misriyya, 1948. J.1. -B.272.

13 O'sha asar, -B.272.

14 Yusuf Z. Yorukan. Shahristoniy. -Istanbul, -B.272.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Shahristonda vafot etganini aytadi. Manbalarda Shahristoniyning uylangan yoki uylanmagani yoki farzandlari haqida hech qanday ma'lumot yo'q.

Ahli sunna aqidasida falsafiy tushunchalarning ilk tortishuvlari imom Ash'ariy (vaf.324/936) tomonidan boshlangan. U falsafadan mo'tazila ta'limotining dalillarini inkor etishda foydalangan. Shu doirada Imom G'azzoliy (vaf. 105-1111) ham falsafadan faylasuflarni tanqid qilishda foydalangan15.

Kalom ilmi maktabining asoschilari - Imom Ash'ariy, Imom Moturidiy va Imom G'azzoliydan keyin bu maktabni jiddiy ravishda ta'qib qilganlardan biri Abdul Karim ash-Shahristoniy hisoblanadi.

Shahristoniy islom olamida mashhur olimlardan biri hisoblanib, dinlar tarixi, falsafa, kalom va adabiyot sohalarida ko'plab asarlar bitgan16.

Shahristoniy o'zini ahli sunna ekanini asarlarining bir necha o'rinlarida keltirilib o'tib, Abul Hasan Ash'ariyni ustozimiz, deb e'tirof etgan. Lekin Shahristoniyning ba'zi fikrlari Shi'a va Ismoiliyalarni qo'llab quvvatlagan, deganlar ham bor. Bunday qarashlar uning hech qaysi asarida uchramaydi va yuqoridagi fikrlar unga nisbatan tuhmatdir.

Imom Ash'ariy bilan boshlangan kalom ilmi tortishuvlari Imom G'azzoliy davrida falsafiy bo'y ko'rsatdi. Shahristoniy ham o'zidan oldingi olimlarning yo'lidan borib, faylasuflarni qattiq tanqid qilgan va ahli sunna val jamoa to'g'risida o'z fikrlarini bayon qilgan. Shahristoniy Ibn Sinoning fikrlarini qo'llab-quvvatlamaganini manbalarda uchratish mumkin. Bu joyda e'tibor qaratish lozim bo'lgan jihat shundan iboratki, Shahristoniy Ibn Sino orqali barcha faylasuflarni tanqid qilishga yo'l topgan.

Jte jj]| ¡J& : IL^i ^lâjjj jL^j) -

Uning zamondoshlari faylasuflar va botiniy-ismoiliylar dalillariga tarafdorlikda ayblaganlar. U ashaddiy munaqqidlar orasida ham mashhur bo'lgan. Zamondoshlari uning o'qimishli va bilimdonligini qayd qilish bilan birga, uni o'z ma'ruzalarida hech qachon Qur'onga va rivoyatlarga asoslanmagan deganlar. Uning Qur'on mazmunini falsafiy jihatdan tahlil qilishga urinishini qoralaganlar.

Shahristoniyning diniy-siyosiy qarashlarining bir o'qishda anglash qiyin. Bir tomondan u ash'ariy mutakallimlari sifatida namoyon bo'ladi17. Chunki, u al-Ash'ariyning beshinchi tabaqasiga oid bo'lgan shogirdi sifatida keltirilgan18. U

15 Islom falsafasiga kirish. -Anqara, 1992. -B.132, 212.

16 Sharofiddin Golchuk. Kalom tarixi. -Ko'nya, 1996. -B. 111.

17 Zahabiy Shamsiddin. Siyari a'lom an-nubalo. Bayrut, 1417/1997. J.15. -B.86.

18 Tojiddin as-Subkiy. Tabaqot ash-Shofe'iy al-Kubro. Bayrut, 1999. -B.21.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

ash'ariyya oqimining mufassal bilimini o'zining 'V^l ^ ^i ^yi 4-A^"- ("Kitob nihoyat al-iqdom fi ilm al-kalom"( asarida ko'rsatib berdi19.

O'z davrining diniy qarashlari bilan tanilgan Shahristoniyning ilmiy asarlarini o'rganishning qiziq tarafi shundaki, aql va dinni uyg'unlashtirganligini ko'rish mumkin.

XULOSA (Conclusion)

Shahristoniyning shogirdi as-Sam'oniyning ma'limotiga qaraganda, uning ustozlari "Tog'dagi qal'a odamlari"ga tarafdorlikda (ahl al-qal'a) hamda odamlarni ismoiliy-nizoriy oqimiga jalb qilishda ayblashgan.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, Shahristoniyning falsafiy atamalarni qo'llashdagi uslubi barcha olimlarga ma'qul kelgan. Mutafakkir o'z fikrlarini o'rtaga tashlashdan oldin ularning tahliliy jihatlariga chuqur yondashgan.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.M. "Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz". - T.: O'zbekiston, 2016.

2. Abdul Karim ash-Shahristoniy. "al-Milal va-n-nihal" Bayrut. 1995. J.1. -B.11.

3. Muhammed e§-§ehristanî. El-Milel ve'n-Nihal. Istanbul. 1998. (Çeviri: Mustafa

4. Muhammad Tanjiy. Shahristoniy. -Islam Ansiklopidisi. -Istanbul, 1971, J.11. -B.393.

5. al-Milal va-n-nihal. Bayrut. J.1. -B.11.

6. S.M.Muxtor. Musora'at al-falosifa muqaddimasi. -Misr. 1976. -B.25. (Keyingi o'rinlarda: Musora'at al-falosifa).

7. Ibn Xalliqon. Vafiyyot al-a'yon. Bayrut, 1998.

Oz.).

19 Книга о религиях и сектах. Ж.1. Москва 1984. стр.20.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.