Научная статья на тему 'ABU ALI IBN SINONING IJTIMOIY-FALSAFIY QARASHLARINING BA’ZI JIHATLARI'

ABU ALI IBN SINONING IJTIMOIY-FALSAFIY QARASHLARINING BA’ZI JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
38
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Aql / axloq / baxt-saodat / lazzat / insoniylik / fazilat / nafs / sabr-toqat / saxiylik / g’ayratlilik. / Intelligence / morality / happiness / pleasure / humanity / virtue / lust / patience / generosity / enthusiasm.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Qurbonov, Farhodjon Xabibloyevich

Mazkur tadqiqot jarayonida Abu Ali ibn Sinoning hayoti va falsafiy qarashlari qisqacha yoritib berildi. X-XI asrlarda yashab ijod qilgan buyuk faylasuf va tabib Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlarida ruh, aql, ilohiy va lazzat tushunchalari tahlil qilindi. Ibn Sinoning falsafiy qarashlarining ahamiyati bugungi kunda beqiyos ahamiyatga egadir. Faylasuf o’zining ko’p tarmoqli mahsuldor ijodi, boy merosi bilan jahon madaniyati taraqqiyotida katta rol o’ynadi. Shu jumladan, bugungi kunda yurtimizda Ibn Sino ilmiy merosini o’rganishga katta e’tibor qaratilmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOME ASPECTS OF THE SOCIAL-PHILOSOPHICAL VIEWS OF ABU ALI IBN SINA

This study briefly covered the life and philosophical views of Abu Ali ibn Sina. The philosophical views of the great philosopher and physician Abu Ali ibn Sina, who lived and worked in the 10th-11th centuries, analyzed the concepts of soul, reason, divinity and pleasure. The significance of Ibn Sina's philosophical views today is invaluable. The philosopher, with his multifaceted productive creativity and rich heritage, played a major role in the development of world culture. In particular, today in our country much attention is paid to the study of Ibn Sina's scientific heritage.

Текст научной работы на тему «ABU ALI IBN SINONING IJTIMOIY-FALSAFIY QARASHLARINING BA’ZI JIHATLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

ABU ALI IBN SINONING IJTIMOIY-FALSAFIY QARASHLARINING

BA'ZI JIHATLARI

Qurbonov Farhodjon Xabibloyevich

Mustaqil tadqiqotchi

ANNOTATSIYA

Mazkur tadqiqot jarayonida Abu Ali ibn Sinoning hayoti va falsafiy qarashlari qisqacha yoritib berildi. X-XI asrlarda yashab ijod qilgan buyuk faylasuf va tabib Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlarida ruh, aql, ilohiy va lazzat tushunchalari tahlil qilindi. Ibn Sinoning falsafiy qarashlarining ahamiyati bugungi kunda beqiyos ahamiyatga egadir. Faylasuf o'zining ko'p tarmoqli mahsuldor ijodi, boy merosi bilan jahon madaniyati taraqqiyotida katta rol o'ynadi. Shu jumladan, bugungi kunda yurtimizda Ibn Sino ilmiy merosini o 'rganishga katta e'tibor qaratilmoqda.

Kalit so'zlar: Aql, axloq, baxt-saodat, lazzat, insoniylik, fazilat, nafs, sabr-toqat, saxiylik, g'ayratlilik.

ABSTRACT

This study briefly covered the life and philosophical views of Abu Ali ibn Sina. The philosophical views of the great philosopher and physician Abu Ali ibn Sina, who lived and worked in the 10th-11th centuries, analyzed the concepts of soul, reason, divinity and pleasure. The significance of Ibn Sina's philosophical views today is invaluable. The philosopher, with his multifaceted productive creativity and rich heritage, played a major role in the development of world culture. In particular, today in our country much attention is paid to the study of Ibn Sina's scientific heritage.

Keywords: Intelligence, morality, happiness, pleasure, humanity, virtue, lust, patience, generosity, enthusiasm.

KIRISH

O'rta asrlarda Sharq olamida yashab ijod etgan buyuk alloma va mutafakkirlaming ilmiy merosini chuqur muhokama qilish va anglash, uning zamonaviy sivilizatsiya tarixida tutgan o'mi va roliga baho berish bugungi kun falsafasining dolzarb masalalaridan biridir. Ana shu bebaho ilmiy merosni yanada teran tadqiq etish va ommalashtirishga qaratilgan sa'y-harakatlarga yangi turtki berish, Sharqning ulug' allomalari tomonidan amalga oshirilgan kashfiyotlar zamonaviy ilm-fan va taraqqiyot uchun naqadar dolzarb va zarur ekanini ochib berishning ahamiyati ham shunchalik muhimdir. Abu Ali ibn Sino O'rta asrlar madaniyati daholari qatoriga kiradi, ularni o'z ruhiyati, kuchi qomusiy aqli, ilmiy -

Research BIB / Index Copernicus

falsafiy intilishlari va talablari bilan uyg'onish davrining buyuk mutafakkirl ari bilan qiyoslash mumkin. Ularning asarlarida ilmiy teranlik, tabiatni o'rganishdagi tajribaga asoslangan ijodiy yechim, falsafiy tahlil kengligi, mehnatkash inson manfaati haqida qayg'urish chuqur va uzviy bog'liqligi ko'zga tashlanadi. Ko'p tomli qomusiy "Shifo" hamda mashhur 5 kitobdan iborat "Tib qonunlari" asarlari buning yaqqol isbotidir. O'z asarlarida mantiqiy madaniyat yutuqlarini umumlashtirib hamda ularni o'zining shaxsiy yangiliklari bilan to'ldirilgan holda, Ibn Sino YUNESKO ning Bosh konferensiyasini XX sessiyasi qarorida ko'rsatib o'tilganidek, falsafa, mantiq, tibbiyot, tabiatshunoslik, sotsiologiya, adabiyotshunoslik, tilshunoslik she'riyati rivojlanishiga o'zining ulkan hissasini qo'shib, dunyoning barcha mamlakatlarida ilm-fan taraqqiy etishiga katta ta'sir o'tkazgan Ibn Sino davridan keyin 10 asr vaqt o'tdi. Bu davr ichida falsafa va ilm-fan oldinga salmoqli qadam tashladi: falsafaning yuqori shakli-dialektik va tarixiy materialism vujudga keldi, fan atom sirini ocha oldi, hamda uning kuchini insonga xizmat qilishiga erisha oldi. Barcha tirik jonzotlarni maqsadli ravishda boshqarish imkonini beradigan irsiyat kodi topildi. Biologiya jonsizdan jonlini sintez qilish bo'sag'asida turibdi, tabobatda profilaktika va kasallikni davolashning o'ta yangicha uslublari va nazariyasi ishlab chiqildi, kosmik parvozlar oddiy hodisaga aylandi va boshqa ko'plam inson ongi shu tariqa rivojlandi. Bugungi kunda Ibn Sinoning qarashlaridagi ko'plab narsalar zamonaviy tushunchalarga hamohangligi va dolzarbligi bilan ajralib turadi. Uning go'yalari zamonaviy ilmiy bilimlar xazinasiga ham kiritilmoqda. Uning olamning abadiyligi hamda materiya buzulmasligini ta'minlovchi atributlar haqidagi g'oyalari, tabiiy qonuniyat, hodisalarining sababli bog'liqligi va umumiy o'zgaruvchanligi, olamni anglash va boshqa g'oyalari bunga misoldir.

ADABIYOTLAR TAXLILI VA METODOLOGIYA

Mustaqilligimiz tufayli yurtimizda sharq allomalarining ilmiy merosini o'rganishga e'tibor kuchaytirilgan. Jahonning turli kutubxonalarida Abu Ali ibn Sino asarlarining qo'lyozmalari saqlanadi. Shu jumladan, yurtimizda O'zbekiston FASHI da alloma qalamiga mansub 50 asarning 60 ta qo'lyozmasi mavjud. Ushbu maqola bo'yicha olib borilgan tadqiqotlar jarayonida asosan arab tilida 1332 ,úL>¿i Lnw j ^l^jjjj" Jumladan .foydalanildi adabiyotlardan yozilgan "Al-Ishorat va

at-tanbihot" asari va bu asar asosida yozilgan muhokamalar va Ibn Sinoning ilmiy asarlarini tarjima qilib, bugungi kunda ilm-fan taraqqiyotiga katta hissa qo'shayotgan buyuk tadqiqotchilarimizning ilmiy maqolalaridan keng foydalanildi. Ibn Sinoning g'oyalari rivojini va qarashlari evolyutsiyasini tushunish uchun uning 20 tomlik "Kitab al-Insaf ' ("Adolatlilik kitobi") ayniqsa muhim ahamiyatga ega bo'lgan. Ming

Research BIB / Index Copernicus

afsuski, u yo'qolib ketgan. Kitobda taxminan 28 ming ta muammo ko'rib chiqilgan"1. Mazkur maqolada prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning nutqlari va asarlari tadqiqotning metodologik asosi sifatida olindi. Hozirgi kunda Ibn Sinoning ilmiy asarlari bo'yicha ilmiy tadqiqot olib borayotgan SH.S. Jurayevning maqolalari shuningdek, Abu Ali ibn Sinoning "Al-Ishorat va at-tanbihot" asarini o'rganishda tarixiylik metodi asosida tahlil qilindi. Maqolani yoritish jarayonida mantiqiylik, ob'yektivlik, tizimlilik metodlaridan foydalangan holda baxt-saodat masalasining qiyosiy tahlili ochib berildi.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Ibn Sinoning, ayniqsa insonparvarlik konsepsiyasi o'ta dolzarb bo'lib, uning asosiy mazmuni ruhiy va jismoniy sog'liq haqida qayg'urishga qaratilgan. "O'tmishga ehtirom bilan qarash, Engels ta'rifi bilan aytganda, chinakam ma'rifatparvarlik belgisidir"2. Sharq meditsinasi IX - XI asrlarda o'z taraqqiyotining yuqori bosqichiga ko'tarilgan bir paytda Abu Ali ibn Sino tom ma'noda universal zakovati bilan ilm - fan rivojiga ulkan hissa qo'shdi desak yanglishmagan bo'lamiz. Olim o'z davrida turli sohalarda erishgan ilmiy yutuqlarni falsafiy umumlashtirish, ularni izchil bayon etish va tartibga solish bilan birga, fanning turli masalalarida ajoyib yutuqlarni qo'lga kirita oldi. Faylasuf o'z davri uchun ilg'or g'oyalarni olg'a surdi. Mutafakkirning serqirra ijodi, hayoti va ilmiy faoliyati keng o'rganilgan, dunyoning turli tillarida qator asar va maqolalar nashr etilgan. Ibn Sino deyarli barcha asarlarida jon, ruh, mumkin bo'lgan vujud kabi masalalarga doir asarlar yozgan. Jumladan, "Hayy ibn Yaqzon", "Qush" risolasi, "ash - Shifo" ning "Ilohiyot" qismi, "Nurlanish" kabilardir. Ibn Sino o'zining "Ash - Shifo" asarining "Ilohiyot" (Mahluqotlar va yaratish to'g'risida. Beshinchi sharh) qismida keltirishicha:"Insonlar tasavvurida maxluqot, ya'ni yaratilgan narsalar yaratuvchi deb atalmish narsa bilan bog'liqligi muhim ahamiyatga ega, chunki yaratuvchi maxluqotlarni yaratadi. Yaratuvchi yaratadi, bunyod etadi, ishlab chiqaradi, maxluqot(yaratilgan) esa yaratiladi, bunyod etiladi, ishlab chiqariladi. Bundan kelib chiqadiki, avval mavjud bo'lmagan narsa mavjud bo'lgan narsa tufayli shakllanadi. Yaratiluvchi narsalar mavjudlik va substrakt narsalar layoqatidan oldin bo'ladi. Jism boshqa bir jism b ilan ko'plab sabablar masalan, vaqtli va fazoviy ketmaketlik ta'siri natijasida, sabab-oqibat munosabatiga kirishishi mumkin. Lekin biz ulardan borliq afzalliklaridan kelib chiqadiganini tekshirishimiz kerak, bunda ikkita jism bir vaqtda mavjud bo'lishligi istisno qilinmaydi. Agar biror jism boshqa bir jism tifayli shakllangan bo'lsa ham ikkinchining mavjudligi birinchi bilan shartlanmaydi. Ikkinchi jism mavjudlikka ega bo'lmasa, birinchi jism mavjud bo'lolmasdi. Ya'ni birinchisi ikkinchisi tufayli shakllangan. Ikkinchi jism esa birinchisi bilan shartlangan va uning mavjudligi

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

ikkinchisidan kelib chiqqan. Bunga misol qilib quyidagini keltirish mumkin: Men qo'limni harakatga keltirdim va kalit harakatlandi (buraldi)", yoki: so'ng kalit harakatlandi. Lekin quyidagicha aytish mumkin emas: "kalit harakatlandi va mening qo'lim harakatlana boshladi" (yoki: so'ng mening qo'lim harakatlana boshladi), vaholanki, qo'l va kalitning harakati bir vaqtda sodir bo'ladi. Bu mohiyatan ketma -ketlikning o'zidir. Jismlarning holati uning mohiyatiga muvofiq tarzda o'zi kelib chiqqan jism holatidan kelib chiqqan. Bu mohiyatan bog'liqlikdir. Jismlar noborliqdan so'ng mavjud bo'ladi, agar noborliq sababdan uzilib qolgan bo'lsa, u mavjudlikka ega bo'lmaydi. Boshqa narsa orqali shakllanuvchi jism mavjudli (borliq) ka ega bo'lmasa, mavjud bo'lmaydi. Mavjudlik (borliq) ning oqibati sababga bog'liqdir, sababning shakllanishi tabiat, biror bir tashqi omil yoki kimningdir irodasi tufayli ro'y beradi. Ushbu sabab dolzarb sababga aylanadi. Masalan, duradgorning bolg'aga, yog'ochga yoki yordamchiga ehtiyoji, insonning ozuqaga yoki yoz fasliga ehtiyoji kabidir. Agar sabab dolzarb sababga aylana olmasa va uning mohiyati shakllanmasa, oqibat kelib chiqmaydi. Agar tashqi to'siq bo'lmasa, yaratguvchi o'z-o'zicha mavjud bo'la olmaydi. Lekin u mohiyatiga ko'ra sabab bo'la olmaydi va oqibatning mavjudligi yuqorida keltirilgan holat mavjudligiga bog'liq bo'ladi. Bunday holat paydo bo'lganda, tabiat kimningdir irodasi bo'ladimi, oqibatning mavudligi zaruratga aylanadi. Agar u bo'lmasa, noborliq (yo'qlik) zaruratga aylanadi. Agar jismlar holati turli xil sharoitda bir xil bo'lsa va oqibatga ega bo'lsa, ushbu oqibat abadiy undan kelib chiqadi. Agar jismni undan avval noborliq bo'lmaganligi uchun yaratilgan deb atamasak, jismlar nomi uning mohiyatini tushunishda qiyinchilik tug'dirmaydi. "Bir narsadan hech qanday qurol moddiyat va vaqt vositasisiz boshqa bir unga bog'liq jismning mavjudligi kelib chiqsa, buni yaratish (ilohiyot) deb ataymiz. Muvaqqat noborliqdan avval o'tgan narsa vositachiga ehtiyoj sezadi. Yaratish darajasi moddiylikdan va ma'lum vaqtda shakllanish darajalaridan yuqori turadi, deb e'tirof etadi.

XULOSA

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Ibn Sino o'zining boy va serqirra ilmiy merosi bilan keyingi davr Sharq va G'arb madaniyatining rivojiga katta ta'sir ko'rsatdi. Ibn Sinoning falsafiy qarashlari keyingi faylasuf olimlaning falsafiy ta'limotlariga katta ta'sir ko'rsatdi. Buyuk faylasuflarimiz ilgari surgan fikrlari bugungi kunda o'z isbotini topmoqda. Buyuk yurtdoshlarimizning o'zlarining ilmiy nazariy tadqiqotlari, tajribalarida tabiatdagi barcha hodisalar muayyan tabiiy qonuniyat asosida yuz beradi, tashqi kuchning ta'siri uni izdan chiqarishi mumkin, degan xulosaga keladi. Bu bugun o'z isbotini topgan haqiqatdir. Insoniyat tabiatdan foydalanishda tabiat qonunlariga emas, aksincha, shaxsiy manfaatlariga asoslanib

Research BIB / Index Copernicus

faoliyat ko'rsatishi oqibatida tabiatdagi muvozanatning sezilarli darajada buzilgani, ya'ni, dunyoning turli burchaklarida tabiiy ofatlar: suv toshqinlari, zilzilalar, o'rmon yong'inlari va boshqa shu kabi talofatlarning ro'y berayotgani hech kimga sir emas. Inson tabiiy muhitga ta'sir etar ekan, uning o'zi ham "aks ta'sir"ga duch kelmoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES):

1. Mirziyoyev Sh.M. "Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz". - T.: O'zbekiston, 2016.

2. Abu Ali Ibn Sino. "Al-ishorat va at-tanbihot" (Nasriddin at-Tusiy sharhi) Qohira 1365. - B 338

3. Диноршоев М. Абу Али ивн Сина. Избранные произведения: - Душанбе, Ирфон, 1980

4. Jurayev, S. S. O. G. L. (2021). ABU ALI IBN SINONING FALSAFIY QARASHLARIDA BORLIQ MASALASI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(8), 12-14.

5. O'G'Li, J. S. S. (2021). ABU ALI IBN SINONING FALSAFIY QARASHLARIDA AXLOQ MASALASI VA UNING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(3), 11-14.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.