Научная статья на тему 'ABU RAYHON BERUNIY FALSAFIY PSIXOLOGIK QARASHLARI'

ABU RAYHON BERUNIY FALSAFIY PSIXOLOGIK QARASHLARI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

4643
276
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Sharq allomalari / yodgorliklar / Grammatika / matematika / fizika / falakiyot.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Tolib Rashidovich Bekmirov

Abu Rayhon Beruniy оlim ilm toliblariga qalbni yomon illatlardan, inson o„zi sezishi mumkin bo„lmagan holatlardan, behuda raqobatdan, ochko„zlikdan, shonshuhratdan saqlanish zarurligini uqtirgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ABU RAYHON BERUNIY FALSAFIY PSIXOLOGIK QARASHLARI»

Tashkent Medical Academy Volume 3 | TMA Conference | 2022

The significance of the scientific, cultural Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy

heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in merosining ahamiyati va uning fan

ABU RAYHON BERUNIY FALSAFIY PSIXOLOGIK QARASHLARI

Tolib Rashidovich Bekmirov

Toshkent tibbiyot akademiyasi Pedagogika va psixologiya kafedrasi katta

o'qituvchishi

ANNOTATSIYA

Abu Rayhon Beruniy olim ilm toliblariga qalbni yomon illatlardan, inson o'zi sezishi mumkin bo'lmagan holatlardan, behuda raqobatdan, ochko'zlikdan, shon-shuhratdan saqlanish zarurligini uqtirgan.

Kalit so'zi: Sharq allomalari, yodgorliklar, Grammatika, matematika, fizika, falakiyot.

Sharq allomalari inson aqlini yuksakka ko'tardi va uning qobiliyatiga ishondi. Barkamol avlodni tarbiyalash insoniyatning eng yorqin orzusi bo'lib kelgan.

Abu Rayhon Beruniy jahon fanining taraqqiyotiga g'oyat ulkan hissa qo'shgan zo'r iste'dod egasi va zahmatkash tadqiqotchi edi. Uning o'lmas ilmiy asarlari jahon sivilizatsiyasida yuksak ahamiyatga ega.

Abu Rayhon Beruniy fan sohasidagi yodgorliklarni, ilmiy bilimlarga oid qoldirgan barcha boyliklarni qunt bilan o'rganishga da'vat etadi.

Olim ilm toliblariga qalbni yomon illatlardan, inson o'zi sezishi mumkin bo'lmagan holatlardan, behuda raqobatdan, ochko'zlikdan, shon-shuhratdan saqlanish zarurligini uqtirgan.

Shuningdek, har bir xalqning o'ziga xos ta'lim usullari, yo'llari, shakllari borligini ta'kidlash bilan birga, har bir xalqning ham o'qitish tizimi alifbodan boshlanishni ko'rsatadi. Grammatika, matematika fanlarini o'qitishga oid qimmatli fikrlar bayon etadi.

Beruniy til va adabiyot, tarix, geografiya, geodeziya, geologiya, mineralogiya fanlari, tibbiyot va dorilshunoslik, fizika, falakiyot ilmiga oid tadqiqotlarini o'zi targ'ib etgan nazariya hamda kuzatishlar natijasida amaliyotda sinab ko'rib, fan haqiqat ustuvor turishini ta'kidlaydi.

U barcha illatlarning asosiy illatlarning asosiy ilmsizlikda deb bildi. Ilmlarni egallashda esa shaxsda sababi intilish va qiziqish, muhitni alohida ta'kidlaydi.

Beruniy ta'lim berish kishi ruhiyatiga, qobiliyatiga mos, uni toliqtirmaydigan bo'lishiga e'tibor beradi va shunday yozadi: "Bizning maqsadimiz o'quvchini toliqtirib qo'ymaslikdir. Hadeb

https://tma.uz/

December 16 Republican Scientific and Practical Conference

18

Tashkent Medical Academy

The significance of the scientific, cultural

heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in

Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan

bir narsani o'qiy berish zerikarli bo'ladi va toqatni toq qiladi. Agar o'quvchi bir masaladan boshqa bir masalaga o'tib tursa, u xuddi turli-tuman bog'-rog'larda sayr qilgandek bo'ladi, bir bog'dan o'tar-o'tmas, boshqa bog' boshlanadi. Kishi ularning hammasini ko'rgisi va tomosha qilgisi keladi. "Har bir yangi narsa rohat bag'ishlaydi" - deb behuda aytilmagan"

Beruniy kishilar hayotidagi yomonlikni qoralaydi. Uning fikricha, bu illatni yo'qotishning asosiy yo'li uning ildizlarini topish va kesib tashlashdir. Yomonlikning shaxobchalari ko'p, ammo ularning asosi uch narsa: ta'ma, g'azab va ilmsizlikdir. Agarda bu asoslar qirqib tashlansa, shaxobchalar quriydi. Bu asoslarning negizi esa ishtaha va g'azabdir. Ishtaha insonga eng kuchli va eng halokatli dushman bo'lib, insonni ovqatlarni tanovul qilish lazzati va o'ch olish zavqi bilan aldaydi. Olimning tushuntirishicha, bu illatlar, ranj va gunohga olib keladi. Ularning ta'siriga berilib ketgan kishi insonlik qiyofasini yo'qotadi. Beruniy bunday kishilarni yirtqich va to'rt oyoqli hayvon, hattoki shayton va iblis deb hisoblaydi.

Abu Rayhon Beruniy o'zining qator falsafiy asarlarida psixologik va pedagogik qarashlarini bayon qiladi. Bular inson shaxsining shakllanishi, ahloqiy kamoloti, aql-idroki, tafakkuri haqida fikrlaridir.Beruniyning «qadimgi avlodlar obidalari» asarida ba'zi odamlar shaxsining shakllanishida ularning xulq - atvorida mavjud bo'lgan ziqnalik, yolg'onchilik, munofiqlik, xushomadgo'ylik, ikkiyuzlamachilik kabi illatlarning shaxs taraqqiyotiga salbiy ta'siri haqida to'xtalib o'tadi.Bu illatlarga qarama-qarshi oqil odamlar haqida o'z fikrini bayon qiladi. Beruniyning fikricha oqil odamlarning taraqqiyoti va uning ruhiyatining rivojlanishi hech bir to'siqlarsiz ijobiy rivojlanishga ega bo'ladi deb tushuniladi. Beruniy psixologiya sohasida aniq bir asar yozmagan bo'lsa ham, Farobiy ta'limoti ta'sirida inson shaxsining kamoloti, uning aql-idroki, ruhiy taraqqiyoti haqidagi o'zining psixologik va pedagogik qarashlarini hamma asarlarda to'liq bayon qiladi.

Masalan: «Mineralogiya», «Hindiston», hislar bilan seziladigan va aql bilan bilinadigan bir qator kitobning tarjimasi-degan kitob va risolalarida o'zining ruh haqidagi qarashlari, ruhiyatning ba'zi muhim masalalarini bilish va tafakkur jarayonlari haqida juda ko'p, g'oyat qimmatli fikr-mulohazalar mavjud.

Beruniy olamni ob'ektiv reallik, inson irodasidan tashqarida mustaqil ravishda mavjud bo'lgan borliq sifatida qaraydi.Beruniy kishi ongi. Tafakkuri va ruhiyatini moddiy jismdan keltirib chiqargan holda tasavvur etadi.

Beruniy Abu Ali ibn Sino bilan bo'lgan munozaralarida barcha narsalarning asosida 5 ta element, ya'ni suv, olov, havo er, bo'shliq yotishini hamda dunyoni bilish jarayonida

https://tma.uz/

December 16 Republican Scientific and Practical Conference

19

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science

Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan

taraqqiyotidagi o'rni

'.qqtyottüa^

bilimlarimizning manbaini sezgi a'zolarimiz va ular orqali qabul qilgan hissiy bilmimiz tashkil etadi deb ta'kidlangan. U «agar sezgi a'zolarimiz bo'lmaganda olam tasavvurga ega bo'lmasdik. Umuman inson narsa va jismlarning rangini bilmagan bo'lardik» deydi. Bunda Beruniy sezgi organlar fasliyatiga baho berib materialistik pozitsiyada turganligini ko'ramiz.

Olimning inson turmushiga xos xulq-odob qoidalari haqidagi fikrlari pedagogik jihatdan muhim ahamiyat kasb etadi.

Inson ham ichki, ham tashqi tomondan go'zal bo'lsagina haqiqiy kamolotga erishishi mumkin deydi. U ozodalik va orastalikni olijanoblik bilan tenglashtiradi. Inson doimo bularga rioya etishi zarur deb ta'kidlaydi. Bunda inson o'zini boshqara olishga qodir bo'lishi, har bir yetuk inson uchun zarur bo'lgan xislatlarni tarkib toptirishda kuch va irodaga ega bo'lishi zarur, deydi.

REFERENCES

1. Z Turaqulov ,S.Rahimov. «Abu Rayhon Beruniy v ta'lim tarbiya haqida» Toshkent «O'qituvchi»-1992 yil.

2. Alimov X.M., Karimova V.M., Nishanova Z.T. (2020). Etnopsixologiya va din psixologiyasi. Darslik. - T.: "Fan va texnologiyalar nashriyot -matbaa uyi", 280 b.

3. Мунавваров А.К. "Педагогика", Т., "O'qrnyBchtf" 1996.

4. Bekmirov, T. R., Melabayeva, R. N., Axmedova, M. E., & Nurmatov, A. N. (2022). Kasbiy pedagogika.

https://tma.uz/

Republican Scientific and Practical Conferenc«

December 16

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.