[ ^a^cafoa Ba xyrçyK philosophy & law journal 2024/2
ABU ALI IBN SINONING "AL-ISHORAT VA AT-TANBIHOT" ASARINING YETINCHI FASLI "RUHNING TANADAN KO'CHISHI" HAQIDA BA'ZI MULOHAZALAR
Juraev Sh.S. -
TDShU tayanch doktoranti
Abu Ali ibn Sino o'zining "Al-Ishorat va at-Tanbihot" asarida keltirgan yetinchi faslning " jjj^jII" (Abstraksiyalash haqida) deb nomlanishi va bu fasl orqali ruhning tanadan ko'chishi, shuningdek, abstract borliqning xususiyatlarini yoritib bergan. Faylasuf ruhning tanadan ko'chishi, uning butun borliq bilan aralashib ketishi borasida o'zining "Kitob ash-Shifo", "Mabda' va ma'ad" nomli asarlarida ham keng izohlagan bo'lsa-da, yakuniy asari "Al-Ishorat va at-tanbihot" asarida izoh va dalillar bilan tasniflashga muyassar bo'lgan. Mazkur asarning yetinchi faslini tambeh bilan boshlarkan, shunday deydi:
.Jjj&îl Jj '^j^Vli ^j^VI ó^ jjîl l^ïLl ' <Jälj
Yuksak borliqdan pastroq darajadagi borliq shakllari qanday paydo bo'lganligi haqida mulohaza qil.
J2*JI j 'ÄILlill t^j^Vlä ^j^VI Jj 'jjuiVli jiVI ó* f^
So'ngra past darajadagi borliq shakllari yuksak darajadagi borliq shakllariga qaytadi. Bu aqlli nafs va foydali aql shakllangunga qadar davom yetadi. .f-^lb ÂJÎ ¿jlj ^A Jj
Aql kasb yetgan oqil nafs o'zi tegishli bo'lgan jasadning xohishiga tobe bo'lmaydi. Aksincha oqil nafs badanni yezgu maqsadlariga erishish vositasiga aylantiradi.
jj^jîl •»à"..** ja IAJ Ijilj QJ^J Jj 'IAJAj^ j¡ V j^îlj l ^ j clgJ ÄJI yj^j ^ f ^^ll Äll^l^li
.Äjiljll jaI jaJl ó^
Inson o'lim orqali nafsga vositachi bo'lishdan qutuladi. Ammo bu holat nafsning javhari (mohiyati) ga zarar yetkazmaydi. Aksincha aql javharlarini idrok etgan nafs boqiy mavjud bo'lib qolaveradi [1, 242].
Bu faslda, ikkita katta mavzuni qamrab olib: 1) Oltinchi faslning oxirida ishora qilingan borliq darajalarining kelib chiqishi va yuksalishi haqidagi fikrlar izohlangan bo'lsa; 2) Ruhning tanadan ajralgandan so'ng borliqda davom etishini isbotlagan.
Birinchi qismda Ibn Sino shunday deydi: Borliq o'zidan kelib chiqqan ilk boshlang'ich va o'z holiga qaytguvchi yakuniy nuqtasi bordir. Yaratuvchi borliq zotidan keyin borliqning boshlang'ich darajalari, ilk aqldan boshlanib, faol aql darajasiga yetadi. Aqlning darajasiga qarab ruhning darajasi shakllanadi. Bu daraja, eng yuksak samodan yer yuziga qadar davom etishi mumkin.
Ibn Sino mazkur asarining bir-biri bilan bog'liq bo'lgan ikkita bo'limlarini - yettinchi va sakkizinchi bo'limlarida ^i" (Moddadan voz kechish) va unda baxt saodatga erishish uchun
oriflarga xos xususiyatlarni yoritib bergan. Materiyadan xoli ulug' narsalar - ruhni tanadan ajralganidan keyin saqlab qolish, substansiyalarni anglaydigan ziyolilarda aql-idrokning tasdig'i, Xudoning hamma narsani bilishi, dunyoda tartibning sababi sifatidagi bilimi borasidagi fikrlari bayon etilganligini ko'rish mumkin. Sakkizinchi bo'lim baxt saodatga bag'ishlangan bo'lib, asosan inson qalbining jismni tark yetgandan keyingi taqdiri bilan bog'liq. Baxtning toifalari haqidagi munozaraning bir qismi sifatida, Allohning saodati (birinchi sabab) va farishtalar - samoviy aqllar va samoviy ruhlar haqida boradi. Ibn Sinoning esxatologiyasi aslida boqiylikka to'g'ri keladi, chunki u dunyoning oxiri va uning alomatlari, qayta tirilish va qiyomat haqidagi iymon ustunlariga aralashmasdan, qalbning vafotidan keyingi taqdiriga qaratilgan. Ibn Sinogacha bo'lgan davrda mutakallimlarning ko'pchiligi tana o'lganida ruh yo'q bo'lib ketadi va faqat umumiy tirilish paytidagina qayta hayotga qaytadi, deb hisoblashgan. Ibn Sino esa, "Ishorat va tanbihot" asarida "... ongli ruh tananing a'zosi emas va tana tufayli mavjud bo'lmaydi, balki tana ruhning vositasi, quroli hisoblanadi. Ruh bilan aloqaning saqlovchisi va uning vositasi bo'lgan tananing yo'qolishi ruhning substansiyasiga zarar yetkazmaydi, balki ruh o'zining asosi bo'lgan abadiy substansiyalar tufayli mavjuddir" [2. 263], - deb e'tirof etgan.
¿>
I ^a^cafoa Ba xyrçyK_philosophy & law journal_2024/2
Ibn Sino inson ruhining o'lmasligi haqidagi fikrini ilgari surgan holda, islom falsafasining mashshoyuna yo'nalishi sifatida Arastu va Platon qarashlarini ham izohlaydi. Ammo, platonchilarning ruhning oldindan mavjud bo'lganligi, ruhning boshqa jismlarga ko'chishi haqidagi ta'limotiga qo'shilmaydi. Ibn Sino "Kitob ash-Shifo" asarining psixologiya bo'limida ruhning buzilmasligini, uning nomoddiyligi, jismonsizligi asosida batafsil asoslab beradi. Bu nomoddiylikning o'zi ruhiy tushunchalar orqali asos sifatida ruh maqomiga murojaat qiluvchi beshta (burhoniy) dalil va uchta oddiy dalillar bilan isbotlagan [3, 338].
Ibn Sino yashagan davrda islom dinining aqidalariga binoan tanosuh ta'limoti tanqid qilinib, tan olinmas edi. Ibn Sino "Nurlanish"(As'haviya) asarida qayta tirilish va jonni tanadan tanaga o'tish masalasini ko'taradi. Bu masalani tahlil qilish uchun Ibn Sino ma'ad tushunchasini kiritadi. Ibn Sino ma'ad tushunchasini quyidagicha ta'riflaydi: "Ma'ad - bu narsalar va holatlarning dastlabki joyi bo'lib, narsalar va holatlar bu joydan ajralib keyin unga yana qaytib keladi" - deydi.
Ibn Sino ma'ad tushunchasining xilma - xil ta'riflarini ko'rib chiqadi. Bu masala bo'yicha O'rta asr mualliflari o'rtasida qarama -qarshi fikrlar paydo bo'ladi. Bir qism mualliflarning fikricha, ma'ad makoniga faqat tana qaytar ekan, boshqa bir qism mualliflar fikriga binoan, ma'adga ham tana, ham jon qaytadi degan nazariya ham mavjud yedi. Ibn Sino "Mabd'a va ma'ad" asarida dunyoning yaralishi va keyingi dunyo masalariga izoh berib o'tgan. Ibn Sino, deyarli barcha asarlarida jon, ruh, mumkin bo'lgan vujud kabi masalalarga doir asarlar yozgan. Jumladan, "Hayy ibn Yaqzon", "Qush" risolasi, "ash - Shifo" ning "Ilohiyot" qismi, "Nurlanish" kabi asarlarida uchratish mumkin.
Tadqiqotimiz jarayonida "Al-Ishorat va at-tanbihot" asarining mantiq bo'limidagi uchinchi faslida aynan ushbu apodiktik dalillarning birinchisiga parallel holda keltiradi va uni izohlaydi. Ya'ni qalbning o'lmasligi, unga ko'ra samoviy aqlning substansiyalar tufayli vujudga kelgan va ular bilan tana yordamisiz muloqat qilish qobiliyatiga ega bo'lgan ruh, uning belgilangan sabablari mavjud bo'lganligi sababli, tana o'lgandan keyin ham o'z mavjudligini saqlab qoladi.
Ibn Sinoning ta'kidlashicha, aqliy va axloqiy yetuk inson mustaqil fikrlash malakasiga ega bo'lmog'i darkor. Mustaqil fikrlash malakasiga ega bo'lishini xohlagan har bir kishi - mantiq, ya'ni farosat ilmini yaxshi o'zlashtirib olishi zarur deydi. Ibn Sino ruh, jon haqidagi fikrlarini yangi aflotunchilarning ruh qandaydir jismiy a'zoga ega bo'lmasdan turib ham, hissiy ashyolarni qabul qilib olishi haqidagi ta'limotlarini asossiz hisoblagan holda aytadiki, agar hissiy idrok bu a'zolarsiz ruhning o'zida kechganda, deb yozadi mutafakkir, unda bu a'zolar behuda yaratilgan bo'lib chiqardi va ulardan hech qanday foyda bo'lmas edi [4, 264].
Olim fikricha, jon yurak bilan bog'langan bo'lib, u orqali miya bilan ham birlashgan. Yurakdan chiqadigan sezgi va harakatni unga uzatib boradigan a'zo, o'z ibtidosini miyada oladi. Hissiy nervlarning boshlang'ichi miyadir. Nervlar undan kelib chiqadi: miya-nerv tizimining markazidir. Shunday qilib, hissiy bilish fiziologik asoslarga yega.
Inson ruhi oliy (mukammal) va fikriy (aqliy)dir. Insonning o'ziga xos alohida xususiyati, hayvonlardan farqli o'laroq, - majhul tushunchalarni o'zlashtirish, aql bilan yetish mumkin bo'lgan har yoqlama narsalarni bilish va oqilona xatti-harakatdir. Aql - inson ruhining oliy kuchidir. Ibn Sino aqlni ruhning majhul (abstrakt) fikrlash va umumiy narsani bilishga bo'lgan qobiliyati sifatida tushunadi, idrokni esa - ruh kuchi sifatida tassavur qiladiki, uning vositasida bilim hosil qilinadi. Farosat (ventellekt) bo'lsa - ruhning tezda noma'lumdan ma'lum narsaga, o'rta istilohni sakrab, dastlabki zamindan xulosaga va baraks, o'tishga bo'lgan qobiliyatini bildiradi.
Bir shaxsga tegishli ruhning kuchi - bu yehtimoliy aqldir. Bunga qarshi o'laroq, faol aql, ayrim shaxs ruhidan ajratilgan hamma joyda mavjud asosdir. U barcha odamlarda yagona va umumiydir. Nazariy aqlning natijasi - umumiy tushunchalardir. Ular xususiy, muayyan qiyofalar ham ularni umumlashtirishdan chalg'ish tufayli tashkil topadilar. Nazariy bilimlarni kasb yetish shakli sifatida qiyos (sillogizm), ya'ni dastlabki zamindan xulosaga o'tish maydonga chiqadi. O'zining mantiqiy nazariyasida Ibn Sino Arastudan ilgarilab ketadi. Ammo u "Birinchi muallim"ning oddiy taqlidchisi yemas yedi.
"Mantiq shunday fanki, u inson aqlida mavjud bo'lgan ma'nolardan kasb etishni xohlovchi ma'nolarga o'tish vositasi bo'lib, bu o'tishga xos bo'lgan ma'nolar qoidasi va tartib hamda
¿>
I Фалсафа ва хукук_philosophy & law journal_2024/2
shakllarning ko'p turlarini bilishdir, negaki, ular ham, bular ham, va hatto ularga olib bormaydigan ko'rinishdagilar ham to'g'ri xulosalar chiqarishga olib keladi". Mantiq haqiqatni yolg'ondan, ishonchlini ehtimol tutilgandan, bilimni shubhali fikrlardan farqlash uchun zarur. Uning yordamida biz tushunchalarni aniqlaymiz, hukmlar yuritamiz. Shuning uchun mantiq bilim haqidagi fandir.
Ibn Sino yozgan asarlarining ko'pchiligi mantiq ilmi bilan boshlanib, isbot va dalillar argumentga xos sifat tarzida izohlangan. Ibn Sinoning yunon fayalasufi Aristotel asarlarini o'qishda katta yordami tekkan buyuk faylasuf Forobiy asarlari "ko'prik" vazifasini o'tadi.
Aristotel inson deb ataluvchi tirik mavjudotni, bir tomondan, "butun va bo'linmas", deb talqin etgan bo'lsa, ikkinchi tomondan, unga o'ziga o'xshaganlar bilan yashashga mahkum etilgan "Siyosiy mahluq" sifatida qaraydi. U o'zining "Siyosat" nomli asarida insonga quyidagicha ta'rif beradi: ".. .inson o'z tabiatiga ko'ra siyosiy mavjudotdir" [5, 2], deydi.
Yuqoridagi mulohazalarga asoslanib, Aristotel qadimgi zamon sivilizatsiyasi sharoitidayoq insonning har tomonlama kamoloti haqida fikr yuritganiga guvoh bo'lamiz. Inson barkamolligini ifodalovchi yuksak axloqiy poklik, tashqi va ichki go'zallik, ijtimoiy - siyosiy yetuklik kabi fazilatlarni Aristotel bir ibora bilan "kalagakatiya", deb atagan.
Inson o'zining barcha ichki imkoniyatlarini rivojlantirib, olamdagi eng xayrixoh, odil mavjudotga aylangandagina "kalagakatiya"ga ega bo'ladi. Insonda bunday holat barcha xayrixohliklar (ezguliklar) sintez bo'lib jamlangandagina vujudga keladi. Xuddi shuning uchun ham Aristotel har bir jamiyat a'zosida bunday qobiliyat va malakalarni shakllantirish va rivojlantirish imkoniyatlarini izlab topish o'ta muhim ahamiyatga egadir, deb ta'kidlaydi.
Ibn Sino ham qadimgi yunon faylasufining fikrini maqullab, "inson hech qachon tanho, yakka o'zi yashay olmaydi. U kundalik ehtiyojlarini qondirish, turli orzu - umidlarin ro'yobga chiqarish uchun jamoa bo'lib yashashga intiladi, deydi. Uning fikricha, turli jamoalarga birlashgan kishilar faoliyatini oqilona boshqarib turish, jamoaning barcha a'zolarini foydali mehnatga safarbar qiluvchi maxsus qonunlar, yo'l - yo'riqlar, qoidalar bo'lishi zarur. Har qanday jamiyat, har qanday davlat odamlar faoliyatini adolatli qonun - qoidalarga asoslanib idora yetmog'i darkor [6, 53], - deya ta'kidlaydi.
Tadqiqotni yakunlash chog'ida shuni ta'kidlash lozimki, Ibn Sino ta'biri bilan aytganda "Vaqt bir og'iz bo'lsa men uning tiliman" degan jumlalarida har bir insonning jamiyatdagi o'rni izohlanganligini ko'rish mumkin.
ADABIYOTLAR:
1. Лбу Лли Ибн Сино. "Лл-Ишорат ва ат-Танбихот" (Насриддин ат-Тусий шархи 3-булим) ^охира 1365. - Б 336
2. Лбу Лли ибн Сина. Изобранные а. произведения. (Ишорат ва танбихот). М.: Наука, 1980, С-418
3. Ибрагим Т., Ефремова Н.В. Ибн-Сина (Лвтоенна) Лл-Ишарат wа-т-танбихат [он метапхйстос]. Парт фоур. Ориенталистиса. 2019;2(2):337-374. (Ин Русс.)
4. Лбу Лли Ибн Сино. "Лл-Ишорат ва ат-Танбихот" (Х,асан Маликшахи таржимаси ва шархи) Техран 1988. - Б 479.
5. Лбу Лли ибн Сино. Логика // Книга указаний и наставлений. -М., 1965. С. 106.
6. Вахабова Б.Л. Рукописи произведений Ибн Сины в собрании института востоковедения Лн УзССР. - Т.: ФЛН, 1982
7. Ибн Сино ^иссалар, хикоялар, ривоятлар. (тупловчи ва таржимон Л.Ирисов), 1963. Б. 108.
REZYUME:
Mazkur maqolada olim, faylasuf va tabib Abu Ali ibn Sinoning umrining so'ngi yillarida yozgan "Al-Ishorat va at-tanbihot" asarining yetinchi fasli haqida tarjima va mulohazalar keltirildi.
Tadqiqot jarayonida ayon bo'ldiki, mazkur bo'lim mavhum borliq turlariga bag'ishlangan bo'lib, unda ruhning tanadan ko'chishi bayon yetilgan. Ushbu munozarani yoritish jarayonida metafizikaga oid Ibn Sinoning kitoblaridan foydalanildi.
¿> vb,
I Фалсафа ва хукук_philosophy & law journal_2024/2 ^
Kalit so'zlar: "Al-Ishorat va at-tanbihot", abstract, mavhum borliq, ruh, jism, substansiya, Arastu, birinchi sabab, orif, baxt va saodat, samoviy jism, nafs va foydali aql.
РЕЗЮМЕ:
В данной статье представлены перевод и комментарии к седьмой главе произведения «Аль-Ишарат ва ат-Танбихат» (Указания и напоминания)., написанного выдающимся философом и врачом-ученым Абу Али Ибн Синой (Авиценной).
В ходе исследования данного вопроса стало ясно, что этот раздел посвящен абстрактным типам существования и описывает миграцию души из тела. Для освещения этой дискуссии использовались книги Ибн Сины по метафизике.
Ключевые слова: «Аль-Ишарат ва ат-Танбихат», абстрактное, абстрактное существование, дух, тело, субстанция, Аристотель, первопричина, мудрец, счастье и блаженство, небесное тело, самость и полезный разум.
RESUME:
This study presens the translation and commens about the seventh chapter of the work "Al-Isharat wa al-Tanbihat" written by the preeminent philosopher and physician-scientist Abu Ali Ibn Sina (Avicenna).
Throughout the investigation of this study, it became clear that this section is dedicated to abstract types of yexistence and describes the migration of the soul from the body. Ibn Sina's books on metaphysics were used to cover this discussion.
Keywords: "Al-Isharat wa at-tanbihat", abstract, abstract yexistence, spirit, body, substance, Aristotle, the first cause, sage, happiness and bliss, heavenly body, self and useful mind.