Научная статья на тему 'ABU ABDULLOH al-XORAZMIYNING GRAMMATIKA ILMIGA QO‘SHGAN HISSASI'

ABU ABDULLOH al-XORAZMIYNING GRAMMATIKA ILMIGA QO‘SHGAN HISSASI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
208
35
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ilmlarning tasniflanishi / “Ilmlar kalitlari” / Abu Abdulloh al-Xorazmiy / Xorazm / grammatika / “Aruz” / Xuroson / “G‘iromatiqiy” / “Nahv”. / Classification of sciences / "Keys of knowledge" / Abu Abdullah al-Khorazmi / Khorezm / grammar / "Aruz" / Khurasan / "Ghiramatiqi" / "Nahv".

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Boboqulov, Imomiddin Ramazonovich

Ushbu maqolada Abu Abdulloh al-Xorazmiyning “Mafotih al–ulum” (Ilmlar kalitlari) asarida keltirilgan grammatika ilmining bayoni haqida so‘z yuritilgan. Bu asar o‘sha davr ilmlarini o‘zida mujassamlashtirgan qomusiy manba bo‘lib, u biz uchun, birinchidan, o‘z davri fanlarining asosiy mazmuni va tushunchalarini keng ta’riflashi, ikkinchidan, o‘rta asrlar ilmlarining tasnifi, umumiy hajmi va rivojlanish darajasini ifodalashi bilan nihoyatda qimmatlidir. Abu Abdulloh al-Xorazmiy ushbu asarida grammatika bo‘limini bir necha fasllarga bo‘lgani bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ON THE SCIENCE OF GRAMMAR OF ABU ABDULLAH al-KHORAZMI ADDITIONAL CONTRIBUTION

This article talks about the explanation of the science of grammar presented in the work "Mafatih al-ulum" (Keys of Sciences) by Abu Abdullah al-Khwarizmi. This work is an encyclopedic source that embodies the sciences of that time, and it is for us, firstly, a broad description of the main content and concepts of the sciences of its time, and secondly, the classification, general scope and development of medieval sciences. It is extremely valuable as it represents the level. In this work, Abu Abdullah al-Khorazmi divides the grammar section into several chapters.

Текст научной работы на тему «ABU ABDULLOH al-XORAZMIYNING GRAMMATIKA ILMIGA QO‘SHGAN HISSASI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(10), October, 2023

ABU ABDULLOH al-XORAZMIYNING GRAMMATIKA ILMIGA

QO'SHGAN HISSASI

Boboqulov Imomiddin Ramazonovich

Oriental universiteti Lingvistika (arab tili) fakulteti 2-kurs magistranti imomiddinboboqulov@gmail .com (99) 548 43 38

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Abu Abdulloh al-Xorazmiyning "Mafotih al-ulum" (Ilmlar kalitlari) asarida keltirilgan grammatika ilmining bayoni haqida so 'z yuritilgan. Bu asar o 'sha davr ilmlarini o 'zida mujassamlashtirgan qomusiy manba bo 'lib, u biz uchun, birinchidan, o'z davri fanlarining asosiy mazmuni va tushunchalarini keng ta'riflashi, ikkinchidan, o'rta asrlar ilmlarining tasnifi, umumiy hajmi va rivojlanish darajasini ifodalashi bilan nihoyatda qimmatlidir. Abu Abdulloh al-Xorazmiy ushbu asarida grammatika bo 'limini bir necha fasllarga bo 'lgani bayon etilgan.

Kalit so'zlar: Ilmlarning tasniflanishi, "Ilmlar kalitlari", Abu Abdulloh al-Xorazmiy, Xorazm, grammatika, "Aruz ", Xuroson, "G 'iromatiqiy ", "Nahv".

В данной статье говорится об объяснении науки грамматики, представленном в труде «Мафатих аль-улум» («Ключи наук») Абу Абдуллы аль-Хорезми. Этот труд представляет собой энциклопедический источник, воплощающий в себе науки того времени, и представляет для нас, во-первых, широкое описание основного содержания и понятий наук своего времени, во-вторых, классификацию, общий объем и развитие средневековых наук. наук. Это чрезвычайно ценно, так как представляет уровень. В этой работе Абу Абдулла аль-Хорезми делит раздел грамматики на несколько глав.

Ключевые слова: Классификация наук, «Ключи знаний», Абу Абдулла аль-Хорезми, Хорезм, грамматика, «Аруз», Хорасан, «Гираматики», «Нахв».

This article talks about the explanation of the science of grammar presented in the work "Mafatih al-ulum" (Keys of Sciences) by Abu Abdullah al-Khwarizmi. This work is an encyclopedic source that embodies the sciences of that time, and it is for us, firstly, a broad description of the main content and concepts of the sciences of its time, and secondly, the classification, general scope and development of medieval sciences. It is extremely valuable as it represents the level. In this work, Abu Abdullah al-Khorazmi divides the grammar section into several chapters.

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(10), October, 2023

Keywords: Classification of sciences, "Keys of knowledge", Abu Abdullah al-Khorazmi, Khorezm, grammar, "Aruz", Khurasan, "Ghiramatiqi", "Nahv".

Abu Abdulloh Muhammad bin Ahmad bin Yusuf al-Kotib al-Xorazmiy" hijriy IV asrda Somoniylar davlati davrida Xurosonning Nishopur shahrida yashagan.

Al-Xorazmiyning o'z davrida muomalada bo'lgan fanlar bilan tanishtiruvchi eng qadimiy to'liq ensiklopediya hisoblangan "Ilm kalitlari" kitobidan boshqa kitobi yo'q, unda Al-Xorazmiy o'z davrida paydo bo'lgan fanlarning terminologiyasini belgilab bergan.

Bu kitobning hikoyasi shundan iboratki, u turli bilish faoliyatidagi ma'no va atama taraqqiyotini ochib berish maqsadida uni tuzib, uni Nishopurdagi Somoniylar davlati vaziri shayx Abu al-Hasan Al-Utbiyga bag'ishlagan.

Abu Abdulloh Xorazmiyning bizgacha yetib kelgan, ko'pchilik asarlari singari o'sha davrning ilm tili - arab tilida bitilgan, yagona ma'lum asari - "Mafotih al-ulum" (Ilmlar kalitlari)dir. Asarning qo'lyozma nusxalari juda ko'p emas. Yaqin-yaqingacha uning to'rt nusxasi bor deb hisoblanib kelinar edi. Ana shu to'rt nusxadan uchtasi Buyuk Britaniya muzeyida hamda Berlin kutubxonasida saqlanadi. XX asrning 60-yillarida ushbu asarning yana olti nusxasi Istanbul kutubxonalarida borligi aniqlandi. Barcha olti nusxa Istambul shahridagi kutubxonalardadir.

"Mafotih al-ulum" (Ilmlar kalitlari) o'ziga xos qomusiy asar bo'lib, o'sha davrdagi deyarli hamma asosiy fan sohalarini o'z ichiga qamrab olgan. Muallif o'rta asrlardagi har bir ilm mazmunini sharhlash yo'li orqali tushuntirib beradi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

"Mafotih al-ulum"da ilmlar tasnifi har bir fanning mohiyatini aniqlash hamda ularning asosiy atamalarini qisqa va aniq bayon etish bilan birgalikda olib boriladi. Bu yerda Abu Abdulloh Xorazmiy o'z tasnifida o'sha davr an'anasi, ya'ni ilmlarni ikkiga bo'lishni qo'llab-quvvatlab, an'anaviy (shar'iy) va an'anaviy bo'lmagan (falsafiy) ilmlarga ajratadi. Arab adabiy tili grammatikasi, uning qonun-qoidalari grammatika bo'limida bayon etilgan. Ayni paytda, muallif arab she'riyati va uning tarkibiy qismlaridan bo'lgan aruz ustida ham mufassal to'xtalib o'tgan.

"Mafotih al-ulum"da grammatika (41-53 betlar) birinchi qismining uchunchi bo'limi bag'ishlangan. O'n ikki bobdan iborat bu bo'limda Basra va Kufa maktab vakillarining fikrlari bayon qilingan. Abu Abdulloh al- Xorazmiy o'z asarida ko'roq Basra maktabi vakili, "Aruz" (sheriy o'lchov vazni) asoschisi Xalil ibn Ahmadga hamda al-Asmaiyga murojaat qiladi. Bo'limda arab filologlari anana bo'yicha bo'lgan uch kattaa so'z turkimi: ism, fe'l, yuklamalar, ma'lumotlar berilgan. Ism

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(10), October, 2023

turkumiga kiruvchi ot, sifat, son, sifatdosh va olmoshlarga to'rtinchi bob bag'ishlangan qolgan boblarda arab tili xuxusiyatlari mukammal bayon etilgan. Arab xalifaligi arab adabiy tili muammolarini hal etishga e'tibor berishni talab qiladi. Arab yozma adabiyotini rivojlanishi ham bu masalaning kun tartibiga qo'yilishini taqazo etadi. Shuning uchun VII-IX asrlar davomida bu Arab xalifaligida ma-daniyatni rivojlantirish asosiy masalasi bo'ldi. Xalifalikda turli qabilalarning ko'pligi masalaning dolzarbligini yanada oshirdi. Ularning birlashishi nafaqat adabiy, balki siyosiy masalalarni ham hal qilardi.

Adabiy til grammatikasining ishlab chiqish masalasi qanchalik qiyin bo'lmasin, X asrga kelib u muvaffaqiyatli hal qilindi. Arab tili qonun qoidalarni aniqlashda Abu Asad ad-Duali va boshqa olimlarning hissalari katta bo'ldi. Grammatika, ayniqsa, arablar ilmi va adabiyoti halqaro ahamiyatga va darajaga yetgan Abbosiylar davrida chuqur va mukammal o'rganildi.

Arab tili grammatikasi rivojlanishiga, Iroqning ikki - Basra va Qufa shaharlaridagi ilmiy munozaralar va ularning jo'shqin faoliyatlari katta ta'sir ko'r-satdi. Basrada grammatikani o'rganuvchi maktab paydo bo'lishi iqtisod, adabiyot va san'at avj olishi davriga to'g'ri kelib, uning namoyondalari arab tili va grammatikasining nazariy masalalarini ishlab chiqishda juda katta ishlarni amalga oshirdilar. Ushbu maktab vakillari sifatida Iso as-Sag'ofiy, "Kitob al-Ayn" nomi bilan tanilgan birinchi arab muallifi Hamil ibn Ahmad (718-792), Sharqda va G'arbda ko'zga ko'ringan barcha yirik arab grammatiklari tomonidan foydalanilgan va sharhlangan "al-kitob" muallifi Sibavayhni ko'rsatish mumkin. "Al-kitob" Basra grammatik maktabi izlanishlarining yakuni bo'lib, unda arab grammatikasining mukammal tartibi tugal shaklda berilgan. Ushbu maktab vakillari sifatida al-Asma'iy, uning shogirdi, fiqh va filologiya bilimdoni Abu Ubayd, klassik arab tili haqidagi al-Mubarrad va boshqalarni ko'rsatish mumkin.

Muallif o'z asarida grammatika ilmini quydagi uslubda bayon qiladi. Birinchi fasl: Nahv ilmining muqaddimasi va barcha nahv ulamolarining yo'liga ko'ra e'robning ko'rinishlari

Ikkinchi fasl: Halil ibn Ahmadning rivoyatlariga ko'ra e'robning ko'rinishlari va unga ergashgan narsalar haqida

Uchinchi fasl: Yunon faylasuflarining yo'liga ko'ra erobning turlari

To'rtinchi fasl: Ismlarning nozil bo'lishi haqida

Beshinchi fasl: Ismlarning raf bo'lish o'rinlari

Oltinchi fasl: Ismlarning nasb bo'lish o'rinlari

Yettinchi fasl: Ismlarning jar bo'lish o'rinlari

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(10), October, 2023

Sakkizinchi fasl: E'robning ko'rinishiga ko'ra Ismning o'zidan avvalgi ismga ergashadigan o'rni

To'qqizinchi fasl: Fe'llar haqida O'ninchi fasl: Fe'llarni nasb qiladigan harflar O'n birinchi fasl: Fe'llarni jazm qiladigan harflar O'n Ikkinchi fasl:.......

Nahv ilmining muqaddimasi va barcha nahv ulamolarining yo'liga ko'ra e'robning turlari.

Kalimaning oxirini lozim tutadigan harakatlar 3 ta bo'lib ular raf, nasb va xofddir. Ular yana zamma, fatha va kasra deb ham nomlanadi. Xofdning yana bir ismi jardir.

Basra ulamolari bu ismlarni orasini farqladilar. ^j 'jj^c '^hjc kabi so'zlar 3 ta harakatni ham lozim tutib, o'zgaruvchi ismlardan bo'lgani uchun uni "raf" deb atadilar.

^^ cia 'j^j kabi ismlar zammaga bino qilingani uchun "zamma" deya atadilar. jjî 'jll^ mislidagi ismlar fatha bilan tugagani uchun "fatha " deb aytdilar Tarkibda 3 ta harakatni o'ziga lozim tutib o'zgaradigan ismlarni "xofd", j^ ^J, kabi so'zlarning oxiri kasra bilan tugagani uchun "kasra" deb atadilar.

Huddi shuningdek jazm va vaqf borasida ham o'rganishlar olib borib, tasir qiluvchi omil sababli jazm bo'lgani uchun fe'llarda jazm qildilar va ^ va J* kabi oxiri sukunga bino qilinganlarni vaqf qildilar. Ikkinchi fasl:

Xalil ibn Ahmadning yo'liga ko'ra e'robning turlari va unga ergashgan narsalar haqida

Raf: kalimalarni mu'jazligida tanvin bilan voqe' bo'lgan so'zdir. Misol uchun:

Zamma: kalimalarning mo'jazligida tanvinsiz voqe' bo'lgan so'zdir. Misol uchun:

Tavjiyh bu kalimalarning boshida voqe bo'ladigan narsadir. Misol uchun: 'ôp (¿2) utéj j^c

Hashv esa o'rtada voqe' bo'lgan narsadir. Misol uchun: (J^j) so'zidagi ^harfi, Najr esa ismlarning mujazligida tanvinlarsiz voqe' bo'lgan narsadir, fe'llar bundan mustasno. Jj^I I^* jumlasidagi J bunga misol bo'ladi.

Ishmom manqus kalimalarning avvalida voqe bo'ladi. Misol uchun: (J!) ^ Nasb kalimalarning mo'jazligida tanvin bilan voqe bo'ladi: Misol uchun: I^j Fatha kalimalarning mo'jazligida tanvinsiz voqe bo'ladi. Misol uchun ^j^fe'lidagi ^ harfi kabi.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(10), October, 2023

Al-qa'ru kalimalaming avvalida voqe' bo'lgan narsadir. ^j^ so'zidagi ^harfi bunga misoldir.

Tafxim kalimalarning o'rtasida hamzalik alifning kelishidir. Misol uchun Irsal: kalimalarning so'ngida hamzalik alifning kelishidir. Misol uchun íjá Taysir kalimalarning so'nggidan chiqarib olingan alifdir. Alloh taoloning

tóbala) degan oyatida bunga misol bo'ladi. Xofd bu kalimalarning so'nggi tanvin bilan voqe' bo'lishidir. Misol uchun: Kasra kalimalarning so'nggi tanvinsiz voqe' bo'lishidir. Misol cU^l so'zidagi

Idjoo' kalimalarning o'rtasida voqe' bo'lgan narsadir. Bunga óí^l so'zidagi ^ harfi misol bo'ladi.

Jar bu vaslali alif istiqbolida jazm bo'lgan fellarning oxirida voqe' bo'lgan narsadir. Misol uchun " ó^Jl "

Jazm bu jazm qilingan fe'llarning oxirida voqe' bo'lgan narsadir. ^j^l fe'lidagi ^ bunga misoldir.

Taskin bu fe'llarning o'rtasida voqe' bo'ladi. Misol ó** fe'lidagi ^ harfidir.

Tavqif esa adavatlarning oxirida voqe' bo'ladi. "(<**>) V

Tafhimning ziddi bo'lgan Imola j misolidagidek ^ lardan avvalgi harflarda keladi.

Nabra bu ismlarning va fe'llarning oxirida keladigan hamzadir. Misol uchun:

Abu Abdulloh al- Xorazmiy o'z asarida grammatika ilmini shu uslubda bayon qilgan. Umuman, asarda Abu Abdulloh Xorazmiy o'z davri tabiiy va riyoziyot ilmlarini yaxshi bilganligi, ularni nazariy falsafaga kiritish bilan bir tomondan, ularning ahamiyatini oshirish va ta'kidlash, ikkinchi tomondan, falsafani boyitishga intilganligi o'z ifodasini topgan. Xorazmiyning "Mafotih al-ulum" asari o'rta asr madaniyati va ma'naviyatini o'rganishda muhim ahamiyatga egadir.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, haqiqatan ham Basra va Kufa maktab vakillarining fikrlari bayon qilingan. Abu Abdulloh al- Xorazmiy o'z asarida ko'roq Basra maktabi vakili, "Aruz" (sheriy o'lchov vazni) asoschisi Xalil ibn Ahmadga hamda al-Asmaiyga murojaat qiladi. Bo'limda arab filologlari anana bo'yicha bo'lgan uch kattaa so'z turkimi: ism, fe'l, yuklamalar, ma'lumotlar berilgan. Ism turkumiga kiruvchi ot, sifat, son, sifatdosh va olmoshlarga to'rtinchi bob bag'ishlangan qolgan boblarda arab tili xuxusiyatlari mukammal bayon etilgan.

Shunday qilib, Abu Abdulloh al-Xorazmiyning "Mafotih al-ulum" ("Ilmlar kalitlari") asari o'ziga xos qomusiy asar bo'lib, o'sha davrdagi deyarli hamma asosiy

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(10), October, 2023

fan sohalarini qamrab olgan. Muallif o'rta asrlardagi har bir fan mazmunini asosiy voqealarini sharhlash yo'li bilan tushuntirib bergan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROYXATI

1. Manaviyat yulduzlari. -Toshkent, 2001 -yil.

2. Islom ensiklopediyasi.-Toshkent, "O'zbekistin milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti 2004-yil.

3. Ozod Masharipov, Alisher Masharipov. Xorazmnoma.- Toshkent: "Istiqlol nuri" nashriyoti, 2014.

4. Buyuk ajdodlarimiz (Mas'ul muharrir: M.Aminov, F.Xasanov). - Toshkent: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2001.

5. www.ziyo.uz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.