Научная статья на тему 'ABU RAYHON BERUNIYNING KIMYO FANIGA QO‘SHGAN HISSASI'

ABU RAYHON BERUNIYNING KIMYO FANIGA QO‘SHGAN HISSASI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
6
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Raximov A.X, Komilov A. Sh

Kimyo fani – o‘zining uzoq tarixiga ega, biz hozir qiziqish bilan o‘rganayotgan kimyo fani o‘zida juda ko‘p sirlarni tutadi, ya’ni kimyo juda mo‘jizakor fandir. Kimyo dastlab amaliy fan bo’lib insonlar o’zlarini ehtiyojlaini ta’minlash maqsadida oziq-ovqat tayyorlaganlar, yashash uchun manzil qurganlar, doridarmon tayyorlagan, hatto o‘zlarini tashqi dushmandan himoya qilish uchun qurollar yasashgan. Bu jarayonlar amaliy ko’rinishda bo’lib, bularni nazariy, ilmiy jihatdlari ko’p o‘rganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ABU RAYHON BERUNIYNING KIMYO FANIGA QO‘SHGAN HISSASI»

"ANIQ VA TABIIY FANLARNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI" RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024-YIL 7-MAY

ABU RAYHON BERUNIYNING KIMYO FANIGA QO'SHGAN

HISSASI

1Raximov A.X., 2Komilov A. Sh.

1Denov tadbirkorlik va pedogogila instituti o'qituvchisi 2Denov tadbirkorlik va pedogogila instituti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11114135

Kimyo fani - o'zining uzoq tarixiga ega, biz hozir qiziqish bilan o'rganayotgan kimyo fani o'zida juda ko'p sirlarni tutadi, ya'ni kimyo juda mo'jizakor fandir. Kimyo dastlab amaliy fan bo'lib insonlar o'zlarini ehtiyojlaini ta'minlash maqsadida oziq-ovqat tayyorlaganlar, yashash uchun manzil qurganlar, dori- darmon tayyorlagan, hatto o'zlarini tashqi dushmandan himoya qilish uchun qurollar yasashgan. Bu jarayonlar amaliy ko'rinishda bo'lib, bularni nazariy, ilmiy jihatdlari ko'p o'rganilgan.

Biz kimyoni o'rganar ekanmiz buyuk alloma bobokalonlarimiz tomonidan qoldirilgan ilmiy meroslar kimyoni o'rganishda dastlabki asos bo'lib xizmat qiladi. Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al- Beruniy 973 hijriy-362 yilda, Xorazmning qadimiy poytaxti Qiyot shahri yaqinida tug'ilgan shuning uchun "Beruniy" taxallusini olgan, yosligidan nabotot ilmiga qiziqishi kuchli bo'lib o'simliklarni mahalliy va lotincha nomlarini to'plab yurganligidan "Rayhon" taxallusini olgan. Abu Rayhon Beruniy siyosiy jihatdan notinch davrda yashasada, samarali ilmiy meros yaratgan, jumladan Ziyoriylar sulolasi vakili Vushmagir Beruniyga o'ziga vazir bo 'lishini taklif qiladi, lekun olim mansabni rad etib ilm bilan shig'ullanishni afzal biladi. Jurjonlik ustozi Abu Sahl Iso al- Masihiydan ta'lim oladi va "Minerlogiya" asarini yozishga kirishadi. "Ma'mun akademiyasi"ning olimlaridan biri bo'lgan Beruniy kamyob metallar va qimmatbaho toshlar ustida tajribalar o'tkazib "Mineralogiya" asari uchun zamin tayyorlaydi.Simobni oltindan ustun hisoblagan simob metallarning onasidir deydi. (*yadro reaksiyalardan simob elementi yadrosidan ko'plab elementlarni sintez qilish mumkin, parchalanishni oxirida qo'rg'oshin hosil bo'lishi IX-asrdagi radioaktiv yemirilish reaksiyalarda aniqlangan).

Alloma "Mineralogiya "asarida metallar guruhida simobni oltindan oldinga qo'yadi, aynan simob metalini zichligini juda yuqori aniqlikda topishga erishadi Beruniy o'sha davrda yashagan yana bir dunyoga mashhur tabib Abu Ali ibn Sino bilan xat yozishadi bu yozishmalarda Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniyni o'zining "ustozi" deb hisoblagan.

Beruniyning bebaho asarlaridan biri "Qimmatbaho toshlarni bilib olishga oid ma'lumotlar kitobi" birinchi bo'lib qimmatbaho ma'danlarni zichligi, solishtirma og'irligini oltinga nisbatan aniqlagan. Kimyo fanini faqat tajribalarga asoslanib o'rganish mumkin deb o'zidan oldingi nazariya maktabi asoschilari fikriga qarshi turgan. Kimyo tarixidan alkimyogarlar faoliyati bilan tanishganmiz, alloma alkimyogarlar haqida "boylik orttirishni maqsad qilib qo'ygan soxta fandir deydi".

Xulosa o'rnida Abu Rayhon Beruniyning ilmiy merosi tuganmas bo'lib, yosh tadqiqotchilar tomonidan o'rganilib kelinmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. G.A. Nuraliyeva, Sh. A Kadirova, Y. E Ibragimova Kimyo tarixi Kimyo tarixi. O'quv qo'llanma. Toshkent. "Innavatsion-Ziyo" 2020 -173 b.

2. Parpiyev.N.A, Rahimov.HR.,Muftaxov. A.G. Anorganik kimyo zariy asoslari).-Darslik Toshkent, "O'zbekiston", 2003, -503b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.